Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
Beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi – tzelekommunikatsiya sohasida,
5G uyali aloqa kompaniyalari tomonidan 2019 yilda global miqyosda tarqalishni
boshlagan uyali aloqa tarmoqlari uchun beshinchi avlod texnologiyasi hisoblanadi.
Bugungi kunda yuqori tezliklarda ma’lumot uzatish va boshqa ko’plab
imkoniyatlarni qo’llab quvvatlovchi zamonaviy 4G aloqa tarmoqlarining davomchi
sifatida 5G tarmoqlari rivojlantirilmoqda.
Bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh 5G texnologiyasini yaratish
va joriy etish bo'yicha dunyoda etakchi mamlakatlar hisoblanadi va 5G
tarmoqlarining ba’zi xizmatlarida foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Butun dunyo
bo'ylab operatorlar, shu jumladan AT&T Inc., KT Corp va China Mobile,
beshinchi avlod (5G) simsiz texnologiyasini to’liqligicha yaratish va joriy etishga
intilmoqda.
65
5G aloqa tarmoqlari 100Gbit/s tezlikda ma’lumot uzatish imkoniyati qo’llab
quvvatlaydi, bu degani 4G texnologiyasi taqdim etayotga mavjud tezlik bilan
taqqoslaganda 100 marta katta tezlik degani.
1.26-rasm. 2G, 3G va 4G avlodlarining arxitekturasining qiyosi
1.27-rasm. Beshinchi avlod mobil tarmoqlari arxitekturasi
Oldingi mobil aloqa avlodalaridan farqli 5G tarmoqlari 1G-4G bo’lgan
barcha turdagi xizmatlarni ajoyib sifat darajasida va uzatish tezligida qo’llab
66
quvvatlaydi. Ko’plab xizmatlarni integrasiya qiladi hamda mavjud fizik
ob’ektlarning ko’plari 5G tarmoqlari dasturish ko’risnishda ishlab chiqilgan. 5G
tarmoqlari orqali barcha simsiz: sputnik aloqa, Wi-Fi, Wi-Max va simli aloqa
xizmatlaridan foylanish mumkin. 5G tarmoqlari uchun chastota diapazoni ikki
to'plamda orqali belgilanadi (1) chastota diapazoni LTE chastota diapazonini o'z
ichiga olgan 450MHs – 6 GHz oralig’ida va (2) chastota diapazoni 24, 25GHz -
52,6GHz oralig’i.
Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini dunyo miqyosida keng joriy yetish
bilan birga, 5G tarmoq foydalanuvchilari soniyasiga gigabit ma’lumot uzatish
imkoniyatiga ega bo’lishadi, 3D formatda online kino ko’rishlari, sensor
texnologiyalari keng joriy etish imkoniyati, smart home, smart city,
avtomatlashtirilgan sanoat, o’z o’zini boshqaruvchi aqlli ob’ektlar, aqlli tibbiyot,
aqlli transport, uchuvchisiz boshqariluvchi dronlar, aqlli elektr tarmoqlari, IoT
xizmatlari, mashina-mashina aloqasi, gologramma, va boshqa telekommunikatsiya
xizmatlariga ega bo’lishadi, 10-rasm.
1.28-rasm. Beshinchi avlod qo’llab quvvatlaydigan mobil xizmat turlari
1.29-jadval. Mobil aloqa avlodlarining imkoniyatlari
67
1.29-jadval. Mobil aloqa avlodlarining imkoniyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |