Nazorat savollari
1.
Oqimlarni boshqarish buyruqlari
2.
Buyruqlar turlari
78
13-Ma’ruza.
Hisoblash tizimlarining turlanishi
Reja:
1.
Hisoblash tizimlari
2.
Hisoblash tizimlarining turlanishi
3.
Hisoblash tizimlarini avlodlari
Tayanch iboralar:
EHM, AHM, RHM, GHM.
Kompyuter
(elektron
hisoblash
mashinasi)–hisoblash
va
axborot
masalalarini yechish jarayonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun
mo’ljallangan texnik vositalarining to’plami.
Kompyuterlar qator belgilar bo’yicha turlarga ajratilishi mumkin, xususan:
•
ishlash tamoyili;
•
element asosi ;
•
vazifasi;
•
hisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli;
•
o’lchami va hisoblash quvvati;
•
imkoniyatlari;
•
dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bo’yicha va hokazo.
Ishlash tamoyili bo’yicha hisoblash mashinalarini katta uchta guruhga ajratish
mumkin (13.1-rasm): analogli (uzluksiz), raqamli va aralash (gibrid).
13.1-rasm.
Ishlash tamoyili bo’yicha hisoblash mashinalarini turlarga ajratish
Bu uch turga bo’lishning ko’rsatkichi, u hisoblash mashinalarida
ishlatiladigan axborotlarning ifodalanish shaklidir (13.2-rasm).
79
Raqamli hisoblash mashinasi (RHM) yoki kompyuter diskret ko’rinishda
ifodalangan, aniqrog’i, raqamli shaklda ifodalangan axborot bilan ishlaydi.
13.2-rasm. Hisoblash mashinalarida axborotlarni ifodalanishining
ikki shakli.
Analog yoki uzluksiz hisoblash mashinalari uzluksiz shakldagi axborotlar
bilan ishlaydilar, ya’ni qandaydir fizik kattalikdagi uzluksiz qatorga ega bo‗lgan
qiymatlar ko’rinishida (ko’pincha elektr kuchlanishi). AHM juda sodda va
foydalanishga qulay, bu mashinada ishlash uchun, masalalarni dasturlash uchun,
odatda, ko’p mehnat talab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xohishi
bo’yicha o’zgarishi mumkin va xohlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish
mumkin (RHM qaraganda yuqori), ammo masalani yechish aniqligi juda past
(nisbiy xatoligi 2–5 % gacha). AHMda murakkab mantiq talab etilmaydigan va
tarkibida differensial tenglama bo‗lgan matematik masalalar samarali yechiladi.
Elektron AHMni ko’pincha elektron modellashtiruvchi mashina deb ham ataydilar,
chunki masalani yechish uchun ularda tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli
yaratiladi. To’g’ri, xuddi shu asosda, elektron RHMni ham shunday atash mumkin,
vaholanki, ularda ham yechiladigan masala modeli yaratiladi, ammo model
abstrakt, matematikdir.
GHM (aralash (gibrid) hisoblash mashinasi) yoki kombinatsiyalashtirilgan
hisoblash mashinasi raqamli va uzluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan
ishlaydi. Ular o’zida AHM va RHM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo’ladi.
GHMdan murakkab, tez ishlovchi, texnik majmualarni boshqarish masalalarini hal
qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
80
Iqtisodda, shuningdek, ilm hamda texnikada eng ko’p foydalaniladigan va
tarqalgan turi bu RHM, odatda, ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy
kompyuter deb ataladi.
Yaratilish bosqichi va element asosi b’yicha kompyuterlarni shartli ravishda
avlodlarga bo’linadi:
1-avlod, 1950-yillar; elektron vakuumli lampalardagi EHM;
2-avlod,
1960-yillar;
diskret
yarimo’tkazgichli
asboblardagi
EHM
(tranzistorlardagi);
3-avlod, 1970-yillar; yarimo’tkazgichli kichik va o’rta integral sxemalardagi
kompyuterlar (bitta g’ilof ichida yuzlab-minglab tranzistorlar joylashtirilgan).
Integral sxema–maxsus vazifalar uchun mo’ljallangan elektron sxema, u yaxlit
yarimo’tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo’lib, o’zida katta sondagi aktiv
elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
4-avlod, 1980-90-yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi
kompyuterlar, ularning asosi mikroprotsessorlardir (bitta kristallda o’n mingtalab–
millionlab aktiv elementlar mavjud). Katta integral sxemalarda aktiv elementlar
shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron
qurilmalari 100–150 m2 maydonni egallagan bo’lsa, hozir 1,5–2 sm
2
maydonni
egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalarda
aktiv elementlar o’rtasidagi masofa 0,032–0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish
uchun: odam soch tolasining qalinligi bir necha o’n mikronga teng).
5-avlod, hozirgi vaqt (2010...); bir necha o’nlab parallel ishlovchi
mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga
ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjud; parallel tarkibli
juda murakkab mikroprotsessorlarda tashkil topgan kompyuterlar bir vaqtning
o’zida dasturning o’nlab ketma-ket ko’rsatmalarini bajara oladilar.
6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi
optoelektron
kompyuterlar,
ular
ko’p
sonli
murakkab
bo’lmagan
mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmog’I bo’lib, neyronli biologik
tizimning modeli kabidir
81
Do'stlaringiz bilan baham: |