FARGʻONA VILOYATI – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh.
Maydoni: 6,8 ming km2. Aholisi 3 mln 752 ming kishidan iborat. Shundan erkaklar 50,3 %, ayollar esa 49,7 % ni tashkil etadi.
Shahar joylarda yashovchi aholi jami aholining 56,7 % ga toʻgʻri keladi. (2020 yil yanvar oyi holatiga).
Fargʻona viloyati tarkibida 4 ta shahar va 15 ta tumanlar bor.
Markazi - Fargʻona shahri.
Asosiy sanoat tarmoqlari - yoqilgʻi (neftni qayta ishlash), yengil sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari – donchilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, goʻsht-sut chorvachiligi, parrandachilik, ipakchilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |