2. Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari.
Tashkilotlarda samarali kommunikatsiyalarni shakllantirish uchun ularning Qaysi joylarda va Qanday ko’rinishda zarurligini ko’rib chiQish kerak.
Avvalgi mavzularda ko’rib chiQilganidek, tashkilot ochiQ tizim bo’lib tashQi muhit omillari tahsiri ostida faoliyat ko’rsatadi.Tashkilotning kommunikatsiya ehtiyojlari ushbu omillarga boG’liQ.Bu sharoitlarda faoliyat ko’rsatish uchun tashkilotlar tashQi muhit elementlari bilan kommunikatsiyalar o’rnatadilar va bunda turli vositalardan foydalanadilar.Mavjud yoki potensial istehmolchilar bilan reklama va tovarlarni yetkazishning boshQa dasturlari yordamida munosabatga kirishadilar.Jamoatchilik bilan munosabatlar sohasida korxona haQida tasavvur (imidj) ni shakllantirishga ehtibor Qaratiladi. Davlat tartibot muassasalari bilan aloQalar turli xil hisobotlar orQali namoyon bo’ladi.
SHuni aytish kerakki, ko’p hollarda tashkilotlar ichida amalga oshirilayotgan kommunikatsiya tashQi muhitdagi mavjud imkoniyat va taxdid (xavf-xatar) larning aks tahsiri (reaksiyasi)dir.
Tashkilotlar doirasida kommunikatsiyalar boshQarish poG’onalararo (vertikal) va bo’limlararo (gorizontal) shakllarda amalga oshadi.
Vertikal kommunikatsiyalar doirasida axborot poG’onadan-poG’onaga yetkaziladi.Bunda u pastdan yuQoriga va yuQoridan pastga Qarab harakatlanishi mumkin.Birinchi holda axborot aniQ ko’rsatmalar, masalalar, buyruQ va farmoyishlar kabi ko’rinishlarda uzatiladi.Masalan, korxonaning ishlab chiQarish bo’limi sex boshliG’iga Qaysi mahsulotni va Qaysi muddatda tayyorlash to’G’risida ko’rsatma beradi, u o’z navbatida uchastka boshliG’iga yoki ustaga bu haQida ko’rsatma beradi.
Pastdan yuQoriga Qarab ketgan kommunikatsiyalarda axborot hisobot, mahlumot, ariza va boshQa ko’rinishlarda Quyi poG’onadan yuQori poG’onaga uzatiladi.Masalan, uchastka boshliG’i mahsulotni tayyor bo’lganligini sex boshliG’iga, u o’z navbatida ishlab chiQarish boshliG’iga va nihoyat, korxona direktoriga etkazadi.
Vertikal kommunikatsiyalar rahbarlarga Quyi poG’onalardagi holatni bilib turishga va zaruriy o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi.
Tashkilotlar vertikal kommunikatsiyalardan tashQari gorizontal kommunikatsiyalarga muxtoj. Tashkilot ko’plab ichki xo’jaliklardan tashkil topgan. SHu sababli masalalarni va xatti-harakatlarni muvofiQlashtirish uchun axborot almashish zarur. Rahbariyat tashkilotning ixtisoslashgan tarkibiy Qismlarining hamkorligi asosida umumiy maQsadga erishishni tahminlashi zarur. Buning uchun bo’limlar orasidagi aloQalarni to’G’ri yo’lga Qo’ymoQ lozim. Gorizontal kommunikatsiyalarga misol Qilib institutimizning turli bo’limlari, fakulg’tetlari, kafedralari va guruhlari o’rtasidagi dars jadvallarini tuzish, o’Quv jarayonining borishi , bitiruvchilarga Quyiladigan talablar darajasi kabi ko’plab masalalar bo’yicha axborot almashishlar kiradi.Xuddi shunday Qilib ishlab chiQarish korxonalarida reja-iQtisod, ishlab chiQarish, marketing va moliya bo’limlari yangi turdagi mahsulotni ishlab chiQarish, buning uchun zarur bo’lgan mablaG’lar, narx belgilash, sotish yo’llari va boshQa turdagi axborot bilan almashadilar.
Gorizontal kommunikatsiyalarning Qo’shimcha afzalliklari - o’zaro teng huQuQli munosabatlarni shakllantirishdadir. Bu narsa xodimlarni ishdan QoniQishini oshiradi.
Biz yuQorida ko’rib chiQQan kommunikatsiyalar - tashkiliy kommunikatsiyalar, yahni tashkilotning ichki xo’jaliklari va boshQarish poG’onalari orasida shakllangan aloQa turlaridir.
Bu turdagi kommunikatsiyalardan tashQari tashkilotda shaxslararo kommunikatsiyalar mavjud va ular tashkilot faoliyatiga juda katta tahsir ko’rsatadi.SHaxslararo kommunikatsiyalarning asosiy ko’rinishlari: rahbar- bo’ysunuvchi orasidagi, rahbar bilan ishchi guruh orasidagi va norasmiy kommunikatsiyalar.
Rahbar bo’ysunuvchi orasidagi kommunikatsiyalar asosan masalalarni oydinlashtirish; faoliyat samaradorligining muhokamasi; raG’batlantirish maQsadida xizmatlarni tan olish va mukofotlash; mavjud yoki ehtimol bo’lgan muammo haQida mahlumot yiG’ish; taklif va G’oyalarni Qabul Qilish kabilar bilan boG’liQ.
Rahbar bilan ishchi guruh o’rtasidagi kommunikatsiyalar guruh harakatlarining (faoliyatining) samaradorligini oshirishga imkon beradi. Axborot almashishda barcha guruh ahzolari Qatnashganligi uchun har bir ahzo tashkilot uchun muhim bo’lgan masalalar, ularni hal Qilish yo’llari, birgalikda ishlash imkoniyatlari va boshQa muammolarni hal Qilishga o’z fikr va nuQtai-nazarlarini bildira oladi.Bahzi hollarda ishchi guruh rahbarsiz yiG’ilib, muammolarni, rivojlanishni yoki o’zgarishlarni muhokama Qiladi.
Kommunikatsiyalarning yana bir turi norasmiy kommunikatsiyalar bo’lib, ularning tarQalishi ko’pincha mish-mishlar deb ataladi.Bu turdagi kommunikatsiyalar odamlar guruhlarga to’planib turgan joylarda mavjud bo’ladi. Bunda axborot norasmiy kanallar (yo’llar) orQali etkaziladi va o’z harakati davomida mazmunini o’zgartirishi mumkin.SHuning uchun ko’p hollarda noto’G’ri axborotni mish-mishlar deb atashadi.Lekin axborot norasmiy kanallar orQali tez harakatlanishini hisobga olib, rahbar ayrim hollarda bu kanallardan tashkilot maQsadlariga erishish yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanishadi.
Mish-mishlar paydo bo’lishining asosiy sababi - zarur informatsiyani bilish imkoniyati (xodimlarda) yo’Qligi yoki informatsiya ozligi, uning kechikishi tufaylidir.
Tashkilot samarali faoliyatini tahminlashning asosiy va muhim vazifalaridan biri – tashkilotdagi barcha turdagi kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |