Saqlagich muftalar o‘ta yuklanish va avariya hollari ro‘y berganda, mashina mexanizmlarini sinib ketishdan saqlaydi.
Boshqariluvchi muftalar vallarni yoki vallarga joylashtirilgan detallarnio’zaro birlashtirish yoki ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday jarayonlar qo‘zg‘almas vallarda yoki aylanib turgan vaqtda bajarilishi mumkin. Boshqariladigan element turiga qarab, bunday muftalar mexanikli, elektromagnitli, gidravlik yoki pnevmatik (siqilgan xavo)li bo‘lishi mumkin.
o‘z- o‘zini boshqaruvchi (avtomatik) muftalar vallarni yoki vallarga joylashtirilgan detallarni ishlash jarayoniga – tezligiga yoki aylanish yo‘nalishiga qarab o‘zaro biriktirish yoki ajratish uchun xizmat qiladi.
Muftalar val, truba va shu kabi detallarning uchlarini o‘zaro ulash uchun ishlatiladigan va mexanik, elektrik, gidravlik turlarga bo‘linadi. Texnik mexanika kursida faqat vallarga mo‘ljallangan mexanik muftalargina o‘rganiladi. Bunday muftalarning asosiy vazifasi vallarni o‘zaro biriktirish bilan birga, ularning biridan ikkinchisiga burovchi moment uzatishdan iboratdir. Muftalar vazifasi hamda tuzilishiga ko‘ra bir necha gruppaga bo‘linadi.
Doimiy biriktiriladigan muftalar; bunday muftalardan foydalanilganda mashinaning ishini to‘xtatmay turib, vallarni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Boshqariladigan ulovchi muftalar; bunday muftalar vositada mashina ishini to‘xtatmagan holda, zarur bo‘lgan hollarda vallarni ulash yoki ajratish mumkin
O‘z-o‘zini boshqaruvchi muftalar; bunday muftalar, mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit ta’minlanmagan hollarda avtomatik ravishda vallarni bir-biridan ajratadi va talab qilingan normal sharoit yaratilishi bilan ajratilgan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.
Podshipniklar val va aylanadigan o‘qlar uchun tayanch vazifasini o‘taydi. Mashinaning ishlash qobiliyati va chidamliligi podshipniklarning sifatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. To‘g‘ri hisoblangan va tuzilishi jihatdan aniq bo‘lgan podshipniklar berilgan yuklamalarni qabul qilishi va ishqalanishga sarflanadigan quvvatni iloji boricha kamaytirishi zarur. Ishqalanishning turiga qarab, podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalash podshipniklariga bo‘linadi.
Yuklanishni qabul qilishga qarab – radial, radial yuklanishni qabul qiladi, tirakli o‘q bo‘ylab yo‘nalgan yuklanishni qabul qiladi va radial-tirakli, bir vaqtda radial va o‘q bo‘ylab yo‘nalgan yuklanishni qabul qiladi.
Val va o‘qlarning tayanchlarga mo‘ljallangan qismi sapfa deyiladi. Sapfalarning shakli silindrsimon, konussimon, zoldirsimon bo‘lishi mumkin. Bu tayanchlar val yoki uning ichida joylashgan bo‘lib, radial yuklanishni Fruzatib bersa, ship deyiladi. Bo‘yin – sapfa bo‘lib, valni o‘rtasida joylashib radial yuklanishni uzatib beradi. Bir qator radial podshipniklar ayrim hollarda katta bo‘lmagan o‘q bo‘ylab yo‘nalgan yuklanishlarni ham qabul qilishi mumkin. Buning uchun val pog‘onali qilib, podshipnik qirralari esa to‘mtoq qilib tayyorlanishi lozim.
Agar val yoki o‘qning sapfasi ularning uzunligiga tik tekislikda joylashgan bo‘lsa, bunday sapfa tovon deyiladi, podshipnik esa – tovon tagi deyiladi. Tovon valning tagida yoki o‘rtasida.Tovon tagi radial podshipniklar bilan juft bo‘lib ishlaydi.
Konussimon podshipniklar valning markaziy holati aniqligini saqlab turish uchun va pods’hipniklar yeyilishi natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqni yo‘qotish hollarda ishlatiladi. Buning uchun valga konussimon vtulka o‘rnatilib, uning holati gayka yordamida rostlab turiladi.
Vallar o‘z o‘qlariga nisbatan muvozanatni yo‘qotgan hollarda zoldrsimon podshipniklar ishlatiladi. Ular o‘zini-o‘zi to‘g‘rilash xususiyatiga ega bo‘lib, asosan, sharnir tariqasida sterjenli mexanizmlarda qo‘llaniladi.
Tasmali konveyer (inglizcha lenta konveyeri) - lenta ko‘rinishidagi ishchi organi bilan uzluksiz harakatlanuvchi transport qurilmasi.
Tasmali konveyer tashish mashinalarining eng keng tarqalgan turi bo‘lib, u quyma yoki bo‘lak tovarlarni tashish uchun ishlatiladi. U sanoat ishlab chiqarishlarida, konlarda va shaxtalarda, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Tashiladigan yukning xususiyatlari va tabiatiga qarab, kamarning ishchi tomonining egilish burchagi 90 ° gacha o‘rnatilishi mumkin.
Tasmali konveyerlar mobil, portativ, aylanuvchi va statsionardir. Statsionar mashinalar katta hajmdagi materialni 3 dan 300 m gacha [manba 3275 kun ko‘rsatilmagan] m masofaga, ko‘chma va ko‘chma mashinalar esa 2 dan 20 m gacha boo‘lgan masofaga ko‘chirish uchun ishlatiladi. Amalda, materialni o‘nlab kilometrlarga tashish uchun ketma-ket konveyerlar qo‘llaniladi.
Tasmali konveyerlar turlari bo‘yicha farqlanadi.
Talabaga topshiriq :
Lentali konveyerdagi foydali yuk – Fl (Kn)= 4
Konveyer lentasining tezligi - Vl (m/s)= 1,4
Baraban diametri – D (mm)= 400
Do'stlaringiz bilan baham: |