TEZKOR SAVOL - JAVOB SHARTI
Boshlovchi: Hozir sizlarga fanlarga oid bòlgan 10 ta savol òqib beraman. Òylash uchun 10 soniya vaqt beriladi.
1-jamoaga beriladigan savollar:
1. Gapning bosh bòlaklari qaysilar? Ega va kesim
2. "Urushning sòngi qurboni" hikoyasining muallifi kim? Òtkir Hoshimov
3. Òzbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan? 1989-yil 21-oktabrda
4. Fizikada bosimning birligi? Paskal (Pa)
5. Kubning nechta qirrasi bor? 12ta
6. "Yulduzli tunlar" romani qaysi bobokalonimiz haqida? Z.M.B
7. "Har qanday jismga tashqi kuch ta'sir qilmaguncha òzining tinch holatini yoki tòĝri chiziqli tekis harakatini saqlaydi" ushbu qonun fizikada qanday qonun deb nomlanadi? Nyutonning 1-qonuni
8. 2021- yildan chiqqan 5000talik pulda qaysi arxeologik yodgorlik nomi keltirilgan? Afrosiyob arxeologik yodgorligi
9. "Ziji Kòragoniy"asarining muallifi kim? Mirzo Uluĝbek
10. Firavnlar qabristonini nima deb ataymiz? Piramida
2-jamoaga beriladigan savollar
1. "Ufq"trilogitasining muallifi kim? Said Ahmad
2. Fizikada quvvatning birligi? Vatt (W)
3. Gapning ikkinchi darajali bòlaklari? Tòldiruvchi, aniqlovchi, hol
4. Tòĝri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor? 8ta
5. 2021-yilda chiqqan 10.000 talik pulda qaysi madrasa tasvirlangan? Kòkaldosh madrasasi.
6. "Kichkina shahzoda"asarining muallifi kim? Antuan de Sent Ekzyuperi
7. Quyosh sistemasida Yer sayyorasidan keyingi òrinda turubchi sayyora nomi? Mars
8. ""Òzaro ta'sirlanuvchi ikki jism bir-biriga miqdor jihatdan teng va bir tòĝri chiziq bòyicha qarama-qarshi tomonga yònalgan kuchlar bilan ta'sirlashadi" ushbu qonun fizikada qaysi qonun hisoblanadi? Nyutonning 3-qonuni
9. Microsoft kompaniyasining asoschisi kim? Bill Geyts
10. "Kelmad" radifli ĝazalining muallifi kim? A. Navoiy.
MANTIQIY SAVOL-JAVOB SHARTI
Boshlovchi: Hurmatli bilimdonlar hozir sizlarga mantiqiy savollar taqdim etiladi. Òylash uchun 2 daqiqa. Har bir tòĝri javob uchun 1 ball beriladi
1. Agar U gapira olganida edi o'zi haqida shunday der edi:
Menga zarurat sezgan odamlar uchun hafta davomida eng kerakli buyumman. Lekin xaftaning oxirgi kuni yakshanbada esa eng keraksiz buyumga aylanaman.Odamlar menga 6 kun vazifamni bajarib 1 kunlik 'dam olish' imkonini beradi. Men esa qolgan 6 kunda ulardan alamimni olaman.
Nima u?
Budilnik
2.
Zamonaviy faylasuflardan biri U ni suvga o'xshatadi.
Faylasuf aytadiki:-"U huddi suvga o'xshaydi. Odamlar suvsiz yashay olishmaganidek U siz ham yashay olishmaydi."
Yana bir aforizmda esa Unga quydagicha tarif beriladi. "U juda havfli bomba. U do'stlikni,mehrni, ishonchni,rishtani o'ldiradi. "
Diqqat savol U ni toping?
Pul
3.
1976 yilda suratga olingan film namoyish qilinishidan oldin, 30 dan ortiq tashkilot tomonidan obdon tekshiruvdan o'tgan. Film bosh rol ijrochisining nomi ko'rsatilmagan, film kadrlarida esa aktyorning faqat qòli va soyasi ko'rinib , ovozi eshitilgan. Filmdagi bosh qahramonning ismini toping.
Payĝambar haqidagi film
4. Tarixchilarning fikriga ko'ra, U 40 million odamning o'limiga sababchi bo'lgan. Bu o'sha davrda dunyo aholisining 11%ini tashkil etgan. Savol: u kim?
Chingizxon
5.
Xalq og'zaki ijodining toponomik rivoyatlariga ko'ra, bu joy nomi bir podshoh bilan bog'liq ekan. Emishki: Podshoh yurtidan uzoqda jang-u jadalda joni uzilolmay qiynalgan - chunki, yurtida mahbubasi qolgan edi. "O'lolmayman u yerda jonim qolgan" deb vafot etgan ekan.
Bu rivoyat qaysi joy nomi bilan bog'liq?
Andijon
6. Garchi jussam juda kichik, mittigina bolsa ham har qanday ishni – faqat men yakuniga yetkaza olaman. Agar bukri va tik dostlarimning poyida ham men bolmaganimda edi, ular oz vazifalarini uddalay olmasdilar”
Savol: gap kim yoki nimalar haqda ketyapti? Nuqta
7. Кашфиётчилар қушнинг парвозидан илҳомланиб самолётни, ниначидан илҳомланиб вертолётни ихтиро қилишган.
Диққат савол: илон қайси ихтиронинг яралишига сабабчи бўлган.
Shprits
8. Ernest Xeminguey ijodida bir qahramonni gʻaroyib fikrlaari bilan ajralib turilishini yozadi. Masalan, kuppa kunduz kuni gʻirt begona kishiga boshimizni ishonib topshiramiz, deganda u sartaroshlarga ishora qiladi. Savol: U "Ular olomon orasida odam ovlashadi deganda qaysi soha egalarini nazarda tutgan?
Haydovchilar
9. Yapon yozuvchisu Xaruki Murakami: "Ular hayotimizdagi tinish belgilardir", degan. "Matnlar tinish belgilarisiz mazmunini yoʻqotgandek, hayotimiz ham ularsiz mazmunga ega boʻlmaydi",degan. Kuyunchalik bilan gapirgan.
️Diqqat savol: Murakami ular deb nimalarni atagan?
Xatolar
10. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malik avtobiografik asarlaridan birida yozuvchilar mehmonga borganda nima ularning eng koʻp izzat-nafsiga tegadi, degan savolga shunday javob bergan: -"Mehmonda eng yomoni mehmonxonaga borib oʻtirganimda koʻrganman. Bir ikki marta shunday holatni koʻrganmanki, shu holatni koʻrib shartta oʻrnimdan xafa boʻlib turib ketganman".
️Diqqat savol: Yozuvchini mehmonda nima izzat-nafsiga tegadi deb oʻylaysiz? Stol oyoĝidagi kitoblar
11. Bir milliarder Afrikadagi eng qashshoq mamlakatlarga moddiy yordam berish uchun ularga dori-darmon yubormoqchi bo'ladi. Yuboriladigan hamma dorilardan unga bir nusxadan ko'rsatishadi. Hammasi yaqinda ishlab chiqarilgan, sifatli dorilar. Ammo dorilardagi bir xususiyatni tekshirib chiqqach, ularni qiynab qo'ymaslik uchun dorilarni yubormaslikka qaror qiladi. Keyin boshqa sohadan yordam bera qolay degan fikrga keladi.
️Diqqat savol: Nima uni fikridan qaytargan?
Hamma dorilarni òqib chiqadi. Dorilarning hammasini "Tòq qoringa iching" deyilgandi.
Adabiyotshunoslarni topish SHARTi
Boshlovchi: Hurmatli bilimdonlar sizlarga hozir adabiyotshunoslarning rasmi kòrsatiladi. Siz uning kim ekanligini topib, qoĝozga yozishingiz kerak. Har bir tòĝri topilgan javobga 1 balldan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |