8-Mart Bayram bazmi.
Zal bayramona bezatilgan.Bolalar musiqa sadolari ostoda zalga kirib keladilar.
Boshlovchi: Bahorning ilk kuni bayramdir sizga
Bahor kabi beg’ubor mushtipar ayol
Bo’ling doim salomat siz baxtimizga
Siz bilan hayot shirin,shirindir hayol.
Boshlovchi:. Assalomu alaykum muxtarama onajonlar,qadrli opa-singillar,bir-biridan lobar bog’chamiz qizlari.Ona diyorimiz uzra bahor nafasi esib turgan kunlarda xonadonimiz farishtasi,yaratganning tengsiz mo’jizasi bo’lgan barcha opa – singillarimizni,onajonlarimizni nafosat bayrami 8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.Toleingiz xamisha baland, umringiz uzoq bo’lsin.
Shu munosabat bilan bolajonlarimiz ishtirokida tayyorlangan bayram ertagimizni ochib berish uchun so’zni bog’chamiz direktori Azizova Muhayyo Panjievnaga beramiz.
Boshlovchi:Navbatni bolajonlar ijrosidagi ’’Buvijon qo’shig’iga beramiz.
’’Buvijon qo’shig’I’’
Har doim shirin so’z aytib erkalaysiz.
Duolar qilganda,baxt bizga tilaysiz.
Har ishni o’rgatib bizlarga faqat
Siz ravon yo’llarga boshlaysiz
Naqorat
Siz aziz mehribon,qalbi keng osmon
Eng mo’tabar inson jon buvijon
Siz yurgan yo’llarda ochilar bo’ston
Sog’ bo’ling har qachon.
-
Biz sizni doimo sevib e’zozlaymiz.
Baxtimiz faxrimiz siz o’zingiz deymiz
Sog’inib yod etib dadajonim ham
Siz uchun parvona bo’lamiz.
Naqorat
Buvijon siz aziz insonsiz
Barchamizga mehribonsiz
Doimo sog’ bo’ling.
Naqorat(2 marta)
Boshlovchi:Navbat she’rlarga
Erdamshox:Uyimiz nurga to’lar
Onajonim bor bo’lsa
Ko’zlarim yosh ko’rmaydi
Onam baxtiyor bo’lsa.
Ona mehri beqiyos
Daryolarga tenglashar
Ona hurmati uchun
Osmon yerga engashar.
Aziza: Olam aro yagona
Mehribon aziz onam.
Sherdor:O’zingiz har ishga bosh
Hurmat qilar keksa yosh
Bibisora:Sochingiz paxtaday oq
Mehri daryo qalbi pok
B: Navbatni bolajonlarimiz ijrosidagi “Mama” raqsiga.
1.Marjona 5.Rayhona 9.Asilbek
2.Erdamshox 6.Muhammadali 10.Diyora
3.Sabrina 7.Ruxsora 11.Jasur
4.Bilol 8.Shirina
B: Navbat yana she’rlarga
Rayhona: Ona so’zi muqaddas
Dilimizda har nafas
Ruxsora :Onajonim pazanda
Qilarlar har xil ovqat
Sultonov Sardor: Olam aro yagona
Mehribon aziz onam
Samidjanov Sardor:Tinchligimiz tayanchi,
Farovonlik ishonchi
Boshlovchi:Navbatni O’g’il bolalar ijrosidagi “Andijon polkasi”raqsiga beramiz.
Kamron 5.Asilbek
Muhammadali 6.Mustafo
Erdamshox 7.Jasur
4. Sherdor 8.Bilol
Boshlovchi:Navbatni she’rlarga beramiz.
Bilol:Qonunlarni bilamiz,
Shu yurt faxri bo’lamiz.
Muhammadali:Har yurakda bo’lsin jo
Shunday ozod vatanda.
Diyora: O’qi mehnat qil deydi,
Yurtni aziz bil deydi.
Shirina:Yulduzlar sanagan osmonga qarab
Ismlar saylagan menga saralab.
Boshlovchi:Yana navbatni o’g’il qizlarimiz Ijrosidagi “Vals” ga beramiz.
1.Bibisora -Mustafo
2.Farodisa – Sherdor
3.Yasmina _ Sultonov S
4.Shaxzoda – Kamron
5. Sarvinoz Samijanov S
6. Aziza – Aliakbar.
Boshlovchi: Olamni munavvar aylagan zot bu ona.Ona so’zi uch harfdan iborat bo’lib,”O” – oriyat,”N”- Nafosat,”A” – Andisha ma’nolarini bildirar ekan.Ona go’zallik,donolik timsolidir.
Ona chashma farzandlar ana shun chashmadan ezgulik,insoniylik sharbatini simirib chanqog’ini qondiradi.Shunday ekan keeling yana onajonlarimizga atalgan bolajonlarimiz she’rlaridan tinglaylik.
Mustafo: Kamron:Ko’nglimizning parchasi
Yangi yilning kechasi.
Aliakbar:Onajonim quvonchidan
Menga bo’lgan ishonchidan.
Jasur:Bizni yuvgan to’ydirgan
Quvontirgan kuldirgan.
Boshlovchi:Navbatni endi qizlarimiz ishtirokidagi “Doira” raqsiga beramiz.
1.Ruxsora 5.Diyora 9.Shaxzoda
2.Marjona 6.Shirina 10.Rayxona
3.Bibisora 7.Sabrina 11.Farodisa
4.Aziza 8.Sarvinoz
Boshlovchi:Navbatni guruhimizning barcha bolajonlari ijrosidagi “Yulduzcha”raqsiga beramiz.
.
Boshlovchi: Navbat “Onajonim”qo’shig’iga.
Guruhning barcha bolajonlari.
Boshlovchi:Navbat she’rlarga
Sarvinoz: Farodisa:Yaxshilar tufayli ozod diyorim
Ozodlik tufayli obod diyorim.
Marjona:Bahor keldi gul bilan
Shoxida bulbul bilan.
Shaxzoda : Ovozingiz muloyim
Shirin so’zsiz mehribon.
Sabrina :Ona ona-onajon
Yonimdasiz har qachon.
Boshlovchi:Mana hurmatli aziz mehmonlar onajonlarimiz uchun atalgan bayram ertagimiz o’z nihoyasiga yetdi.Sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan muborakbod etamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat.
“Ommaviy raqs”