1. Diktant so‘zining ma’nosi qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
*a) aytib turmoq, gapirmoq, so‘zlamoq
2. Diktant maqsadga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
*a) 2
3. Ta’limiy diktant turlari nechta?
*a) 8
4. Qaysi diktant turida yaqinda yoki ilgari o‘rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi?
*a) tekshiruv
5. Qaysi diktant turida matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o‘quvchilar so‘zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar?
*a) ta’kidiy
6. Qaysi diktant turida o‘quvchilar qoidalarga oid so‘zlarning tagiga chizadilar?
*a) izohli
7. Qaysi diktant turida o‘quvchilar o‘qituvchi aytayotgan matnning hammasini yozmaydilar, ya’ni o‘qituvchining topshirig‘iga mos qisminigina yozadilar?
*a) saylanma
8. Qaysi diktant turida o‘quvchilarga o‘qituvchi o‘qib bergan matnni o‘zgartirish, bir so‘zni unga yaqin ma’noli so‘z bilan almashtirish erkinligi beriladi?
*a) erkin
Do'stlaringiz bilan baham: |