Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni


Algerbraik mazmundagi masalalarni yechishni o`rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish



Download 315,49 Kb.
bet22/32
Sana02.07.2022
Hajmi315,49 Kb.
#729875
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni

22.Algerbraik mazmundagi masalalarni yechishni o`rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish


Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi turli xil axborotdan foydalanishga qaratilgan va axborotlashgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar. Yapon olimlarining hisoblashlaricha, axborotlashgan jamiyatda kom- pyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbayidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim. Moddiy mahsulotning esa tannarxi ancha qimmat bo'ladi. Bu uning qiymatida innovatsiya, dizayn va marketing ulushining oshishini anglatadi.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi ham o‘zgaradi. Bu jamiyatning sanoat jamiyatidan farqi shundaki, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqiladi va iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy mehnat darajasi oshadi. Insondan ijodiy qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot tex- nologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar taslikil etadi.
Axborotlashgan jamiyat — faoliyat ko'rsatuvchilarning ko’pchiligi axborotni, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
Rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyat negizlari asta-sekin namoyon bo‘lmoqda. Istalgan turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jihozlanmoqda. Axborotlashgan jamiyatda insonlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish va energiya ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter va telekom¬munikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Axborotlashgan jamiyatning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
• axborot inqirozi muammosi hal etilgan, ya’ni axborot mo‘l- ko‘lligi va axborot taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat yechilgan;
• boshqa zaxiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlangan;
• jamiyat rivojlanishining asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi;
• eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan hoida bilimlarni hosil qilish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi;
• axborot texnologiyasi inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, global xususiyatga ega bo‘ladi;
• butun insoniyat tarixining axborot birligi shakllanadi;
• zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshadi.
Ijobiy tomonlardan tashqari salbiy oqibatlarni ham ko‘rsatish mumkin:
• ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi;
• axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning shaxsiy hayotini buzib yuborishi;
• sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosining mavjudligi;
• ko‘pgina odamlarning axborotlashgan jamiyat muhitiga moslashishining qiyinligi;
• axborotlarni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi odamlar va iste’molchilar orasida muammolar vujudga kelishi xavfi.
AQSH, Yaponiya, Angliya, Germaniya kabi axborot sanoati rivojlangan mamlakatlarni axborotlashgan jamiyat deyish mumkin.
Jamiyatning rivojlanishi natijasida inson, guruh, jamoa va tashkilotning faoliyati uning qay darajada axborotlashganiga va shu axborotdan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Yangi faoliyatni boshlashdan oldin, shu faoliyat to‘g‘risida katta hajmga ega bo‘lgan ma’lumotlami to'plash va uni qayta ishlash, tushunib yetish va tahlil qilish kerak bo‘ladi. Bu vazifalarni bajarish uchun esa maxsus texnik vositalarni jalb qilish kerak.
Axborot hajmining oshib ketishi natijasida axborotni to‘la tushuna olmaslik holati vujudga keladi. Har kuni paydo bo‘layotgan yangi axborot oqimida to‘g‘ri yo‘nalishni tanlash qiyinlashib boradi. Katta hajmdagi axborotlarning paydo bo'lishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
• ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga bag‘ishlangan hujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar, ma’ruzalar sonini yuqori sur’atda ko'payishi;
• insoniyat faoliyatining turli sohalariga bag'ishlangan davriy nashrlar sonining doimiy ravishda ko'payishi;
• magnit tasmalariga yozilgan va kommunikatsiya tizimiga kiritish qiyin bo‘lgan turli ma’lumotlarning paydo bo‘lishi.
Yuqoridagi sabablar natijasida axborot inqirozi (portlashi) yuzaga keladi. Bu inqirozning asosiy ko‘rinishlari quyidagicha:
• insonning axborotni qabul qilish, qayta ishlash imkoniyati bilan katta hajmdagi axborot o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lmoqda. Masalan, umumiy bilimlar hajmi awal asta-sekinlik bilan o'zgardi, lekin 1900-yildan boshlab bilimlar to‘plami har 50 yilda ikki martaga ko‘paydi, 1950-yilga kelib har 10 yilda, 1970-yilga kelib 5 yilda va 1990-yildan boshlab esa har yili bilimlar to'plami ikki martaga ko‘paymoqda;
• axborotni to‘g‘ri qabul qilishga xalal beruvchi me’yoridan ortiq axborotlar paydo bo‘lmoqda;
• axborotning tarqalishiga xalaqit beradigan iqtisodiy, siyosiy va boshqa ijtimoiy to'siqlar yuzaga kelmoqda.
Yuqoridagi sabablarga asosan quyidagi holat paydo bo‘ladi: dunyoda juda katta hajmga ega bo‘lgan axborot manbayi yaratilgan, lekin undan insonlar to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. Axborot inqirozi jamiyat oldiga bu ziddiyatni bartaraf etish yo‘llarini topish vazifasini qo‘ydi. Faoliyatlarining turli sohalariga elektron hisoblash mashinalarini (EHM), axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish zamonaviy qurilmalarini qo‘llash bilan insoniyat jamiyatida yangi evolutsion jarayon boshlandi. Bu jarayon axborotlashtirish jarayoni deb ataladi.
Jamiyatni axborotlashtirish — axborot zaxiralarini shakl lantirish va undan foydalangan holda jamiyatning axborol iste’molini optimal to‘yintirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jihatdan tashkil qilingan jarayondir.
Axborotlashtirish jarayonining tarixi AQSH da 1960-yillar- dan, Yaponiyada hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 1970- yillardan boshlangan.
Jamiyatni axborotlashtirish zamonaviy ijtimoiy jarayonning tarkibiy bir qismidir. Bu atama oldin ishlatib kelingan «jamiyatni kompyuterlashtirish» atamasini siqib chiqarmoqda. 0‘zaro yaqin bo‘lgan bu atamalar bir-biridan farq qiladi. Jamiyatni kompyuterlashtirishda asosiy yo‘nalish sifatida kompyuterning texnik bazasini
takomillashtirish va tatbiq etish masalalari ko‘riladi. Jamiyatni axborotlashtirishda esa insoniyat faoliyatining har bir sohasida to'liq ishlatiladigan ishonchli, mukammal va zamonaviy bilimlarni olishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga asosiy e’tibor beriladi. Shuning uchun «jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasi «jamiyatni kompyuterlashtirish» tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. «Jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasida urg‘uni texnik qurilmalariga emas, balki ijtimoiy-texnik jarayonning mohiyatiga va maqsadiga berish kerak.
Axborotlashgan jamiyatga o‘tish davridagi yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni hal qilishdan tashqari yana bir muammo — insonni tayyorlash borasidagi vazifani ham hal qilish kerak. Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo‘lishi, zamonaviy qurilmalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, yangi ish sharoitida bir odamning axborot bilan ta’minlangani boshqa odamlarning axborot bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun insonning axborotlarni to‘plashda va qayta ishlashda o‘zi mustaqil ish olib borishi yetarli bo‘lmay qoladi. Buning uchun u jamoa bilimlari asosida tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar asosida ishlaydigan yangi texnologiyani o‘rganishi kerak. Bu esa insondan ma’lum darajada axborot bilan ishlash madaniyatini talab qiladi.
Axborot madaniyati — axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borish va axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, zamonaviy texnik vositalaridan, usullaridan foydalana olish mahoratidir.
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida to‘g‘ri yo‘l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. U insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo‘lib, quyidagilarda:
• texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari) ni ishlatish ko‘nikmasida;
• o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida;
• turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommuni- kasiyalar)dan axborotlarni olish, uni kerakli shaklda ko‘rsatish hamda samarali ishlatish mahoratida;
• axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida;
• turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida o‘z aksini topadi;
• o‘z faoliyat sohasidagi axborot to‘plamining xususiyatlarini bilishida.
Axborot madaniyati kibernetika, informatika, axborot naza- riyasi, matematika, ma’lumotlar bazasini loyihalash nazariyasi va boshqa fanlarning bilimlariga tayangan holda paydo bo‘ladi. Axborot madaniyatining tarkibiy qismi bu yangi axborot texnolo¬giyalarini bilishdan va ularni qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
Jamiyatning axborot imkoniyatlari:
•Axborot zaxiralari
•Axborot mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish
•Axborot mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish bozori
Axborot zahiralari.
Moddiy ishlab chiqarishga yo'naltirilgan sanoat jamiyatida bir necha asosiy iqtisodiy zaxira turlari ma’lum, ya’ni:
Moddiy zaxiralar — ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat predmetlari yig'indisidir, masalan, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarimtayyor mahsulotlar, detallar va hokazolar.
Tabiiy zaxiralar — kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyoj- larini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan tabiat obyektlari, sharoitlaridir.
Mehnat zaxiralari — jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lu- mot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir.
Moliyaviy zaxiralar — davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘laridir.
Energetika zaxiralari — energiya quwati mavjud mahsulotlar, masalan, ko‘mir, neftp mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.
Axborotlashgan jamiyatda yuqorida ko‘rsatilgan an’anaviy zaxiralarga nisbatan axborot zaxiralariga e’tibor ortadi. Axborot zaxiralari awal ham mavjud bo'lsa ham, ularni iqtisodiy yoki boshqa kategoriyaga kiritish, ta’rif berish kabi ishlar bajarilmagan edi.
Jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zaxiralari tushunchasidir. Axborot zaxirasi tushunchasiga oid bir nechta maqolalar, monografiyalar va boshqa ishlan malar yozilgan. Bularga asoslanib, quyidagi ta’rifni keltiramiz.
Axborot zaxiralari — hujjatlar va hujyatlar to‘plamlari, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari)dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamlaridir.
Axborot zaxiralaridan axborot mahsulotlarini yaratishda manba sifatida foydalaniladi. Axborot mahsuloti insonning aqliy faoliyati natijasi bo‘lib, u fizik xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, maqolalar, dasturlar, kitoblar va boshqalar ko'rinishida ifodalangan bo‘lishi kerak.
Axborot mahsuloti — muayyan va mavhum shakllarda tarqatish uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan axborotlar to‘plamidir.
Axborot mahsuloti boshqa mahsulotlar kabi xizmat ko‘rsatish usuli bilan tarqatiladi.
Xizmat ko‘rsatish — inson va tashkilotlarning turli xil mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida odamlarning va muassasalarning ishlab chiqarishga qaratilmagan faoliyati natijasidir.
Axborot xizmat ko‘rsatish — axborot mahsulotlarini foydalanuvchiga yetkazib berish va undan olish xizmatidir.
Axborot xizmat ko'rsatish ma’lumotlar bazasi bo‘lgandagina kompyuter yoki kompyutersiz shakllarida tashkil qilinadi.
1.2. Kompyuterning dastur ta’minoti haqida ma’lumotlar
Kompyuterning ishlashi uchun zarur bo’lgan barcha dasturlarni bir so’z bilan dastur ta’minoti deb yuritiladi. Dastur ta’minoti:
- sistemali dasturlar;
- amaliy dasturlar;
- dasturlash tillari va boshqalarga bo’linadi.
Sistemali dasturlar kompyuterning barcha qurilmalarini, sistemalarini o’z’aro bog’liqli holda ishlashini, hamda foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni osonlikcha tashkil etishni ta’minlaydi.
Kompyuterni mikroelektron (fizik) va dasturiy manbalarini samarali taqsimlash, boshqarish uchun mo’ljallangan o’ta yuqori satxdagi dasturga operasion sistema deyiladi. Sistemali dasturlar turiga operatsion sistemalar kiradi.
Hozirgi kungacha turli operatsion sistemalar yaratilgan bo’lib, ularga misol tariqasida MS DOS, UNIX, DRD, WARP, Windows XP, Macintosh va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Amaliy yoki standart dasturlar foydalanuvchi tomonidan ma’lum bir turdagi ishni bajarishda qo’llaniladigan dasturlar to’plamidir. Boshqacha aytganda ular qatoriga Microsoft office dasturlari paketini keltirish mumkin. Bu dasturlar paketiga MS Word, MS Excel, MS Access, Power Point va boshqalar kiradilar.
Dasturlash tillari foydalanuvchi uchun istalgan bir masalani dastur tuzish orqali kompyuterda hal etish imkonini beradi. Dasturlash tillari qatoriga Beysik, Paskal, Ada, Prolog, SI, Delphi, Clipper, FoxPro, Oracle, HTML, Visual Basic for Aplication va boshqalar kiradi. Fizik, matematik masalalarga dastur tuzishda asosan o’quv jarayoni uchun muljallangan dasturlash tillari Beysik, Paskal, SI, Delphilardan keng foydalaniladi. Iqtisodiy masalalarni hal etishda Clipper, FoxPro, Oraclelarni ishlatish maqsadga muvofiq. HTML, Front Page, Java Script, Visual Basic for Aplication tillari kompyuter uchun Web sahifalar, elektron ma’ruzalar va qo’llanmalar yaratishda ishlatilishi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion sistemalar. Shaxsiy kompyuterning ishlashi uchun eng avvalo uning xotirasida operatsion sistema qismlari o’rnatilgan bo’lishi lozim. Dastlabki paytlarda sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar yaratilgan bo’lib, ular uchun birinchi operatsion sistema CP/M-80 (Control Programm for Microcomputers, ya‘ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nomi bilan yuritilgan.
Microsoft (Maykrosoft) kompaniyaining asoschisi va prezidenti Bill Geyts rahbarligidagi bir guruh mutaxassislar tomonidan 16 razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun MS DOS (Microsoft Disk Operation System-Maykrosoftning Diskli Operatsion Sistemasi) 1981 yilda yaratildi. Keyingi paytlarda bu operatsion sistemaga o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilib, tez-tez yangilandi va bir qancha versiya (variant) lari kompyuterlarda qo’llanilmoqda.
MS DOS shaxsiy kompyuter ishga tushirilishi zahoti avtomatik tarzda uning tezkor xotirasiga yuklanadi. Yuklash jarayoni muvaffaqiyatli tugallansa, ekranda C:\ ko’rinishidagi taklif belgisi chiqadi. Bunday belgi joylashgan satrga buyruqlar satri deyiladi. Klaviatura yordamida foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan barcha buyruqlar shu satrda yoziladi va har bir buyruq “Enter” klavishini bosish bilan yakunlanadi.
Foydalanuvchi biron bir axborotni MS DOS ning buyruqlaridan foydalanib kompyuterda saqlashi, zarur bo’lganda uni o’zgartirishi, qog’ozlarda chop etishi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlangan sohaga fayl deb yuritiladi. Faylning to’liq nomi ikki qismdan iborat bo’lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan faylning kengaytmasi yoziladi. Masalan, Command.com, autoexe.bat, system.com, matematik.bas, amaliy.txt, fizik.pas, biolog.tx1, io.sys va boshqalar.
Bu yerda Command, autoexe, system, matematik, amaliy, fizik, biolog, io lar faylning nomlari deyiladi. com, bat, bas, txt, pas, tx1 va sys lar esa faylning kengaytmalaridir. Fayl atributlari deganda, faylning nomi, turi, hosil qilingan sanasi va vaqti tushuniladi.
Papka (Katalog) ham fayl singari nomlanadi. Ammo unda kengaytma bo’lmaydi.
1998 yilning 1 martida Microsoft firmasi tomonidan Windows-XP operatsion sistema yaratilgan bo’lib, u eng mukammal operatsion sistemalardan biri sifatida zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlarda qo’llaniladi.
Windows-XP operatsion sistemasi vinchesterning sistema fayllar sohasida joylashib, kompyuter elektr tarmoqqa qo’shilishi bilan Windows-XP ning avtomatik ishga tushishi ko’zatiladi va foydalanuvchi uchun uning barcha imkoniyatlari mujassam bo’ladi.
Windows XP foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni tavsiya etadi:
Dasturlarni ishga tushurish, hujjatlarni ochish, saqlash, disklar bilan ishlash, server, tarmoqlar bilan ishlashni juda oson amalga oshirish va boshqalar.
1.3 Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalaridan samarali foydalanish har bir o’qituvchining asosiy vazifasi bo’lib qolmoqda.
Bugun malakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustivor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi» .
Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz.
30-yillarda «pedagogik texnika» tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‘ldi va u o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan usul va vositalar yig‘indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda PT deb o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.
40-50-yillarda o‘quv jarayoniga o‘qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi PTga tenglashtirildi.
60-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda «Pedagogik texnologiya» (Educational Technol-ogy), 1964 yildan Angliyada «Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim» (Technology and programmed Learning). Yaponiyada esa 1965 yildan «Pedagogik texnologiya» (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xudi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.
PT muammosining o‘ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab «Pedagogik texnologiya jurnali» (Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda maxsus «Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya»si (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat shug‘ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan «Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar» (Educational Technology Research) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o‘z o‘rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mahur.
Didaktikaning bu yo‘nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o‘tkazilgan qator xalqaro konferensiyalar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o‘tkazilib kelinadi va anjuman materiallari «Pedagogik texnologiya jihatlari» (Aspects of Educational Tec-hnology) nomida nashr qilinadi.
Shu kabi ma’lumotlarni keltirishni g‘arb davlatlari misolida yana ham davom ettirish mumkin, biroq 1 – chizma bunga ehtiyoj qoldirmaydi. Yuqoridagilarning o‘ziyoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo‘nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Taxlillarning ko‘rsatishicha, bu davrda PT ikki yo‘nalishda muhokama qilinadi va rivojlantiriladi: birinchisi – o‘quv jarayoniga texnik vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa (shu jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi – o‘qitish texnologiyasi masalalarini, ya’ni o‘quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo‘lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi.
1.4 Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari.
O‘zbekistonda ta’lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi”dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro‘y beradigan “portlash effekti” natijalari ro‘yi-rost ko‘rsatib berildi, ya’ni:
-ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o‘zgaradi.;
- insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi;
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi;
- jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;
- fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o‘rin olishga, o‘zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi
«Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo‘llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta’minlash davr taqazosidir.
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g‘oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o‘zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllan-tirishni ko‘zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysi darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog‘liq?
Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z tenikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – «texnos» (techne) – san’at, hunar va «logos» (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat obyektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)-ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chirish mumkin, ya’ni: PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko‘rinishlarini uchratish mumkin: «o‘qitish texnologiyasi», «o‘quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va hokazo.
O‘qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo‘lsa-da, aynan o‘xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o‘quv materialini o‘zlashtirish yo‘lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko‘proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «o‘qituvchi – moddiy muhit – o‘quvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi kunda o‘qituvchilar metodikani ko‘p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalar-ni aniqlashtirish kerak bo‘ladi. Metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko‘zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko‘chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo‘limida qo‘llash metodikasi va h.k.
PT o‘qitish jarayonining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashki-liy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘in-disidir. Texnologiya o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan «o‘qitish texnologiyasi - bu o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi.
Obyektiv borliqni o‘rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko‘lamda qo‘llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o‘qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o‘qtiradi: «O‘qitish texnologiyasi – bu o‘quv jarayonini nima real tavsiflasa o‘sha, o‘qituvchiga o‘rnatilgan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanish zarur bo‘lsa o‘sha» Bu alohida fan .
PTni fan sifatida e’tirof etish G.K.Selevko tomonidan ham ma’qullandi: «Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta’limda qo‘llaniladigan usullar, prinsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o‘qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir» . Olimning ta’kidlashicha «pedagogik texnologiya» tushunchasi ta’lim amaliyotida uch iyerarxik darajada ishlatiladi:
Umumpedagogik (umumdedaktik) daraja; umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma’lum mintaqada, o‘quv yurtida, ma’lum o‘qitish bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi.
Xususiy metodik (predmetli) daraja: xususiy predmetli PT «xususiy metodika» ma’nosida qo‘llaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig‘indisi sifatida bir predmet, sinf, o‘qituvchi doirasida qo‘llaniladi (fanlarni o‘qitish metodikasi, o‘qituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi).
Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o‘zida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar yechimini o‘zida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars texnologiyasi, Yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa).
I.Y.Lernerning fikricha, PT – «o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va Aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqazo etadi» .
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang‘ich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko‘zga yaqqol tashlanadi yoki bunday yondashuvlarda o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi bo‘lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o‘zining yirik asarida «PT – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir» deb ta’rifladi .
Bu ta’rif mazmunidan muhim ilmiy prinsiplarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- PT o‘quvchi (talaba)larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;
- loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o‘qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;
- yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.
PT tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada yechilganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, PTni amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganilib kelindi. Natijada o‘qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg‘or metodikalar texnologiyalar darajasiga ko‘tarila olmay asta-sekinlik bilan o‘z mavqeini yo‘qotib pedagogika fanidan uzoqlashib ketmoqdalar. Misol uchun, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Dasturli ta’lim» (Programmirovannoye obucheniye) yoki 70-yillarda sobiq ittifoq miqyosidagi «Shatalovchilik harakat»ini eslash kifoya.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Fikrimizcha, yangi PT pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Darvoqe, PTga «yangi» so‘zni qo‘shib ishlatilishi nazariyachi olimlar va o‘qituvchilarni bir qadar o‘ylantirib qo‘ydi, endilikda ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini anglashga harakat qilmoqdalar. Shunday ekan, «yangi PT» nimani anglatadi? Bu savolning yechimini izohlashga harakat hilamiz.
Birinchidan, PT ta’lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Binobarin, har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy o‘quv yurti) mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya’ni: «o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to‘la xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash» deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.
Ikkinchidan, fan va texnikaning fivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari katta bo‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, elektron, axborot va boshqa) kirib kelmoqda. Ro‘y berayotgan sifatiy o‘zgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda «o‘rganish»ning birlamchi jarayonlari an’anaviy metodika va o‘qitish vositalari romiga sig‘may, o‘qituvchining individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantiradi.
PT mohiyat jihatdan boshqa tenologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma’lum «material» bilan ish ko‘radi. Biroq PT inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, hatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos tomonlari – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
PT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski, bu jarayon hozirgi ta’lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli PT o‘zining ilmiy ishlanmasini kutyapti: «kompyuterlarning shu kundagi qo‘llanishi-ekstensivlik xolos: an’anaviy o‘quv kurslari shunchaki ekran monitoriga joylashtirilyapti».Shu yerda PT va axborot texnologiyasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda ba’zi bir olimlar (ayniqsa informatika fani vakillari) PTni axborotlashtirishga qo‘shish yoki tenglashtirish (ba’zan ustun qo‘yish)ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar agar xato bo‘lmasa, shubhasiz «podadan oldin chang chiqarishdir». O‘quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy (ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab) voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy «burilish», uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda ta’limda axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi-kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida ta’lim jarayonida qo‘llanila boshlandi. Kelajakda iqtisodiy bo‘hronlar ortda qolib o‘quv yurtlari dasturli «mashina» bilan yetarli darajada ta’minlanadi. Shundagina axborotli texnologiya asosida o‘quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin



Download 315,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish