Konstitutsiyada belgilangan me’yorlardan tashqari, davlat moliyaviy boshqaruvini normativ tartibga solish maqsadida alohida sohalarga tegishli bo‘lgan qonunlar qabul qilinishi mumkin. Hozirgi davrda turli mamlakatlarda byudjet islohotlari makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi sifatida qabul qilinmoqda. Byudjet qonunchiligi hukumatga yalpi xarajatlar darajasini, byudjet taqchilligi hajmini va davlat qarzini nazorat qilish imkoniyatini beradi, ya’ni makroiqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini nazorat qilish quyidagilarni qonuniy biriktirish orqali amalga oshiriladi: - hokimiyat qonunchilik va ijro organlari o‘rtasida byudjet vakolatlarining taqsimlanishi; - hukumatning nazoratni cheklovchi va byudjet protseduralari oshkoraligini pasaytiruvchi byudjetdan tashqari yoki kvazibyudjet faoliyatini taqiqlash; - qonunchilikdan makroiqtisodiy nazoratni ta’minlovchi vosita sifatida foydalanish maqsadida byudjet taqchilligini, davlat qarzi va uni jalb etishni chegaralash.
Do'stlaringiz bilan baham: |