Boshlang‘ich ta‘lim va sport tarbiyaviy ish



Download 17,79 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi17,79 Kb.
#771288
Bog'liq
DEKAN TAVSIYANOMASI


Termiz Davlat Universitetining Pedagogika Instituti Pedagogika-psixologiya va boshlang'ich ta'lim fakulteti “Boshlang‘ich ta‘lim va sport tarbiyaviy ish” yo‘nalishi 2-bosqich 203-guruh talabasi O'zbekiston Respublikasi davlat stipendiyasi uchun nomzod Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qiziga
TAVSIYANOMA
Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizi 2001-yil 25- noyabr sanasida Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanida tug'ilgan.
2020-yilning 30-sentabridan boshlab Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va Boshlang’ich ta’lim fakultetida davlat granti asosida tahsil olib kelmoqda.
Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizi o'qishi davomida respublika, viloyat hamda ko’plab madaniy-marifiy tadbirlarga faol ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, 2021-yil davomida “Zakovat” intelektual o’yinlarida qatnashib qator tashakkurnomalarni qo’lga kiritdi. 2021-yil fakultetlar orasida o'tkazilgan "Quvnoqlar va Zukkolar" tanlovida "Eng quvnoq qiz" nominatsiyasini qo'lga kiritib tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. 2022-yil 7-fevraldan 5-martgacha bo'lgan malakaviy amaliyot davrida o'zining xulqi hamda maktab o'quvchilari bilan birgalikda tashkil qilingan chiroyli ochiq darslari va badiiy kechalari bilan Termiz shahar 15-sonli maktab jamoasi e'tiboriga tushib, maktab direktori tomonidan maqtov yorlig'i va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, Pedagogika-psixologiya va boshlang'ich ta'lim fakulteti o'rtasida tashkil qilingan "BIZ SENI SOG'INDIK BAHOR” badiiy kechasida ishtirok etib tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan "Yuragida Vatan bor edi.." nomli badiiy kechada faol ishtirok qilib tashakkurnoma , shu bilan bir qatorda Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag’ishlab talaba yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Kitobxonlik tadbirida faol ishtirok etib tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 2022-yilda Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Yangi O’zbekistonni o’zimiz o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz” shiori ostida tashkil etilgan esselar tanlovida 1-bosqich Fakultetlar o’rtasida I- o’rin sohibasi, 2-bosqich Institut bosqichida faxrli I- o’rin sohibasi, 3-bosqich hududiy bosqichda faol ishtirok etganligi uchun faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. “O’zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” nomli maqolalar tanlovida ishtirok etib, faxrli 2-o’rin sohibasi, “Odam savdosi – davr muammosi” insholar tanlovida, “Eng yaxshi kitobxon talaba” respublika ko’rik-tanlovida institut bosqichida faol ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilm taqdirlandi.
Bundan tashqari, Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizi ilmiy, ijodiy faoliyatida ham yutuqlarga erishgan bo'lib, 2022-yil "ILM-FAN MUAMOLARI MAGISTRLAR TALQINIDA" mavzusida ko'p tarmoqli Respublika Ilmiy-amaliy konferensiyasida o'zining "XALQNI SEVADIGAN DAVLAT XIZMATCHISI" nomli maqolasi bilan ishtirok qildi va SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.2022- yil “ASIAN JOURNAL OF RESEARCH IN SOCIAL SCIENCES AND HUMANITIES” jurnalida “HIGH SPIRITUAL GENERATION – THIRD RENEISSANCE BUILDERS” nomli maqola chop ettirgan va sertifikat bilan taqdirlangan. 2022-yil “BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida Respublika Ilmiy-amaliy anjumanida o’zining “TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH” nomli maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.
2022-yil Yoshlar ishlari agentligi tashkil qilgan “INTERNATIONAL FORUM OF TALENTED YOUTH VOLUNTEERING” forumi, 2021-2022 yillar telegram ijtimoiy tarmog’iI orqali o’tkazilgan KHISO OLIMPIADASI faol ishtirokchisi, “Eng yaxshi kitobxon” ko’rik tanlovi faol ishtirokchisi. “THE GOI GRACE” jamg’armasining “mening qadriyatlarim” mavzusidagi Xalqaro insholar tanlovi faol qatnashchisi.
2021-2022-o'quv yilida Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizining namunali xulqi, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizining ona-onasi TerDU Pedagogika Instituti ma'muriyati tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.
Tojimirzayeva Buzulayxo Maxammadjon qizi bundan keyin ham mustaqil O'zbekistonimizning ravnaqi uchun samarali mehnat qiladi va yosh avlod ma‘naviy yuksalishi uchun xizmatlarini ayamaydi deb ishonch bildiraman va O'zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi uchun nomzod sifatida tavsiya qilaman.

Termiz Davlat Universitetining
Pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va
Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani Q.Qodirov

Download 17,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish