O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o. Tildagi
unlilar tizimi vokalizm (ingl. unli degan ma’noni bildiradi
9
) deb yuritiladi.
Unlilar hosil bo`lishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular
tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish
darajasiga, tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga
ko‘ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;
2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra;
3) lablarning ishtirokiga ko‘ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |