PIRLS natijalari
2001-yil
|
2006-yil
|
2011-yil
|
2016-yil
|
1. Shvetsiya
|
1.Rossiya
|
1. Gongkong
|
1. Rossiya
|
2.Niderlandiya
|
2.Gongkong
|
2. Rossiya
|
2. Singapur
|
3.Angliya
|
3. Kanada (Alberta provinsiyasi)
|
3. Finlandiya
|
3. Gongkong
|
4. Bolgariya
|
4. Singapur
|
4. Singapur
|
4. Irlandiya
|
5. Latviya
|
5. Kanada (Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi)
|
5. Shimoliy Irlandiya
|
5. Finlandiya
|
PIRLS tadqiqotiga o‘quvchilarni qanday tayyorlash kerak?
1. Sinfda o‘qish darslarini eng yuqori sifatda olib borishni ta’minlash.
2. O‘quvchilarni uyda o‘qishga rag‘batlantirish.
3. O‘quv dasturining PIRLSga mos kelishini ta’minlash.
4. PIRLS baholash vazifalarini yaxshilab o‘rganish va ularga ko‘nikish.
Amaliy tavsiyalar:
1. Tadqiqot sohasida ilg‘or o‘qituvchilarni aniqlash, ularning ish va dars rejasini ommalashtirish, dars metodikalarini yozib olish.
2. E’tiborni PIRLS va boshlang‘ich sinf bitiruvchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari sifatiga ko‘proq qaratish.
3. PIRLSni rivojlantirish uchun har bir maktabdan eng ilg‘orlarni aniqlash, fikr almashish.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA O‘QISH VA ONA TILI DARSLARINI INTEGRATSIYALASHNING METODIK IMKONIYATLARI
Kategoriya: Boshlangich ta`lim , SARIYEV SH.U.
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda o‘qish va ona tili darslarini integratsiyalashning eng samarali metodik va didaktik imkoniyatlari bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish hamda ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” [1] kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar sifatida belgilab berildi. Bu esa ta’limning dastlabki bosqichlaridan boshlab o‘quvchilar nutqini o‘stirish metodikasini takomillashtirishni ham taqozo etadi.
Shaxsning muayyan sifatlarini tarbiyalash, mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda fanlararo uzviylik muhim ahamiyat kasb etadi. “Uzviy” tushunchasi lug‘aviy jihatdan “chambarchas holdagi”, “o‘zaro bog‘langan”, “ajralmas” [2] ma’nolarini ifodalaydi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni atrof-muhit bilan tanishtirish, savodxonlik darajasini oshirish, nutqini rivojlantirishda uzluksiz ta’lim tizimining mazkur bosqichida o‘qitiladigan barcha fanlar birdek ahamiyatli. Shu bois “Alifbe”, “O‘qish”, “Ona tili”, “Matematika”, “Tarbiya” va boshqa fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan darslarda ularning didaktik imkoniyatlariga tayanib ish ko‘rish o‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi.
O‘quv predmeti doirasida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan bilimlar, ularda hosil bo‘ladigan ko‘nikma va malakalar nuqtayi nazaridan o‘qish va ona tili ta’limining xususiyatlari bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida o‘qish darslarida “Ona tili”, ona tili darslarida “O‘qish” predmetlarining didaktik imkoniyatlaridan o‘rinli, samarali foydalanish mumkinligini anglatadi.
Pedagogik kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ba’zi o‘quvchilar qisqa va cho‘ziq tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishda, unli va undosh harflarni ajratishda qiynaladi. Buning sababi darslarda tovush-harf tahlili ustida yetarlicha ishlamaslik, savod o‘rgatish davrida eshitish va amaliy xarakterdagi turli xil mashqlardan foydalanmaslikdir. “Grammatika va imlo” bo‘limiga o‘tishda o‘qituvchi bu xatolarni bartaraf qilish ustida tizimli ishlashni ko‘zda tutishi lozim.
“Unli va undosh tovushlar, harflar”, “Aytilishida va yozilishida farqlanuvchi undoshlar” kabi mavzularni tushuntirish jarayonida imlo qoidalarini talaffuzdan ajratib o‘rgatib bo‘lmaydi. Chunki ular tilning tovush tomoni bilan bog‘langan. Masalan, vaziyatga ko‘ra qisqa va cho‘ziq talaffuz qilinadigan unlilarni yozish uchun o‘quvchilar bunday tovushlarni eshitib, farqlashi lozim. Aytilishida va yozilishida farqlanuvchi undoshlarni topish malakasini mustahkamlash uchun birinchi darsdanoq so‘zlarni to‘g‘ri tahlil qilish, qisqa talaffuz qilinadigan unli va undosh tovush-harflarni farqlash ustida ish olib borish kerak.
Boshlang‘ich ta’limning birinchi yilidayoq o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratishga o‘rganadi. O‘quvchilarda bo‘g‘inga ajratish malakasi eshitish xarakteridagi mashqlar yordamida “Alifbe” darslarida shakllanadi.
O‘quvchilarning “Unli va undosh tovushlar, harflar” mavzusini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi ular tomonidan “Bo‘g‘in”, “Gap” kabi mavzularning ham puxta o‘zlashtirilishi uchun zamin yaratadi.
O‘quvchilarning og‘zaki nutqi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, hamma tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etsa, albatta, yozma nutqi ham ravon va tushunarli bo‘ladi.
So‘zlarning grammatik shakllari, sintaktik hodisalar ham badiiy matnlarda katta ifodalilik va ahamiyat kasb etishi mumkin. Matn tahlilida muallif, personajlar va hikoyachi nutqining o‘ziga xosliklarini hisobga olish kerak.
So‘zlar lug‘aviy ma’nosining o‘quvchilar tomonidan anglashilishi nutq o‘stirish bilan bog‘liq muhim vazifalardan bo‘lib, keyingi bosqichda gapdagi muayyan lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan so‘z ustida ishlashda o‘z samarasini beradi. Demak, o‘quvchilarning saylanma so‘zdan foydalana olish malakasini matn ustida ishlash orqali shakllantirish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirish yuzasidan olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘z fikrini ifodalashga qiynaladi, uni mantiqan izchil bayon qila olmaydi, bog‘lanishli jumlalarni noto‘g‘ri yoki noo‘rin tuzadi. Zero, ular hali gap qurilishini, mustaqil gaplarning o‘zaro bir-birlari bilan bog‘lanish shartlaridan xabardor emas. Shuning uchun o‘qish darslarida amalga oshirilayotgan o‘quvchilarda nutq o‘stirish borasidagi harakatlarning ona tili darslarida matn ustida ishlashga oid mashqlar bilan uzviy bog‘lab olib borilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Uzluksiz ta’limning har bir bosqichi muayyan vazifaning hal qilinishini ta’minlaydi. Savodga o‘rgatish nutqning tovush xususiyatini anglashning asosiy bosqichlaridan biridir. Shunga bog‘liq holda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolada so‘zning tovush tarkibini tahlil qilishga qiziqishlar yuzaga keladi. Bola ayrim tovushlarni farqlay olsa-da, ularni so‘z tarkibida mustaqil tahlil eta olmaydi. Shu sababli savodga o‘rgatish davrida bunday tahlilni amalga oshirish tovushlarni anglashda yangi bosqichni yuzaga keltiradi.
Xulosa qilib aytganda, savod o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichida og‘zaki nutq va grafik tasvirlangan nutqning garmonik birligi boshlanadi. Bu o‘quvchilarga keyinroq og‘zaki nutqdan yozma nutqqa o‘tishda yengillik tug‘diradi. Shu bois savod o‘rgatish bo‘yicha har bir darsda bog‘lanishli og‘zaki nutqni rivojlantirishga e’tibor qaratish talab qilinadi. Bunday darslar og‘zaki nutqni rivojlantirish bilan birga o‘quvchilarning lug‘at boyligini orttirish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi. Ona tili darslari grammatik-orfografik materialni nutq madaniyatini shakllantirish bilan bog‘lash uchun keng imkoniyatlarga ega. Bunday ishni tashkil qilish nafaqat nutq o‘stirishga doir zarur malakalarni shakllantirishni ta’minlaydi, balki ona tilini o‘rganishga qiziqish, unga nisbatan hurmat va muhabbat uyg‘otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |