Tadqiqot metodologiyasi: ushbu tadqiqot boshlang‘ich sinflarni tugatgan о‘quvchilarning bilimlarini tekshiradi, chunki boshlang‘ich sinflarning oxirgi yili o‘quvchilar rivojlanishidagi muhim bosqich hisoblanadi – bu vaqtda о‘quvchilar о‘qishni shunday о‘zlashtirishlari kerakki, u ularning keyingi ta’lim olishlari uchun vosita bo‘lishi lozim.
Barcha mamlakatlarda maktablarni tanlash mamlakatdagi barcha maktablar rо‘yxatidan ehtimollik usuli bilan, ushbu maktabda sо‘ralgan parallel о‘quvchilar sonini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi. Тadqiqot jarayonlarini standartlashtirishga katta e’tibor beriladi. PIRLS tadqiqoti xalqaro muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ishlab chiqilgan yagona kо‘rsatmalar va qoidalarga muvofiq ravishda qat’iy olib boriladi. Tadqiqotning har bir bosqichi (namuna olish, tarjima qilish va moslashtirish, test va sо‘rovnoma, ma’lumotlarni tekshirish va qayta ishlash) xalqaro ekspertlar tomonidan nazorat qilinadi.
PIRLS sо‘rovi о‘quvchilar tomonidan maktab vaqtida va undan tashqarida eng kо‘p qо‘llaniladigan о‘qishning ikki turini baholaydi:
• o‘qishda adabiy tajribani egallash maqsadida о‘qish;
• axborotni о‘zlashtirish va undan foydalanish maqsadida о‘qish.
Tadqiqotning kontseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va axborot (ommabop) matnlarni о‘qishda о‘qish qobiliyatining tо‘rtta guruhi baholanadi:
• aniq kо‘rsatilgan ma’lumotlarni topish;
• xulosalarni shakllantirish;
• axborotni talqin qilish va umumlashtirish;
• matn mazmuni, lingvistik xususiyatlari va tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Bajarilgan ishlarni sifat va miqdoriy baholash uchun PIRLSda quyidagi tizimdan foydalanadi:
- javoblar tanlovi mavjud topshiriqlar 1 ball bilan baholanadi;
- hodisalar ketma-ketligini belgilash bо‘yicha topshiriqlar 1 ball bilan baholanadi;
- javobi erkin tuzilgan topshiriqlar topshiriqning murakkabligiga qarab 1 dan 3 ballgacha baholanadi.
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy test nazariyasi qо‘llaniladi.
Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, PIRLS tadqiqotining natijalari maktab о‘quvchilarining о‘qish va rivojlanishidagi muvaffaqiyatlarga (maktab va oilaning ta’lim resurslari, ota-onalarning qiziqishi va bolalarning о‘qish madaniyatini shakllantirishdagi ishtiroki va boshqalar) ta’sir kо‘rsatadigan omillarning regressiv tahlilini ham ta’minlaydi.
О‘zbekiston PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etdi. PIRLS xalqaro dasturida qatnashish О‘zbekistonga boshlang‘ich sinf о‘quvchilari orasida о‘qish qobiliyatlari darajasini mustaqil ravishda obyektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, О‘zbekiston ta’limining ochiqligi va integratsiyalashuvi dunyoning yetakchi ta’lim tizimlarining xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
PIRLS tadqiqoti hozirgacha 5 marta о‘tkazildi: 2001, 2006, 2011, 2016, 2021[2]. Quyidagi jadvalda (2001, 2006, 2011, 2016-yillarda) PIRLS xalqaro tadqiqotida ishtirok etgan va yetakchi beshlikdan o‘rin olgan davlatlarni kо‘rishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |