Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fanidan 2020-yil 3- kurslar 2- semestr uchun majmua


MAVZU. O’QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KASB FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALARI



Download 0,9 Mb.
bet3/16
Sana01.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#296852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fan

4.MAVZU. O’QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KASB FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALARI.

Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg’ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi va bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi.

E.A. Klimov tadqiqotlarida “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”, deya ta’kidlaydi.

V.G. Makushin esa, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi, deya ta’kidlaydi.

Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: “Kasb mehnat faoliyatining asosiy shakli bo’lib, uni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilim, malaka va ko’nikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega bo’lishi kerak”.

Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan o’zlashtirilgan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar majmuasi bo’lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi.

Shunday qilib, mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi.

Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga ko’ra, “kasbiy tayyorgarlik – bu o’zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’ektiv holatidir”.

E. Seytxalilov, B. Raximov va N. Azizxodjaevalar “kasbiy tayyorgarlik – shaxsning aniq kasbiy faoliyat turi bilan shug’ullanishiga imkon beruvchi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish jarayonidir”, deya izohlaydilar.

R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov hamda A. Pardaevlar kasbiy tayyorgarlik negizida “bo’lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi” aks etishi kerakligini ta’kidlaydilar.

1 Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2008. – B. 16-18

Mualliflarning fikrlariga tayangan holda “kasbiy tayyorgarlik” tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin bo’ladi:

Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.

Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo’lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlash jarayonidir.

Kasbiy moslashtirish – bo’lajak mutaxassisning kasbiy faoliyat talablarini o’zlashtirishi, individualashuvi demakdir.

Ma’lumki, har bir oliy ta’lim muassasasining muhim vazifalaridan biri bu birinchi kurs talabalarini o’qitishning yangi tizimiga, yangi ijtimoiy munosabatlarga ijobiy moslashuvini, talabalik maqomini muvaffaqiyatli o’zlashtirishlarini ta’minlashdir. Talabalarni oliy ta’lim muassasasi sharoitiga moslashtirishda quyidagi jihatlarni alohida ko’rsatib o’tish lozim:

1) talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkaab dinamiklikka ega bo’lib, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli tasavvurlarni o’zaro uyg’unlashuvini talab etadi;

2) talabalar uchun o’qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili murakkab vaziyatlar bilan birga kechadi;

3) oliy ta’lim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o’z-o’zini anglash tuyg’usi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli munosabatlar tizimining rivojlanishi davom etadi;

4) talabalarda bazaviy o’quv ustanovkalari shakllanadi;

5) talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega bo’lib, shaxsning kasbiy va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidir1.

Darhaqiqat, kasbiy moslashuv murakkab va ko’p qirrali jarayon hisoblanib, uning negizida muayyan kasb bo’yicha muvaffaqiyatli ishlashni ta’minlovchi imkoniyatlar, shaxsning yo’nalganligi, kasbiy bilim, ko’nikma, malaka va kasbiy sifatlar, mehnat tajribasi ham asosiy mezonlar ko’rinishida namoyon bo’ladi .

Bizga ma’lumki, shaxs ta’lim jarayonining faol ob’ekti va sub’ekti bo’lib, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning yo’nalganligi bilan belgilanadi.

O’qituvchilarni pedagogik kasb faoliyatiga tayyorlashning psixologik texnologiyasi (TEST)

3. Tanlagan kasbingizdan mamnunmisiz?

Siz qanday kayfiyatda ishxonaga qatnaysiz? Chin ko‘ngildan qatnay­sizmi yoki xizmat vazifangizni bajarish uchunmi? Jamoa bilan muno­sabatingiz qanday? Ushbu muammolarni bilishni xohlasangiz quyidagi test savollariga javob berib, olgan ballaringiz asosida natijalarni tekshirib ko‘ring.


  1. Siz ertalab ishga ketish oldidan o‘zingizni qanday his etasiz?

a) a’lo kayfiyatda (10 ochko);

b) dadil (9 ochko);

v) loqayd (8 ochko);

g) horg‘in (-1 ochko);

d) bezovta (-3 ochko);

e) jahldor (-6 ochko).

2. Ishxonada siz o‘zingizni qanday his qilasiz?

a) yaxshi kayfiyatda (10 ochko);

b) dadil (9 ochko);

v) loqayd (8 ochko);

g) horg‘in (-1 ochko);

d) bezovta (-3 ochko);

e) jahldor (-6 ochko).

3. Ishdan uyga qaytgach, o‘zingizni qanday his qilasiz?

a) a’lo kayfiyatda (10 ochko);

b) dadil (9 ochko);

v) loqayd (8 ochko);

g) horg‘in (-1 ochko);

d) bezovta (-3 ochko);

e) jahldor (-6 ochko).

4. Ba’zan belgilangan xizmat vaqtidan tashqari ham ishlaysizmi?

a) ha, ishlash istagi paydo bo‘lganda (10 ochko);

b) ha, zaruriyat paydo bo‘lganda (5 ochko);

v) ha, majburiyat yuzasidan (-5 ochko);

g) yo‘q, ammo vaziyat talab qilganda ishlashga tayyorman (8 ochko);

d) yo‘q, bunga hech qachon rozi bo‘lmayman ((-5 ochko).

5. Siz ishga kechikasizmi?

a) hech qachon (4 ochko);

b) ahyon-ahyonda (2 ochko);

v) aksariyat holatlarda (-2 ochko);

g) doimo (-4 ochko).

6. Yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslardan cho‘chiysizmi?

a) yo‘q, ammo ularning fikr-mulohazalarini diqqat bilan eshitaman (8 ochko);

b) yo‘q, nimani o‘ylasam o‘sha fikrimni gapiraman (10 ochko);

v) ha, faqat hurmat yuzasidan (5 ochko);

g) ha, biroq o‘zaro munosabatimiz doimo yaxshi (2 ochko);

d) ha, ba’zan ular bilan suhbatda o‘zimni nohaq sezaman (-7 ochko);

e) ko‘pincha ular bilan ziddiyatga boraman (-5 ochko);

j) ha, ammo bunda doimo o‘zimni nohaq ekanligimni sezaman (-10 ochko).

7. Ishxonada yaqin kishilaringiz bilan ish faoliyatingiz to‘g‘risida suh­batlashasizmi?

a) doimo va chin ko‘ngildan (16 ochko);

b) yo‘q, ammo ba’zida kamtarona (10 ochko);

v) ba’zan (0 ochko);

g) ahyon-ahyonda, chunki bu mavzu qiziqarli emas (-6 ochko);

d) ha, aksariyat hollarda ish yuzasidan kamchiliklar paydo bo‘lganda

hasratlashamiz (-6 ochko);

e) doimo meni tinglashlariga muhtojlik sezaman (-10 ochko).

8. Ishdan keyin hamkasblaringiz bilan uchrashib turasizmi?

a) ko‘pincha yoki ba’zan (3 ochko);

b) ahyon-ahyonda (0 ochko);

v) hech qachon (-2 ochko).

9. Pedagogik faoliyatingizdan tashqari holatlarda kasbingiz haqida o‘ylaysizmi?

a) ha, mamnuniyat bilan (10 ochko);

b) ahyon-ahyonda, negaki mening shaxsiy hayotim tashvishli va halovatsiz (3 ochko);

v) ba’zan, biroq bu holat menga xalaqit bermaydi (0 ochko);

g) ha, o‘ylayman va bu holatdan asabiylashaman (-4 ochko);

d) ko‘pincha va bu holat kayfiyatimni buzadi (-10 ochko).

Minus belgisini hisobga olib, ballaringizni yig‘ing va natijalar bilan tanishing:



  • 60 ochkodan yuqori: sizning kasbiy faoliyatingizdagi vaziyatingiz juda yaxshi. Siz har kuni ishga go‘yo bayramga ketayotgandek borasiz. Hamkasblaringiz bilan o‘zaro munosabatingiz a’lo darajada. Siz orzu qil­gan natijalarga erishishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

  • 41 – 59 ochko: kasbiy faoliyatingizdagi vaziyatingizni qoniqarli deb hisoblasa ham bo‘ladi. Ko‘proq maqsadlarga erishishni orzu qilsangizda, ishxonada hamkasblaringiz bilan o‘zaro munosabatingiz, ba­ja­rayotgan mehnatingiz hajmi va moddiy ahvolingiz sizni umuman qanoatlantiradi. Ishxonada birinchilar qatorida turishga intiling.

  • 25 – 40 ochko: umidsizlikka tushishingizga hali erta, ammo ish­xo­nangizdagi vaziyatni har taraflama qulay deb bo‘lmaydi. Ehtimol ishxo­nangizdan biror xodim sizga mutlaqo yoqmasligi sababli sizda muammo paydo bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Yoki siz o‘z egallab turgan lavo­zimingizdan norozisiz. Ishxonada faoliyat ko‘rsatayotgan vaqtingizni qizi­qarli o‘tkazish lozimligini maqsad qilib qo‘ying.

  • 15 – 24 ochko: ertalabdan, ishga otlanayotganingizda, o‘zingizni horg‘in sezasiz. Siz “ishga emas – bamisoli qamoqxonaga” iborasini shior qilib olgansiz va mazmunini to‘g‘ri tushunasiz. Pedagogik faoli­ya­tin­gizda belgilangan, ba’zan duch keladigan og‘ir mehnatni yengish uchun bardoshli bo‘lishingiz kerak. Hayotingizdagi turli vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zingizdagi ruhiy tushkunlikni engish uchun, hozirdan qat’iy bir fikrga kelib kurashishingiz shart.



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish