50
X U L O S A
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga alohida yaqindan
yondoshish sezilarli ahamiyatga egadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan
ishlashda tarbiyachi guruh bilan ko'pincha frontal ish olib boradi. Geometrik
figuralar haqida tasavvurlarini shakllantirish jarayonida ham ushbu frontal ish
yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham egadir. Bolalarning faoliyati uchun bir xil
sharoit yaratilganligi va vazifani bajarish imkoniyatlari bolalarda har xil bo'lganligi
sababli materialning o'zlashtirilishi ham xil bo’ladi. Frontal yondashuv ham
bolalarning axborot xazinasini to’liq e’tiborga bolalarning axborot xazinasini to'liq
e'tiborga olishga imkoniyat bermaydi, chunki ular turli bilim qiziqishlariga,
qobiliyatlariga va layoqatlariga ega.
Geometrik figuralar bilan tanishtirish mashg'uloti jarayonida yakka
yondoshishni amalga oshirishning vositalaridan biri — bu har bir bolaning shaxsiy
xususiyatlariga qarab ta'lim berishdir, ya'ni ta'lim berishni individuallashtirishdir.
Ta'lim berish psixologik-pedagogik adabiyotda o'quv jarayonining shunday tashkili
tushuniladiki, ta'lim-tarbiya berish uslub va vositalarining tanlanishida bolaning
shaxsiy psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi. Ta'limni individuallashtirish bilim
va ko'nikmalarning har bir bola tomonidan ongli, mustahkam o'zlashtirilishini
ta'minlashga, uning aqliy kuchi va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga, bilimni
mustaqil topa bilishini shakllantirishga hamda bu bilimni turli amaliy va o'rgatuvchi
masalalarni yechishda ijodiy ishlata bilishni o'rgatishga qaratilgan.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda ta'kidlanadiki, fikriy uslublarning
muhimlaridan biri — bu oldindan aytib berish. Har qanday geometrik figuranini
(turmushda, ishlab chiqarishda, o'qishda) farqlashda inson tahlil, sintez, shu
vaqtdagi holatni umumiylashtirish asosida harakatlarning borishini oldindan
ko'rishga doim harakat qiladi va keyingi faoliyatini tartibga solib to'g'rilaydi, uning
natijalarini oldindan ko'radi. Shuning uchun oldindan ko'ra bilishni shakllantirish,
natijalarni oldindan ko'rish bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishning
asosiy qismi hisoblanadi.
Ko'rganimizdek, geometrik figuralarni tanish yo'lini topish uchun oldindan
51
aytib berishning tahlil, sintez, umumiylashtirish va bir qator uslubiy tavsiyalar bilan
birligi bolalarga katta yordam beradi. Oldindan aytib berish — yechimini topishning
muhim qismi bo'lib, fikrlashni shakllantiruvchi kuchli vositadir.
Xulosa qilib aytganda, geometrik figuralar haqida tasavvurlarini shakllantirish
bolalarni kelajakda geometriya fani asoslarini o’rganishlari, ularning borliq haqidagi
bilim,ko’nikma va malakaalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolada geometrik tushunchalarni rivojlantirish
uchun uning shaxs xususiyatlarini bilish muhimdir. Buning uchun pedagog
(tarbiyachi), bola haqidagi muhim ma'lumotlarga, ya'ni uning ijodiy faoliyatiga
tayyorgarligini biladigan ma'lumotlarga ega bo'lishi muhimdir. Faoliyat jarayonida
ro'y berayotgan o'zgarishlar va faoliyatning so'nggi natijalari haqida bilish katta
ahamiyatga egadir. Shuning uchun matematik tushunchalarni rivojlantirishga xizmat
qiluvchi axborotning uch shaklini shartli ravishda ajratish mumkin: dastlabki, joriy
va so'nggi axborotning ahamiyati shundaki, u oldinda turdagi ishning maqsadini
yoki bolaning aniq vazifalarini bajarishga tayyorgarligini to'g'ri aniqlashga
imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: