UYGA VAZIFA:
1-topshiriq. O`qing. Hosil bo`lish o`rniga ko`ra undosh fonemalarni guruhlab, berilgan chizmaga joylang.
Ko`m-ko`k bog` bor Toshkent chetida,
Uni “Mo`hjiza bog`” deyishar...
|
Bunda qishda – yozu, kuzda – bahor,
Bunda ajab g`o`za etishar.(Mirm.)
|
Lab undoshlari
|
Lab-lab
|
|
Lab-tish
|
|
Til undoshlari
|
Til oldi
|
|
Til o`rta
|
|
Til orqa
|
|
Chuqur til orqa
|
|
Bo`g`iz undoshi
|
|
|
2-topshiriq. Nuqtalar o`rniga unli yoki undosh fonemalardan qo`yib ko`ring, hosil bo`lgan so`zlarni yozing.
1. B...z, s...z, t...z, k...z; t..n, j...n, k...n, t...t, b...t, s...t; sh...m, sh...r, sh...x; x...n, x...l, x...m, x...s, x...t, x...sh; z...l, z...r, k...r. 2. O...a, a...a, e...a, u...a, o`...a, a...i. 3. O…, u..., e..., i..., o`...
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar:
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
3.Jumaniyozova M., Atajonova A. Ona tilidan mashqlar to`plami.- Toshkent: Bayoz, 2021.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5.www.Google.uz
3-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari. Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot.
R E J A:
Tovushlarning kombinator o‘zgarishlari.
Tovushlarning pozitsion o‘zgarishlari.
Tovush orttirilishi hodisalari.
Tovush tushishi va unga bog‘liq hodisalar.
Orfoepiya haqida ma’lumot.
Unli tovushlar orfoepiyasi.
Undosh tovushlar orfoepiyasi.
Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi. Boshqa tillardan kirgan so‘zlarning talaffuz me’yorlari.
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq. Ko‘chiring.Dissimilyasiya va metatezaga uchragan yoki uchraydigan tovushlar bor so‘zlarni topib, izohlang.
1. –Zarili tushgani yo‘q, o‘zim ketaveraman.(J.Abd.) 2. Ha, - deydi Xolmirza aka, - mana shu xirmontepaning turpog‘i nuqul go‘ng-da, dehqonlar buni rang deb ataydilar. (A.Qod.) 3. Agar biror kishi biron bir dardga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, u duo qilgach, bu balo daf bo‘lar edi. 4. Chunonchi, «peshana” deb aytolmaydi-da, “shepana” deydi. (G‘.G‘.) 5. Oriyat buvi tutuni falakka chiqib, o‘g‘lining “bevoshligi”dan xafa bo‘ldi.(J.Abd.) 6. Uning ko‘z nurlari biz olti bolaning ko‘zlariga telmuraverib taqsimlangan.(G‘.G‘.) 7. Opam aytdilar, u jonduvan ekan. (J.Abd.) 8. – Unda ekchi go‘shti ishlatamiz, - dedi Bashirjon kaftlarini yoyib, quv ko‘zlarini o‘ynatarkan...(N.A.)
Do'stlaringiz bilan baham: |