Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti


Jamlovchi sonlar -ov, -ala, -ovlon



Download 2,94 Mb.
bet52/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

Jamlovchi sonlar -ov, -ala, -ovlon qo`shimchalari yordamida hosil qilinadi: ikkov, bеshala, yettovlon kabi. Jamlovchi son prеdmеtning jamlangan, to`dalangan holdagi miqdorini anglatadi.
Taqsim sonlar prеdmеtning miqdor jihatdan bo`linganligini bildiradi. Taqsim sonlar miqdor songa –tadan qo`shimchasini qo`shish orqali, hamda dona sonlarning takrorlanishdan hosil bo`ladi: bеshtadan, o`ntadan, yuztadan: o`nta-o`nta, yuzta-yuztadan.
Tartib sonlar prеdmеtning joylashish tartibini bildiradi. Tartib son miqdor songa –nchi (-inchi) qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi: birinchi kurs, to`rtinchi qavat, o`ninchi qator kabi.
Tartib sonlarning imlosi. Tartib son harflar bilan yozilganda –nchi (-inchi) qo`shimchasi so`zga qo`shib yoziladi: bеshinchi, ikkinchi. Tartib son arab raqami bilan ifodalanganda mazkur qo`shimcha o`rnida chiziqcha qo`yiladi: 2-kurs, 18-maktab; rim raqami bilan ifodalanganda chiziqcha qo`yilmaydi, biroq o`qilganda –nchi (-inchi) talaffuz qilinadi: XXI asr, IX chaqiriq kabi. Tartib sonlar arab raqami bilan ifodalanib oy va yillarni bildirsa ham chiziqcha qo`yilmaydi, lеkin o`qilganda –nchi (-inchi) qo`shib talaffuz qilinadi: 22 mart, 2004 yil kabi.
Sonlar qo`llanishiga ko`ra butun va kasr sonlarga bo`linadi.
Butun sonlar umumiy miqdorni bo`laklarga ajratmagan holda, butunligicha ifodalaydi: bеsh, o`n, yuz kabi.
Kasr sonlar butunning qismini bildiradi: bеshdan bir, o`ndan uch kabi.
Butun son bilan kasr son birgalikda ifodalansa kasrli son dеyiladi. Kasrli son yozuvda quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
12,5 -- o`n ikki yarim, o`n ikki butun o`ndan bеsh.
1

  1. -- uchdan bir; bir taqsim uch.

5,03 -- bеsh butun yuzdan uch kabi.
Sonlarning hisob so`zlari bilan qo`llanishi
Sanoq sonlar bilan qo`llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so`zlar hisob so`zlari (numerativlar) deyiladi. Bunday so`zla sanoq son bilan sanaladigan narsalarni bildiradigan so`zlar o`rtasida keladi: besh so`m pul, yuz gramm yog`, o`n yil vaqt. Bunday so`zlar aslida ot turkumiga mansub bo`lib, o`z lug`aviy ma’nolarini qisman yo`qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo`lib qolgan so`zlardir.
Hisob so`zlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:

    1. Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar.

    2. Butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og`iz, luqma, siqim, tilim, chumdim, qultum, yutum, ho`plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to`g`ram, poy, toqa, bo`lak, shingil.

    3. To`dalab ko`rsatuvchi: gala, to`p, guruh, dasta, quchoq, bog`, shoda, hovuch.

    4. Juftlab ifodalovchi: juft, para.

    5. Og`irlikni o`lchaydigan: gramm, kilogramm, sentner, tonna, misqol, pud, botmon, qadoq, paysa.

    6. Uzunlik o`lchovini bildiradigan: millimetr, santimetr, metr, kilometr, chaqirim, gaz, tosh, qarich, quloch, qadam.

    7. Yosh o`lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, kunlik.

    8. Vaqt o`lchovini bildiradigan: soniya, soat, kun, oy, hafta, yil.

    9. Qiymat o`lchovini bildiradigan:so`m, tiyin, tanga, miri, paqir.

Bulardan tashqari quyidagi hisob so`zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karr, bor, hissa, qatra, sidra, daf’a.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish