Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti



Download 2,94 Mb.
bet244/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

N a m u n a : “yaxshilik” – k.m.: yomonlik.
1. Sizdan qaytgan “yaxshilik” shu... Baqirsam, men baqiribman-ku, sizga nima? (P.Q.) 2. Birinchidan, siz ustozimning “o‘g‘li” bo‘lib qolgansiz, ikkinchidan, men Yusuf, siz – Zulayho emassiz, uyaladigan yerim yo‘q! (Mirm.) 3. “Tog‘asi” yana bir semiz, qirq yoshlarga borgan o‘siq mo‘ylovli bir kishini boshlab kirdi.(G‘.G‘.) 4. Novvat opa o‘zicha Xo‘janazarning uyidagi duolari “ijobat bo‘lganidan” quvonardi va shu tufayli Rajabni ham xush ko‘rardi.(O.Husanov) 5. Bu uyning shuning kabi “bezaklari”ni Yo‘lchi bir muddat tomosha qildi.(O.) 6. Toshkentga borganingizda meni yo‘qlab turing. Har qalay ”qadrdon” bo‘lib qoldik. (S.Ahm.) 7. Bilasizmi, hammasiga Sergey Matveevich “aybdor”. 8. Holbuki, birov tanimaydigan qo‘shtirnoq ichidagi bu “san’atkorlar” sho‘rlik kolxoz-sovxozlarning ming-minglab pulini o‘marib ketishyapti ekan. (O.Yo.) 9. Ammo har gal avtobus kelganda yo‘lovchilar gurra yopirilib, bu “tog‘ asalini” talab ketishadi.(S.Ahm.)

8-mashq. O‘qing. Quyidagi gaplarda ketma-ket kelgan omonim so‘zlarni topib, ma’nolarini izohlang.


1. Hali ko‘p ko‘rasan, mushtlashishlar ham bo‘ladi. Ke, qo‘y, ketdik. (S.Ahm.) 2. Keyin chorbog‘dan qo‘y sudrab chiqib, kampirdan fotiha so‘radi. (S.Ahm.) 3. Bir yarim oy bo‘ldi. 4. Yulduzlar juda yaqinda chaqnayotganday, mashinaning old oynasiga tushgan oy yorug‘idan yo‘lni durust ilg‘ab bo‘lmas edi. (S.Ahm.) 5. Do‘ppaygan qorni lip-lip ucharmish. 6. To‘rt-besh bo‘yra eni qorni kurab yerni ochardi..(S.Ahm.) 7. ... bir masalaning hali uchun qoshingizga kelgan edim. (O.) 8. Bu atrofda hali ko‘p izg‘iydi u. (O.) 9. Yana bir kasb etgan baxtim sizsiz, azizim. 10. Mayli, lekin biron majlis sizsiz o‘tsa nima bo‘pti? (O.)

9-mashq. Ko‘chiring. Quyida tagiga chizilgan so‘zlarning omonimlarini topib, ma’nolarini izohlab yozing.


N a m u n a : chaqdi – 1) chaqmoq chaqdi; 2) danakni chaqdi; 3) chaqimchi chaqdi.
1. Sal o‘tmay osmonga sutrang nur purkab chaqin chaqdi.(S.Ahm.) 2. Xon shu kechasiyoq kampirga chopar yubordi.(S.Ahm.) 3. Xoli qolishgach, Elchin gapni nimadan boshlashni bilmadi.(T.Malik) 4. Tomog‘iga esa bir nima tiqilib qolayotganday.(S.Anorboev) 5. Ayni yig‘im-terim vaqtida sayling nimasi? (G‘.G‘.) 6. Junlari yulinib ola mushukning tirnoqlarida qoldi.(S.Ahm.) 7. Kakliklar pastliklardan cho‘qqi tomon ko‘cha boshladilar.(S.Ahm.) 8. U nimagaki erishgan bo‘lsa, bariga shularning orqasidan erishgan.(S.Anorboev) 9. Ishlab topgan har bir tiyiniga qanchalab peshana teri tomadi.(S.Ahm.) 10. Bag‘riga iliqqina tekkan bola tani uni seskantirdi.(S.Ahm.) 11.Bu nodir qobiliyatning o‘tinchini qaytarishni axloqqa munosib ko‘rmadi shekilli, nihoyat, o‘z ilmining sirlarini ocha boshladi.(O.) 12. Ra’no yozuvni Anvarning oldiga tashlab, qizargan va kulimsiragan holatda chopib gullar yoniga ketdi.(A.Qod.)
13. Tumanmi, bulutmi, ishqilib, sovuq namlik yopishqoq pardadek yuzga chaplanadi-da, yelkangizdan bosganday pastga undaydi. (As.M.) 14. Sozan-dalar poygakroqda o‘tirib, qonun va udda, g‘ijjak va nayda etni jimir-latuvchi kuylar chalishardi.(P.Q.)

10-mashq. Quyidagi gaplarda ketma-ket kelgan sinonimlarni aniqlab, sinonimik qatorlar hosil qiling.


I. Og‘zaki. 1. Nurmat tog‘a ozoda, mirishkor odam bo‘lganidan shiyponni guldek tutadi. (S.Ahm.) 2. Moyli bo‘yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo‘lida. 3. Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ko‘z yumdi. (S.Ahm.) 4. Tolibjon ko‘p mashaqqatlarni birga kechirgan xotinini yot el tuprog‘ida qoldirdi. 5. Aspirantura yillari qishloqqa kelishning sira iloji bo‘lmadi. (S.Ahm.) 6. Birga o‘sib katta bo‘lgan singlisiga uylanishga Tolibjon aslo rozi emasdi. (S.Ahm.) 7. Giyohlarda zarracha g‘ubor yo‘q. (S.Ahm.) 8. Maysalarning bu ko‘rinishi hozirgina dastgohdan tushgan beqasamga o‘xshab ketardi. (S.Ahm.)
II. Yozma. 1. Bu dunyo shundoq, bolam. (S.Ahm.) 2. Olam yaralibdiki, birovga baxt, birovga alam keladi. (S.Ahm.) 3. Shundoq deysan-ku, yorug‘ jahonning jamoliga kim to‘yibdiki, men to‘yay. (S.Ahm.) 4. Onasi ham murdadek qotib qoldi – ular g‘arib va haqir odamlar kabi boshlarini ichiga tiqib yotishardi.(Mirm.) 5. Umrda bir martagina beriladigan ishq atalmish tuyg‘umi, hissiyotmi, haligacha ta’rifi kashf qilinmagan muhabbat rohatlari umrbod yodda. 6. Bir so‘zliligi, o‘jarligi birovga yoqib, birovga yoqmay yurardi. (S.Ahm.) 7. Ayniqsa, lavozimlarga o‘rnashib olgan bir necha “shaxs farzandlari” mamlakat bo‘ylab esgan toza shabada-ni o‘tkinchi, mavsumiy bir gap deb bilardilar. (S.Ahm.) 8. Ular bepanoh, besuyanchiq, jamiyatda quvib yuborilgan osiy bandalardek o‘z xonalarida yotishardi.(Mirm.) 9. Tushida u brigada traktoriga minib, qabriston chekkasidan ariq o‘tkazish niyatida go‘ristonga yo‘l olgan emish. (O.Yo.)

11-mashq.O‘qing. Antonimlarni topib, antonimik juftlar hosil qiling.


1. Eskilik yangilik uchun yo‘l bersa, buning nimasi yomon? (J.Abd.) 2. Kuz xunukmi, chiroylimi, baribir marra oldin bitirganniki.(O.) 3. Lekin har holda ozmi-ko‘pmi bu yerda ter to‘kdim, yaratish bobida yana qancha orzularim bor.(O.) 4. Nima balo bo‘ldi-yu, bozorga aylanishib, katta-kichikning farqiga bormay qo‘ydi. (S.Ahm.) 5. Aravalarda, otlarda, piyoda ketib borayotgan yoshu yalang, qari-qartanglar suyunchlari ichlariga sig‘may yalla aytishadi...(M.Ism.) 6. O‘shanda jiyani haqni nohaqdan ajratolmasa senga ham qiyin bo‘ladi.(P.Q.) 7. ...ayniqsa keyingi paytlarda munosa-batlarimiz yuzini qor bosib qolyapti, muzlash boru, erishdan darak yo‘q...(J.Abd.) 8. Bu dunyo o‘zi shunday g‘alati dunyo ekan, kelaman desa, yaxshilik ham, yomonlik ham ustma-ust kelaverar ekan.(O.Yo.)
12- mashq. Quyida berilgan so‘zlarning antonimlarini topib, antonimik juftlar hosil qilib yozing.
Butun, anqov, band, bardam, bahorgi, beixtiyor, bo‘shatmoq, dahriy, janubiy, kam, komediya, lanj, mavhum, mo‘rt, pok, ozod, unumli, sipo, sudralmoq, barno, shodlik, avlod, yirik.

13-mashqO‘qing._Ajratib_ko‘rsatilgan_so‘zlarning_paronimik_juftlarini_topib,_ma’nolarini_izohlang.'>. O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning paronimik juftlarini topib, ma’nolarini izohlang.


1. Biroq qanchalik urinmasin, O‘ktamjonning suratini ko‘z o‘ngida tiklay olmadi.(S.Anorboev) 2. Odatda to‘p otsa ham uyg‘onmaydigan Akmal xom semiz bu safar nima bo‘lib Mashrabdan oldin uyg‘ongan, ariq bo‘yida o‘ti-rib, pishillab etigini kiyardi.(O.Yo.) 3. Shu ketishimiz bo‘lsa, oxiri nima bo‘larkin-a? (A.Nesin) 4. Murodxo‘ja domlaga shunday kishi uchradiki, un-ga o‘qish uchun emas, faqat ishlash uchun sharoit kerak.(A.Q.) 5. Alam qila-digan yeri shuki, bu qo‘rg‘onni ko‘z oldimizda tiklashdi. (T.Malik) 6. Eshik ochilib, Saidiyning xayoli patday to‘zidi.(A.Q.) 7. Juda bolaligida olib kelganmiz.(S.Ahm.) 8. Maqsadi – yoshlarni yo‘ldan urish bo‘lgan emish.(Sh.) 9. Hovliga ko‘loblab suv sepilgan, hamma yoq orasta edi.(S.Ahm.) 10. Na-mozi asrga yaqin olomonning g‘azabi asta-asta sovuna boshlab, bir qismi tarqaldi.(O.) 11. San’at ishlarini boshqarayotgan Muhammad Solih vositachi bo‘lib, Behzodni xon bilan bir-ikki marta uchrashtirdi..(P.Q.) 12. Biroq hozir sizning eng zo‘r lashkarboshi ekanligingiz hammaga ayon. (P.Q.) 13. Achchiq izg‘irin esib, qor uchqunlab turgan bu badqovoq kunda Shayboniyxon Murg‘ob bo‘yiga Shoh Ismoil Safaviyni ta’qib etib borib qolgan edi.(P.Q.) 14. Otasi endi qarib kuchdan qolgan edi. (S.Ahm.)

14-mashq. Ko‘chiring. Paronimik juftlarni aniqlab yozing.


Darz-dars, bajo-boja, dara-dala, adab-odob, ganj-ganch, voqif-vaqf, but-bud, burov-birov, burj-burch, voqe-voqea, ajab-ajib, bulon-bulon, bog‘li-bog‘liq, bod-bot, obro‘-obro‘y, bob-bop, biyron-biron, ahl-ahil, ba’d-bad, band-bant, ahil-ahl, afkor-abgor, asil-asl, amir-amr, alpoz-alfoz, alo-a’lo, tib-tip, a’lam-alam, azot-ozod, azim-azm, a’yon-ayon, adresant-adresat, adres-adras, adip-adib, adil-adl, abro‘-obro‘, abzal-afzal, bajo-boja, matal-ma’tal, dalil-dadil, nufuz-nufus, tarif- ta’rif, tanbur-tambur.

15-mashq. Ko‘chiring. Gaplar tarkibidagi paronimik juftiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni toping va izohlang.


1. U ”tif” so‘zini “tip” deb tushunib: “Yolg‘on! Umrimda tif bilan og‘rigan emasman!” deb qichqirmoqchi ham bo‘ldi. (N.Aminov) 2. Metr Simon Lebryumanning madmuazel Janna Kardega uylanishiga hech kim hayron bo‘lmadi.(Mopassan) 3. Urush qurg‘ur shunaqa katta joyda bo‘ladimi, aka ukasini yillab ko‘rolmasa-ya...(O.) 4. Bilasizmi, dub juda qattiq daraxt, u bo‘rondan ham, dovuldan ham qo‘rqmaydi.(Sh.R.) 5. Uning yangi amirkon kavushi yumshoq g‘irchillar, shohi yaktagi quyoshda jivir-jivir tovlanar edi.(O.) 6. Uning yonidagi hujraga kirishning evini topa olmadik, birorta hiyla ishlatish kerak.(G‘.G‘.) 7. Nosqovog‘ini olib o‘zi kaftini to‘ldirib bitta otdi. (G‘.G‘.) 8. Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shataloq otib, orqasidan bir kishini surib kirdi.(O.) 9. Molga hirsi shu darajada oshib ketdiki, ovqatga ishlatib yuborgan laganini ham, uch-to‘rt piyolani ham yig‘ishtirib, servantiga terib qo‘ydi.(Mirm.) 10. O‘zining o‘rmoniga sig‘magan bir sher boshqa bir o‘rmonga borib qarasaki, o‘zidan zo‘rrog‘i yo‘q.(T.Malik)

16-mashq. Ko‘chiring. Gaplar tarkibida aralash berilgan omonim, sinonim, antonim va paronimlarni aniqlang va guruhlab yozing.


1. Shorahim shunday deb, belidagi belbog‘ini mahkamroq bog‘ladi-da, bog‘ o‘rtasidagi biroyoq yo‘ldan qir tomonga yurdi. (O.Yo.) 2. U boshini osiltirganicha yolg‘izoyoq yo‘ldan Shorahimga ergashib borarkan, yuragi tinimsiz bezillardi. (O.Yo.) 3. Yot desa yotadi, tur desa turadi. (S.Ahm.) 4. Bu zamonda o‘ng ko‘zing so‘l ko‘zingga yov...(O.) 5. Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Tomchilar tomchilar sochimga.(R.Parfi) 6. Minbarga chakka sochlari oqargan, ko‘zlari katta-katta, Shamsi To‘raevichga o‘xshash bir kishi chiqdi.(N.A.) 7. Bu mudhish voqeadan ezilib qolgan Latofat boshi xam, unsizgina bir-bir bosib borar, Haydar ham unga tasalli beradigan gap topolmay qiynalar edi. (O.Yo.) 8. Tog‘ bolalari pishiq, tadbirli bo‘ladi.(S.Ahm.) 9. Bodomgul silkinib-silkinib chirmanda chertib, goh baland, goh past tiniq ovozda terma aytadi.(S.Ahm.) 10. Qalbi eng yuksak tuyg‘ularga to‘lib-toshgan, butun fikri-zikriga azaldan yaratmoq, barpo qilmoq, tiklamoq kabi ezgu niyatlar in qurib olgan go‘yo. (J.Abd.)
11. Nurmat tog‘a o‘jar, qaysar, jahldor odam edi.(S.Ahm.) 12. Ular shu alpozda dam tez, dam sekin pastlikka tushishdi. (S.Ahm.) 13. O‘quvingiz bo‘lmasa, uquvingiz bor.(J.Abd.)
17-mashq. O‘qing. Ichki va tashqi manba asosida paydo bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
Ishxona, kompaniya, ayacha, pechka, ulfatchilik, metall, ayol, et, grammatika, bog‘dorchilik, ruchka, undalma, nota, xushbichim, harakatchan, general, purkagich, poema, ekskavatorchi, miting ulkan, tok, radio, dazmol, serjant, xum, gugurt, kanal, poyandoz, bank, marjon, rais, so‘roq, sudya, politsiya, chinakam, kasb, doker, odam, marshal, oyi, a’zo, paroxod, teploxod.

18-mashq. O‘zbek tiliga rus, ingliz, frantsuz, nemis, lotin tilidan kirib o‘zlashgan quyidagi so‘zlarni aniqlab, guruhlarga ajratib yozing.


Tezis, gubernator, pulemyot, konstitutsiya, front, voleybol, kostyum, kapital, sud, nol, metr, kampaniya, samokat, imperializm, rolik, revolyutsiya, shaxta, imperator, vertolyot, poeziya, pedal.

19-mashq. O‘qing. Umumxalq ishlatadigan va umumxalq ishlatmaydigan so‘zlarni aniqlang.


Non, randa, kosmos, objuvoz, chorabzal(iskanasimon asbob), botanika, paqir, yakan, botmon, yer, internet, inak(sigir), streptotsid, charxkash, kim, qo‘l, xola, kanizak, morfologiya, kurra(xo‘tik), qiviz(non), bolta, bir, biz, sut, lobzik, kvadrat, danap(xotin), diler, arpa, u, volt.

20-mashq. Quyidagi atama(termin)larni qaysi fanlarga tegishliligi bo‘yicha guruhlarga ajratib yozing.


Kosinus, undosh, silindr, affiks, tenglama, leksika, suffiks, gap, teorema, kosinus, kinetik energiya, sinus, bog‘lama, kuchlanish, paronim, tok, amper, konus, volt, kesim, qarshilik, aksioma, prefiks, kub.

21-mashq. O‘qing. Quyidagi gaplar tarkibidan shevaga xos so‘zlarni aniqlang.


1. Oka, sizga achchiq ko‘k choy beriymi? (N.A.) 2. Qaytarib aytaman, faqat sho‘rchiliklarga ko‘z tikinglar. Binoyimi? – Binoyi, polvon bova, bino-yi. (T.Murod) 3. – Ot jo‘q ekan-da, - dedi sherigi afsuslanib. – Jaxshi otdan ham qiymat bo‘ladi. Jur, ol, chig‘ayiq. (P.Q.) 4. Ichki-tashqilik, hovlilik shunday katta eshikda ikkovimiz huvillab o‘tirsak, yeganimiz tatiydimi, onasi? (M.Ism.) 5. Dim yaxshi, men ham jiyanim Bahodirni sog‘ingan edim.(J.Sh.) 6. - Polvonlar, bilaman, baring toboq tashlashimni angg‘iyapsan! – dedi.(T.Murod) 7. Bundaychikin polvonni yana qaytib davraga yonoshtirmaslik kerak. (T.Murod) 8. Qarang-a, bu xo‘jaklarning gunohi nadur? (N.A.) 9. Biletiyla manda, yetib borganda qaytaraman, - dedi. (N.A.) 10. Hamza og‘a, karvich yetmayapti, - dedi maktab binosini qurayotgan ustalardan biri. (J.Sh.) 11. O‘shal qo‘shan qilib olib kelganim harom o‘lgur serka mani holdan toydurdi. Jido chars erkan, badbaxt.(N.A.)

22-mashq. Ko‘chiring. Shevaga xos so‘zlarni topib, qaysi shevaga mansubligini va adabiy tildagi juftini yozing.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish