Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakul’teti 5141600 – btsti ta’lim yo’nalishi Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


Bitiruv – malakaviy  ishning  tarkibiy  tuzilishi



Download 377,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana28.08.2021
Hajmi377,28 Kb.
#158239
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlangich sinflar matematika darslarida oqitishning korgazmali usullaridan foydalanish metodikasi

Bitiruv – malakaviy  ishning  tarkibiy  tuzilishi. U  kirish, 2  ta  bob,   6  

ta  paragraf,  xulosa  va  foydalanilgan   adabiyotlar   ro‟yxatidan  iborat. 

 

  

 



 

     I  BOB.   Boshlang`ich   sinflar    matematika   darslarida  o‟qitishning                  

                     ko`rgazmali usullaridan  foydalanishning   nazariy  asoslari  

 

1-  §.  Boshlang`ich   sinflarlarda   matematika   o‟qitish  usullari    



                             va  ularning  klassifikatsijasi    


 

 



Boshlang„ich    sinflarda    matematika    o„qitishning  maqsadlari    quyidagilar: 

umumta‟lim    maqsadi,  tarbiyaviy    maqsadi,    amaliy  maqsadi.  Bu  maqsadlar  bir  - 

biri   bilan  uzviy   bog„liq  bo„lib,  bir - birini  to„ldiradi. 

1. Ta‟lim  maqsadi   o„qituvchidan  quyidagilarni   talab  qiladi:            

a)    o„quvchilarga  matematik  bilimlar  tizimidan  bilim,  malaka,  ko„nikma 

berish; 


b)  haqiqiy  olamni   matematik   metodlar   bilan  o„rganish; 

c)  o„quvchilarning  og„zaki  va  yozma  nutqlarini    o„stirishni,  uning  sifatli  

bo„lishini   ta‟minlash; 

d)  o„quvchilarga  matematikadan    shunday  bilimlar  berishni    ta‟minlashi 

kerakki,  bu    bilimlar    orqali,  ularning    faol    bilish  faoliyati  orqali,  bilim,  malaka, 

ko„nikmalari   ortib  borsin. 

2.  Тarbiyaviy  maqsad.  Matematika    o„qitish  o„quvchilarni    sabotlilikka, 

tirishqoqlikka,    puxtalikka,  o„z  fikri  va  xulosalarini  nazorat  qila olishga, ayniqsa,  

kuzatish    asosida    aytiladigan    fikrlarning    ravon    bo„lishiga    erishish  kerak. 

Miqdorlar    orasidagi    bog„lanishni      ifodalash    uchun  matematikada  simvollar  

ishlatiladi.    Mana  shu    matematik    til    rivojlanishi    kerak.  O„qituvchining  vazifasi 

simvolik  tilda    ifodalangan  matematik  fikrni    ona  tiliga  ko„chirishga    o„rgatishdan  

iborat  bo„lmog„i  kerak.  

Matematika    o„qitish    bilishga    intilish,  mustaqil    ishdan    qanoat    hosil  qilish 

tuyg„ularini  tarbiyalashi  kerak.  Matematika    fanini  o„qitishning    o„zi   o„quvchilarda  

diqqat va fikrni   to„play  bilishni   tarbiyalaydi. 

O„qituvchi  quyidagilarni   ta‟minlashi   kerak: 

a)  o„quvchi  moddiy  olamdagi    bog„lanishlarni,  miqdorlarning    o„zgarishini,  

bir – biri  bilan   aloqasini  anglay   olish; 

b)  o„quvchilarning    matematikani      o„rganishga  astoydil  qiziqishini 

ta‟minlash;   

c)  mehnatga,  vatanga,  insonlarga    bo„lgan  ijobiy  munosabatini    tarbiyalash, 

estetik did hosil  qilish; 



 

10 


d)  o„zbek  millatining  tarixi,    jumladan,    matematika    o„qitilish    tarixiga 

bo„lgan  dunyoqarashni   tarbiyalash; 

e)  o„quvchilarning    fikrlash  qobiliyatini  va    matematik  madaniyatini  

tarbiyalash; 

3.  Amaliy    maqsad.  Matematika  o„qitishdan    kuzatilgan  amaliy  maqsad  – 

o„quvchilar  olgan  bilimlarni,  amalda    qo„llay    olishga    o„rgatishdan    iborat.  

Olingan  bilimlarni  sonlar  va  matematik  ifodalar,  miqdorlar  ustida  bajariladigan 

amallarga  tatbiq  qila  bilish,  har  xil  masalalarni  yechishda  foydalana  bilishga 

o„rgatish.  Bu    bilimlarni    kundalik    hayotda  uchraydigan  masalalarni  hal  qilishga 

qo„llay bilishga  o„rgatishdir. 

 O„qitish 

metodi 


tushunchasi 

didaktika 

va  metodikaning  asosiy 

tushunchalaridan  biridir. 

 Shunday  qilib,    o„qitish  metodlari o„zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi 

uchta asosiy vazifani  bajaradi. 

 O„qitish  metodlaridan,  ta‟limning  yangi  mazmuniga,  yangi  vazifalariga  mos 

keladiganlariga  ongli  ravishda    tanlab  olish  uchun  oldin  hamma    o„qitish 

metodlarini  tasniflashni  o„rganib chiqish zarur. 

 Hozirgi  zamon  didaktikasida  o„qitish  metodlarining    klassifikasiyasiga  har  xil 

yondoshish  mavjud.  Bizning  fikrimizga eng maqsadga muvofiq,  barcha  metodlarni 

o„z ichiga olgan  klassifikasiyadir. 

Yuqorida  keltirilgan  ta‟rifdan    o„qitish  metodlari    o„qituvchi  va  

o„quvchilarning  birgalikdagi  faoliyatidan  iborat ekani   ko„rinadi. 

Binobarin,  bunday    faoliyat    tashkil    qilish  ,  rag„batlantirish    va  nazorat 

qilishni    nazarda    tutadi,  shunga    ko„ra    o„qitish    metodlari    ham  uchta  katta 

guruhga  bo„linadi:  o„quv  faoliyatini  tashkil  qilish  metodlari;  o„quv  faoliyatini 

rag„batlantirish  metodlari;  o„quv  faoliyatini  samaradorligini  nazorat  qilish 

metodlari. 

O„quv  bilish  faoliyatini  tashkil  qilish  metodlarini  bir  nechta  guruhlarga   

bo„lib klassifikasiya  qilish  mumkin. 

I.  O„quvchilar bilim  oladigan  manbalar    bo„yicha: 



 

11 


Og„zaki,    ko„rsatmali  va  amaliy  metodlar  (tushuntirish,  suhbat,  hikoya,  kitob 

bilan  ishlash  va h.k). 

Ko„rsatmali  metodlar  (tevarak  atrofdagi  predmetlar  va  hodisalarni  kuzatish, 

ularning  modellari  va tasvirlarini  qarash, o„quvchilarning  amaliy  ishlari). 

II.  O„quvchilar fikrining  yo„nalishi    bo„yicha: 

Induksiya, deduksiya va analogiya. 

III.  Pedagogik  ta‟sir,  boshqarishning  darajasi,  o„quvchilarning    o„qishda 

mustaqilliklarining    darajasi  bo„yicha: 

O„qituvchi  boshchiligida   bajariladigan   o„quv  ishi  metodi; 

O„quvchilarning   mustaqil   ishlari   metodi. 

IV.  O„quvchilarning   mustaqil  faolliklari   darajasi    bo„yicha: 

Izohli  - illyustrativ  metod; 

Reproduktiv metod:   

Bilimlarni   muammoli   bayon  qilish  metodi; 

Qisman  izlanish   va  tadqiq  qilish  metodi. 

I. Og„zaki,  ko„rsatmali va amaliy  metodlar  

1)  Og„zaki  metodlar  –  qisqa  muddat  ichida  hajmi      bo„yicha  eng    ko„p 

ma‟lymotlarni  berish,    o„quvchilar  oldiga  muammolar  qo„yish,  ularni  hal  qilish 

yo„llarini   ko„rsatish imkonini  beradi. 

Bu  metodlar    o„quvchilarning  abstrakt  tafakkurlarining  rivojlanishiga  sharoit 

yaratadi. 

a)  Тushuntirish.    Bilimlarni  tushuntirish  metodining  mohiyati  shundan 

iboratki,  bunda    o„qituvchi  materialni  bayon  qiladi,  o„quvchilar  esa  uni,  ya‟ni 

bilimlarni  tayyor holda qabul qilib  olishadi. 

Materialning  bayoni  aniq,  tushunarli,  qisqa      bo„lishi  kerak.  Boshlang„ich 

matematika  kursining  bir  qator  masalalarini  qarashda  bilimlarning  izchil  bayoni 

zarur.  

Misollar:   

1. Ko„p xonali sonni bir xonali  songa yozma   bo„lish algoritmi 

(656 : 4;    1896 : 6)   ... 




 

12 


2.  1  yoki  0  ga    ko„paytirish    hollari.  Bolalarda    ko„paytirish  amali  haqida 

tarkib  topilgan  bilimlar  1  yoki  0  ga    ko„paytirish holini tushunib olishlariga yordam 

bermaydi.  O„qituvchi  bilimlarni  tayyor holda yetkazishi  kerak. 

O„qituvchining      bilimlarni    tushuntirish  metodidan  ma‟lumotlar  to„g„rsidagi 

nazariy   materiallar   ishlatish   bo„yicha  yo„l - yo„riq   berishda  foydalaniladi. 

 b)  Suhbat  bu  eng    ko„p  tarqalgan  va  yetakchi  o„qitish  metodlaridan  biri   

bo„lib,  darsning  har  xil  bosqichlarida,  har  xil      o„quv  maqsadlarida  qo„llanishi 

mumkin,  xususan,  uyga    berilgan  topshiriqlarni  va  mustaqil  ishlarni  tekshirishda, 

yangi  materialni  tushuntirishda,  mustahkamlash  va  takrorlashda  qo„llanilishi 

mumkin. 


Suhbat  –  o„qitishning  savol  -  javob  metodidir,  bunda    o„qituvchi  

o„quvchilarning  bilimlarini  qay  darajada    o„zlashtirganliklari  va  amaliy 

tajribalariga  tayangan  holda,  maxsus  tanlangan  savollar  va  ularga  beriladigan 

javoblar    orqali            o„quvchilarni    qo„yilgan    ta‟limiy    va  tarbiyaviy    masalalarini 

hal  qilishga   olib  keladi. 

Metodik  adabiyotlarda  suhbat  metodidan    ko„pincha  matematik  tushunchalar 

bilan  tanishtirilayotganda  (son,  arifmetik  amallar  va  hokazo),  qonuniyatlar  tipidagi 

bilimlar  (arifmetik  amallar  xossalari  va  ular  komponentlari  bilan  natijalari 

orasidagi bog„lanishlar)   bilan  tanishtirishda  foydalanish  tavsiya  etiladi. 

O„qitishda  suhbatning  ikki  xilidan,  ya‟ni  katexezik  va  evrestik  suhbatdan 

foydalaniladi. 

Katexezik  suhbat  –  shunday  savollar  tizimi  asosida  tuziladiki,  bu  savollar 

ilgari  o„zlashtirilgan   bilimlar,  ta‟riflarni   oddiygina  qayta  eslatishni   talab  etadi. 

Bunday    suhbatdan  asosan  bilimlarni  tekshirish  va  baholashda,    yangi 

materialni  mustahkamlashda   va  takrorlashda  foydalaniladi.   

2. Ko„rsatmali  metodlar.  

O„qitishning    ko„rsatmali  metodlari  –  o„quvchilarga  kuzatishlar  asosida 

bilimlar    olish    imkonini    beradi.  Kuzatish  hissiy  tafakkurning  faol  shaklidir, 

bundan    o„qitishda,  ayniqsa,  boshlang„ich  sinflarda  keng  foydalaniladi.  Tevarak  

atrofdagi    predmet  va  hodisalar  va  ularning    turli  -  tuman    modellari  (har  xil  




 

13 


ko`rinishdagi    ko„rsatma  -  qo„llanmalar)  kuzatish    ob‟ektlari  hisoblanadi.  

O„qitishning    ko„rsatmali  metodlarini    o„qitishning  og„zaki  metodlaridan  ajratib 

qo„yib  bo„lmaydi.  Ko„rsatma  -  qo„llanmalarni      namoyish  qilishni  har  doim  

o„qituvchining  va    o„quvchilarning      tushuntirishlari    bilan    birgalikda    olib  

boriladi.      O„qituvchining    so„zi  bilan    ko„rsatma  vositalardan  birgalikda 

foydalanishning   4 ta  asosiy  shakli  aniqlangan: 

1)  o„qituvchi  so„zlar  yordamida  o„quvchilarning   kuzatishlarini   bos hqaradi; 

2)    og„zaki  tushuntirishlar  ob‟ektning  bevosita    ko„rinmaydigan  tomonlari 

haqida  ma‟lumotlar   beradi; 

3)    ko„rsatma  -  qo„llanmalar    o„qituvchining  og„zaki  tushuntirishlarini  

tasdiqlash yoki  konkretlashtiruvchi    illyustrasiya    bo„lib xizmat qiladi; 

4)  o„qituvchi    o„quvchilar  kuzatishlarini  umumlashtiradi  va  umumiy  xulosa 

chiqaradi.  

3. 


Amaliy  metodlar.  Malaka  va    ko„nikmalarni  shakllantirish  va 

mukammalashtirish    jarayoni    bilan    bog„liq      bo„lgan    metodlar    o„qitishning 

amaliy  metodlari  hisoblanadi.  Xususan,  bunday  metodlar  jumlasiga  yozma  va 

og„zaki    mashqlar,  amaliy    va    laboratoriya    ishlari,  mustaqil    ishlarning  ba‟zi 

turlari  kiradi.  Mashqlar  asosan  mustahkamlash  va  bilimlarni  tatbiq  qilish,  malaka 

va   ko„nikmalarni   shakllantirish    metodi  sifatida  qo„llaniladi.   

Mashq  deb  biror  amalni,  shu  amalni  o„zlashtirish  yoki  mustahkamlash 

maqsadida    rejali    ravishda    tashkil    qilingan    takroriy    bajarishga    aytiladi. 

Mashqlar  tayyorlash,  mashq  qildirish  va  ijodiy    mashqlarga    katta  ahamiyat 

beriladi.  Ijodiy    xarakterdagi    mashqlarga  masalan,  masala  va  misollarni  turli 

usullar    bilan    yechish,  ifoda      bo„yicha    masala  tuzish,  qisqa  yozuv,  chizmaga  

ko„ra    masala    tuzish,  muammoli  masalalarni  yechish  mashqlari  va  boshqa 

mashqlar  kiradi. 

                  Induksiya, deduksiya,  analogiya 

Bu  uch  metod  yangi  bilimlarni  egallashning  asosida  yotuvchi  xulosalarning 

xususiyatlariga  qarab bir - biridan farq qilinadi. 




 

14 


Induksiya  metodi  bilishning  shunday  yo„liki,  bunda    o„quvchining  fikri 

birlikdan  umumiylikka,  xususiy xulosalardan  umumiy  xulosaga o„sib boradi.         

Induktiv  xulosa  –  xususiydan  umumiyga  qarab  boradigan  xulosadir.  Bu 

metoddan  foydalanib  biror  qonuniyatni  ochish  yoki  qoidani  chiqarish  uchun  

o„qituvchi misollar,  masalalar,   ko„rsatmali materiallarni  puxtalik  bilan  tanlaydi. 

Boshlang„ich    sinflarda    induksiya    metodi  bilan  uzviy  bog„liq  holda 

deduksiya  metodidan  ham  keng  foydalaniladi.  Boshlang„ich  sinflarning  yangi 

o„qitish  dasturi  talablariga  o„tishi  munosabati  bilan  deduksiya  metodidan 

foydalanish  chegaralari  ancha  kengaydi.  Odatdagi  metodika  deyarli  induktiv 

metoddan  foydalanishni,  deduktiv  metoddan  foydalanishning  cheklanganligini 

uqtirib turardi. 

Deduksiya  metodi  bilishning  shunday  yo„liki,  bu  yo„l  umumiyroq  bilimlar 

asosida yangi xususiy bilimlarni  olishdan iboratdir. 

1 + 2 = 3           3 – 2 = 1      3 – 1 =  2 

Deduksiya  bu,  umumiy  qoidalardan  xususiy  misollarga  va  konkret  qoidalarga 

o„tishdir. 

Induktiv  va  deduktiv  xulosalarga  misollar  keltiramiz.  Birinchi  sinf 

o„quvchilariga  yig„indi  bilan  qo„shiluvchi  orasidagi  bog„lanishni  tushuntirish 

uchun  bolalarni  xulosaga  induktiv  yo„l  bilan  olib  kelamiz.    Ko„rsatmalilikdan  (har 

xil      doirachalardan)      foydalanib,  oldin    hamma    doirachalar    (qizil  va    ko`k)  

qanchaligi    topiladi  (1 + 2 = 3).  

Shundan    keyin  1  ta  qizil  doiracha  (birinchi  qo„shiluvchini    ifodalovchi) surib 

qo„yiladi,  bunda  bolalar  2  ta    ko„k  doiracha  ya‟ni  ikkinchi  qo„shiluvchi  qolis higa  

ishonch  hosil  qilishadi (3 – 2 = 1).  Shundan  keyin  3 ta   doirachadan 2 ta  ko„k 

doiracha  (ikkinchi  qo„shiluvchini  ifodalovchi)  ayirilsa,  1  ta  qizil  doiracha,  ya‟ni  

birinchi      qo„shiluvchi    qolishiga    ishonch    hosil      qiladilar    (3  –1  =  2).  Shundan 

keyin  boshqa  sonlar  hamda  boshqa    ko„rsatmali  materiallar  bilan  bir  qatorda 

shunday  mashqlar  bajariladi  va  bolalarning  o„zlari  ushbu  umumiy  xulosani 

ifodalashadi:  agar  yig`indidan    birinchi  qo„shiluvchi  ayirilsa,  ikkinchi  qo„shiluvchi 

qoladi, agar yig„indidan  ikkinchi  qushiluvchi  ayirilsa,  birinchi  qo„shiluvchi qoladi.  




 

15 


Bolalar      tomonidan  induktiv  yo„l  bilan  chig„arilgan  xulosa  5,  6,  7,  8,  9 

sonlarini 

ayirish 

qaralayotganda 

deduktiv 

mulohazalar 

yuritish 

uchun 


foydalaniladi. 

Analogiya  –  shunday  xulosaki,  bunda  predmetlar  ba‟zi  belgilarining 

o„xshashligi    bo„yicha  bu  predmetlar  boshqa   belgilari    bo„yicha  ham o„xshash, 

degan  taxminiy  xulosa  chiqariladi.  Analogiya  “xususiydan  xususiyga  boradigan”, 

bir  konkret  faktdan  boshqa  konkret  faktlarga  boradigan  xulosadir. 

Masalan,  uch    xonali    sonlarni    qo„shish    va    ayirishning  yozma  usullarini  

ko„p    xonali    sonlarni    qo„shish    va    ayirishga    o„tkazish  analogiya  usulini 

qo„llashga    asoslangan.  Shu      maqsadda  metodik  adabiyotlarda    ko„p  xonali 

sonlarni    yozma    qo„shish  va  ayirish  bilan  tanishtirishda  shunday  misollarni 

yechish    tavsiya  qilinadiki,  bunda   har  bir  navbatdagi  misol oldingisini o„z ichiga 

oladi. Masalan: 

 

    126       4752      54752       837      6837       76837 



  +172    + 3246    +43246    - 425    - 2425     - 52425 

 

Bunday  misollarni  yechgandan  keyin    o„quvchilarning  o„zlari    ko„p  xonali 



sonlarni  yozma  qo„shish  va  ayirish  uch  xonali  sonlarni  yozma  qo„shish  va 

ayirishdek  bajariladi,  deb xulosa chiqaradilar. 

 Yuqorida 

qaralgan 

metodlardan 

(induksiya, 

deduksiya, 

analogiya) 

foydalanish  zamirida    analiz,  sintez,  taqqoslash,  umumlashtirish  va  abstraksiyalash 

kabi aqliy  operasiyalar  yotadi. 

Butunni  uning  tashkil  etuvchi  qismlariga  ajratishga  yo„naltirilgan  fikrlash 

(tafakkur)  usuli   analiz   deb  ataladi. 

Predmetlar  yoki  hodisalar  orasida  bog„lanishlar  o„rnatishga  yo„naltirilgan 

tafakkur   usuli   sintez  deb  ataladi. 

100    sonida  nechta  o„nlik  va  nechta  birlik  bor,  degan  savolga  javob  berishda  

o„quvchilar sonni analiz  qilishadi. 




 

16 


 Shu    so„zlarga  amal  qilishadi  (ya‟ni  noto„la  analiz  o„tkazishadi),  bunday 

qilish  esa  ko„pincha xatoga, ya‟ni xato sintezga  olib keladi. 

Тaqqoslash  usuli  qaralayotgan  sonlar,  arifmetik  misollar,  masalalarning 

o„xshash  va  farqli  alomatlarin   ajratishdan    iborat.              

Matematika  boshlang„ich  kursi  taqqoslash  usulining  qo„llanilishi  uchun  katta 

imkoniyatlar  ochib  beradi:  ifodalar  va  sonlarni  taqqoslash;  ikkita  ifodani 

taqqoslash; masalalarni  taqqoslash va h.k.  

Yangi  matematik  tushunchalarni,  qonunlarni  tarkib  toptirishda  bolalar 

umumlashtirishga  duch keladilar. 

Umumlashtirish  –  bu  o„rganilayotgan  ob‟ektlardan  umumiy  muhim 

tomonlarini  ajratish  va ularni  muhim  emaslaridan  ajratishdan  iborat. 

 O„quvchilarning 

faollik 


darajasiga 

ko„ra 


farqlanuvchi 

metodlar, 

o„quvchilarning  mustaqil  ishlari. 

Faollashtiruvchi  (interfaol)  darslar. 

O„qituvchi  boshchiligada  bajariladigan  o„quvchilarning  mustaqil  ishlari 

o„quvchilarning  umumiy  rivojlanishlariga  yo„naltirilganligini  yana  bir  karra 

ta‟kidlaydi.   

Didaktik  adabiyotlarda mustaqil  ish tushunchasini  har xil  ta‟riflanadi. 

Mustaqil  ishlar  quyidagilarga   ko„ra o„zaro farq qilinadi: 

a)  didaktik  maqsadlar      bo„yicha: o„quvchilarni yangi materialni qabul qilishga 

(idrok  qilishga)  tayyorlashga,  yangi  bilimlarni  o„zlashtirishga,  mustahkamlashga, 

ilgari  o„tilgan  materialni  takrorlashga  yo„naltirilgan    bo„lishi mumkin; 

b)    o„quvchilar  mustaqil  ishlayotgan  material      bo„yicha:  darslik  bilan, 

didaktik   material   ustida, bosma  asosli  daftar  ustida  ishlash  va  hokazo; 

d)    o„quvchilardan  talab  qilinadigan  faoliyat  xarakteri      bo„yicha:  bu  nuqtayi 

nazardan  bajariladigan  ishlarni  berilgan  namuna,    qoida    bo„yicha  va  hokazo  bir-

biridan  farq qilinadi; 

  O„quvchi  maxsus  topshiriq  ustida  ishlaydi.  Matematikadan  deyarli  har  bir 

darsda  2–3  ta  qisqa  vaqtli  mustaqil  ish  o„tkazish  maqsadga  muvofiq  ekanligini 

ta‟kidlab o„tamiz. 




 

17 


IV.  O„quvchilarni  mustaqil  faolliklari  darajasiga  ko„ra  klassifikasiyalanuvchi 

metodlar. 

1.  Izohli  -  illyustrativ  metod.  Yangi  axborotlarni  ilgari  o„zlashtirilgan 

axborotlar bilan  taqqoslashadi va eslab qolishadi. 

2.  Reproduktiv  metod.  Reproduktiv  metodning  asosiy  belgisi  faoliyat  usulini 

tiklash  va  o„qituvchining  topshiriqlari      bo„yicha  takrorlashdan  iborat.  Bu  metod 

yordamida  o„quvchilarda malaka  va  ko„nikmalar  tarkib topadi. 

3. Bilimlarni  muammoli  bayon qilish.    

O`quvchilarni   izlanishlarni  olib borishga o„rgatadi. 

4. Qisman izlanish  yoki evristik  metod.  

 O„qitishning  tadqiqot metodi.  

Masalan, 

1-sinf 

o„quvchilarida  sonni  yig„indiga  qo„shish  uquvini 

shakllantirish  metodikasini  qaraylik.  O„quvchilarga  ushbu  tengliklarni  namoyish 

etuvchi  rasmlar ko„rsatiladi:   

a + (b + c) = d,          (a +b) + c = d,          (a + c) + b = d. 

Bu  ko„rinish  bo„yicha  masalalar  tuziladi  va  o„quvchilar  ularni  ko`rgazmalilik 

vositasida  yechadilar.  Yechimni  analitik  ifodalab,  o„quvchilar  sonni  yig„indiga 

qo„shish qoidasiga keladilar.   

Тo„g„ri  to„rtburchak  haqida  tasavvur  hosil  qilishda  o„quvchilarga  (1-sinf) 

orasida  to„g„ri  to„rtburchak  bo„lgan  to„rtburchaklar  to„plami  (qolgan 

to„rtburchaklarning  burchaklari  tengmasligi  yaqqol  ko„rinib  turadi)  ko„rsatiladi. 

Mazkur  shakllarning  xususiyatlarini  tahlil  etib,  o„quvchilar,  bu  to„rtburchakdan  biri 

alohidadir  degan  xulosaga  keladilar:  uning  barcha  burchaklari  teng  va  to„g„ri 

burchaklardir.  Тo„rtburchaklarning  bu  turiga  kam  e‟tibor  beriladi,  ularning 

xarakteristik   xossasi  eslab  qolinadi. 

Mutlaqo  turli  o„quv  maqsadlari  uchun  foydalanilgan  bu  usullardagi 

umumiylikni   payqash  oson. O„qituvchi  birinchi  holda  ham, ikkinchi  holda ham 

o„quvchilarga  elementlari  puxta  tanlangan  biror  to„plamlarni  ko„rsatadi. 

Elementlarni  muvaffaqiyatli  tanlash  o„quv  materialini  o„zlashtirish  sur‟atini 

tezlashtiradi.  Dastlabki    to„plamlardagi    elementlar    sonini    orttirish, ularni     rang-




 

18 


barang  qilish  bilan  (masalalarni  mazmuni  bo„yicha,  to„rtburchaklarni,  masalan, 

rangi  bo„yicha),  o„qituvchi  o„quv  materialini  yanada  sifatliroq  o„zlashtirilishini  

ta‟minlashi  mumkin.  O„quvchilarning  ishi  o„qituvchi  tayyorlagan  didaktik 

materiallarni    kuzatish  va    tahlil    qilishdan  iborat  bo„ladi.  O„qitishda    bunday  

didaktik    yo„llardan    doimo    foydalanish    matematik  bilimlarni  egallashda 

o„quvchilarning  mustaqil  ishtiroki  ulushining  ortishiga  yordam    bera  olmaydi. Ular 

hech  qachon,  ob‟ektlar  to„plamini  tadqiq  qilish  uchun  asosiy  narsani  o„qituvchi 

qilganidek,  ajratib  ola  bilmaydilar  (chunki  o„qituvchi  bu  to„plamni   o„rganilayotgan 

ob‟ektlarning  xarakteristik  xossalarini  bila  turib tuzadi). 

Endi  matematik  bilimlarni  mustaqil  olishga,  ya‟ni  matematik  faoliyatni 

amalga  oshirishga  o„quvchilarni  o„rgatishga  maxsus  yo„naltirilgan  metodik 

yo„llarni  ko„rib  chiqaylik.  Matematika  o„qitish  metodikasida    bunday  faoliyatning 

uch 

jihati 


ajratiladi: 

empirik  materialni  matematikalashtirishga,  matematik 

materialni  mantiqiy  tashkil  etish,  matematik  nazariyani  qo„llash.  Boshlang„ich  sinf 

o„quvchilari  biror  darajada  mantiqiy  vositalarga  ham  ega  emaslar  va  ularning 

matematik  bilimlari  nazariy  xarakterda  emas,  shu  sababli  ularni  matematik 

faoliyatga  o„rgatish  masalasi  biror  darajada  faqat  empirik  materialni 

matematikalashtirishga    nisbatan  va  mutlaqo  oz  darajada    matematik  materialni 

mantiqiy  tashkil  etishga nisbatan hal etilishi  mumkin. 

O„quvchilarni 

empirik 


materialni 

matematikalashtirishga 

o„rgatish 

yo„llarining  mohiyati  quyidagidan  iborat: 

1.  O„quvchilarning  ma‟lum  xossaga  ega  bo„lgan  real  ob‟ektlar,  holatlarni 

izlashga  yo„naltirilgan  ishlari  tashkil  etiladi,  bunda  bu  xossa  real  ob‟ekt,  holat 

ko„rinishidagi  namuna  vositasida  yoki  atrof  -  muhitdan  bu  namunalarni  topish 

mumkin  bo„lgan umumiy  ko„rsatma bilan berilishi  mumkin. 

2.  O„quvchilarning  mazkur  ob‟ektlar,  holatlarning  modellarini  yasash 

bo„yicha 

 

faoliyatlari 



tashkil 

etiladi. 

Modellarning 

umumlashganlik, 

abstraktlashgan  darajasi  sekin  -  asta  ortib  borishi  lozim.  Bu  bosqichning  oxirida 

o„quvchilar    yoki    matematik    til    vositalari  (sonlar,  harflar,  ifodalar  va  h.k)  bilan, 




 

19 


yoki  grafik  vositalar  (sxemalar,  chizmalar,  diagrammalar)  bilan  ifodalangan 

modellarni  hosil qiladilar. 

3.  Hosil    qilingan    modellarni    o„quvchilar  empirik  (vizual,  ustma  -  ust 

qo„yish,  o„lchash  va  h.k.  bilan)  tadqiq  etadilar.  Modellarni  xossalari  tavsiflanadi. 

Mazkur  tavsif  tahlil  etiladi:  undan  muhim  bo„lmagan,  befoyda  so„zlar  chiqariladi, 

ikkiyoqlama  mazmunlilik  bartaraf  etiladi.  Boshqa  tomondan,  xossalar  ro„yxatining 

o„zi  ham  ushbu  tamoyil  bo„yicha  qisqartiriladi:  faqat  hamma  qaralayotgan 

modellar  ega bo„lgan xossalargina qoldiriladi. 

4.  O„quvchilar    qaralayotgan    to„plamning    elementlari    uchun  umumiy 

bo„lgan    barcha  xossalarni  qanoatlantiradigan  modelni  tuzadilar.  Bu  model 

matematik    til    yordamida    tavsiflanadi.    O„quvchilarni  empirik  materialni 

matematikalashtirishni    o„rgatish  usulini  aniq    misollarda    ko„rsatish    maqsadga  

muvofiqdir. 

 

             



              2 - §. Boshlang`ich    matematik   ta`limda   ko`rgazmalilikning                              

                                            ahamiyati   va  turlari    

 

 

O‟qitishning      ko`rgazmali  usullarini    qo`llash    Ya.A.Komenskiyning  



“Buyuk  didaktika”     asaridayoq  o`z  asosini  topgan   ko`rgazmalilikning  didaktik  

tamoyillaridan    kelub    chiqadi.    “...    o`quvchilar    sezib    idrok    etishi    mumkin  

bo`lgan    narsalarni,  albatta,  sezgilar    vositasi    bilan,    ya`ni    ko`rish    mumkin  

bo`lgan  narsalarni  ko`z   bilan  ko`rib, eshitish  mumkin  bo`lgan  narsalarni  quloq  

bilan  eshitib,  hidi    bor    narsalarni    tatib    ko`rib,  ushlab  sezish    mumkin    bo`lgan  

narsalarni   ushlab  bilib   olishlari   kerak” 

1,  

-  deb  yozgan  edi  u



.

 



O‟qitishning      ko`rgazmali  usullarini    barcha    yirik    pedagoglar  

ma`qullashgan    va    rivojlantirishgan.  Xususan,    I.G.  Pestalotstsi  bunday    deb  

yozgan  edi:  “Mening  eng   muhim, boshlsng`ich  nuqtai  nazarim  quyidagilardan  

iboratdir:  tabiatning    o`zini    kishi    tomonidan    mushohada    qilish    (sezib    idrok  

qilish)    o`qitishning    yagona    haqiqiy    poydevori    hisoblanadi,    chunki    u  



 

20 


(mushohada)    inson    bilimining    yagona    asosi      hisoblanadi.    Bundan    keyin  

keladiganlarning    hammasi    ana    shu    hissiy    idrokning    shunchaki    bir    natijasi  

yoki    mavhum    tushunchasi    hisoblanadi”.

  I.G.Pestalotstsi      ko`rgazmalilik  



tamoyilini    ma`lum    darajada    boyitdi.  U        ko`rgazmalilikning    zarurligini    himoya 

qilish    bilan    bir    vaqtda,  sezgi    organlari      atrofimizdagi    borliq    to`g`risida  

tartibsiz    ma`lumotlar    olib    keladi,  deb    hisoblagan    edi.  Ta`lim    kuzatishlardagi  

tartibsizlikni    yo`qotishi,  buyumlarni    aniq    belgilab    berishi,  ularning    bir  

turdagilarini    va    o`zaro    yaqinlarini    esa    birlashtirishi,    ya`ni    tushunchani  

shakllantiririshi   kerak. 

 

Ko`rgazmalilik    to`g`risida    ko`p    ayuxannos    solishyapti    deb    e`tiroz  



bildiruvchilarga    A.Disterveg    javob    berib,    bu    to`g`ridagi    gaplarni    to`xtatish  

uchun      hali    vaqt  kelgani    yo`q,  chunki    minglab    o`qituvchilar    hozircha  

ta`limning    abstrakt    usulini    qo`llashni    davom    ettirmoqdalar,    deb    ta`kidlagan  

edi. 


 

K.D.Ushinskiy    ham    ta`limning    ko`rgazmali  usuliga    katta    ahamiyat   bergan  

edi,  u    ko`rgazmalilikni    nutq    hamda    tafakkurni    rivojlantirish    bilan    birga  

qo`shib  ko`rgazmalilik   uchun  bunday  kirish  ilmiy  dogmatizmga  va  ta`limning  

dogmatik    usullariga,  ilmiy    dunyoqarashga    qarshi    bo`lganligi    uchun    ham    u  

progressiv  kurash  edi.  A.Disterveg   va   K.D.Ushinskiy   kabi  didaktlarning   -

 

_________________ 



  

1

Ya.A.Komenskiy.   “Buyuk didaktika”  , Toshkent,  “O`qituvchi”, 1975,  



174 – b.  

2

 I.G. Pestalotstsi. Metod. Izbr.ped.soch., M., 1981, t. 1, 49 – b. 



 ko`rgazmalilikni    talab    qilishdek    talablarida    ilmiy    dunyoqarash    yashiringan  

edi.  O`quvchilar   haqiqatni  o`zlari  o`rganishlari, haqiqiy  dunyoni  bevosita  idrok  

qilish   asosida  bilishlari   kerak  edi. 

 

Ta`limda    ko`rgazmalilikning    ahamiyati    oliy    nerv    faoliyatining    ilmiy  



dunyoqarash    ta`limotidan    kelib    chiqadi,  ko`rgazmali    vositalar    kishining  

birinchi    signal    sistemasining    ham    rivojlanishiga    samarali    yordam    qila    oladi,  

deb  faraz  qilinadi. 



 

21 


 

Hissiy    va    nazariy  bilish    o`rtasida    o`zaro    bog`lanish    uchun    butunlay    va  

hech  qachon  mavjud  izchillik  bo`lishi  mumkin  emas. Idrok  qilish  jarayonining  

o`ziyoq    tafakkur    jarayoni    bilan    sug`orilgan    bo`lishi    kerak.    Hodisadan  

ilgarilovchi    aks    ettirishning    P.K.Anoxin    tomonidan    ochilish    arafasidagi    bu  

xulosa    ayniqsa    aniq    bo`lib    turibdi.    P.K.  Anoxin    ilgarilovchi    aks    ettirishni  

organizmning    ba`zi    hodisalarga    u    hali    sodir    bo`lmasidan    ilgariroq    reaktsiya  

bildirilishi,  deb    xarakterladi.  Hodisalar    orasidagi    birinchi    hisoblanuvchi    A  

hodisaning  ifodasi  asosida  oxirgi  D  hodisasi  hosil  bo`ladi, ya`ni  sodir  bo`lishi     

mumkin    bo`lgan    biron  –  bir    hodisa    ko`pincha    bizning    ongimizda    avval    o`z  

ma`nosini      beradi,  keyin    esa  u    sodir    bo`ladigan    aks    ettirish    jarayoni    jonli  

materiyaning    noorganik    olam  –  makon    va      zamon    tuzilishiga   nisbatan  asosiy  

moslanish    shakli    bo`lib,  undagi    izchillik    va    takrorlanish    asosiy    vaqtinchalik  

parametrlar    hisoblanadi.   Bundan   kelib  chiqadiki, ko`rgazmali  tasavvur  fikrlash  

jarayoni    bilan    hamisha    biron  –  bir    doirada    o`zaro    bog`liq.  Bilim    berish  

ko`rgazmalilikdan 

 

mavhumlikka 



qarab, 

shuningdek, 

umumlashtirilgan  

mavhumliklardan    real    ko`rgazmali    ob`ektlarni,  dalillarni,  misollarni    va  

hokazolarni   tahlil   qilishga   tomon  davom  etishi  mumkin. 

 

Pedagogikada    ko`rgazmalilik    g`oyasini    rivojlantirishga    L.V.Zankov  



jiddiy    hissa    qo`shdi,  u  o`qitishda    so`z   bilan  ko`rgazmalilikni   birlashtiirishning  

turli  shakllarini  maxsus  tadbiq  qildi  va  bulardan quyidagilarni  eng  asosiy   deb   

hisobladi: 

 

1  –  shakl.  Oqituvchi    so`z    vositasida    o`quvchilarning    kuzatishlariga  



rahbarlik   qiladi. 

 

2  –  shakl.  Oqituvchi    so`z    yordamida    o`quvchilar    tomonidan    amalga  



oshirilgan    ko`rgazmali    ob`ektlarni      kuzatishlar    asosida    o`quvchilarni    hodisalar   

idrok    jarayonida    ko`rilishi    mumkin    bo`lmagan    aloqalarni    anglashga   va  ularni  

tarkib  toptirishga  olib  keladi. 

 

3  –  shakl.  Ob`ekt    to`g`risidagi    ma`lumotlarni    o`quvchilar    pedagogning  



og`zaki    xabaridan    oladilar,  ko`rgazmali    vositalar    esa,    og`zaki  

umumlashtirishlarni   tasdiqlash  va  konkretlashtirish   uchun  xizmat   qiladi. 




 

22 


 

4  –  shakl.  O`quvchilar    tomonidan    amalga    oshirilayotgan    ko`rgazmali  

ob`ektlarni      kuzata    borib,  pedagog        o`quvchilar    bevosita    idrok    qilmaydigan  

hodisalar   o`rtasidagi    aloqalar  to`g`risida  ma`lumotlar   beradi. 

 

Shunday    qilib,    so`z    bilan    ko`rgazmalilik   o`rtasida  bog`lanishning  xilma 



–  xil    shakllari    mavjud    ekan.  Ammo    ulardan    birortasiga    to`la    ustunlik  

beradigan    bo`lsak,  unda    xato    qilgan    bo`lardik,  chunki    o`qitish    vazifalarining  

xususiyatlari   har  bir  konkret  holatda  mavzuning  mazmuni, mavjud  ko`rgazmali  

vositalarning    xarakteri,  shuningdek,  o`quvchilarning    tayyorgarlik    darajasiga  

ko`ra  eng  ratsional   birikuvini   tanlash   ma`qul.     

 

O‟qitish    jarayonida      ko`rgazmalilik    tamoyilini    qo`llashning    muximligini  



o`qish    jarayonida    o`rganiyotgan    ob`ekt    va    hodisalarni    hissiy    idrok    qilishga, 

ularni    “jonli    mushohada”    etishga,  bilish faoliyatida  konkret  va  abstrakt, hissiy, 

mantiqiy    va    nazariy    elementlarning    birligiga    katta    e`tibor    beruvchi    ilmiy  

nazariya   nuqtai  nazaridan   tushuntirish   mumkin.   

 

Ko`rgazmalilikning    o`quv    jarayonida    nihoyatda    muhim    ahamiyatga    ega  



ekanligi    to`g`risida    kundalik    kuzatishlar    va    kishilarning    kundalik    ish  

tajribalarigina    emas    (yuz    marta    eshitgandan  ko`ra, bir  marta  ko`rgan  yaxshi), 

balki   maxsus  tajribalar   ham  guvohlik   beradi. 

 

Ko`rgazmali  idrok    katta    imkoniyatlarga    ega.    Eslab    qolishda     



ko`rgazmali-likning    o`zi    emas,  balki    ularning    nutq    va    amaliy    faoliyat    bilan  

birlashtirilishi    eng    yuqori  samaradorlikka   ega  bo`ladi. Bu  o`qitish  usullarining  

eng      samarali    birikmasini    izlash  zarurligidan    dalolat    beradi.  Shuning    uchun  

ham    ayrim    didaktik    qo`llanmalarda        ko`rgazmalilik    tomoyilini    o`quv  –  bilish  

faoliyatidagi    jonli    mushohada    va    abstrakt    tafakkurning    organik    bog`liqligini  

ta`kidlab,  konkret    hamda    abstraktning    birligi    sifatida    talqin      qilinishi    bejiz  

emas.  

 

Ana    shu      aytilganlarga    ko`ra    bilishning  o`qitish    jarayonidagi    individual  



yo`lini  hissiy    hamda    nazariy    bilishning  birligi    sifatida    rejalashtirish      va  tashkil  

etish    kerak.  Bunda    har  –  xil      ziddiyatlar    yuzaga    keladi.  Masalan,  tajriba    yoki  

kuzatish    natijasi    sifatidagi    hissiy    bilish    hamma    vaqt    ham    nazariy      o`ylab  



 

23 


topilgan    va    umumlshtirilgan    bo`lavermasligi    yoki,  aksincha,  yuksak    nazariy  

abstraktsiya    hamisha    ham    hissiy    jihatdan    etarli    darajada   mustahkamlanmagan  

bo`lishi   mumkin. Bu  qarama – qarshiliklarni  bilish  jarayonida  hisobga  olish  va  

hal  qilish   kerak. 

 

Oqitish    sharoitida    qo`llaniladigan    ko`rgazmalilik    vositalariga    quyidagilar  



kiradi: 

 

O`qituvchining    namoyish    qilishi,  ekskursiya,  sayir    va    hokazolar  



davomida  o`quvchilar   tanishadigan   asl  holidagi   tabiiy   ob`ektlar; 

 

Real    ob`ektlarni    aks    ettiruvchi    maxsus    tayyorlanadigan    illyustratsiya  – 



tasviriy    vositalar  –  plakatlar,  sxemalar,  rasmlar,  fotosuratlar,  grafik    qo`llanmalar  

va    horazolar,    shuningdek,  hajmli    geometrik    shakllar,  jismlar,  mulyajlar    va  

boshqalar; 

 

Ko`rgazmalilikning    shartli  –  ramziy    vositalari  –  kartalar,  globuslar, 



telluriylar   va  boshqalar; 

 

Tabiiy  –  matematik    yo`nalishdagi    predmetlarni    o`rganishda  



qo`llaniladigan   namoyish  qilish   asboblari, modellari   va  boshqalar; 

 

Ko`rgazmalilikning    texnik    namoyish    qilish    vositalari  –  kinofilm,  diafilm, 



diapozitivlar,  axborot  kommunikatsiya   texnologiyalari    va  shunga  o`xshashlar; 

 

Tovush,  ko`rish  –  eshitish    vositalari  –  videoyozuv,  videofilmlar    va  



hokazolar. 

 

Shundan    ta`limning      ko`rgazmali    usullarini    ikkita    yirik    kichik    guruhi: 



illyustratsiua    usullari    va    namoyish    qilish    usullari    mavjud    degan  xulosa  kelib  

chiqadi. 

 

O‟qitishning      yassi    vositalarini    illyustratsiua    qilish    usullari      plakatlar, 



sxemalar,  rasmlar,  chizmalar,  fotosuratlar,  grafik    qo`llanmalar    va    boshqalarni  

ko`rsatishni   o`z  ichiga  oladi. 

 

O‟qitishning      hajmli    vositalarini    namoyish    qilish    usullari    asbob    va  



uskunalarni    namoyish    qilishni;  dinamik      qo`llanmalar,  asl    holidagi    tabiiy  

ob`ektlarni    ko`rsatishni;    texnik    namoyish    qilish    vositalari  –  kinofilm,  diafilm, 




 

24 


diapozitivlar,  axborot   kommunikatsiya  texnologiyalari;   tovush, ko`rish – eshitish  

vositalari  ( videoyozuvlar,  videofilmlar)   va  hokazolarni   nazarda  tutadi. 

 

Ko`rgazmalilik    vositalarini        illyustrativ    va    namoyish    qilish    vositalariga  



bunday    ajratish    o`qitish  amaliyotida tarixiy  qaror  topgan. Bu  ko`rgazmalilikning  

ayrim    vositalarini        illyustrativ    vositalar    guruhiga    ham,      namoyish    qilish  

vositalari    guruhiga    ham    kiritish    imkoniyatini    inkor    qilmaydi.  Bu,  masalan, 

sxemalarni   kompyuter  orqali  ko`rsatish  va  boshqalarga  taalluqlidir.     

 

                            3 - §. Oqitishning   ko`rgazmali   usullarini   



                                        eng   samarali   qo`llash  shartlari       

 

                                                                                                                                    



 

Oqitishning    ko`rgazmali    usullarini    eng      samarali    qo`llash    mezoniga 

muvofiq    kelishligi    uchun    o`qituvchi    ulrni    tanlayotganda    bir    qator    talablarga  

rioya  qilishi   zarur.  Ulardan   asosiylari   quyidagilardir: 

 

1.  Ko`rgazmali    usullarni    tanlashda    ularnig    quyidagi    didaktik    vazifalarini  



ancha  muvaffaqiyatli   hal   qilish  nazarda  tutilsin: 

 

O`quvchilarda    ko`rgazmali  –  obrazli    tafakkurni    rivoflantirishga    yordam  



berishlari; 

 

Har    qanday    o`quv    materialini    o`zlashtirishda    diqqatni    faollashtirish  



vositasi  rolini  bajarishlari; 

 

O`quvchilarning    o`quv  –  bilishga    doir    faoliyatini      faollashtirishga  



yordamlashishi; 

 

O`rganiladigan   nazariy   masalalarni   konkretlashtirishga    imkon  berishligi; 



 

O`quvchilarning    dars    davomida    aynan    kuzatish    predmeti    bo`la  

olmaydigan    o`rganiladigan    masalalarni    amalda    qo`llanilishini    ko`rsatish  

sohasini  kengaytirishi; 

 

Bevosita    kuzatilmaydigan    bir    qator    jarayonlarni    va    hodisalarni  



modellashtirish   uchun  imkoniyatlar   yaratilishi; 

 

O`rganilgan    hodisalarni    sxemalarda, jadvallrda  va  hokazolarda  aniq  qilib  



sistemalashtirish   va  klassifikatsiya   qilishi; 


 

25 


 

O`qishga    bo`lgan    qiziqishni    rag`batlantirish,  samarali  o`qish    uchun  

ko`rsatmalar   yaratish  usullari   rolini   baajarishi; 

 

O`quv  materialining   qanchalik    o`zlashtirilganligi    to`g`risida   



konkretlashtiril-gan   shaklda  ma`lumot   olish  imkoniyatini    beradi. 

 

2.  Bu    aytilganlardan      ko`rgazmalilik    qancha    ko`p    qo`llanilsa,  shuncha  



yaxshi    bo`lar    ekan    degan    ma`no    kelib    chiqmasligi    kerak.    Chunki  

ko`rgazmalilikni    eng      samarali    qo`llash,  bu    undan    maqsadga    muvofiq  

foydalanish  degan  ma`noni   bildiradi. Shuning  uchun  ham  o`qituvchi  d asturda  

va    metolik    qo`llanmalarda    keltiriladigan    namoyish    qilishning    tavsiya    qilingan  

ro`yxatidan,  birinchi    navbatda,    darsning    asosiy    vazifasini    hal    qilishga, 

o`rganiladigan    mavzuning    asosiy    muhim    masalalarini    o`zlashtirishga    bevosita  

yo`llanganlarini    tanlab    olishi    kerak.  Namoyishga    darsning    davomida    asosiy  

e`tibor    beriladi,  u    puxtaroq    tahlil    qilinadi,  asosiy    xulosalar    ular      yuzasidan  

qilinadi.    Bir    mavzudagi    ikkita    ko`rgazmali    vositadan    qo`yilgan    vazifani  

yaxshiroq  va  kamroq   vaqt  sarflab  hal  qiladiganini   tanlash  kerak. 

 

3.  Asosiy    usullardan    tashqari,  ayrim      qo`shimcha    ko`rgazmali    usullar  



tanlanib,  ulardan    bo`sh    vaqt    bo`lganda    yoki    qiyinchilik      yuzaga    kelgan  

hollarda    o`rganilayotgan    masalani    yaxshiroq    tushuntirishga    imkon    beradigan  

vositalat    sifatida    foydalanish    mumkin.  Shuni    unutmaslik    kerakki,  namoyish   

hajmini    oshirib    yuborish    vaqtni   ko`p   sarflashga  olib  kelibgina  qolmay, balki  

o`quvchilar    e`tiborini    o`rganilayotgan    materialning    mohiyatidan      ham  

chalg`itadi. 

 

4.  Ko`rgazmali    usullarni    tanlashda    tegishli    sinfning    xususiyati,  sinfdagi  



o`quvchilar    tafakkurlarining    ustun    ko`rinishi  -    og`zaki-mantiqiy    yoki  

ko`rgazmali  -  obrazli    ekanligi    hisobga    olinadi.  Birinchi    holda      ko`rgazmalilik  

birmuncha    oz    yoki    ular    ko`proq    abstraktsiyalashtirilgan    ko`rinishlarda  

qo`llaniladi.   Ikkinchi   holda  ko`rgazmali   usullarning   salmog`i  ortadi. 

 

5.  Oquv    materialini    mustahkamlash    va    takrorlash    jarayonida  



o`zlashtirilgan    bilimlarni    boshqa    ob`ektlarga  ko`chirishga  va  shu  orqali  ularni  

chuqurroq, tushungan  holda  o`zlashtirishga  imkon  beradigan  yangi  ko`rgazmali  




 

26 


qurollardan    foydalanish    maqsadga    muvofiqdir.  O`z  –  o`zidan    ma`lumki, 

qo`llaniladigan    ko`rgazmali    vositalarni    o`quvchilar    to`la    tushuna    oladigan  

bo`lishi    va    ularni    o`zlashtirish    ortiqcha    vaqt    sarflashni    talab    qilmaydigan 

bo`lishi   kerak. 

 

6.  Ko`rgazmali    usullarni    qo`llashning,  masalan,  fizika,    kimyo    va   



biologiyadan    tajribalar    o`tkazidhning    samaradorligini    oshirish    uchun  

o`quvchilar    oldiga    tajribadan    ko`zlanayotgan    maqsadni    aniq    qilib    qo `yish  

kerak.  Bu    o`quvchilar    diqqatini      kuchaytiradi,  uni    davomliroq    va    barqaror  

qiladi.    O`quvchilar    qo`yilgan    savollarga    javob    berar    ekanlar,  ko`rgazmali  

axborot      ustida  faol    fikr    yuritadilar,  ko`tarilgan    muammolarni    hal    qilish  

yo`llarini    o`zlari    qidiradilar    va    shuning    uchun    ham      o`quv    materialini    faol  

o`zlashtiradilar.  Ko`rgazmali    qurollarni    maqsadsiz    naamoyish    qilaverish  

darslarda    juda    ko`p    vaqtni    oladi    va    hatto    darsning    umumiy    maqsadiga  

erishish   nuqtai  nazaridan   zararli   ham  bo`lib  chiqadi. 

 

7.  Ko`rgazmalilik    ob`ektlarining    o`zi    faollashtiruvchi    vositalar    rolini  



o`tashiga    qaramay,  mana    shu      ko`rgazmalilik    ob`ektlariga    nisbatan  

o`quvchilarning    qiziqishlarini    oshirishning  maxsus    usullarini    qo`llash  

foydalidir.  Masalan,  sxemalar,  katta    jadvallar,  klassifikatsiyali    plakatlar  

ko`pincha    o`quvchilarning    ko`pchiligida    bevosita    qiziqish    uyg`otmaydi, 

o`zining    tashqi    murakkabligi    bilan  xatto  ularni  cho`chitadi. Mana  shu  o`rinda  

ularga    nisbatan    qiziqishni    oshirish    usullarini    qo`llash    zarurdir.    Bu    yerda  

evristik    savollar,  muammoli    elementli    xarakterdagi    maqsadli    ko`rsatmalar, 

jadval,  sxema    bilan    tanishilgandan    keyin    olinadigan    o`qitish    natijalartining  

ahamiyatini    tushuntirish,    o`tkaziladigan    tajribalarning    his  -  hayajonli    bo`lishi  

va  hokazolar  yordam  beradi. 

 

8.  Tajribalarni,  laboratoriya    qurilmalarini    va    asbob  –  uskunalarni  



namoyish    qilishda    ularning    tuzilishini    aniq    tushuntirish,    butun    sinf    uchun  

to`la    ko`rinishini    ta`minlash    (ko`rinishini    ta`minlash  usullari  alohida  

ko`rsatiladi),  murakkab    tajribalarni    qismlarga    bo`lish,    tushuntirishlarni    doskaga  

ilingan    rasmlar,  daftardagi    yozuvlar    bilan    qo`shib    olib    borish,  ba`zida    esa  




 

27 


o`quvchilarga    ko`rinmaydigan    asboblarning    ichki    tuzilishini    o`zlashtirishga  

yordam    beruvchi    plakatlar    va    sxemalar      shaklidagi    tayyor    rasmlardan    ham  

foydalahish    kerak.  Murakkab   tajribalar  o`tkazilayotganda   rasmlar  chizish asbob  

bilan    tanishilayotgan    vaqtda,  oddiylarida  -  tajriba    o`tkazilgandan    keyin    amalga  

oshiriladi. 

 

9.  Eng      samaralilashtirish    tamoyili  kutilgan    samaraga    eng    qisqa    vaqt  



ichida    erishish    uchun    namoyishlarning    qisqa    muddatli    bo`lishini    talab    etadi. 

Buning        uchun    namoyishlarni    yaxshi    tayyorlash    kerak.  Masalan,    issiqlik  

bo`yicha    tajribalar    o`tkazishda    oldindan    isitib    qo`yilgan    suvdan      foydalanish  

kerak,  uni    o`quvchilar    ko`zi    oldida    isitmaslik    kerak,  bu    ko`p    vaqtni    oladi.  

Tajribalarning    qisqa    muddatliligi    o`qituvchining    mashqlarni    muvaffaqiyatli  

o`tkazishini,  elektrostatika    bo`yicha    tajribalar    o`tkazishdagi    yuz    berishi  

mumkin    bo`lgan    turg`un    to`xtashlar    (asboblarning    lampasi    qizib    ketishi    va  

hokazo)  ning  oldini    olishni    ta`minlaydi.  Tajribani    qisqa    va    aniq    tushuntirish, 

tajriba    davomida        o`quvchilar    bilan    eng    muhim    masalalar    yuzasidan  

qisqagina   suhbat  o`tkazish  vaqtni  tejash  imkonini   beradi. 

 

Masalan,  o`quv    jarayonida    filmdan    foydalanishga    tayyorlanishda  



o`qituvchi    uni    oldin    ko`radi,  namoyish    davrida    o`uvchilarga    beriladigan  

savollarni      oldindan    tuzadi,  darsning    tegishli    paytida    ko`rsatiladigan  

bo`laklarini    ajratadi.  E`tiborni    eng    muhim    tomonga    qaratadigan    jumlalarni  

qaerda    berish    kerakligini    belglab    qo`yish    foydalidir.  Nihoyat,  film    yuzasidan  

bo`ladigan   yakunlovchi   suhbatning  rejasini   ham  belgilab   qo`yish  kerak. 

 

Amaliyot    xonasi      qoshida  o`quvchilardan    laboratoriya    guruhlarini    tuzish  



tajribalar    o`tkazishga    tayyorlanishda    vaqtni    tejashga      yordam    qiladi.    Bu 

o`quvchilardan      dars    davomida   tajribalar  o`tkazilayotgan  yordamchilar  sifatida  

foydalanish    ham    mumkin.  Bunga    bo`sh    o`zlashtirayotgan    o`quvchilarni    ham  

jalb    qilish    foydalidir,  ular      ko`pincha    o`qitishining    tajriba    qismiga    ko`proq  

qiziqishni    namoyon    qiladilar  va    shu    tufayli    ular    nazariyani    o`rganish  

jarayoniga    ham    qiziqib    qolishlari      mumkin.  Masalan,  diafilmlar,  diapozitivlar, 

sxemalar,  kodopozitivlarni    namoyish    qilishga    tayyorlashda,  axborot  



 

28 


kommunikatsiya    texnologiyalaridan    foydalanishda    o`quvchilar    ularning  

mazmunini    chuqur    bilib    olishga    intiladilar,  ancha    durustroq    o`zlashtirayotgan  

o`rtoqlarining    tushuntirishlarini    tinglaydilar    va    yangi    materialni    yanada  

tushunib  o`zlashtiradilar. 

 

10.  Illyustratsiya      va    namoyishlarni,  barcha    o`quvchilarning    ko`rishlarini  



ta`minlaydigan    xilma  –  xil    vositalari    qo`llash    ko`rgazmali    usullarni  

qo`llashning  samaradorligini    oshirishga    yordam    beradi.  Mayda    qo`llanmalar, 

asboblar, sxemalarni  ko`rsatish  darslarga  zarar  keltiradi, xolos, o`qituvchi  vaqtni 

bekorga    sarflaydi    va    o`quvchilarga    yaxshi    ko`rinmaydigan    bunday    mayda  

qo`llanmalar    ularning    ko`plarida    norozilik    tug`diradi.      Shuning  uchun    mayda 

harfli    qo`llanmalarni    yalpi    tajriba    va    kuzatishlarda    qo`llagan      ma`qul. 

Qo`llanmalarni    xonadagi    maxsus    namoyish    stollariga    qo`yib    jihozlash,  bu  

maqsadlar    uchun    ko`tarma    stollardan    va    boshqa    moslamalardan    foydalanish  

yoki  xonani  amfiteatr   tarzida  jihozlash   uning   ko`rinishini   ancha  yaxshilaydi. 

 

Asboblarni    hamma  o`quvchilar    yaxshi    ko`ra    olishlari    uchun    fizika, 



kimyo,  biologiya    va    boshqa    tabiiy    fanlar    darslarida    quyidagi    vositalardan: 

yoritgichlar,  fonida    asbob    ancha    aniqroq    ko`rinadigan    ekranlar,  reyterlar  

(qog`o`z    va    plastmassali    ko`rsatkichlar),  strelkalar,  shisha    idishlarda    dog`  

qoldirmaydigan    suyuqliklardan    iborat    bo`yoqlar    bilan    rang    berish,  soyali  

proektsiyalarni   qo`llash  va  hokazolardan  foydalaniladi.   

 

Asboblarni   yaxshiroq    ko`rinishini  va  o`quvchilarning  diqqatini  ulardan  



mazkur    payitda    asosiy    rol    o`ynaydiganlariga    qaratishni    ta`minlash    uchun  

namoyish  qilish  stolini  ko`rsatiladigan  hamma  asboblar  bilan  to`ldirib  tashlash  

kerak    emasligini    eslatish    ortiqchalik    qilmaydi.  Ularning    bir    qismi    kerak  

vaqtdagina  o`quvchilar  ko`z  o`ngida  paydo  bo`lishi  uchun  namoyish  stolining  

orqasiga    qo`yilgan    tagliklarga    joylashtiriladi.  Chunki    ortiqcha    asboblar 

o`quvchilar    diqqatini    chalg`itadi.    Shuning    ucnun    ularning    ayrimlarini    ekran  

bilan   to`sib  qo`yish  ham  mumkin. 

 

Ko`rinish    yaxshi    bo`lishi    uchun    namoyish    stoliga    turli    balandlikdagi 



yog`och    bruslarni   qo`yish  mumkin. Ayrim  asboblar  pastroq, boshqalari  ancha  


 

29 


balandroq    bruslarga    qo`yiladi    va    hokazo.  Natijada    o`quvchilarga  

qurilmalarning   yaqin  qismigina   emas,  balki   hammasi  ko`rinadi. 

 

Asboblarni    maxsus    ranglar    bilan    bo`yash,  shakllarni,  qismlarni    ajratib  



ko`rsatish  va  shu kabilar  ham  ko`rinishning  yaxshi  bo`lishiga  yordam    beradi. 

Ba`zi    hollarda    katta,  qiyalik    burchagi    45

    bo`lgan    ko`zgulardan    foydalanish  



ham    o`rinlidir,    chunki    ular        namoyish    stolning    yassi    sathida    o`tkaziladigan  

tajribalar    (magnitli    spektr  bilan    o`tkaziladigan    tajribalar    va      hokazolar)    ni  

ko`rishga  imkon  beradi. 

 

Nihoyat,  o`qituvchining    o`zi    tajribani  ko`rsatayotganda    qanday    holatda  



turishi    kerakligini    ham  unutmaslik    kerak.  Negaki,  u    qurilmaning    ayrim  

qismlarini   to`sib  qo`ymasligi   kerak. 

 

Doskaga    osib    qo`yiladigan    maxsus  albomlardan    foydalanish    vaqtni  



tejaydi    va    rasmlarni    yaxshi    ko`rinishini    ta`minlaydi,    o`qituvchi    esa    ularga  

rangli    flomaster    bilan    rasmlar    chiza    olish    imkoniga    ega    bo`ladi.  Bunday  

albomlar    kerakli    rasmlarni    shu    yerning    o`zida,  darsda,  zaruriyat    tug`ishiga  

ko`ra  qayta  ko`rsatish  imkonini   beradi. 

 

Kinofilmlar,  diafilmlar,  diapozitivlar    qorong`ilatishga  xizmat    qiluvchi  mos  



pardalar,    qorong`ilatishni      boshqaruvchi    elektr    moslamalar,  yorug`lik    texnikasi  

apparatlarini    avtomaik    ishga  tushiradigan    qurilmalar    va    boshqa    bir    qator  

asboblar    bilan    jihozlangan    xonalarda    namoyish    qilinadi.  Kunduzgi    kinoni  

ko`rsatish  uchun  tegishli   uskunalar   bo`lsa, yana  ham  yaxshi. 

 

Kimyo,  fizika    va    boshqa  texnila  qurilmalarini  namoyish  qilishda  tegishli  



instruktiv    hujjatlarda    aniq    belgilangan    xavfsizlik      texnikasi    qoidalariga    qat`iy  

rioya  qilish   zarurdir. 

 

11.  Ko`rgazmali    usullarni    qo`llashni    eng      samaralilashtirish    asbob  – 



uskunalarni    xarid    qilish    harajatlarini    tejashni    talab    qiladi.  Birinchi    navbatda  

laboratoriya    ishlari    uchun    na`munali    ro`yxatlarda    nazarda    tutilgan    asbob  – 

uskunalarni    xarid    qilish    kerak.    Namoyish    qurilmalarini    faqat    qat`iy    zarur 

miqdorda,  yetarli    darajada    sotib    olish    kerak.    Namoyish    qurilmalaridan  

iqtisodiy    nuqtai    nazardan,      birinchi    navbatda,    bir    vaqtning    o`zida   bir  qator  



 

30 


tajriba    va    namoyishlarni    ko`rsatishga      imkon    beradiganlarini,  ya`ni    ancha  

universalroqlarini,  faqat    shundan    keyingina    foydalanish    ko`lami    ancha    torroq  

asboblarni    sotib    olish    foydalidir.  Bu    haqda    gap    yuritayotganimizning    boisi    

ko`rgazmali    qurollar    do`konida    na`munali    ro`yxatga    kiruvchi    asboblarning  

hamma    jamlamasi    har    doim      ham    bo`lavermasligi,  ajrastiladigan    mablag`lar  

esa, barcha  zarur  bo`lgan  asboblarni  bir   yo`la  sotib  olishga  imkon  bermasligi  

tufaylidir.  Shuning    uchun    ham    xonalarni      asbob  –  uskunalar  bilan  to`ldirishga  

iqtisodiy  yondoshish  juda  zarurdir. 

 

O`qituvci    o`qitishning    umumiy    tamoyillariga    tayanib,  o`qitishning  



ko`rgazmali    usullarini        qo`llash    qachon    samarali  bo`lishligi  haqida tasavvurga  

ega  bo`lishi, ya`ni   ularning   imkoniyatlarini   bilishi   kerak. 

 

Respublikamizdagi    T.N.Qori  -  Niyoziy    nomidagi    pedagogika    fanlari  



ilmiy-tadqiqotlari    institutida    barcha    o`quv    predmetlari    bo`yicha    dastur  

materiallarni    o`rganish    uchun    zarur    ko`rsatmali      qo`llanmalarning    majmuasi  

ishlab    chiqilgan.  Majmuaning    mazmuni    kartochkalarga    yozilgan    bo`lib,  ularda, 

bundan    tashqari,  bilimlarning    batafsil    mazmuni,  o`qitish    usullari    va    vositalari  

hamda    o`quvchilar    uchun    zarur    adabiyotlar    ro`yxati    ko`rsatilgan.  Bu  

kartochkalardan    o`qituvchiga    darslarga    tayyorlanishi    va    ularni    o`tkazishhda, 

direktorga    esa,  o`qituvchilarning  ishlarini  nazorat  qilishda  katta  yordam  berish  

mumkin.    

 

Lekin    ko`rgazmali    qurollarga    faqat    darsda   emas, balki  tegishli  predmet  



bo`yicha    butun  o`quv  jarayoni  tizimida  ham   eng   samarali  joy  topish  kerak. 

Masalan,  tadqiqotchilar    (G.P.  Levitas,  M.V.Valovich)      tomonidan    to`rtinchi  

sinflarda    matematika    o`qitishni    eng      samaralilashtirish    yuzasidan    ishlab  

chiqilgan   o`lchov   tizimi   quyidagi   elementlarni   o`z  ichiga   oladi: 

 

1.  O`qituvchi    har      bir    o`quvchining    yangi    materialni    idrok    etishga  



tayyorgarligini    magnit    tasmasiga    yozilgan    matematik      diktant    yordamida  

tekshiradi.  Buna    elektr    nazoratr    qiluvchi    qurilmalardan    ham    foydalaniladi. 

Ularning  yordamida    turg`un    xatolar    ustidagi    tuzatish    ishlari    yangi    materialni  



 

31 


tushuntirishdan    oldin    o`tkaziladi,  bu    uni    o`zlashtirishni    qiyinlashtirmasligi  

ma`lum    qilinadi.  Bu    bosqichda    tushuntiruvchu    ko`rgazmali    qurollardan    keng  

foydalaniladi.  Bu    tizimning    qanchalik    o`zlashtirib    borilishiga    ko`ra    darslarda  

tuzatish   ishlarining   salmog`i   kamayib  borai  va  minimum   darajaga   keltiriladi. 

 

2.  Bu    tizim    yangi    materialni    mazkur    muammo      bo`yicha    keyingi  



darslarda    qismlarga    bo`lib    emas,  balki    masalaning    butun    nazariyasini    yaxlit  

bayon    qilib,  bir    darsda    o`tilishini    nazarda    tutadi.  Materialning    yiriklashtirilgan  

qismlarini    tushuntirishda      murakkab    rasmlar    (  ularni    bosqichma  –  bosqich  

chizishga    zaruriyat    bo`lmaganda  )    diapozitivlar,  sxemalar,  kodopozitivlar,  

jadvallar,  axborot    kommunikatsiya    texnologiyalari          va    boshqalar    yordamida  

birdan  ko`rsatiladi   (bu  o`qituvchilar   va  o`quvchilar  vaqtini   tejaydi).     

 

Doskada   mavzu  bo`yicha  burun   nazariy  qismning  konspekti  namoyon  



bo`ladi.  Konspekt    tayanch    signallarni    ma`lum    qilish    emas,  balki    mavzudagi  

eng  asosiy  o`rinlarni   ajratish   tamoyili    bo`yicha  tuziladi. 

 

3.  O`qituvchi    o`quv    materialini    dastlabki    mustahkamlashni    va    mustaqil  



ishni    bosma    asosdagi    daftarlar    va    murakkabligi    uch      darajada    bo`lgan  

didaktik    materiallar    yordamida    olib    boradi.  Bu    o`qituvchilar    va    o`quvchilar  

vaqtini    tejaydi    va    mustaqil    ishlash    uchun    o`quv    topshiriqlarini  

tabaqalashtirishga   imkon  beradi. 

 

4.  O`quvchi    bajara    oladigan    miqdordagi    uy    vazifalari    yaxshi  



tushuntirilgan    holda    beriladi.  Rasmli    kartochkalardan    foydalaniladi.  

O`qituvchilar    minimum    miqdordagi    mashqlar    bilan    katta    ta`limiy    samaraga  

erishishga   intiladilar. 

 

5.  Uy    topshiriqlari      dars    konspektlarini    ko`rgazmali    tasvirlash    va  



bajarilgan    mashqlarni    ko`rib    chiqish    yo`li    bilan    tekshiriladi.  Bunda    vaqtni  

tejaydigan   nazorat  qiluvchi   asboblar  ham  qo`llaniladi. 




 

32 


 

Hamma    o`quvchilarni  nazorat  qilish, mavzudagi  asosiy  o`rinlarga  e`tibor  

berish,  topshiriqlarni    ko`chirib    yozishga    ketadigan    vaqtni    tejash    o`qitishning  

sifatini    oshirishga,  tuzatish    ishlarining    va    qo`shimcha    topshiriqlarning  

kamayishiga   olib  keladi. 

 

O`qitishning    bu    tizimida    o`qitishni    eng      samaralilashtirishning  



ko`rgazmali      vositalari    yordamida    asosiyni  ajratish, individual  bosma  asosdagi  

daftarlar      yordamida    o`quvchilarga    differentsial    yondashish,  o`qitishni    tezkor  

tuzish,  o`qituvchilar    va    o`quvchilar    vaqtini    va    kuch  –  g`ayratini    tejash  

to`g`risida    g`amxo`rlik    qilish    kabi    usullar    yorqin    namoyon    bo`ladi.  Dars  

davomida    yangi    materialni    o`rganishga    ajratiladigan    vaqtning    salmog`i  

o`qitishning    axborot    kommunikatsiya    texnologiyalari      yordamida    ortadi. 

Bularning    hammasi    birgalikda    eng      samaralilashtirishning    ikkita    mezonini  

bajarishga  –  uy    vazifalariga    sarflanadigan    vaqt    me`yorlariga    rioya    qilinib, 

o`qitishda    maksimal    mumkin    bo`lgan    natijalarga    erishishga    olib    keladi. 

Shunday    qilib,  ko`rgazmali    usullar    to`rtinchi    sinfda  matematika  o`qitishni  eng   

samaralilashtirishning   yaxlit   tadbirlari   tizimiga   uzviy   birikib   ketadi. 

 

Boshqa    predmetlar    va    boshqa    sinflar    uchun    o`qitishning  umumiy  



tizimida      ko`rgazmali    usullardan    foydalanishning          eng      samarali    variantlarini  

o`qituvchining  o`zi  qidirib  topish  kerak. 

 

Hozirga    sharoitda    asosiy    e`tibor    ko`rgazmalilikning    yangi    vositasi   



hisoblanuvchi  –  individual    foydalaniladigan    kompyutorlarni    qo`llashga  

qaratilishi  kerak. Maktab  islohoti  haqidagi  hujjatlarda  barcha  o`rta  maktablarda  

elektron    hisoblash    texnikasi    xonalarini    yaratish,  o`quv    jarayoniga   

kompyutorlarni    joriy    qilish    vazifasi    qo`yilgan.  Bu    o`quvchilar    uchun,  bir  

tomondan,  atrofdagi    ishlab    chiqarish    voqeligidagi    shunday    texnik    qurilmalar  

bilan    yaxshi    tanishib    olish    imkonini    beradi.  Lekin    gap    faqat    bunda    emas.  

Individual    kompyutorlar    o`quvchilarga   odatda  ular  darslik  matnini  o`zlashtirib  

olishadigan    ko`pgina    jarayonlarni    yaqqol,    buning    ustiga    o`sishni    ko`rish  

imkonini    beradi.  Kompyutorlar    muayyan    jarayonlarni    va    vaziyatlarni  



 

33 


modellashtirish,    mumkin    bo`lgan    bir  qator  yechimlardan   muayyan  mezonlarfa  

ko`ra        eng      samaralilarini    tanlash,  ya`ni    o`quv    jarayonida      ko`rgazmali  

usullarning   imkoniyatlarini   ancha  kengaytirishga   yordam  beradi.    

 

 



            

II BOB.  Boshlang`ich   sinflar    matematika   darslarida  o‟qitishning                  

                         ko`rgazmali usullaridan  foydalanishning   metodik  asoslari 

 

 



        

1- §. Boshlang`ich   sinflar    matematika   darslarida  o‟qitishning    

                        ko`rgazmalilikdan   foydalanish   imkoniyatlari    

 

           Boshlang`ich    sinflar    matematika  darslarida  o‟qitishning    ko`rgazmalilik-



dan    foydalanish    imkoniyatlari    uning    ko`rinishlari    turli  –  tumanligiga  

asoslangan. Shuning  uchun  biz  bu  paragrafda  boshlang`ich  sinflar   matematika  

darslarida    qo`llaniladigan      ko`rgazmali    qo`llanmalarning    turlari    va    ulardan  

foydalanish   imkoniyatlari   haqida  so`z  yuritamiz.   

          Boshlang`ich    sinflar      matematika    darslarida    o‟qitishning      trli    xil  

ko`rgazmali    qo`llanmalardan    foydalaniladi;  ular    haqida    quyidagi    qisq acha  

ma`lumotlarni   keltiramiz. 

 

Atrofimizdagi   buyumlar. 



 

Bolalarning    maktabga    kelishining    birinchi    kunlaridan    boshlab    ularni  

sanashga    hamda    qo`shish    va    ayirish    amallarini    o`rgatishda    atrofimizdagi  

buyumlardan    sanoq    materiali    sifatida    foydalanish    mumkin,  bunday    material  

bo`lib    kitoblar,  daftarlar,  qalamlar,  sanoq    cho`plari    va    shu    kabilar    xizmat  

qilishi   mumkin. 

 

Ayrim    buyumlardan      keyinchalik    geometriya    elementlari    bilan  



o`quvchilarni    tanishtirishda    foydalanishi    mumkin.  Ular    bo`yicha    turli    fazoviy  

shakllarni   ko`rsatish  mumkin. 

 

Namoyish  etiluvchi   tasviriy   qo`llanmalar. 



 

Bu    turdagi      ko`rgazmali    qo`llanmalarga    eng    avvalo    bolalarga    tanish  

qator    buyumlarning    tasviri    tushirilgan    rasmlar      va    o`quv    jadvallari  



 

34 


(o`simliklar,  hayvonlar,  imoratlar,  mashinalar    va    shu    kabilar),    rasamlar    majmui  

o`rnatiladigan    rasmlar    (masalan,  archaning    tasviri    va    uning    ostidagi    maxsus  

tirqishlarga    karton    qo`ziqorinlar    o`rnatilishi    mumkin),  applikatsiyalar.  Ular  

sanoq    materiali    sifatida    ishlatilishi    mumkin,  bu      esa    o`qituvchining    bolalarni  

sanashga    o`rgatishdagi    imkoniyatlarini      ancha    kehgaytiradi,  yoki      masalalarni  

tasvirlash   uchun  ishlatilishi   mumkin.   Bunday  qo`llanmalarga   misol  keltiramiz. 

 

Rasmlar    majmui    yoki    ularni    yana    buyumli    rasmlar    ham    deyishadiki, 



ular    uncha    katta    bo`lmagan,  qattiq    qog`ozdan    tayyorlangan    kartochkaalar  

ko`rinishida    bo`lib,  ularning    har    biriga    rasmlar  (yulduzchalar, olma, o`rdakcha, 

traktor    va      hokazo)      tushirilgan    bo`ladi.   Majmuada  odatda  10  tadan  bir  xil  

kartochkalar    joylashgan.  Ularni    ko`rsatish    uchun    majmuali    polotno    deb  

ataluvchi    har    bir    qatorda    10    tadan    cho`ntakcha    tikilgan    ikki    qatorli    qattiq  

material    bo`lagi      ishlatiladi.    Polotno    shuningdek    kartondan   ham  tayyorlanishi  

mumkin. U  doskada  yoki  devorga  osiladi, cho`ntakchalarga  rasmli  kartochkalar  

yoki    raqamlar    o`rnatiladi    (qo`yiladi).    Majmuali    polotno    faqat    sanoq  

materialini    namoyish    qilish      uchun    emas,  balki,  ikkinchi    o`nlik    ichidagi  

sonlarni   nomerlashni   va  arifmetik   amallarni   o`rganishda  ham  ishlatiladi.   

 

Namoyish    etiluvchi    tasviriy    qo`llanmalarga,  shuningdek    o`lchov  



asboblari  va  asboblar  (masalan  soat  siferblati, strelkali  tarozilar  va  boshqalar), 

o`lchov    birliklari    modellari    (metr,  litr    va    boshqalar),    bolalarga    yaxshi    tanish  

mahsulotlarning    maketlari    kiradi.    Modellar    o`lchovlarni    va    o`lchashlarni  

o`rgatishda,  maketlar  –  o`quvchilarning    masalalar    tuzishlarida    tasvirlovchi  

material    sifatida    ishlatiladi.  Nihoyat,  namoyish    etiluvchi    tasviriy    qo`llanmalarga  

turli   geometrik   shakllarning   tasvirlari   va  modellari   kiradi. 

 

Jadvallar. 



 

Jadvallar   deb  ma`lum tartibda, ko`proq   ustunlar  ko`rinishida, shuningdek  

matnli    va    matnsiz    rasmlar    va    sxemalar    tizimi    birgalikda    guruhlangan    matnli  

va    sonli    yozuvlarga    aytiladi.    Bu    barcha    materiali    birlashtiruvchi    mavzu  

jadvalning    sarlavhasida    ko`rsatiladi.  Jadvallar    katta    qog`oz    varaqlarida    nashr  

qilinadi   va  qulaylik   uchun  mato  yoki  kartonga  yopishtiriladi. 




 

35 


 

O`zining    qo`llanilishiga    qarab    jadvallar    quyidagi    katta    guruhlarga  

bo`linishlari    mumkin:  a)    bilishga    oid;    b)  ko`rsatma    beruvchi;    c)  mashq  

qildiruvchi;    d)    ma`lumot    beruvchi.    Albatta    bu    bo`lish    qandaydir    ma`noda  

shartlidir,  chunki    masalan,    ma`lumot    beruvchi      jadvallar    mashqlar    bajarish  

uchun    ham  ishlatilishi  mumkin  va  bunday  holda  mashq  qildiruvchi  vazifasini  

bajaradilar,  ko`rsatma  beruvchi  jadvallar  ma`lum  ma`noda  bilishga  oid  hamdir  

va  hokazo.  

B

ilishga    oid



      j

advallarga    yana  shundaylari    kiradilarki,    ular    o`zlarida    yangi  

ma`lumotlarni    saqlaydi    va    shuning    uchun    ham    ko`pincha    yangi    materialni  

tushutirishda    ishlatiladi.  Ulardan    takrorlash    vaqtida    o`quvchilarning    bilimlatini  

kengaytirish    va    umumlashtirish    uchun    foydalanish    mumkin. 

B

ilishga    oid 



jadvallarga    misol    sifatida    nomerlash    jadvalini    keltirish    mumkin.  U    yig`ma  

polotno      bilan   birgalikda  tayyorlanib, sanoq  birliklarining  sinflari  va  xonalarini  

ko`rsatadi. Shu  ko`rinishda  u  mashq  qildirish   uchun  ham  ishlatiladi.    

Bilishga      oid    jadvallarda    yana    quyidagilar    ham      kiradi:    “Uzunlikni  

o`lchash”,    “Og`irlikni  o`lchash”,    “Yuzani    o`lchash”    jadvallari.    Ular    asosiy  

miqdorlar    haqida    ko`rgazmali    tasavvur    beradilar    va    ular    orasidagi  

munosabatlarni   va qator  boshqa  narsalarni  o`zida  saqlaydi. 

  Ko`rsatma    beruvchi    jadvallar    sonlarni    yozish,      masalalar    yechish, 

hisoblash  malakalarini    shakllantirish      bilan    bog`liq      bo`lgan    u    yoki    bu  

amallarni   bajarish   bo`yicha  ko`rgazmali   shaklda  ko`rsatmalar    beradilar.                               

                                                    

                                                            Nomerlash  jadvali  

 

 

 



Ш  sinf 

 

II  sinf 



 

I   sinf 

 

Millionlar 



 

Mingliklar 

 

Birliklar 




 

36 


 

 

 



 

 

Bunday    jadvallarda    sonlarning    qo`lyozma    na`munalari,  arifmetik    amallarni  



bajarish    tartibini      ko`rsatuvchi,  amallarning    algoritmlariga    misollar    va  

boshqalar  keltirilgan  jadvallar  kiradi. Bunday  jadvallar  sinfda  uzoq  yoki  qisqa  

muddatga    ochib    qo`yiladiki,  ular    o`quvchilarning    ishlariga  yordam    berishsin, 

zarur  ko`rsatmalar   ko`rsatsinlar. 

 

Mashq    qildiruvchi    jadvallar    hisoblash    malakalarini    shakllantirish   



maqsadidagi    mashqlarni    ko`p      marta    bajarish    uchun      mo`ljallangan.  Bunday  

jadvallar      ichida    eng    ko`p    ma`lum    bo`lgani  og`zaki    hisoblashlar    uchun  

jadvaldir. 

 

Ulardagi      ustun    va    satrlarni    turli    usullar    bilan    guruhlab    barcha  



arifmetik    amallarga  oid    katta  miqdordagi        turli    xil    misollar    tuzish    mumkin.  

Bu  jadvallar   o`qituvchilarni   sonlarning   uzun  qatorlarini   yozish  zaruriyatidan    

                                

                                    

                          Og`zaki  hisoblashlar  uchun   jadval 

 

Y



u

zl

ik



la

 



 

 

O



`n

li

k



la

 



 B

ir

li



k

la



 

Y

u



zl

ik

la



 

 



 

O

`n



li

k

la



 

 B



ir

li

k



la

 



Y

u

zl



ik

la



 

 

 



O

`n

li



k

la



 

 B

ir



li

k

la



 

 



 


 

37 


 

 

 



A            

 

 B 



 

 V 


 

 G 


 

 



 C 

 

  E 



 

  J 


 

  I 


 

 K 


 

  I 


 

  3     


 

  12 


 

 23 


   

 40 


 

 52 


 

 64 


 

  75 


 

 82 


 

 93 


 

 33 


 

  II 


 

  1              

 

 16 


 

 25 


  

 31 


 

 42 


 

 55 


 

 60 


 

 74 


 

 80 


 

 100 


 

 III 


 

 5 


 

 11 


 

 20 


 

 39 


 

 45 


 

 51 


 

 69 


 

 72 


 

 84 


 

 95 


 

  IV 


 

  0 


 

 19 


 

 27 


 

 32 


 

 44 


 

 59 


 

 61 


 

 76 


 

 89 


 

 92 


 

   V 


 

  7 


 

 14 


 

 29 


 

 36 


 

 49 


 

 53 


 

 67 


 

 79 


 

 87 


 

 98 


 

   VI 


 

  2 


 

 17 


  

21 


 

30 


 

 47 


 

 58 


 

 62 


 

 78 


 

 85 


 

 96 


 

  VII 


 

  4 


 

 10 


 

 28 


 

 34 


 

 48 


 

 56 


 

 66 


 

 70 


 

 88 


 

 91 


 

 VIII 


 

 6 


 

 18 


 

 24 


 

 38 


 

 46 


 

 50 


 

 63 


 

 77 


 

 81 


 

 99 


   

  IX 


 

  8 


 

 15 


 

 22 


 

 35 


 

 43 


 

 57 


 

 68 


 

 71 


 

 83 


 

 94 


 

  X 


 

  9 


 

 13 


 

 26 


 

 37 


 

 41 


 

 54 


 

 65 


 

 73 


 

 86 


 

 90 


 

ozod    etadi    va    shu    bilan    uning    ishini    yengillashtiradi      va    vaqtni    tejash  

imkonini   beradi. 

 

Ma`lumot    beruvchi      jadvallar    shunday  materialni  o`zida  saqlaydiki, ular  



ko`pincha    o`quvchilarga    misol    va    masalalarni    yechishda    ham,    shunigdek  

amaliy    ishlarni    bajarishda    ham    zarur      bo`ladi.   Ular  ham  ko`rsatma  beruvchi   

jadvallarga    o`xshab      sinfda    uzoq    vaqtga    osib    qo`yiladi.    Ma`lumot  beruvchi   



 

38 


jadvallarga    misol    sifatida    qo`shish    va    ko`paytirish    jadvallarini,  xususan, 

Pifagor    jadvali    deb    ataluvchi    jadvalni,  o`lchovlarning    metrik    jadvali,  vaqtni  

o`lchash  jadvali   va  boshqalarni  keltirish   mumkin. 

 

Sanoq    asboblari.      Ko`rgazmali    qo`llanmalarning    bu    turiga    cho`tlar, 



abaklar, arifmetik   quti  kiradi. 

Cho`tlar    (polga    o`rnatiluvchi  ,  sinf    stoliga    o`rnatiluvchi,  o`quvchilarning)  

birinchi    sinfdan    boshlab    qator    yillar    davomida    o`quvchilarni    sanoqqa  

o`rgatishda,    sonlarni    nomerlash    va    arifmetik    amallarni    o`rgatishda    ishlatiladi. 

Namoyish    qilinuvchi    yoki    sinf    cho`tlarida    avvaliga    o`nta    soqqali    bitta  

simdan,    so`ngra    yigirmata    soqqali    ikkita    simdan    foydalanish    maqsadga  

muvofiqdir.  Qolganlari    bu    vaqtda    vaqtincha    qog`oz    varag`i    bilan    to `sib  

qo`yilgan    bo`lishi    kerak    yoki    ularni    butunlay    olib    qo`yish    kerak    (buning  

uchun  cho`tning  yon  tomonida  burab  chiqariladigan   taxtacha  bor).   

 

Namoyish    qilinuvchi      cho`tlarni    shunday    joylashtirish    kerakki,  



o`quvchilarning    o`tirgan    joylari  tomonidan  qaraganda  soqqalar  o`ng  tomonda  

joylashgan   bo`lsin. 

 

Abak    yoki    sanoq    taxtasi,  odatda    qo`lda    yasalgan    asbobdan    iborat.  U  



quyidagicha    tayyorlanadi:    taxminan    70  x  30    sm    o`lchamli    taxta    yoki    fanera  

bo`lagida    uchta    vertikal    yo`lakchalar    o`tkaziladiki,    ular    sonlarning    uchta  

xonalariga    mos    keladi:  birliklar,    o`nliklar    va    yuzliklar.  Qulaylik    uchun  

yo`lakchalar    turli    ranglarga    bo`yalishi    munkin.  Ularning    har    biriga    yuqoridan  

pastga  qarab  10  ta   katta  bo`lmagan  mixlar  qoqiladi  va  ularga  fanerdan  yoki  

kartondan    yasalgan    doirachalar    ilinadi.    Har    bir    doiracha    xonaning    bitta  

birligini    bildiradi.      Namoyish    qilinuvchi    abak    boshqacha    tayyorlanishi    ham  

mumkin.  Taxta    o`rniga    katta    bo`lmagan    karton    varag`ini    olish      mumkin, 

mixlarni   karton  cho`ntakchalar  bilan   almashtirish   mumkin. 

 

Arifmetik    quti    ikkita    devori    ochiladigan    kub    shaklidagi    quti  



ko`rinishida    tayyorlanadi.    U   katta  miqdordagi  sanoq  materialiga  ega: yog`och  

kubchalar,  o`nta    kubchaga    teng    to`rt    qirrali    taxtacha,    turli    o`lchamdagi   

kvadrat    taxtachalar,  xususan,  100  ta    kubchaga    teng    taxtalar.  Kubchalar,  to`rt  



 

39 


qirrali    taxtacha    va    kvadrat    taxtachalar    sanoqqa    o`rgatishda    va    sonlarni  

nomerlasni    o`rganishda    ishlatiladi.  Bunda    asosiy    xona    birliklari    orasidagi  

munosabatlar    va    sonlarning    o`nli    tarkibi    ko`rgazmali    asosda    ko`rsatilishi  

mumkin. 


 

O`lchov    asboblari.    O`quv    jarayonida    o`lchov    asboblari    ikkiyoqlama  

ahamiyatga    ega.  Birinchidan,    ular    turli    xil    ishlarni    bajarishda    o`lchashlar  

uchun,      va`ni    o`zining    bevosita    vazifasiga    oid    ishlarni    bajarish    uchun    yoki  

amaliy    mazmundagi    masalalarda    berilganlarni    hosil    qilishda    qo`llanilishi  

mumkin.  Ikkinchidan,  ular    o`lchovlarni    va    o`lchov    birliklari    orasidagi  

munosabatlarni    o`rganishda    yordamchi    vositalar    sifatida    xizmat    qilishlari  

mumkin. 


Boshlang`ich    sinflardagi    o`lchovlar    uzunlikni,    og`irlikni,    sig`imni,  yuzani  

o`lchash  uchun  ishlatiladi.  Bunday  asboblarga  quyidagilar   kiradi: 

1.  Chizg`ich,  ugolniklar,  metrli   chizg`ich,  ruletka,  sirkul   o`lchagich. 

2.  Pallali   tarozilar,  siferblatli   tarozilar. 

3.  Metrli   va  yarim   metrli   cizg`ichlar. 

4.  Siferblat. 

5.  Paletka. 

6.  Sinf  sirkuli. 

Diapozitivlar   va  diafilmlar. 

Diapozitivlar    -    bu    shaffoq    plastinkalardagi    pozitiv    tasvirlar   bo`lib, ular  

maxsus    apparat    yordamida    ekranga    tushirilishi    mo`ljallangan.  O`quv  

jarayonida    diapozitivlarning    qo`llanilishi    namoyish    qilinuvchi    tasviriy  

qo`llanmalarni    qo`llashdan    mohiyati    jihatidan    farq    qilmaydi.    Biroq    ularning  

ixchamligi    va    bitta    diapozitivni    boshqasi    bilan    tezda    almashtirish    imkoniyati  

ularni    juda    ham  qulay  ko`rgazmali  vositasi  qiladi.  Dasturning  turli  mavzulari,  

bo`limlari   bo`yicha  diapozitivlar   seriyalari   ishlab  chiqarilgan. 

Kinoplyonkalarning    (30  –  50    ta    kadrlardan    iborat)    butun    bo`laklarida  

tayyorlangan    diapozitivlar    seriyasi    diafilmlar      deyiladi. Ularda  tasvirlar  ma`lum  

tartubda    joylashgan    bo`lib,    u    yoki    bu    harakatning    bosqichlarini    ularning  



 

40 


mantiqiy    ketma  –  ketligida    ko`rsatish    imkonini    beradi  (masalan,    geometrik  

shaklni  yasash,  modellarni    hosil    qilish    bosqichlari).    Biroq    ba`zi  hollarda  esa, 

seriyadagi    faqat    ayrim    kadrlardangina        foydalanish    yoki    ularni    boshqa  

tartibda    namoyish    qilish      zarur    bo`ladi.  Shuning    uchun    p lastinkadagi  

diapozitivlar,  diafilmlar  oldida  ayrim   ustunliklarga   ega. 

  Boshlang`ich    sinflar    uchun    diafilmlar    arifmetika    bo`yicha    ham, 

shuningdek    geometrik    materialni    o`rganish    bilan    bog`liq    mavzular    bo`yicha  

ham  ishlab  chiqarilgan.  Ularning   quyidagi   ro`yxati  tuzilgan.    

Geometrik   material. 

Qiziqarli   arifmetika. 

Sonlarni   geometrik   shakllar  bilan  tasvirlash. 

Sonlarni   nuqtalar  va  kesmalar   bilan  tasvirlash. 

2 - sinfda  matematikani  o`rganish  (ko`paytirish   jadvali). 

To`g`ri  to`rtburhak,  uning  perimetri   va  yuzi. 

Sonlarni   taqqoslash. 

Sana, top, yech. 

Tasvirlar.    Odatda    tasvirlar    deganda    darslikdagi    rasmlar,  turli    buyumlar  

va    buyumlar    guruhining    sxematik    tasvirlari,    shuningdek    rejalar,    chizmalar,  

sxemalar,    jadvallarni    tushunamiz.  Yuqorida    qarab    o`tilgan  namoyish   qilinuvchi  

ko`rgazmali    qo`llanmalar    kabi    tasvirlar  ham    turli    xil    holatlarda    ishlatiladi:  

sanoqqa    va    arifmetik    amallarni    bajarishga    o`rgatishda,  masalalar    yechishga  

o`rgatishda,    geometrik    material    bilan    tanishtirishda    va    hokazolarda.  Ularning   

yordamida      so`z    borayotgan    buyumlar,    bajarilayotgan    amallar    ko`rgazmali  

ko`rsatiladi    yoki    masalaning    mazmuni    tushuntiriladi.  Zarur    bo`lgan    hollarda  

ayrim    masalalarda    tasvirlar    katta      qog`oz    varag`ida    yoki    diapozitivlar  

ko`rinishida      qilinishi      mumkin.    Murakkab      bo`lmagan    tasvirlar    o`qituvchi   

tomonidasn  sinf  doskasida  bajarilishi    mumkin. 

Hozirgi    paytda      har  bir    sinf    uchun    matematik    topshiriqli    kartochkalar  

seriyasi    ishlab    chiqarilgan    bo`lib,  ular    katta      bo`lmagan  matn  va  zarur  sonli  



 

41 


material    va  tasvirlardan    iborat.  Bu    kartochkalar   masalalar  tuzish  va  yechishga  

o`rgatish  uchun  mo`ljallangan.   

Didaktik    material.    Matematik  tushunchalarni,  shuningdek    hisoblash, 

o`lchash    va    grafik    ko`nikma  va    malakalarni    shkllantirish  uchun   boshlang`ich  

sinflarda    turli    xil    didaktik    materiallardan  foydalanish    zarur.  Matematika  

bo`yicha    didaktik    material    deb    o`quvchilarning    mustaqil    ishlari    uchun  

mo`ljallangan    va    ta`lim    jarayonini    individuallasahtirish    va    faollashtirish  

imkonini    beruvchi      o`quv    qo`llanmalarga    aytiladi.  Matematika    bo`yicha  

didaktik   materialni   quyiagi   guruhlarga   bo`lish  mumkin: 

a)  predmetli   didaktik   material; 

b)  matematik   topshiriqli   kartochkalar ko`rinishidagi   didaktik  material. 

Predmetli    didaktik    materialga    quyidagilar    kiradi: sanoq cho`plari, turli  xil  

geometrik    shakllar    majmui    va    shu    kabilar.  Predmetli    didaktik    materialdan  

yangi    bilimlarni    bayon    qilishda    ham,    shuningdek    ularni    mustahkamlashda  

ham  foydalanish  zarur. 

Matematik    topshiriqli    kartochkalar  ko`rinishidagi    didaktik    material 

o`quvchilarning    individual    xususiyatlariga    moslashishni    ta`minlaydi.  Ba`zi  

ko`rinishdagi    kartochkalar    o`quvchilarni    matematik    topshiriqli    kartochkalar 

ko`rinishidan   ozod  qiladiki, bu  ko`proq  mashqlar  bajarishga  imkon  beradi. 

Sinf    doskasidagi      yozuvlar,  chizmalar    va    sxemalar    ko`pgazmalilik  

vositalarining   biri   sifatida. 

Chizmalar    va   sxemalar  predmetlar  va  hodisalarni, ularning  faqat  asosiy,  

eng    muhim    belgilarini    saqlagan    holda,  shartli    holda    ifodalaydi.  Chizmalar    va  

sxemalar    vositasida    zarur    bo`lgan    hollarda    predmet    va    hodisalar    orasidagi  

aloqalarni,  miqdorlar    orasidagi    bog`lanishlarni    ko`rsatish    mumkinki,  bu  

masalaning    mazmunini    tushunishga    yordam    beradi.  Shuning    uchun    ular  

matematikaga   o`qitishning   muhim  vositalaridan   biri   hisoblanadi.   

Rasmlarni    shartli    belgilashlar,    yo`lakchalar,  kesmalar    bilan    almashtirish  

masalaning    sxemasini    beradi.    Dastlabki    paytlarda    rasmlar    va    shartli  

belgilashlar    bir    vaqtda    tasvirlanishlari    mumkin.  Keyin    masala  faqat    shartli  




 

42 


belgilashlar    bilan    tasvirlanadi,  bunda    miqdorlar    orasidagi    nisbiy  chizmadagi  

o`lchovlar  orqali  beriladi   yoki  strelkalar,  chiziqlar,  qavslar  bilan   ko`rsatiladi. 

Grafik  tasvirlarning   ko  rinishidan    biri    diagrammalar    hisoblanadi.   

Diagrammalar  miqdorlar    orasidagi   bog`lanishlarni  idrok  etish  uchun  sodda  va  

tushunishga  oson    shaklda    ko`psatishga    imkon    beadi    va    o`quvchilarni   to`g`ri  

burchakli    koordinatalar    sistemasi    va    funksiyalarning    grafiklarini    yasashning  

juda  muhim   g`oyalari   bilan   tanishtirishga   yordam  beradi. 

Ustunli,  lentali,  chiziqli,  sektorli    diagrammalar  bir  – biridan   farq  qiladilar. 

Boshlang`ich   sinflarda   ularning   dastlabki  uchta  ko`rinishi   qo`llanilad i. 

1.  Lentali  diagrammalar,    ustunli    diagrammalardan    yo`lakchalarning  

gopizontal    joylashishi  bilan    farq    qiladilar.  O`quvchilarni    ularni    chizishga    va 

o`qishga  (ya`ni    chizma      yordamida    ko`rsatilgan    miqdorlar      orasidagi  

bog`lanishlarni    tushunish    va    tushuntira    olish    ko`nikmasini    shakllanishiga),  

diagrammalardan    foydalangan  holda    masalalar    yechishga    o`rgatiladi.  Masalan, 

rasmda    tasvirlangan    lentali    diagrammadan    foydalanib,  zarur    o`lchashlarni  

bajarib,  avtomobillarning    o`rtacha    tezliklarini      aniqlash,  so`ngra  bu  miqdorlarni  

masalada  berilganlar   sifatida  olish   mumkin.    

 

2 - §. Boshlang`ich   sinflar   o`quvchilari   tomonidan ko`pgazmali                        



                        qo`llanmalarni  tayyorlash  masalalari 

 

Ko`pgina    ko`pgazmali      qo`llanmalar    -    jadvallar,  ba`zi    modellar, 



individual    foydalanishga    mo`ljallangan    abaklar,  paletkalar,  sanoq    matriallari, 

tarqatma    materiallarning    ba`zi    ko`rinishlari    va    shu    kabilarni    o`quvchilarning 

o`zlari  tayyorlashlari      mumkin.    U    yoki  bu      ko`pgazmali      qo`llanmalarni 

tayyorlashda    o`quvchilarda    so`zsiz    ularga    qiziqish    paydo    bo`ladi,  uning 

qo`llanilishi    va    matematik    tuzilishuni    anglab    yetish    istagi   paydo  bo`ladi.  Bu  

esa    o`quv    materialini    yaxshiroq    tushunishga,  yaxshiroq    o`zlashtirishga    olib  

keladi.  Ko`pgazmali      qo`llanmalarni  tayyorlash    bo`yicha    ishlash    jarayonida  

predmetlararo    aloqa    amalga    oshiriladi;  bir    tomondan    o`quvchilar    o`zlarining  




 

43 


matematik    bilim    va    tmalakalarini    (hisoblash,  o`lchash   va  yasash)  qo`llaydilar, 

ikkinchi    tomondan    esa    ular  mehnat    darslarida    egallagan    ko`nikmalari  

(qog`ozdan  qirqish, yelimlash   va  boshqalar)  ga  tayanadilar. 

O`quvchilari    tomonidan    tayyorlanayotgan    ko`pgazmali      qo`llanmalar  

ularga    qo`yilgan    barcha    talablarga    javob    berishlari    kerak.  O`quvchilar  

tomonidan    yasash    mumkin  bo`lgan    qo`lbola      ko`pgazmali      qo`llanmalarga  

misollar    keltiramiz    va    ularni    yasash      usullarning    qisqacha    bayonini   beramiz. 

Albatta,    barcha    ko`pgazmali      qo`llanmalar    o`qituvchi    rahbarligida   yoki  uning  

ko`rsatmalari   bo`yicha  bajariladi. 

1.  Geometrik    shakllar    ko`rinishidagi    ko`pgazmali      qo`llanmalar  (yulduz-

chalar,  barglarning    rasmlari    va    boshqalar)    qog`oz    varaqlari    yoki    kartondan 

yasaladi.  Rasmni    ko`paytirish    uchun    karton    trafaret    (qolip)  lar    yoki    xom  

kartochka  (rezina)  dan  o`yib  ishlangan   shtamplar  qo`llaniladi. 

2.  Rasmli  domino  yoki  loto. Domino  kartonli   kartochkalardan   yasaladi  

va    odatdagi    dominodan    shu      bilan    farq      qiladiki,  kartochkalarda    doiraviy  

ochkolar    o`rniga    turli    buyumlarniing    guruhlari    tasvirlanadi.  Loto    kartochkala-

rida    ham    buyumlarning    guruhlari  tasvirlanadi. Ammo  bu  erda  ular  sonlarning   

o`rniga    ishlatiladi.  Kartochkalarni    berkituvchi    fishkalardagi    sonlar    esa    sonli  

toshlar  bilan    almashtiriladi.  Rasmli    domino    va    lotodagi    o`yinlarning    doiralari  

odatdagicha.  Bolalar    faqat      sanashni    o`rganibgina    qolmay,  balki    turli  

buyumlardan    tashkil    topgan    to`plamlarning    miqdorlarini    o`zaro    taqqoslashni  

ham  o`rganadilar. 

Kartochkalar   va  fishkalardan   bo`sh  tayyorgarlikka   ega  bo`lgan  o`quv-

chilar  bilan   ishlash  uchun   yaka  tartibda  mashg`ulotlar   o`tkazish  uchun  ham 

foydalanish    mumkin.     

3.  Yakka    tartibda    foydalanish    uchun    abak.  Katta    bo`lmagan    qattiq  

qog`oz    bo`lagidan      tayyorlanadi,  u    dastlabki    uchta  xona        birliklariga    mos  

holda  uchta  ustunlarga   ajratib   chizilgan   bo`ladi.  Har  bir   ustunda  10  tadan     

 

 



 

44 


 

                                               Kartochkalar 

 

doirachalar   yoki  kvadratchalar   teshiladi.   



Pastdan  rangli   qog`oz   tikiladi   yoki   

yelimlanadi.  Uning    yordamida  teshilgan   

doiracha yoki kvadrat  teshikchalar  yaxshi  

ko`rinadi.  Qog`oz  shunday tikilishi  kerak- 

ki, har  bir  qatorning   tagiga   tor  karton   

yo`lakcha  uchun  katta  bo`lmagan  tirqish   

 qolsin.O`quvchilar   yo`lakchalarni   surish  

 orqali  Har bir xonada kerakli  sondagi teshik- 

larni  ochadilar  va  shu  bilan berilgan   ko`p  

xonali   sonni  ko`rsatadilar.  Masalan, rasmda  

 321  soni  ko`rsatilgan. 

 

Strelkalari   harakatlanadigan   soat  sifer-



blatining   modeli.  Doirachadagi    bo`linishlar   

yetarlicha   aniqlikda   belgilanishi   kerakki,  o`quvchilar  soatning  ko`rsatishini   

aniqlay   olsinlar.  Ammo  boshlang`ich  sinflarda   bolalar   aylanani   teng 12  qismga  

bo 


lishni   bilmaydilar.   Ularga   yordam  berish uchun  diametri   10  – 12  sm  li,   

aylanasi   bo`ylab  12  ta  tor  qirqilgan  joylari    bo`lgan va  markazida   katta   

 

Yuzlik 


 

O`nlik 


 

Birlik 


▄ 

▄ 

▄ 



 

 

 



 

 

 



 

▄ 

▄ 



 

 

 



 

 

 



 

 

▄ 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

45 


bo`lmagan    teshikli   karton  trafaret   (andoza, qolip)  tayyorlash  zarur. Bu  

trafaretdan   foydalanib, har  bir  o`quvchi  o`zining   varag`ida    siferblat   

chegarasini   va  soatlar  bo`linishini   belgilashi   mumkin. 

 

5.  Vexalar    va    ekkerning      modeli.    Ikkala    modellar    uzunliklari    12  –  13  



sm    li   cho`plar  va  ip  g`altagining  varmi  (ular  o`rnatish  uchun  kerak  bo`ladi) 

dan    yasaladi.  Birinchi    holda    cho`plar      to`q    va    och    yo`laklarga    ko`ndalang 

qilib    qo`yiladi,  ikkinchisida    cho`plarning    uchlariga    to`g`nog`ich    (mixcha)    lar  

qoqilgan  katta  bo`lmagan  kvadrat  taxtacha  qoqiladi. 

 

Ekkerlarni    o`qituvchi    ko`rsatmasi  bo`yicha    uch  –  to`rtta        o`quvchilar   



yasaydilar,    qolgan    o`quvchilar    vexalarni    tayyorlaydilar.    Bu    modellardan  

foydalanib,  sinfdan    tashqari    mashg`ulotlarda,  yer    ustida  to`g`ri    chiziqlar  

o`tkazish  va to`g`ri  burchaklarni   yasash  mumkin. 

 

6.  Namoyish    qilinuvchi      jadvallar,  sxemalar,  diagrammalar.  Bunday  



ko`rgazmali    qo`llanmalarni    yasash    uchun    eski  kitoblar, jurnallar, kalendarlardagi  

rasmlardan    keng    foydalanish    zarur,  ilgari   katta  qog`oz  varaqlariga yopishtirish  

va    zarur    chiziqlar    va    sonlar    bilan   to`ldirish   kerak. Sonlarni  tasvirlash  uchun  

raqamlar   eski   kalendarlardan   qirqib  olinishi   mumkin. 

 

3 - §. Boshlang`ich   sinflar   matematika   darslarida  o‟qitishning        



                ko`rgazmali   usullaridan   foydalanishga    

                         yo`naltirilgan   mashqlar  tizimi 

 

Boshlang`ich   sinflar   matematika   darslarida  o‟qitishning  ko`rgazmali           



usullaridan    foydalanishga    yo`naltirilgan      ko`rgazmali    qo`llanmalar    ichida    eng  

yangi,    samonaviylari    bo`lib    axborot    kommunatsion    texnologiyalar    alohida  

o`rinni    egalladi.  Ularni    ta`lim    jarayonida    qo`llashninig    bir    qator    ustunliklarga  

ega,  xususan,  ulardan    foydalanish    qulay,  shuningdek    qisqa    vaqt    ichida    juda  

katta    hajmdagi    ma`lumotlarni    o`quvchilar    e`tiboriga    havola    qilish    mumkin. 

Axborot    kommunatsion    texnologiyalar,  xususan,  proektor    yordamida    o`quv  

materialini    ekranga    tushirish    orqali    o`quv      jarayoni    samaradorligini    ancha  



 

46 


ko`tarish    mumkin.  Hozirgi    paytlarda    slaydlar    yordamida    kerakli    matn  

(ma`ruza,  dars    materiali,  turli    xil    hisobotlar,  bitiruy  –  malakaviy    ish    himoyasi  

va    shu    kabilar)  ni    taqdimotini    tayyorlash    va    namoyish    qilish    ommaviy    tus  

oldi.  Shu  sababli  ushbu  paragrafda   “1 – sinfda  murakkab  masalalar  yechish”   

mavzusi    bo`yicha    slaydlar  (“Yuzlik”    bo`limni)    o`rganishda    ketma  –  ket  

namoyish    qilinadi.    Birinchi    slayd    o`quvchilarni    murakkab    masala    tuzilishini  

tushunishga      olib    keluvchi    tayyarlovchi    mashqlarni    o`z    ichiga  oladi    va    u  

“Sonlarni    nomerlash”    mavzusini    o`rganishda    ishlatiladi.  Ikkinchi    slayd    esa  

murakkab    masalalarni    yechish    ko`nikma    va    malakalarini    shakllantirishga  

bag`ishlangan.  Uchinchi    slayd    kadrlaridan    “Qo`shish    va    ayirish”    mavzusini  

o`rganishda    foydalanish    maqsadga    muvofiqdir.  Bu    slaydlarning    tuzilishi    va  

masmunini   keltiramiz. 

 

I slayd.  Tayyorlovchi   mashqlar. 



 

4 – 7  kadrlar.  (Ilovada  4  ta  rasm  keltirilgan) 

 

8 – kadr. Bu  rasmlarga   savollar  qo`ying  va  masalalarni   yeching. 



 

9  -  kadr.    Anhorning  kengligi  ko`prik  uzunligidan  7  m   kam.  Masala  va  

unga  mos  ifoda (formula)  tuzing.  Ko`prikning   uzunliigini   toping. 

 

10  –  kadr.  Endi    bu    masalani    shunday  tuzingki      unda      “kam”    so`zi  



o`rniga   “orqiq”  so`zi  qatnashsin.  Bunda  ifoda  o`zgaradimi? 

 

11 – 13  kadrlar.   (Ilovada  3  ta  rasm  keltirilgan) 



 

14  –  kadr.  “Rasmda    nechta    har  xil    rangli    kubiklar    tasvirlangan?”  

savoliga    javob  bera  borib  biz  bir  nechta  ifoda  hosil  qilamiz. Bitta  ifodaning  

qiymatini    topish    uchun    nechta    amal    bajarish    kerak?    Har    bir    amalga    savol  

qo`ying. 

 

II  slayd. Murakkab  masala  haqida  tasavvur. 



 

1 – 5  kadrlar. (Ilovada  3  ta  rasm  keltirilgan) 

 

6 – kadr. Olma  solingan   chelak  nok  solingan   chelakdan  3  kg  engil. 



Olmalar   necha  kilogramm?   Masalani   ifoda  tuzib   yeching. 

 

7 – kadr. Hamma  mevalar   necha  kilogramm   bo`lishini   toping.  Berilgan   



ifodadan  foydalanib  masalani   yeching. 


 

47 


 

III  slayd.  Murakkab   masalalar. 

 

1 – kadr.  (Ilovada  tegishli    rasm  keltirilgan) 



2 – kadr. O`g`il  bola  va  qiz  bola  bog`dagi   o`rindiqqa  o`tirishibdi. O`g`il  

bola    shar    olib    kelish    uchun    ketdi,  qiz    bola  esa   gul  olib  kelgani  ketdi.  Qiz  

bola    gul    sotiladigan    do`kongacha,  o`g`il    bola    shar    sotilayotgan    do`konga  

qaraganda  10  m  kam  yurdi. Do`konlar   orasidagi  masofani  toping. 

3  –  kadr.  Uydan    vodoprovod    kranigacha    bo`lgan    masofa , vodoprovod  

kranidan    darvozagacha    bo`lgan    masofadan    10   m  ortiq. Uydan  darvozagacha  

bo`lgan  masofani  toping. 

4  –  kadr.  Daryo    qirg`og`ida    turib,    bola    samolyot    modelini    uchirdi.  U  

daryodan    uchib    o`tib    daryoning    narigi    qirg`og`iga    tushdi.    Model    qirg`oq  

ustidan, daryo  ustidagiga  nisbatan  3 m  kam  uchdi.  Samolyot  modeli  hammasi  

bo`lib  necha  metr  uchgan? 

5  -    kadr.    Qopga    50    kg    olma    sig`adi.  To`la    bo`lmagan    qopda,  to`la  

qopga nisbatan  15  kg  olma  kam. Hamma   olma  necha  kilogramm? 

6 – kadr. Uzumning   og`irligini   tortishdi. 

7 – kadr. Uzum  va  pomidor  birgalikda  necha  kilogramm? 

8 – kadr.  Yuqoridagi  yashikda  pastdagi  yasikdagidan  5  ta  ortiq  idishda  

sut  bor. Qancha  sut  olib  kelishgan. 

“1  –  sinfda    geometriya    elementlari”    bo`limi    bo`yicha    tayyorlangan  

slaydlar    1  –  sinf     o`quv  dasturiga  kiritilgan  geometrik  materiallarni  o`z  ichiga  

oladi.  U   tegishli  bo`limlarni  o`rganishda  ayrim  slaydlar  ko`rinishida  namoyish  

qilinadi.    Har    bir      slaydga    darslikning    beti      ko`rsatilgan    bo`lib,  unda  

slaydlarning    mazmuni    ifodalangan.  Masalan,  1  –  slayd      dastlabki    5  –  10    ta  

darslarda    geometrik    material    bilan  tanishishda    ishlatiladi.  U    shuningdek  

arifmetik    materialni    (geometrik    shakllarni,  ularing    elementlarini    sanashda)  

qo`llanilishi    mumkin.12  –  slayddan    esa    o`quv    yili    oxirida    geometrik  

materiallarni   takrorlashda  foydalanish  maqsadga  muyofiq. 

1 – slayd. Aylana  va  ko`pburchak. 

3 -  va  4 -  kadrlar. (Ilovada  2  ta  rasm  keltirilgan) 




 

48 


2 – slayd. To`g`ri  va  egri  chiziqlar. 

5 -  va  8 -  kadrlar. (Ilovada  4  ta  rasm  keltirilgan) 

3 – slayd. To`g`ri  chiziq. To`g`ri  chiziq  kesmasi. 

9  –  kadr.  Chizg`ich    yordamida    to`g`ri  chiziq    chizing.  Unda    2  ta    nuqta  

belgilang.  To`g`ri    chiziqning    bu    ikki    nuqta   orasidagi  qismi  to`g`ri  chiziqning  

kesmasi    yoki    qisqaroq    qilib    kesma    deyiladi,  bu    nuqtalar      esa    kesmaning  

uchlari   deyiladi. 

10  –  kadr.  Ikkita    nuqtani    o`zaro    turli    egri    chiziqlar    bilan    tutashtirish  

mumkin.  Xuddu    shu     nuqtalarni  chizg`ich  yordamida  faqat  bitta kesma  orqali  

tutashtirish   mumkin.  Bu  nuqtalar  kesmaning   uchlari   bo`ladi. 

11  –  kadr.  Ko`pburchakning      elementlari  –  kesmalar,  uchlar,  burchaklar. 

Har    bir    ko`pburchakda    qancha    tomon    va  qancha    uch    bor?  Har    bir  

ko`pburchak  qanday  ataladi? 

4 – slayd. Kesmalarni   taqqoslash. 

1 – kadr. Buyumlarni  uzunligi  bo`yicha  taqqoslang:  qaysi  qisqa, qaysinisi  

uzun? 


2  –  kadr.  Kesmalarni    taqqoslang.    Eng    qisqa,    eng    uzun    kesmalarni  

ayting;  teng  kesmalarni   ayting. 

5 – slayd. Kesmalarni    o`lchash. Santimetr. 

1 – kadr. Ko`pburchakning  qaysi  tomonlari  teng  va  qaysi  tomonlari  teng  

emasligini   ko`rsating. 

2  –  kadr.  O`lchayotganda,  santimetr    kesmaga    necha  marta    joylashishini  

hisoblang.  Hosil qilingan   sonni  kesmaning   santimetrdagi   uzunligi   deyiladi. 

3 – kadr. Kesmalarni   o`lchang. 

6 – slayd. Masalalar. 

1 – kadr. Har  bir  chizmada  qancha  kesmalar  tasvirlangan? 

2  –  kadr.  Birinchi    chizmada  3    ta    kesma,  ikkinchisida    4    ta    kesma  , 

uchinchida   esa  6  ta kesma  tasvirlangan.  Ularni   ko`rsating. 

3  –  kadr.  Sariq    to`rtburchakda    kesma    o`tkazilgan.  Bu   chizmada   qancha  

to`rtburchaklar   hosil  bo`lgan. Ularning   har  birini   ko`rsating. 




 

49 


4 – kadr.  To`rtburchaklar  qancha? Har  bir  to`rtburchakni   ko`rsating. 

7 – slayd.   Kesmalarni    o`lchash. Detsimetr. 

1  –  kadr.  Bir    detsimetrda    10    santimetr    bor.    Ruchka    uzunligini  

detsimetrlarda   toping.  Bu  qancha  santimetr? 

2 – kadr.  Kesmalarni   detsimetrlarda    o`lchang. 

3 – kadr. Kesmalarni  detsimetrlarda   o`lchang.  Bu  qancha  santimetr?  Bu  

qancha  detsimetr  va  santimetr? 

8 – slayd.  Kesmalarni    o`lchash. Metr. 

1 – kadr. Bir  metrda  10  detsimetr  bor.  Beton  plita  uzunligini   metrlarda  

toping.  Bu  qancha  detsimetr? 

2  -    kadr.  Arqonning    har    bir    metrida      tugun    tugishdi  (qizil    nuqtalar). 

Buyumlarning   uzunliklarini   metrlarda   toping. 

3  –  kadr.  Zalning    poli    plitkalr   bilan  qoplangan. Har  bir plitaning  tomoni 

–  1  m.    O`g`il    boladan    koptokgacha    qancha    metr?  Qiz    bola  jigarrang  chiziq  

bo`ylab,  o`g`il    bola    esa  sangori    chiziq    bo`ylab harakatlanganda   ularning  haer  

biri   necha  metr  yo`l  yuradi? 

9 – slayd. To`g`ri  burchak. 

1 – kadr. Qog`ozdan  qirqilgan  doirani  2  marta  buklang. Doira 4  ta  teng  

bo`lakka  bo`lindi.  Ulardan   biri  qizil   rangga   bo`yalgan. Bu  to`g`ri  burchak.  

2  –  kadr.  To`g`ri    va    to`g`ri    bo`lmagan    burchaklarni    tekshirish    uchun  

ugolnik    yoki    chizmachilik  uchburchagi    ishlatiladi.  Qizil    burchak  to`g`ri,  sangori  

va  ko`k   burchaklar   to`g`ri  bo`lmagan   burchaklardir. 

3  –  kadr.  Har  bir    shaklda    nechtadan    burchaklar    bor?  Qancha  to`g`ri  

burchaklar  bor? 

10 – slayd.   To`g`ri   to`rtburchak. 

1  –  kadr.    Barcha    burchaklari      to`g`ri    bolgan    to`rtburchak      to`g`ri  

to`rtburchak    deyiladi.  To`g`ri   to`rtburchaklarni    ko`rsating. 

2 – kadr. Bu  shakllardan  qaysi  biri   to`g`ri   to`rtburchak? 




 

50 


3  –  kadr.    To`g`ri      to`rtburchaklarning    tomonlarini      o`lchang.    To`g`ri  

to`rtburchakning  qarama – qarshi  tomonlari  jufti   haqida  qanday   xulosa  qilish  

mumkin? 

11 – slayd. Kvadrat. 

1 – kadr. Kvadrat  bu  barcha  tomonlari    teng  kesmalardan  iborat   to`g`ri  

to`rtburchakdir.  Kvadratlarni   toping. 

2  –  kadr.  Chizmada    qancha    to`g`ri    to`rtburchaklar    tasvirlangan?  Qancha  

kvadratlar   tasvirlangan?   

12 – slayd. Buyumning   shaklini   aniqlang. 

1 – kadr.  Teplovozning  rasmida  qanday  tanish  shakllarni   ko`rayapsiz? 

2 – kadr. Bu  buyumlar  qismlarining   shaklini   ayting. 

“2 – sinfda  geometriya  elementlari”  slaydlari oldingiga  o`xshab  2  - sinfda  

o`rganiladigan    geometrik    materiallarni    tasvirlaydi.  U    bo`laklarga    bo`lingan  

bo`lib,  yangi    matrialni    tushuntirishda,  mustahkamlashda    va    takrorlashda  

ishlatiladi.  Uning   mazmunini   keltiramiz. 

1 – slayd. Geometrik  shakllarni   belgilash   uchun  harflardan   foydalanish. 

1  -    kadr.      Geometrik  shakllarni  belgilash  uchun  lotin  alifbosining  bosh  

harflaridan    foydalaniladi. Ulardan  ba`zilari  o`zbekcha  harflari  kabi   yoziladi  va  

o`qiladi. Jadvalga   qarang  va  ularni   eslab  qoling. 

2  –  kadr.  Nuqtani    bitta        harf      bilan    belgilashadi.  Belgilangan    nuqtalarni  

ko`rsating    va    ayting.  Ulardan    qaysi   biri  kesmaga  tegishli, qaysi  biri  kesmaga  

tegishli  emas? 

3  –  kadr. Kesma  uchlari  yoniga  qo`yilgan  ikkita  nuqta  bilan  belgilanadi. 

Ikkita  nuqta bilan  ham  to`g`ri   chiziq  belgilanadi. Siz  AO  (yoki  OA)  kesmani  

va    MN    (yoki    NM)    to`g`ri    chiziqni    ko`rayapsiz.    Rasmdagi    shakllarni  ayting  

va  ko`rsating. 

4 – kadr. O   nuqta  AB  kesmani  ikkita  AO  va  OB  kesmalarga  bo`ladi. 

Demak,  rasmda    uchta    AO,  OB,  AB    kesmalar    tasvirlangan.  E    va    K    nuqtalar  

MN    kesmani    nechta    kesmalarga    bo`ladi.    Rasmda    siz    ko`rib  turgan    barcha  

kesmalarni   ayting. 




 

51 


5  –  kadr.  Siniq    chiziqning    uchlari  –  A,  B    va      C    nuqtalar.  Bu    siniq  

chiziqni    ABC    (yoki    CBA)      deb,  uning    barcha    uchlarini    tartib  bilan    aytib,  

belgilashadi.  Rasmdagi      sizga    tanish    bo`lgan    siniq    chiziqlarni    va    shakllarni  

ayting   va   ko`rsating. 

6  –  kadr.  Uchburchakni    yoki    boshqa    ihtiyoriy    ko`pburchakni,  uning  

barcha    burchaklarini    tartib    bilan    aytib,  ularning    ixtiyoriy    bittasidan    boshlab, 

belgilashadi.    Bu    ABC    uchburchak    (yoki BCA,  yoki  CAB). Bu  uchburchakni  

yana  qanday  atash  mumkin? 

7 – kadr. Shakllarni   belgilanishini   ayting. 

2  –  slayd.      Ko`pburchaklar      va    ularning    elementlari.      Burchaklarni  

belgilash. 

1  –  kadr.    Ko`pburchakning    burchaklarini      bitta    harf   bilan  (burchakning  

“ismi”  bo`yicha)   belgilash  mumkin.  A   burchak  to`g`ri,  B, C ,  D   burchaklar 

to`g`ri  emas. 

2  –  kadr.    Burchaklarni    raqamlar    bilan    ham      belglash    mukin.    Bu  

ko`pburchaklarning    to`g`ri  va  to`g`ri  bo`lmagan  burchaklarini   ayting. 

3  –  kadr.  Ko`pburchakning    burchaklarini   uchta  harf  bilan  ham  belgilash  

mumkin.    Yozuvning    o`rtaida    albatta    burchakning    uchini    belgilovchi    harf  

yoziladi.  Masalan, uchi  O  nuqtada   bo`lgan  burchak    <   NOM  yoki   <   MON  

deb  belgilanadi.     <     belgi  “burchak”  so`zini  almashtiradi. 

4  –  kadr.    Bu    to`rtburchakning    tomonlari    va    burchaklarni    ayting.  Bitta,  

uchna  harfdan    foydalanib    burchaklarni    yozing.  Bu      to`rtburchakda    to`g`ri   

burchak  bormi? 

5 – kadr. BD  kesma  ABC  uchburchakni  ikkita  uchburchakga  ajratdi. Biz  

ABC, BDC  va  BAD  uchburchaklarni   ko`ryapmiz. 

6  –  kadr    Bu    erda  tasvirlangan    barcha     uchburchaklarni ayting.  Ulardagi  

to`g`ri      burchaklarni    ayting.    BD    kesma    tomon    bo`ladigan        barcha    

uchburchaklarni  ayting.    

7  –  kadr.    Barcha    uchburchaklarni  ayting    va    ko`rsating.    Barcha    

to`rtburchaklarni  ayting   va  ko`rsating  Rasmda  beshburchak  bormi? 




 

52 


3 – slayd. Ko`pburchakni   qismlarga  bo`lish. Ko`pburchaklarni   tuzish. 

1 -  4  kadrlar. (Ilovada  4  ta  rasm  keltirilgan) 

4 – slayd. Siniq  chiziqning   uzunligi.  Ko`pburchakning    perimetri. 

1  –  kadr.  ABCDEF    siniq    chiziqning    uzunligi    uning    bo`g`inlari  

uzunliklarining   yig`indisiga    teng.  Siniq  ciziqning   uzunligini   toping 

2  –  kadr.  Qanday    siniq    chiziq    eng    katta  uzunlikga    ega    bo`ladi    va  

qanday  siniq  chiziq  eng  kam  uzunlikga   ega  bo`ladi? 

3  -  kadr.    M    nuqtadan    N    nuqtaga    turli    yo`llar    bilan    borish    mumkin. 

Qaysi  yo`l  eng  qisqa  va  qaysi  yo`l  eng  uzun  bo`ladi? 

4 – kadr. Har  bir  siniq  chiziqning   uzunligini   toping. 

5  –  kadr.    Ko`pburchak    chegarasining    uzunligini      uning    perimetri    deb 

atashadi,  ya`ni    yopiq    siniq    ciziqning    uzunligini.    Bu      ko`pburchaklarning   

perimetrlarini   toping 

6  –  kadr.    Har    bir    ko`pburchakning      perimetrini    topish    uchun    ifodalar  

tuzing.    Perimetrlarni   toping. 

7  –  kadr.    Har    bir    to`rtburchakning      perimetrini    topish    uchun    ifodalar  

tuzing.     

5 – slayd. Doira  va  aylana. 

1  –  kadr.    Aylana  –  sirkul    yordamida    chizish    mumkin    bo`lgan    chiziq. 

Sirkulning      ignasi    o`rnatiladigan    nuqta  –  aylananing    markazi.      Aylana  -   

doiraning   chegarasidir. 

2 – kadr.   Aylanaga  tegishli   bo`lgan  nuqtalarni   ayting. 

3  –  kadr.  Doiraga      tegishli  bo`lgan  nuqtalarni;   aylanaga  tegishli  bo`lgan  

nuqtalarni;   doiraga  tegishli   bo`lmagan  nuqtalarni   ayting. 

4  –  kadr.  Ko`pburchak    doira    ichida    yotibdi.    Doiraga      tegishli    bo`lgan  

ammo    ko`pburchakka    tegishli    bo`lgan    nuqtalarni;      ko`pburchakka    tegishli  

bo`lmagan   nuqtalarni;   doiraga  tegishli   bo`lmagan   nuqtalarni  ayting. 

6 – slayd.  Shaklning   ulushlari.  (Shaklni   teng  qismlarga   bo`lish.) 

1  –  kadr.  O    nuqta    AB    kesmani    teng    ikkiga    bo`ladi.  AB    kesmaning  

yarmini  ko`rsaning.  Doira  teng  uchta  qismga  bo`lingan.  Doiraning  uchdan  bir   




 

53 


qismini    ko`rsating.    Har    bir      to`g`ri    to`rtburchak    qancha    teng    qismlarga  

bo`lingan? 

2 – kadr. Shaklning   qanday  qismi  oq – sariq  hangga  bo`yalgan? 

3  –  kadr.  Kesmaning,  doiraning  ikkidan  bir,  uchdan  bir, to`rtdan  bir  va  

shu  kabi  qismlarini   ketma – ket  ayting   va  ko`rsating. 

“Miqdorlarning    ulushlaru“      slaydi    “Ulushlar”    mavzusini    o`rganishga  

bag`ishlangan    darslardan    boshlab,  yangi    materialni    o`rganishda,  mavzuni  

o`rganilganidan    so`ng    ayrim    kadrlar    takrorlash    va    o`quvchilardan    so`rash  

uchun    yaxshi    material    bo`lib    xizmat    qilishi    mumkin.  Kadrlarning    mazmunini  

va  ularning   ba`zi  birlariga   tushuntirishlar   beraniz. 

1 – slayd. Miqdorlarning   qismlari,  ulushlari. 

1 -  5  kadrlar. (Ilovada  5  ta  rasm  keltirilgan.) 

2 – slayd. Ulushlarni   hosil  qilish. 

1  –  kadr.  Qizil    doirani    ikki    qismga    bo`lishdi.  Doiraning    yarmi – ikkidan  

bir    ulushdir.    Ko`k    doira    to`rtta    qismga    bo`lingan.    Bitta      doirada    nechta  

choraklar  bor? Yarimta   doirada  nechta  choraklar  bor? 

2  –  kadr.  Doiraning    sakkizdan    bir    qismini    hosil   qilish  uchun  doiraning  

chorak  qismini   qancha  bo`laklarga  bo`lish  kerak? 

3  –  kadr.  Kvadratning    uchdan    birini    hosil    qilish    uchun,  uni  uchta  teng  

qismlar  (ulushlar)  ga    bo`lish   kerak.   Kvadratning  to`qqizdan  birini  hosil  qilish  

uchun, uni  uchta  teng  qismlar (ulushlar) ga  bo`lish  kerak?   Kvadratning  oltidan  

birini   hosil  qilish   uchun, uni  uchta  teng  qismlar (ulushlar)  ga  bo`lish  kerak? 

4  –  kadr.    Qizil    kesmaning    oltidan    biri;  sangori    kesmaning    esa    o`ndan  

biri    belgilangan.  Kesmaning    o`ndan    bir    ulushi    qanday    hosil    qilinadi?  Ko`k  

kesmaning   qanday  ulushu  tasvirlangan? 

5  –  kadr.    Shaklning        1/2,    1/3,    1/4,    1/5,    1/6,      1/7,      1/8,     1/9,   1/20  

ulushini   ayting   va  ko`rsating.   

3 – slayd. Ulushlarni   taqqoslash. 

1 – kadr.  1/4  va   1/8  larni   taqqoslang. 

2 – kadr.  1/3 va   1/9,    1/9  va   1/6  larni   taqqoslang. 




 

54 


3 – kadr.   1/5  va   1/10,   1/5  va   1/7,   1/7  va   1/10   larni   taqqoslang. 

4 – kadr.   Birlikning   ulushlarini   taqqoslang. 

4 – slayd. Sonning  ulushini   topish. 

1 – kadr. Tasmaning  1/4 i  qancha? Buni   qanday  bilamiz? 

2 – kadr.  18  ta  doirachalarning   1/2  i qancha  doirachalarni   tashkil   qiladi? 

3  –kadr.  Detsimetrni   10 ta  qismlarga  bo`lishdi. Detsimetrning  1/10  ulushi  

qanday  ataladi? 

4  –  kadr.    Santiimetrni    10  ta    qismlarga    bo`lishdi.      Santimetrning    1/10  

ulushi   qanday  ataladi? 

5 – kadr. 1/5  m da  necha  detsimetr  bor?   1/10  m dachi? 

6 – kadr. 1/2  m da  necha  santimetr  bor?   1/4  m dachi? 

5 – slayd. Sonni  uning  ulushi   bo`yicha  topish. 

1 –kadr.  Ko`k  tasmaning  uzunligi   qancha?  Qizil   tasmanikichi? 

2 – kadr. Tasmaning  1/3 i  1  dm. Butun  tasmaning   uzunligini   aniqlang. 

3  –  kadr.  Katakdan    barcha    quyonlarning    1/3  i    qochib    chiqdi.    Katakda  

qancha  quyonlar  bo`lgan? 

4  –  kadr.    Zangoru    lenta    qizil    lentaning    qanday    ulushini    tashkil  qiladi?  

Zangori   lentaning   uzunligi   25  sm. Qizil   lentaning   uzunligini   ayting. 

“Ikkinchi    sinfda    barcha    amallarga    doir   masalalar”   slaydi  o`quvchilarni 

masalalar    yechishga    o`rgatishda    katta    yordam      beradi.    Undan    butun    o`quv  

yili    davomida  foydalanish   mumkin   va  u  quyidagi  kadrlardan  tuzilgan: 

1 – slayd. 

1  –  kadr.    M  a  s  a  l  a.    Bolalarga    sport    kostyumi    (kostyumning    narxi   

55000    so`m)    va      chang`i    juftini    sotib  olishdi  (chang`i  juftining  narxi  22000  

so`m).  Bu    xarid  uchun  hammasi  bo`lib  qancha  pul  sarflashdi?  Masalani  ikki  

usulda  yechish  mumkin. 

2 – kadr. 1 usul. Bitta  bola  uchun  qilingan  harid  qancha  bo`lishini  topish  

mumkin  (A),  so`ngra    barcha    bolalar    uchun    haridga    qancha    pul    sarflanganini  

topish    mumkin(B).  Masala    sharti  bo`yicha    ifoda    tuzamiz.  Uning  qiymatini  

hisoblab, masalaning   savoliga   javob  topamiz. 




 

55 


3  –  kadr.    II    usul.  Bolalar      uchun    barcha    kostyumlar    qancha    turishini  

bilish      mumkin  (A),  so`ngra    uchta    juft  chang`i    qancha    turishini  (B).  Biz    bu  

masalaga    boshqa    ifoda    tuzdik.    Uning  qiymatini   hisoblab, masalaning  savoliga  

javob  topamiz. 

4 – kadr.  Masalani  yechishning  ikkala  usulini  taqqoslang.  Ulardan  qaysi  

biri   yaxshi? Nima   uchun? 

5  –  kadr.  M  a  s  a  l  a.  Ko`k    muqovali    kitobda    4    ta  varaq, qiizilida  6 ta  

varaq,  zangoriligida  8  ta  varaq  bor.  Qizcha  bu  kitoblarning  hammasini  o`qib  

chiqdi.  Bularning    hammasi    qancha  bet?    Siz    masalaga    ifodani    qanday  

tuzganinggizni   tushuntiring.  Masala   savoliga  javob  toping. 

6 – kadr. M a s a l a.  Har  bir  qutida  6  tadan  bankada  sharbat  bor.  Bu  

qutilarda    va    korobkalarda    hammasi      bo`lib    qancha    banka    bor?      Masalaga  

ifoda   tuzing   va uning   qiymatini   toping. 

 

                                       X U L O S A 



  

O‟tkazilgan    tadqiqot      boshlang`ich    sinflar      matematika    darslarida  

o‟qitishning      ko`rgazmali  usullaridan    foydalanish      jarayonining  diqqatga 

sazovor  jihatlarini   bayon   qilishga  bag‟ishlangan.    

Boshlang‟ich      sinflarda    matematika    darslarini    kuzatish    va    ularni  tahlil  

qilish    shuni    ko‟rsatdiki,    ba`zi    o‟qituvchilar      o`quv    materialini    o`rgatishda, 

xususan,    misol    va    masalalar    yechish    uchun    zarur    bo‟lgan    ko`nikma    va  

malakalarni    o`quvchilar    tomonidan    egallanishida      ko`rgazmali  

qo`llanmalarning    o`rni    va    ulardan    foydalanishga    etarlicha    e`tibor  

bermaydilar.  Buning    sababi    sifatida    o`quv    vaqtining    etishmasligini    ro`kach  

qilib    ko`rsatadilar.  O`quv    vatini    bu    kabi    tejashlik    matematik    materialni  

yuzaki   egallanishiga   olib  kelmoqda.   

           Nazariya    va    tajriba    asosida    o‟tkazilgan    tadqiqotlar      1  –  4    sinf  

matematika    darslarida    o‟qitishning        ko`rgazmali  usullaridan    foydalanish  




 

56 


metodikasini    takomillashtirish    bo‟yicha    quyidagi    muhim    xulosalarni    qilish  

imkonini   berdi: 

1.  Ta`lim    jarayonida    o‟qitishning        ko`rgazmali  usullaridan    foydalanish     

1  –  4    sinflarda        matematikani    muvaffaqiyatli      o‟rganishga    katta    yordam  

beradi.    

2.  Boshlang‟ich      sinflar    matematika    darslarida    o‟qitishning    

ko`rgazmali  usullaridan    foydalanishning    muvaffaqiyatini      quyidagi      omillar   

ta`minlaydi: 

-  o‟qituvchining      o‟qitishning        ko`rgazmali  usullaridan    foydalanish     

metodikasini   chuqur  egallashi; 

-  o‟quvchilarning      ko`rgazmalilikning    o`qitishning    didaktik    tamo-

yillaridan   biri   sifatidagi   ahamiyatini    to‟la  anglab  etishlari; 

-  o‟quvchilarning      o‟qitishning        ko`rgazmali  usullaridan      foydalanish  

ko‟nikma  va  malakalarini   mukammal   egallashlari. 

3.  Boshlang‟ich    sinf    o‟quvchilarning        o‟qitishning        ko`rgazmali 

usullaridan    foydalanish    jarayonida  sodir   bo‟layotgan   qiyinchiliklarini  bartaraf  

etishning    eng    samarali    vositasi    yuqorida    qayd  etilgan    maqsadga  

yo‟naltirilgan   mashqlar  tizimidan   foydalanishdir.    

4.    O‟tkazilgan    tadqiqotlar    natijasi    shuni    tasdiqladiki,    maqsadga  

muvofiq    tuzilgan    mashqlar      tizimi    vositasida    o‟quvchilarda      o‟qitishning    

ko`rgazmali  usullaridan    foydalanish      ko‟nikma    va    malakalarini      samarali 

shakllantirish   mumkin. 

 

                        



 

                               

FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR  RO‟YXATI 

1.

 



 Islom Karimov.  Yuksak  ma`naviyat  – engilmas  kuch. T., ”Ma`naviyat”, 

2008. 


2.  Barkamol  avlod  -  O`zbеkiston  taraqqiyotining  poydеvori.-  T.:  «Sharq» 

nashriyot - matbaa kontsеrni, 1997  yil. 

3.  Uzviylashtirilgan    Davlat    ta`lim    standarti    va    o`quv    dasturi.  Ona  tili. 

O`qish.Matematika.  Atrofimizdagi  olam. Tabiatshunoslik.(1–4  sinflar).  T., 2010. 




 

57 


4.  Abduraxmanova  N.,  O`rinboyeva  L.  O`rta    umumta`lim    maktabining    2  – 

sinfi   uchun  darslik. Toshkent. “IPTD”, 2012 yil. 

5.  Axmеdov  M.  va  boshqalar.  To`rtinchi  sinf  matеmatika  darsligi.  Toshkеnt. 

“O`qituvchi” , 2010 yil. 

6.  Axmеdov  M.,  Abduraxmonova  N.,  Jumaеv  M.E.  Birinchi  sinf  matеmatika 

darsligi  mеtodik qo`llanma.  Toshkеnt. “Uzinkomsеntr” , 2009 yil.,  96 bеt. 

7.  Axmеdov  M.,  Abduraxmonova  N.,  Jumaеv  M.E.  Birinchi  sinf  matеmatika 

darsligi.  Toshkеnt. “Sharq” , 2010 yil. 160 bеt. 

8.  Bikboеva  N.U.,  R.I.  Sidеlnikova,  G.A.  Adambеkova.  Boshlang`ich 

sinflarda  matеmatika  o`qitish  mеtodikasi.    (O`rta  maktab  boshlang`ich    sinf 

o`qituvchilari  uchun mеtodik qo`llanma.)  Toshkеnt. “O`qituvchi” ,  1996 yil.   

9.  Bikboеva.N.U.,  Yangiboеva  E.Ya.    Ikkinchi  sinf  matеmatika  darsligi. 

Toshkеnt. “O`qituvchi”  , 2010 yil. 

10.  Bikboеva  N.,U.,  Yangiboеva  E.Ya.    Uchinchi  sinf  matеmatika  darsligi. 

Toshkеnt. “O`qituvchi” ,  2010 yil. 

11.  Jumaеv  M.E.,  Tadjiyeva  Z.G`.  Boshlang`ich  sinflarda  matеmatika  o`qitish 

mеtodikasi.  (O O`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai”   , 2005 yil.   

12.  Jumaеv  M.E.    Boshlang`ich  sinflarda  matеmatika  o`qitish  mеtodikasidan 

praktikum.   (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2004 yil.   

13.  Jumaеv  M.E.    Boshlang`ich  sinflarda  matеmatika  o`qitish  mеtodikasidan 

praktikum.   (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2004 yil.   

14.  Jumaеv  M.E.    Boshlang`ich  sinflarda  matеmatika  o`qitish  mеtodikasidan 

laboratoriya    mashg‟ulotlari.    (O‟quv    qo‟llanma ) Toshkеnt. “Yangi  asr  avlodi”, 

2006 yil.   256 bet.  

15.  Jumaеv  M.E.  va  boshq.  Birinchi  sinf  matеmatika  daftari.  Toshkеnt. 

“Sarq”, 2009 yil., 48 bеt. 

16. Jumaеv  M.E.  Boshlang`ich  sinflarda  matеmatika  o`qitish mеtodikasi   

 (KHK  uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo”, 2003 yil. 

17.  Jumaеv  M.E.  Bolalarda  matematik  tushunchalarni  rivojlantirish  nazariyasi 

va metodikasi.   (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” , 2005 yil. 




 

58 


18.  Jumaеv  E.E.  Boshlang`ich  matеmatika  nazariyasi  va    mеtodikasi.  (KHK  

uchun) Toshkеnt. “Arnoprint” , 2005 yil. 

19.  Jumaеv  M.E.,  Tadjiyeva  Z.G`.  Boshlang`ich  sinflarda  matеmatikadan 

fakultativ  darslarni  tashkil  etish mеtodikasi.  Toshkеnt. “TDPU” , 2005 yil.  

20.  Jumaеv  M.E.    Bolalarda  matеmatik  tushunchalarni  rivojlantirish 

nazariyasi  va metodikasi (KHK   uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo”, 2005 yil. 

21.  Pishkalo A.M., Sto‟ylova  L.P., N.P. Iroshnikov   i  drugie.  

Teoreticheskie   osnovi  nachalnogo  kursa  matematiki.   ( Uchebnoe  posobie ). M., 

“ Prosveshenie “, 1974.  368 c. 

 22. Ta'lim taraqqiyoti.  O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi  Vazirligining   

a x b o r o t n o m a s i. 7-maxsus son.1999 yil. 136-178 bеtlar. Toshkеnt. “Sharq” 

Umumiy  o`rta ta'lim  Davlat  ta'lim  standarti va o`quv dasturi. 

23. Haydarov M., Hasanboеva O. Pеdagogik amaliyotni  tashkil  etish 

mеtodikasi. Toshkеnt. TDPU, 2003 yil.  40 bеt 



        24.  “Boshlang‟ich  ta‟lim”,  “Maktab  va  hayot”,  “ Ta‟lim  muammolari  ”   

“Uzliksiz  ta‟lim“   va  boshqa ilmiy–uslubiy   jurnallar,  hamda  “Ma”rifar”   gazetasi. 

25

.  


www. tdpu. uz 

        26.  www. pedagog. uz 

27.  www. Ziyonet.  uz 

28.  www. edu. uz 

29.  tdpu-INTRANET. Ped 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 377,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish