Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakul’teti 5141600 – btsti ta’lim yo’nalishi Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Download 377,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.08.2021
Hajmi377,28 Kb.
#158239
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlangich sinflar matematika darslarida oqitishning korgazmali usullaridan foydalanish metodikasi

Mavzuning    dolzarbligi.  Respublikamizning      mustaqilliqga      erishishi   

sharofati    bilan    so`nggi    yillarda    xalq  ta`limi,  oily  va  o`rta  maxsus    ta`lim  

sohalarida    Prezidentimiz  Islom      Abdug‟anievich    Karimovning    sa`yi    harakati 

va      tashabbuslari    bilan  juda  katta,  olamshumul    ijobiy  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Zamonaviy  ta`lim  tizimini    joriy    etish,  hozirgi   bozor  iqtisodiyoti  

sharoitida      etuk,  raqobatbardosh    mutaxasislar    tayyorlash   maqsadida  “Ta‟lim 

to‟g‟risida”  gi  va  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”    haqidagi    O‟zbekiston 

Respublikasining  maxsus    qonunlari    qabul    qilindi.  Shu  asosda  bu  qonunlarni   

amalga    oshirish  borasida    Vazirlar  mahkamasining        “O‟zbekiston  

Respublikasida  umumiy  o‟rta  ta‟limni    tashkil  etish”      to‟g‟risidagi  203-  sonli 

maxsus qarori  qabul  qilindi. 

 

Mamlakatimizning      kelajagi    uchun  Oliy        Majlisning      IX    sessiyasida 



qabul    qilingan  “Ta‟lim  to‟g‟risida”  gi    va    “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi” 

ning    amalga  oshirilishi  o‟ta  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini    ta‟kidlagan  holda, 

Prezidentimiz    bu  dasturni  bajarish  uchun  javobgar  shaxslar  oldiga  quyidagi 

ulkan  vazifalarni  qo‟ydi:    “Ta‟lim    tizimida    erishilgan    dastlabki    natijalarni 

chuqur  tahlil  qilib,  ta‟lim  andozalari,  o‟quv  rejalari  va  dasturlari  mazmuniga  

islohotlarning    ba‟zi  maqsadlaridan    kelib  chiqqan  holda,  ya‟ni  yangi  avlodni 

kamol  toptirishga   qaratilgan   zarur  tuzatishlar   kiritish    kerak. 

 

Yangi 



o‟quv 

dasturlarni, 

zamonaviy 

pedagogik 

va 

axborot   



texnologiyalarini    o‟z    vaqtida    ishlab    chiqish    va    ularni    amaliyotga    joriy  

etishni    ta‟minlashni   alohida  nazorat  ostiga  olish  zarur. 

 

Yuqori    malakali        pedagogik    kadrlarni  tayyorlash      va    ularni  qayta 



tayyorlashga  alohida  e‟tibor  berish  lozim.  Kadrlar  tayyorlashning    sifati,  erkin 

fikrlovchi    shaxs  -  fuqaroni  kamol  toptirish  ertaga  sinf  xonalarida  va 

auditoriyalarida  kimlar  dars  va  saboq  berishiga  bog‟liq  ekanligini  unutmaslik 

kerak”  [ 2,  6 - bet]. 




 

Prezidentimiz  Islom  Abdug‟anievich  Karimov    ushbu  sessiyada  nutq 



so‟zlab, uni  quyidagi  umid  va  ishonch  so‟zlari  bilan  yakunladi: “… Yana bir 

bor  ta‟kidlab  o‟tishga to‟g‟ri keladi, - amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning  

taqdiri    shu  masalaga  ,  ya‟ni    kadrlar    tayyorlashga    chambarchas  bog‟liqligini  

aniq    va    ravshan    anglab  olishimiz  kerak.  O‟zini  shu  mamlakatning    haqiqiy  

vatanparvari    deb    biladigan    har  bir  kishi  Milliy  dasturni    amalga  oshirish uchun 

o‟z mehnatini,  o‟z ulushini  qo‟shadi deb ishonaman”[ 2,  8 - bet]. 

Umumiy    o‟rta    ta‟lim    uchun    yaratilgan      “Davlat  ta‟lim  standarti”  ning 

asosiy  qoidalarida  ko‟rsatilishicha,  bu  standart  o‟quvchilarning  umumta‟lim 

tayyorgarligiga,  saviyasiga  qo‟yiladigan  majburiy  minimal  darajani  belgilab 

beradi.  Shuningdek      “Davlat    ta‟lim  standarti”  ta‟limning  mazmunini, 

shakllarini,  metodlarini  va  vositalarini,  ularning  sifatini  nazorat  qilish  va 

baholash  tartibini  belgilaydi.  Bundan    tashqari    ushbu    standart    o‟zlarinig 

tuzilishlari  va  mazmunlariga  ko‟ra  davlat,  hudud  va  maktab  manfaatlari 

muvozanatini  aks  ettiradi,  hamda  eng  muhimi  -  o‟quvchi  shaxsi,  uning 

intilishlari,    ijodiy    qobiliyatlari    va    qiziqishlarining    ustuvorligidan    kelib 

chiqadi. 

 Umumiy  o‟rta  ta‟lim  uchun  yaratilgan      “Davlat  ta‟lim  standarti”ning 

muhim  jihatlaridan  yana  biri  unda  boshlang‟ich  sinflar  (1  -  4  sinflar)  hamda 

umumiy  o‟rta  ta‟lim  (1  -  9  sinflar)  nihoyasida  o‟quvchilar  egallashlari  lozim 

bo‟lgan  bilim,  ko‟nikma  va  malakalarning  minimal  darajasi  belgilab 

berilganligidadir. 

Umumiy    o‟rta    ta‟lim    uchun    yaratilgan        “Davlat  ta‟lim  standarti” 

asosida    har    bir    o‟quv    predmeti  bo‟yicha  yangi  o‟quv  dasturlari  ishlab 

chiqilgan.  Bu  o‟quv  dasturlarida    har    qaysi    predmet    bo‟yicha  ta‟limning 

maqsad    va  vazifalari,  uning  mazmuni,  o‟qitishda  qo‟llaniladigan  asosiy 

metodlar,  o‟quvchilarning    bilim,  ko‟nikma    va  malakalariga  qo‟yiladigan 

talablar  belgilab  qo‟yilgan.  Boshlang‟ich  sinflarda  matematik  ta‟limni  to‟g‟ri 

yo‟lga  qo‟yish  va  amalga  oshirish,  o‟quv  dasturida  ko‟satilishicha, 

o‟quvchilarning    mantiqiy    fikrlash    qobiliyatlarini,  o‟z    fikrlarini    mustaqil  



 

bayon    qila    olish    malakalarini    tarkib  toptirishni,  egallagan  bilimlarini 



o‟zlarining    kundalik    faoliyatlarida    qo‟llay    olishlari,    hamda    ta‟limning 

keyingi,  o‟qitishning    yuqoriroq  bosqichida  o‟qishni  davom  ettirishlari  uchun 

ularning    matematik   tayyorgarligini   ta‟minlashdan   iboratdir. 

Ishlab  chiqilgan  yangi  o‟quv  dasturida  ko‟rsatilishicha  matematika  kursi 

tafakkurni,  diqqatni  rivojlantirishga,  hotirani  mustahkamlashga,  ijodiy  tasavvurni 

shakllantirishga  va  kuzatuvchanlikni  mustahkamlashga  katta  imkoniyatlar  beradi.   

Shuningdek  matematika  o‟quv  predmeti  o‟quvchilarning  mantiqiy  fikrlash 

qobiliyatlarini  rivojlantiradi,  ularning  o‟z  fikrlarini,  aniq  va  tushunarli  bayon 

etishlari  uchun zamin  tayyorlaydi.   

Hozirgi    sharoitda    boshlng‟ich    sinflar    o‟qituvchisining    bosh 

vazifalaridan  biri  o‟qitishda  bu  imkoniyatlardan  to‟la  va  samarali  foydalana 

olishidan   iboratdir. 

Mamlakatimiz      Prezidenti  Islom  Abdug‟aniyevich  Karimov  yosh 

avlodning  ta`lim - tarbiyasiga  katta  e`tibor  berdi  va  berib  kelmoqda, xususan, 

u    o`zining    “Yuksak    ma`naviyat  –  engilmas  kuch”    nomli  asarida    quyidagi 

fikrlarni  bayon  qildi:    “Shuni    unutmaslik  kerakki,  kelajagimiz    poydevori    bilim  

dargohlarida    yaratiladi,  boshqacha    aytganda, halqimizning ertangi  kuni  qanday  

bo`lishi    farzandlarimizning    bugun   qanday  ta`lim  va  tarbiya  olishiga  bog`liq. 

Buning  uchun  har  qaysi  ota – ona, ustoz  va  murabbiy  har  bir  bola  timsolida  

avvalo  shaxsni  ko`rishi  sarur. Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqqan  holda, 

farzandlarimizni          mustaqil    va    keng    fikrlash    qobiliyatiga  ega  bo`lgan, ongli  

yashaydigan    komil    insonlar    etib  voyaga    etkazish  – ta`lim – tarbiya sohasining 

asosiy maqsadi  va  vazifasi   bo`lishi  lozim,  deb  qabul  qilishimiz   kerak”

1



   

 Yuqorida  aytilgan  vazifalardan  kelib  chiqadiki  matematik  ta‟limning 

yuqorida    qayt    etilgan    imkoniyatlaridan    to‟la  va  samarali  foydalana  olishlik  

ko‟p    jihatdan    o‟qituvchining    har      tomonlama    ilmiy  va  metodik 

______________ 

  Islom  Karimov.  Yuksak    ma`naviyat  –  engilmas kuch. T., ”Ma`naviyat”, 



2008, 12 -  bet. 


 

tayyorgarligiga,  o‟z    fanini    va    o‟quv    dasturini    puxta  bilishiga,  o‟z  ustida 



tinmay  ishlagan  holda  ta‟limning   umumiy   va  hususiy  metodlarini   mukammal   

egallaganligiga,  har  qanday  o‟quv  -  tarbiyaviy  masalaga  ijodiy  yondasha olishiga,   

shuningdek  o‟quvchilarni  matematik  ta‟lim  mazmuni  bilan  tizimli  va  chuqur 

tanishtira  olishiga,  ularni  izlanishga,  ijodiy  fikrlashga  o‟rgata olishiga  bo‟gliqdir. 

Chunki  hozirgi  sharoitda  boshlang‟ich  sinflarda  matematika  o‟qitishning 

quyidagi   harakterli   hususiyatlarini   e‟tiborga  olib  borish  kerak: 

1.  O‟qitishning  hamma  bosqichlarida  o‟quvchilarning  bilish  faoliyatlarini 

faollashtirish  zarur. 

2.  Yangi  o‟quv  materialini  o‟rgatishga,  o‟quvchilarni  aniq  maqsadga 

yo‟naltirilgan   holda  tayyorlab  borish  kerak. 

3.  O‟quv  materialini  puxta  o‟zlashtirib  borish  asosida  o‟quvchilarning 

ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish  bo‟yicha tizimli  ish olib borish lozim. 

Umumiy  o‟rta  ta‟lim  maktablarining  o‟quv  dasturiga  taalluqli    ko‟pgina 

masalalar  boshlang‟ich  sinflardayoq  shu  darajada  o‟zlashtirilishi  kerakki,  ular 

o‟quvchilar    ongida    butun    umr    saqlanib    qolsin,  boshqa    masalalar  esa 

o‟qitishningdastlabki  bosqichida  ularni    keyingi  sinflarda  mufassal  qarab 

chiqishga  tayyorgarlik  ko‟rish  maqsadidagina  kiritiladi  yoki  biror  malakani  va 

ko‟nikmani  shakllantirish  jarayonida  fikrlash  qobiliyati  darajasini    oshirish 

imkoniyatiga  ega bo‟lish uchun xizmat  qiladi. 

Maktabning  boshlang‟ich  sinflarida  o‟quvchilar  matematika  sohasida 

dasturda    nazarda    tutilgan  bilim  ,  ko‟nikma    va  malakalarning    ma‟lum  hajmini 

ongli  ravishda,  mustahkam  egallay  olishlari  haqida  gap  ketganda  yuqorida  aytib 

o‟tilgan  mulohazalarni  hisobga olish kerak bo‟ladi. 

Sanab  o'tilgan  hamma  masalalarni  yechish  o‟qitishning  mazmuni  samarali 

tanlanganda,  uni  bayon  qilish  o'ylangan  tizimda  bo'lganda  va  o'qitishning  tegishli 

maqsadiga  muvofiq  ravishda  o‟qitish  metodlari  hamda  o‟qitish  vositalari  bilib 

tanlab olinganda  amalga  oshirilgan  bo‟ladi. 

Boshlang‟ich  sinflarda  , ayniqsa o‟qitishda maqsadga erishish uchun ta‟lim 

metodlarini    va    vositalarini    to‟g‟ri  tanlash  va  ulardan  samarali      foydalanish     



 

muhim  ahamiyatga  ega.  Shu  boisdan  ham  ushbu  bitiruv  malakaviy  ish  uchun 



tanlab  olingan  mavzu  boshlang‟ich  sinflarda  matematika  o‟qitish  metodikasining 

eng dolzarb mavzularidan  biri ekanligidan  dalolat  beradi. 

Matematika  o‟qitish  metodlari  o‟qituvchi  va  o‟quvchilarning  birgalikdagi 

faoliyati  usullarini,  xususiyatlarini  ochib  beradiki,  ular  yordamida  o‟quvchilar  

bilimlarni,  ko‟nikmalarni  va  malakalarni  egallaydilar,  ularning  dunyoqarashlari 

shakllanadi,  qobiliyatlari  rivojlanadi. 

O‟qitish  metodlari  umumiy  va  xususiy  metodlardan  iborat  bo‟lib, 

matematika  o‟qitish  metodlari  ko‟p  va  xilma-xildir.  Shuning  uchun  ham  ularni 

ayrim  belgilarga  qarab  turli  sinflarga  ajratib  (klassifikatsiya  qilib)  chuqur 

o‟rganish maqsadga muvofiqdir. 

 


Download 377,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish