Kirish
“Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakillantirishga qaratilgandir”, - deyiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Umumiy ta’lim, jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga ularda o‘qish, mehnat qilish, tashabbus ko‘rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni taraqqiy ettirish kabilar ham amalga oshirildi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda.
Texnologiya-tuzilma, didaktik maqsad, ya’ni vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo‘nalishni nazarda tutadi. Bu jarayon 1-4 sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog‘liq. U shunday kechadiki, 1 o‘qituvchi to‘rt yil mobaynida o‘quvchilarni ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘inida olib chiqadi.
1-4 sinflarda joriy etilgan yangi texnologiya, avvalo fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi.
Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yiladigan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini nazorat qilish,ta’lim bo‘yicha DTS talablari asosida amalga oshiriladi, ya’ni integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’limga o‘tildi.
Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun, Davlat Standarti Talablari asosida hamda jahon ta’lim darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo o‘qituvchilar, murabbiylar shaxsini har tamonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mas’uliyati katta, u umumiy ta’lim tizimining asosini, poydevorini yaratuvchi shaxsdir.
Barcha yaxshi ishlar bolani ezgulikka yetaklash, o‘qituvchining pedagogik mahoratiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Buyuk alloma, inson ruhhiyatining muhandisi Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida shunday fikr bayon qiladi: “O‘qituvchining barcha hatti harakatlari ezgulikdan iborat bo‘lmog‘i kerak”.
Bugungi kunda ta’lim tizimini to‘g‘ri yo‘naltirish dolzarb muammodir. Bu jarayon bola ruhiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada ruhshunos olimlarning fikri qanday?
Ular bolani ortiqcha yukdan ozod qilish, saboqlarni me’yorlash, nazariy bilimlarni hammasini amaliy mashg‘ulotlar zamiriga singdirishga e’tibor berish, o‘yin-mashg‘ulot turlarini ko‘paytirish orqali samaradorlikka erishish mumkinligini takidlaydilar.
Darhaqiqat, o‘yin bolaga orom, qoniqish baxsh etadi. Masalan, kompyuter hozirgi kunda ta’lim tizimida keng o‘rin egallaganini bilamiz. Bu bola faoliyatida o‘z aksini topmoqda. Qolaversa bolalar sayr-sayohatlar tashkil etish orqali allomalarimiz, xalq qahramonlari hayoti-faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zbek xalqining jahon xalqlari qatoridagi o‘rnni va nufuzini anglamoqdalar.
Bola tafakkurini har tamonlama rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirishda sayr-sayohat darslari keng ko‘lamda olib borish kerak. CHunki bolaning bilish, yangiliklarni qabul qilish doirasi keng, undan to‘g‘ri samarali foydalanish esa o‘qituvchining vazifasidir.
Bolaning hissiy bilish, ma’lumot va ko‘nikmalarni qabul qilishga keng imkoniyat yaratish uchun erkinlik berish, uni ijodiy ishlar qilishga, bajargan ishi samarasini ko‘rib quvonishiga, yangi-yangi yutuqlarga yo‘llash zarur.
Bolalarga beriladigan bilimlar, ko‘nikmalar asosan dars jarayonida singdirilishi, birinchi sinfda o‘quv yili davomida, uyga vazifa berilmasligi, berilsa ham ular yengil kuzatish, taqqoslash, sanab ko‘rish, rasm chizish, qo‘shiq aytish, sayr qilishdan iborat bo‘lib, bu bilan ta’lim elementlarini asta-sekin o‘zlashtirib borishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda bola fikrlaydi, sanaydi, faraz qiladi, tevarak-atrof go‘zalligidan bahramand bo‘ladi, eng muhimi, hordiq chiqarib tinch uxlaydi va ertasiga darsga ziyrak holatda keladi. Eskirib borayotgan usullar, uy vazifasining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, xususan 2-4 sinf o‘quvchilariga beriladigan uy vazifalarini me’yorlash, ayniqsa shanba kuni vazifa berilmaslikni uqtirish joiz.
Yangi pedagogik texnologiya bola faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib, avvalo uning sog‘ligini muhofaza qilishni, unda turfa fazilatlarni shakillantirish uchun amaliy yondashuv rejalarini tuzishni, bu rejalarda bolani quvnoqlikka, topqirlikka undovchi vositalar jamlanishini, hozirjavoblikka, sermulohazalikka, to‘g‘ri raqobat qila olishga yoki faraz qila olishi qobilyatini rivojlantirishga, ijodiy tafakkur, qilish, tadbirkor bo‘lishga undovchi qator nazariy va amaliy ishlar majmuasini barqaror etishni nazarda tutadi.
Yangicha ta’lim jarayonida o‘quv dasturlaridan keyin, o‘rin olayotgan iqtisodiy ta’lim berish, insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari hamda jamiyat talablarini qondirishga doir bilimlarni ko‘proq amaliy ishlar bilan bog‘lash, oila bilan maktab hamkorligini mustahkamlash bolada burch hissini paydo qilish, halollik, irodali bo‘lish, iltifot ko‘rsata bilish, o‘z mulkini saqlash, odod-ahloq qoidalariga to‘la rioya qilish, milliy g‘urur hissini tarbiyalash kabilar uchun bolalarda intilish, ishtiyoq uyg‘otish lozim.
Pedagogik texnologiyalarning boshlang‘ich ta’lim tizimida keng o‘rin olish va barqarorlashishi uchun istiqbol rejalarda quydagilarga etibor berish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |