Boshlangich talim fakulteti



Download 34,07 Kb.
bet1/7
Sana14.07.2022
Hajmi34,07 Kb.
#798986
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Foal Fuqoralik


Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

boshlangich talim fakulteti”


boshlang’ich talim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi


19/26 guruh talabasi Boymokova Sahxloning


Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya va integratsiya fanidan


MUSTAQIL ISHI.


Mavzu:Foal fuqoralik kompetensiyasini shakillantirish.
Reja:


1.Fuqoralik kompetensiya haqida malumot.


2.Fuqoralarning jamiyatdagi o’rni.


3.Kompetensiya va uning sohalarda qollanilishi


4.Xulosa


5.Adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi


vazirligi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi
“Umumta’lim maktablari fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim
standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga
asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi
olimlar tomonidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan
Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha
fanlar bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish
belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va
o‘quv dasturlarini loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma
buyrug‘i qabul qilindi.
2014-2015-o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha
viloyatlarda tashkil etilgan respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim
muassasasida, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga,
filologiya fanlariga, profilli mehnat ta’limiga, tabiiy fanlarga, xorijiy tillarga
ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari olib
borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori bilan bugungi kunda amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning
davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi (boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish,
matematika, tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son qaror bilan ijroga
kiritildi. Unga ko’ra davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida
quyidagilar belgilangan:
Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborotkommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Ko’rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur.
Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy yondoshuv deganda nimani
tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga muvofiqdir.
Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1)
muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor
shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va
burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba.
Biz bu ta’riflarning ikkinchisiga to’xtalamiz va kompetensiya
tushunchasining avvaldan bizga ma’lum bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga
yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz.
Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy,
kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi
malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida
shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z
o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi
o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan
tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim.
Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi,
o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi,
milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari kiradi.

Download 34,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish