Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis oksidi shular jumlasidandir. Ushbu matn qaysi uslubga xos?
+ ilmiy
- so`zlashuv
- publitsistik
- badiiy
# –Birontasini ko`rsatsangiz, o`lasizmi? Hammaning yuragini qon qildingiz-ku?
–Yaxshi xat yozsa ham yig`laysan, yomon xat yozsa ham yig`laysan, nima qilaman ko`rsatib? (Abdulla Qahhor)
+ so`zlashuv
- badiiy
- publitsistik
- ilmiy
# Qaysi uslub adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, o`zbek shevalariga oid so`zlar, kasb-hunar so`zlari, kundalik iste`moldan chiqib ketgan tarixiy so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatilaveradi?
+ badiiy
- so`zlashuv
- publitsistik
- ilmiy
# Muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik belgilariga ham ega bo`lgan uslub – ...
+ publitsistik
- rasmiy
- so`zlashuv
- ilmiy
# Ba`zan shevaga xos so`zlar, qo`pol, dag`al so`zlar ham kuzatiladi. Shuningdek, undalmali gaplardan, to`liqsiz gaplardan ko`proq foydalaniladigan til uslubi?
+ so`zlashuv
- publitsistik
- ilmiy
- badiiy
# Quyidagilardan qaysi xususiyat publitsistik uslubga xos? 1) kinoya, piching, qochirmalarga boy bo'lishi; 2) axborot berish va ta'sir qilish; 3) obrazlilik; 4) soddalik, tushunarlilik, ta'sirchanlik; 5) adabiy til me'yoriga qat'iy amal qilish.
+ 2,4,5
- 1,2,5
- 2,3,4
- 1,3,5
# Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo'llanadigan so'zlar qanday nomlanadi?
+ uslubiy xoslangan so'zlar
- atamalar
- maxsus so'zlar
- uslubiy betaraf so'zlar
# Sifat+ot shaklidagi qo`shma sifatlar qatnashgan gapni toping.
+ Shirinsuxan, oqko`ngil unsonlar mevali daraxtga o`xshaydi.
- Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag`ishlaydi.
- Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o`ynaydi
- Toshbag`ir odamdan yaxshilik kutma
# Darvoqe, pand bersang bir jonga,
U ham tinch turarmi hech zamon.
Deydilar, tuflasang osmonga,
Yuzingga tushgaydir begumon Ushbu misralarda qo`llangan so`z yasovchi qo`shimchalar miqdorini aniqlang.
+ 3 ta
- 2 ta
- 1 ta
- 4 ta
# Iste`dodli, bilimdon yoshlar o`qish uchun chet ellarga yuborilmoqda. Mazkur gapdagi qo`shimchalar soni va turi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
+ 3 ta so`z yasovchi, 4 ta lug`aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
- 2 ta so`z yasovchi, 4 ta lug`aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
- 2 ta so`z yasovchi, 2 ta lug`aviy shakl yasovchi, 4 ta sintaktik shakl yasovchi
- 2 ta so`z yasovchi, 3 ta lug`aviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi
# “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari yetaklaydi”, - dedi bobo sevinchdan ko`zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so`z turkumidan yasalgan?
+ sifat, son, ot, fe`l
- olmosh, son, sifat, fe`l
- ot, sifat
- olmosh, ot, sifat
# Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo`shma sifat berilgan?
+ Toshbag`ir odamdan yaxshilik kutma
- Shirinsuxan, oqko`ngil unsonlar mevali daraxtga o`xshaydi.
- Nodon va kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
- Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.
# Faqat lug`aviy shakl yasovchilar ishtirok etgan so`zlarni toping.
+ kulimsiramoq, ellar, ketguncha
- asabiylashmoq, kelinchak, keltirish
- aybsitmoq, ulg`aytirgan, bormadi
- giyohlarni, ajratildi, topilgan
# Qaysi qatordagi gapda yasama so'z qo'llangan?
+ Chol daryo yoqasiga baliq ovlagani ketibdi.
- O'ktam ham yo'g'on arqonni siltab-siltab ko'rdi.
- Dor atrofida aylanib uning uskunasini qiziqib ko'zdan kechirdi.
- Oy nurida uzoqdagi qirlar oppoq ko'rinadi.
# Qaysi qatordagi narsa oti yasovchi qo'shimchalar omonimlik (shakldoshlik) xususiyatiga ega?
+ -g'ich, -don, -gi, -ma
- -oq, -don, -kor, -paz
- -moq, -gich, -dor, -paz
- -kash, -k, -furush, -qi
# 1) sayroqi-tutatqi 2) otashin-g'ishtin 3) qishlik-yoshlik 4) chizg'ich-yulg'ich 5) oqshomgi-sezgi 6) erinchoq-maqtanchoq Berilgan juftliklarning qaysilarida ot va sifat yasovchi oinonim (shakldosh) qo'shimchalar ishtirok etgan?
+ 1, 3, 4, 5
- 1, 2, 4, 5
- 2, 3, 4, 5, 6
- barchasida omonim qo'shimchalar ishtirok etgan
# Chin do'st uldirkim, do'stidan hech qachon ranjimaydi, agar xafa bo'lsa ham, uzrini qabul qiladi. Ushbu gapda nechta yasama fe'l bor?
+ 3 ta
- 2 ta
- 1 ta
- yasama fe'l mavjud emas
# Ilmsiz iliksiz so'ngak kabi bo'shdir, iliksiz so'ngakka qo'l urilmaydi. Ushbu gapda nechta so'z yasovchi qo'shimcha ishtirok etgan?
+ 3
- 4
- 5
- 6
# Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi. Ushbu gapda nechta so'z yasovchi qo'shimcha ishtirok etgan?
+ 4
- 3
- 5
- 2
# O'zak va qo'shimchaga ajratish bilan bo'g'inga ajratish teng kelgan so'zlarni toping.
1) o'yna; 2) o'yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6) ko'nglim; 7) tongga
+ 2, 3, 5, 7
- 1, 2, 3, 6, 7
- 1, 2, 5, 7
- 1, 2, 4, 7
# Asos + so'z yasovchi qo'shimcha + so'z yasovchi qo'shimcha shaklidagi so'zlar qatorini toping.
+ epchillik, sanoq, tinimsiz
- kechikmoq, unumdorlik, uzumchilik
- qo'rqinch, isitma, taraqqiyot
- jismoniy, bilimdon, qadimiy
# Aqlli, es-hushli, tadbirli inson so'z boshlar, suhbatdosh jim bo'lgan zamon. (S.Sheroziy) Ushbu gapda nechta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud?
+ 5
- 3
- 4
- 6
# Asos+lug'aviy shakl yasovchi+so'z yasovchi shaklida bo'lmagan so'zni toping.
+ qizg'anchiq
- o'chirg'ich
- maqtanchoq
- sovutkich
# Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo’lgan ko’makchi morfema ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang.
+ atama
- uyqusirab
- eslaganlik
- varaqlash
# Ko‘cha changitib o‘ynab yurgan bolalar menga salom berishdi-yu, yana chug‘urlashib, bir-birini quvlab bedazor tomon yugurishdi. Ushbu gapda nechta yasama so‘z mavjud?
+ 6
- 5
- 3
- 4
# Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo’lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitishdan saqlaydi. Berilgan gapda sodda yasama so’zlarning yasalish asosi qaysi so’z turkumlaridan iborat?
+ sifat, ravish
- ot, f e ’l
- ot, ravish
- sifat, sifat
# Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining yetakchi qismi qo‘shma fe’ldan tuzilgan?
+ U barchasini his qilib turardi.
- Akasi bor gapni aytdi-qo‘ydi.
- Akbar o‘rtog‘iga tura solib tashlandi.
- U gapni aytib bera olmay qoldi.
# Suvoqchilardan so’zining yasovchi asosini belgilang.
+ suvoq
- suva
- suv
- suvoqchi
# Qaysi qatorda asosga qo’shilib yangi ma’no hosil qiluvchi qo’shimchalar berilgan?
+ -sa, -k, -siz
- -g’ich, -im, -gan
- -lar, -guncha, -q
- -ib, -sa, у
# Quyidagi gapda nechta o’rinda sodda yasama so’z mavjud? Mard kishida qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insof; mard bo’lmagan kishilarda yovuzlik, yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, adovat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlarni uchratish mumkun.
+ 7 ta
- 5 ta
- 4 ta
- 9 ta
# Vijdonli kishini ta’qib etish mumkun, ammo sharmanda qilish mumkin emas. Ushbu gapda nechta yasama so’z ishtirok etgan?
+ 3
- 1
- 2
- 5
# Qaysi qatorda fe’l+fe’l birikuvidan yangi so’z hosil bo’lmagan?
+ ko`rib chiqmoq
- borib kelmoq
- sotib olmoq
- ishlab chiqarmoq
# Qaysi qatorda yasama sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan?
+ Podachi tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash va shirinso`z odam.
- Bolalar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan tepalikka chiqa boshladi.
- Bola allanimalar haqida tinimsiz so'zlardi.
- Bulutlar orasidan xira oy rangsiz porlaydi.
# Yetakchi morfema ham, ko’makchi morfema ham shakldoshlik hosil qila oladigan so’zlar qatorini belgilang.
+ terim, kechik, oqar
- to’ymoq, tepki, oqar
- tepki, bog’lar, ko’zlar
- to’ymoq, quymoq, change
# Tong qorong’usida turib ko’cha supurayotgan kelinchakning supurgisi shu so’zni qo’shiq qilib aytayotganday, paxtazordan paxta to’la qop olib chiqayotgan yigitning qoraygan, ajinli yuzlaridan oqib lablariga tushgan terda “o’zbekchilik” degan so’zning ta’mi bor. Berilgan gapdagi sodda yasama so’zlarning yasalish asoslari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
+ fe’l, ot, sifat
- fe’l, ot, son
- ot, fe’l, sifat, olmosh
- ot, sifat
# Quyida berilganlardan yasalish asosi ham, yasovchi morfema ham, yasalma ham omonimlik xususiyatiga ega bo’la oladigan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) suzma 2) oqar 3) changi 4) osma 5) quyma
+ 1, 2, 3
- 1, 2, 3, 5
- 2, 3, 5
- 1, 2, 3, 4, 5
# Odobli va go’zal xulqli odamlar ko’paysa, xalqning do’stligi, ularning yurtga mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Ushbu gapdagi sodda yasama so’zlar tarkibida nechta ko’makchi morfema qatnashgan?
+ 6 ta
- 4 ta
- 8 ta
- 2 ta
# Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo’lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitishdan saqlaydi. Berilgan gapda sodda yasama so’zlarning yasalish asosi qaysi so’z turkumlaridan iborat?
+ sifat, ravish
- ot, ravish
- ot, f e ’l
- sifat, sifat
# 1) bardam, 2) savdo, 3) uy, 4) tom, 5) quv, 6) dars Ushbu so`zlar qatoridan ham ko`p ma`nolilik, ham shakldoshlik xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar to`liq ajratib ko`rsatilgan javobni aniqlang.
2, 3, 4, 5
1, 2, 3, 4, 5
3, 4
3, 4, 5, 6
# Bir kun ko`zlarimdan qochdi uyqular,
Bir kun yuragimni ochdi tuyg`ular…
Men seni esladim entikib, yonib… Ushbu she`riy parchada sodda yasama so`zlardan nechtasining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
+ 2
- 4
- 1
- 5
# Qaysi gapda metafora usulida ma`no ko`chishi uchramaydi?
+ Chanqab ketganimdan men ham bir kosani simirdim.
- Tun o`z o`rnini tongga bo`shatib berdi.
- Yigitlar oltin davri – talabalik yillari haqida suhbatlashib o`tirishdi.
- Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi.
# Metonimiya asosida ma`no ko`chishi ro`y bergan gapni aniqlang.
+ “Semurg`” “Sug`riyona”ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga beshta to`p kiritdi.
- Guruhimiz o`quvchilari birlashishi uchun ularga bir bosh kerak bo`ldi
- Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi.
- Navbatim anavi sariq sochdan keyin.
# Qaysi javobda sinekdoxa usulida ma`nosi ko`chgan so`z qatnashgan gap berilgan?
+ Bizga chaqqon qo`llar kerak
- Kechalari chiroqlar shahrimiz ko`chalarini yop-yorug` qiladi
- Uy to`rida palak osilgan
- Yaxshi qovun deb olsam, pirsildoq chiqib qoldi.
# 1) Bu kosaga sho`rva suzma. 2) Suvda uzoqqa suzma. 3) Suzong`ich sigir bo`lsang ham egangni suzma. Ushbu gaplardagi suzma so`zi haqidagi to`g`ri fikrlarni aniqlang.
+ 1-, 2-, 3-gaplardagi suzma so`zi o`zaro shakldosh sanaladi.
- 1- va 3-gapdagi so`zi bir so`zning turli ma`nolarini ifodalovchi so`z bo`lib, ushbu so`zlar 2-gapdagi suzma so`ziga nisbatan shakldosh sanaladi.
- 1-, 2-, 3-gaplardagi suzma so`zi bir so`zning turli ma`nolari sanaladi.
- 1- va 2-gapdagi so`zi bir so`zning turli ma`nolarini ifodalovchi so`z bo`lib, ushbu so`zlar 3-gapdagi suzma so`ziga nisbatan shakldosh sanaladi.
# Quyida berilganlardan bir so`z turkumi doirasida ham, turli so`z turkumi doirasida ham omonim bo`la oladiganlarini belgilang. 1) o`ch, 2) bo`y, 3) yoq, 4) toy, 5) suzmoq, 6) chaqmoq
+ 3, 4, 6
- 1, 2, 3, 4, 5, 6
- 1, 3, 4
- 1, 2, 3, 4
# Quyida berilganlardan o`z omonimi bilan o`timli yoki o`timsizligiga ko`ra farqlanmaydigan fe`l berilgan javobni aniqlang.
+ tuymoq
- yoqmoq
- chopmoq
- bo`lmoq
# Lermontovni tashlamadim hech,
So`ngra qo`lga oldim Hofizni. Ma`no ko`chishini aniqlang.
+ metonimiya
- vazifadoshlik
- sinekdoxa
- metafora
# Qaysi gap tarkibidagi ibora ravishdosh shaklida qo`llangan?
+ Keyin bu begona yigitga boshdan oyoq ko`z yugurtirib chiqish kerak edi
- Podadan oldin chang chiqarish yaxshi emas
- Sizni ko`riboq, o`zimda yo`q shod bo`ldim
- Menimcha, Yusufning qo`ynini puch yong`oq bilan to`ldirayotganlar bor
# Qaysi gapda so`z qo`llash bilan bog`liq uslubiy xatolik mavjud?
+ Sizning har bir so`zingiz biz uchun tilladan abzal.
- Borliq go`yo suv quygandek jimjit.
- Usta cho`g`day temirni olovda toblab olar edi.
- Undan bir suratgina yodgor qolgan, xolos.
# Temur tig`i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher… Ko`chim turini toping.
+ metonimiya
- vazifadoshlik
- sinekdoxa
- metafora
# Berilganlardan nechtasi qismlaridan biri paronim juftiga ega bo`lgan qo`shma ot sanaladi? 1) hammabop, 2) sofdil, 3) tustovuq, 4) sherdil, 5) xushbichim, 6) toshbaqa
+ bittasi
- uchtasi
- ikkitasi
- to`rttasi
# 1) Tun o`z o`rnini tongga bo`shatib berdi. 2) Navoiy ko`hna Sharqning mutafakkiri sifatida o`z asarlari bilan o`sha davr muammolarini ko`tarib chiqdi.
3) Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi.
Berilgan gaplardagi ajratib ko`rsatilgan so`zlarning ma`nolari qaysi usulda ko`chgan?
+ metafora
- vazifadoshlik
- sinekdoxa, metonimiya
- metafora, metonimiya
# Quyida berilganlardan uch o`rinda omonim bo`la oladigan so`zlarni belgilang.
1) yot, 2) bor, 3) qur, 4) bitmoq, 5) un, 6) o`ch
+ 2, 3, 4, 5, 6
- 1, 4, 5, 6
- 2, 3, 5, 6
- 5, 6
# Quyidagi gapda nozik so`zining qaysi ma`nosi ifodalangan? Bu juda nozik ish, ehtiyotkorlik lozim.
+ qaltis
- mo`rt
- nazokatli
- ingichka
# Aytmaganning dasturxoniga borib qadrimni tushirmoqchi emasman. Gapda ma`no ko`chishining qaysi turlari qatnashgan?
+ metonimiya, metafora
- sinekdoxa, metafora
- faqat metafora
- vazifadoshlik, metonimiya
# Asoslar ham, qo`shimchalar ham o`zaro shakldoshlik hosil qilgan omonim so`zlar qatnashgan gaplar berilgan javobni aniqlang.
+ Chaqmoq chaqib, osmon guldiradi. Yaxshi emas birovni birovga chaqmoq.
- Bu yerga ko`ngilni bo`shatish, yengil tortish uchun kelgan edi. Uning ko`nglini bo`shatish, rahmini keltirish uchun ko`p yolg`on gaplarni gapirdi.
- Oyog`idagi tuflisi bilan yong`oqlarni chaqishga harakat qildi. Ilon chaqishga tayyor bo`lib boshini ko`tardi.
- Qaytar dunyo ekan-da, -dedi chol ko`zlarini yumib. Uni o`z fikridan qaytar, iltimos.
# Quyidagi nechta so`zning paronimi omonimlik xususiyatiga ega? Shoh, bod, tuz, darz, jodi
+ 2 ta
- 4 ta
- 5 ta
- 3 ta
# Quyidagi gapda yo`l so`zining qaysi ma`nosi ifodalangan? Bu masala qaysi yo`l bilan yechiladi?
+ usul
- tadbir
- yo`nalish
- safar
# Quyidagi ismlar ma`no ko`chishining qaysi turi asosida vujudga kelgan? Yo`lbars, Bo`riboy, Qoplonbek, Feruza, Yoqutoy, Asalxon
+ metafora
- metonimiya
- sinekdoxa
- vazifadoshlik
# Ishga berilib ketganidan kelganimni ham payqamay qoldi. Gapda ish so`zining qaysi ma`nosi ifodalangan?
+ mehnat
- tashvish
- masala
- zarurat
# Quyidagi so`zlardan nechtasi ham bir turkum, ham turli turkum doirasida omonim bo`la oladi? Suzma, yoq, bel, yengil, gul, o`ch, tuy
+ 3 tasi
- 4 tasi
- 8 tasi
- 2 tasi
# Quyidagi iboralardan qaysi biri “hech qachon” ma`nosini anglatmaydi?
+ tuya ko`rdingmi – yo`q
- tuyaning dumi yerga tekkanda
- tushida ham ko`rmaslik
- qizil qor yog`ganda
# Ukamga oldim – ukam uchun oldim kabi sinonimlar qanday sinonimlar deb yuritiladi?
+ grammatik sinonimlar
- uslubiy sinonimlar
- frazeologik sinonimlar
- lug`aviy sinonimlar
# Qaysi gapda paronimlarni qo`llash bilan bog`liq uslubiy xatolik mavjud?
+ Posbon uxlagach, Mirzo Ulug`bekni Ko`ksaroy tagidagi lahmdan olib chiqmoqchi edi.
- Navoiy uning ichki tuzilishi, tashqi ko`rinishi, naqshlari, bo`yoqlariga qadar tushuntirdi.
- U o`zining og`asiga va uning fikrlariga chuqur extirom bilan qarar edi.
- Biz shunday kutubxona barpo qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo`tabar bo`lsin.
# Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. Ushbu tez aytishda necha turkumga oid so’z ishtirok etgan?
+ 4
- 3
- 5
- 2
# Barcha shodlik senga bo’lsin, bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. She’riy parchada olmoshlarning necha turi qo’llangan?
+ 2
- 3
- 4
- 5 # Uyga qaytib kelganlaridan so’ng Zuhra charchoqning zo’ridan darhol uxlab qoldi. Uyqusida tush ko’rdi. O’sha turna bilan yana uchrashgan emish. Ravishlar necha o’rinda qo’llangan?
+ 2
- 3
- 1
- 4 # To’plamda ko’p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni tashkil etadi. Gapdagi mustaqil so’zlarni aniqlang. + 7 ta
- 8 ta
- 9 ta
- 6 ta
# Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo’lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo’lsa, qayg’u keltiradi. Berilgan gapda egalik qo’shimchalari necha o’rinda qo’llangan? + 3
- 2
- 5
- 6
# Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat’i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo’limizdir. Gapda noo’rin qo’llangan tushum va qaratqich kelishiklarining sonini toping.
+ 3 o’rinda tushum, 2 o’rinda qaratqich kelishigi
- 2 o’rinda tushum, 1 o’rinda qaratqich kelishigi
- 3 o’rinda tushum, 1 o’rinda qaratqich kelishigi
- 3 o’rinda tushum, 3 o’rinda qaratqich kelishigi
# Ko’zlarim harf tanimas edi,
Qalam ushlolmasdi hali qo’llarim.
Kapalak izidan quvib tinmasdim,
Yulduzlarni sanar edim tunlari. She’riy parchadagi kelishik qo’shimchalari haqidagi to’g’ri hukmni belgilang.
+ 3 o’rinda belgisiz, 2 o’rinda belgili kelishik qo’shimchasi qo’llangan
- 2 o’rinda belgisiz, 3 o’rinda belgili kelishik qo’shimchasi qo’llangan
- 2 o’rinda belgisiz, 2 o’rinda belgili kelishik qo’shimchasi qo’llangan
- 1 o’rinda belgisiz, 2 o’rinda belgili kelishik qo’shimchasi qo’llangan
# Bolalikdan boshlangan do’stlik insonning keyingi ulg’aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan barcha do’stlari orasida alohida ahamiyatga ega. Gapdagi fe’lning vazifa shakllaridan nechtasi tarkibida nisbat qo’shimchalari mavjud?
+ 2
- 4
- 1
- 3
# Qaysi javobda vazifadosh biriktiruv bog’lovchilari to`liq keltirilmagan?
+ -u, -yu, -da, ba’zan
- -u, -yu, -da, na… na
- -u, -yu, -da, bilan
- -u, -yu, -da, balki
# Berilgan she’riy parchada olmoshning necha turi ishtirok etgan?
Birovning do’stlar-u xorijlari bor, Mening hech kimim yo’q – o’zingdan boshqa.
+ 4
- 5
- 3
- 2
# Qalamkash, avvalo, Inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog’i kerak. Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini aniqlang.
+ 6 ta
- 7 ta
- 5 ta
- 4 ta
# Adab kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u mehr kattalar ko’nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo’shimchasi necha o’rinda belgisiz qo’llangan?
+ 3
- 1
- 4
- 2
# Qaysi maqolda o’zlik nisbatdagi fe’l qo’llangan?
+ Maqtanma, g’oz, hunaring oz!
- O’ylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish.
- Aql bozorda sotilmas. - Aytilgan so’z – otilgan o’q.
# Qaysi gapda o’rin ravishi ishtirok etgan?
+ Komandir boshliq jangchilar olg’a tashlanib, bostirib boraverdilar.
- Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi manda.
- Men xuddi shu savolni kutib turgandek, darrov javob bera qoldim.
- Shu vaqt nima uchundir, hamma birdan sharaqlab kulib yubordi.
# Ishning sur’ati pasaymaydi, ertalabgacha ko’sak chuviladi. Gapda fe’llar qaysi nisbatdaligini aniqlang.
+ aniq, majhul
- aniq, o’zlik
- aniq, aniq
- o’zlik, majhul
# Qaysi qatorda qo’shma gapning ikkinchi qismida keladigan vazifadosh bog’lovchi(lar) qo’llangan?
+ balki
- balki, yoxud, na … na
- balki, na … na
- ammo, lekin, biroq, hamda
# Qaysi maqolda ikki o’rinda shaxs oti qo’llangan? + Mehmon otangdan ulug’
- Arslon izidan qaytmas, yigit-so’zidan.
- Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l
- Zar qadrini zargar biladi.
# Qaysi maqolda sifat harakat-holatning belgisini bildirgan?
+ Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma!
- Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l.
- O’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir.
- Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
# Miqdor-daraja ravishi qatnashmagan gapni toping.
+ Qaddini rostlab, eshikni uch marta taqillatdi.
- Chol va kampir behad sevinishibdi. - Bo’ying sal cho’zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshirardim.
- Kunduzi o’ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan.
# Cho’pon : “Ey xoja, men senga sutga suv qo’shmagin degan edim, mening so’zimni aslo eshitmading. O’tgan kechasi sutga qo’shgan suvlaring hammasi yig’ilib, sel bo’lib oqdi va qo’ylarni oqizib ketdi”, deb javob berdi. Ushbu parchada fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan?
+ sof fe’l, sifatdosh, ravishdosh
- sof fe’l, sifatdosh, harakat nomi
- sof fe’l, harakat nomi, ravishdosh
- ravishdosh, harakat nomi
# Sifat+ot qolipidagi joy nomini bildiruvchi so’zlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. 1) Issiqko’l; 2) Yangiobod; 3) Yangiyer; 4) Atirgul; 5) Kichik Osiyo; 6) Oltiariq; 7) Yangibozor; 8) O’rta Chirchiq; 9) Mehnatobod
+ 1, 3, 5, 7, 8
- 1, 2, 3, 5, 8, 9
- 1, 3, 6, 7, 8, 9
- 1, 2, 4, 5, 8
# Qiz hozirgina o’zi tanishgan qush bilan so’zlashmoqchi bo’ldi. – Turnajon, turnajon! Bu yerda nima qilib turibsan? Kechagi turnalar ichida sen ham bormiding? Menga aytib ber-chi, qayerdan kelib qolding? Ushbu matnda ravishning qaysi ma’no turi qatnashmagan?
+ holat, maqsad-sabab, daraja-miqdor
- holat, o’rin, payt, daraja-miqdor
- holat, o’rin, maqsad-sabab, daraja-miqdor
- holat, o’rin, maqsad-sabab
# Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi quyidagi nechta ko’makchi bilan ma’nodosh bo’la oladi? muvofiq, uchun, sari, tomon, oid
+ 3 ta
- 4 ta
- 2 ta
- 5 ta
# Badavlat donishmanddan so’radilar: “Turmushingiz farovon bo’lsa ham, nima uchun sizning xursand bo’lib yurganingizni ko’rgan emasmiz?” U shunday javob beribdi: “Chunki och-yalang’och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman”. Keltirilgan parchada olmoshning nechta turi ishtirok etgan?
+ 4 ta
- 2 ta
- 5 ta
- 3 ta
# Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim.
Yo’qlik olamiga ko’z tashlaganda,
Kelmagan ko’p ko’rdim, ketgan ko’p ko’rdim. (Pahlavon Mahmud)
Ruboiydagi otlashgan so’zlar tarkibida tushum kelishigi qo’shimchasi necha o’rinda belgisiz qo’llangan?
+ 4
- 3
- 5
- 6
# Yasama o’timsiz fe’llarga qo’shilgan orttirma nisbat shakllarini aniqlang.
+ toraytirmoq, yashartirmoq, yig’latmoq
- harakatlantirmoq, aniqlatmoq, ko’paytirmoq
- yangilatmoq, anglatmoq, joylashtirmoq
- ko’kartirmoq, changitmoq, gapirtirmoq
# Avval Vataningni yuragingda qur,
So’ng yerga ko’chirsin uni qo’llaring. She’riy parchada qaysi so’z turkumi ishtirok etmagan?
+ sifat
- ravish
- ot
- fe’l
# Qaysi javobda faqat nisbiy sifatlar berilgan?
+ kuzgi, chillaki, ro’molli
- erksevar, toza, tonggi
- go’zal, paxtali, yuzaki
- mazali, sermeva, chiroyli
# Qalamkash, avvalo, inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog’i lozim. Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini aniqlang.
+ 6 ta
- 4 ta
- 5 ta
- 7 ta
# Berilgan so’zlar ichidan ot+ot qolipli turdosh otlar miqdorini aniqlang. Oqqo’rg’on, tinchliksevar, makkajo’xori, Sirdaryo, sovuqmijoz, devqomat, qo’lbola, izzattalab, qo’ziqorin, bodomnusxa
+ 2 ta
- 3 ta
- 5 ta
- 4 ta
# Qaysi javobda keltirilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o’rtasidagi munosabatning ifodalanishiga ko’ra farqlanadi?
+ bordi, borildi, borishdi
- bordim, bording, bordi
- bordim, boraman, boryapman
- boraman, borsam, boray
# Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolalikdagi o’ynoqi damlarni eslab quvnayman. Meni o’tloqlarda dumalatgan, chang ko’chalarda o’ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman. Ushbu parchadagi tovush tarkibi o’zgargan so’zlar qaysi turkumga mansub?
+ ot, fe’l, sifat, olmosh
- ot, sifat, ravish
- fe’l, olmosh
- ot, olmosh
# O’tgan avlod-ajdodlarimiz bizga Vatanni meros qilibgina qoldirgan emaslar, balki bu Vatanni chin yurakdan sevishni, unga fidokorlik bilan xizmat qilishni, uning husniga husn, boyligiga boylik qo’shishni ham meros qoldirishgan. (O.Sharafiddinov) Gapda qo’llangan yordamchi so’z turkumlariga xos birliklar haqidagi to’g’ri hukmni belgilang.
+ 1 ta bog’lovchi, 1 ta ko’makchi, 2 ta yuklama qo’llangan
- 2 ta bog’lovchi, 1 ta ko’makchi, 1 ta yuklama
- 1 ta bog’lovchi, 1 ta ko’makchi, 1 ta yuklama qo’llangan
- 1 ta bog’lovchi, 2 ta ko’makchi, 1 ta yuklama
# Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo’lgan so’zlardan tashkil topgan qo’shma so’zlar ko’rsatilgan javobni toping. 1) toshqovoq; 2) belbog’; 3) yor-do’st; 4) tokqaychi; 5) qo’shog’iz; 6) bodomqovoq
+ 1, 2, 5
- 1, 2, 3
- 4, 6
- 2, 3, 6
# Bu o’lkada iqlim o’rtacha, suv mo’l, yer unumli, quyosh nuri yetarli. Ushbu gapdagi so’z birikmalarining tobe qismi qaysi so’z turkum(lar)i bilan ifodalangan?
+ olmosh, ot
- olmosh, ravish
- olmosh
- olmosh, sifat
# Kosa, piyola, stakan, bankalar, tovoqlar va oshxonaga taaluqli boshqa idishlar tuz bilan yuvilgandan so’ng toza suvda chayib olinadi. Berilgan gapdagi narsa-buyum otlari miqdorini aniqlang.
+ 8
- 9
- 7
- 6
# Kelishiklar haqida to’g’ri hukmlarni aniqlang. 1.Qaratqich kelishigi jonli nutqda –ni, she’r tilida -n, -in shakllarida ifodalanishi mumkin. 2. Tushum kelishigi she’riy til va og’zaki nutqda -n, -di, -ti, -i shakllarida qo’llanishi mumkin. 3. Umumiylik, noaniqlik ma’nosini bildirsa, tushum va qaratqich kelishiklari belgisiz ishlatiladi. 4. Qaratqich va tushum kelishiklari har doim ko’makchi bilan erkin almasha oladi. + 1, 2, 3
- 2, 3, 4
- 1, 2
- 1, 4
# Xorazmiy zuryodimiz, Navoiyning avlodimiz, Yurtga tikib hayotimiz, Asragaymiz biz Vatanni. Ushbu she’riy parchada nechta ism turlanmagan?
+ 1 ta
- 3 ta
- 4 ta
- 2 ta
# Qaysi maqolda antonim sifat qo’llangan?
+ Uying tor bo’lsa ham, ko’ngling keng bo’lsin!
- Bilgan topib gapirar, bilmagan qopib.
- Bir azobning bir rohati bor.
- Olqish olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir.
# Gul bag’rini nasim tildi –to’kildi,
Saboga hikoyat qildi –to’kildi. Ushbu she’riy parchada necha o’rinda o’timli fe’l ishtirok etgan?
+ 2
- 4
- 3
- 1
# Qaysi gapda ma’no jihatdan ravishning ikki turi qatnashgan?
+ – Keyin u yoqqa o’tamiz, - deb o’ng tarafdagi uyga ishora qildi.
- Shu payt uydan – yotog’imizdan bolalar ham ko’zlarini uqalab tushib kela boshladi.
- Bular piyoda asta-sekin O’rdaga bordilar.
- Ular yerni kovlab kirolmabdilar, allaqancha yerni o’yib yubordilar
# Quyidagi qaysi so’z chiqar so’ziga tobelanganda fe’l tarkibidagi -ar qo’shimchasi faqat orttirma nisbat ma’nosini ifodalaydi?
+ o’quvchilarni
- o’quvchilarga
- o’quvchilar
- o’quvchilarning
# Shunday paytlarda yoshligimning ajib damlarini esga olaman. Bolalikdagi o’ynoqi damlarni sog’inaman. Meni o’tloqlarda dumalatgan, chang ko’chalarda o’ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
Ushbu parchada necha o’rinda imlosi fonetik o’zgarishga uchragan fe’l so’z turkumiga oid so’z so’z bor?
+ 3
- 2
- 4
- 5
# Qaysi maqolda belgisiz qo’langan kelishik qo’shimchasi uchramaydi?
+ Burgaga achchiq qilib, ko’rpangni kuydirma!
- Kishi yurtida shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l!
- Qunt bilan o’rgan hunar, Hunardan rizqing unar.
- Birovga choh qazigan, o’zi yiqilar
# Me’yorni ko’p buzar odam bolasi, Uning kattasidan kichigigacha….
Ushbu she’riy parchadagi munosabat shakliga ega otlar miqdorini aniqlang.
+ 3 ta
- 2 ta
- 1 ta
- 4 ta
# Zolimmi, ablahmi otasi Nasibaga har yili kiyim xarid qiladi, o’g’lim bo’lsa pochasi ilma-teshik shim kiyib yuribdi. Gapda ishtirok etgan yasama so’zlar soni va turkumi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
+ 1 ta ravish, 1 ta sifat, 1 ta fe’l, 1 ta ot
- 1 ta ravish, 1 ta sifat, 1 ta ot
- 1ta ravish, 2 ta sifat, 1 ta ot
- 2 ta sifat, 2 ta fe’l, 1 ta ravish, 1 ta ot
# Ravish haqida berilgan quyidagi hukmlarning nechtasi to’g’ri? 1) qo’qqisdan, to’satdan, birdaniga, bidan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelishini bildirdi; 2) so’zlarni takrorlash yo’li bilan ravish yasash mumkin; 3) yaqinda ravishi harakatning bajarilish paytini yoki o’rnini bildiradi; 4) so’zlarni juftlash yo’li bilan ravish yasash mumkin.
+ barchasi
- bittasi
- ikkitasi
- uchtasi
# Qizil poyandoz to’shalgan keng xonaga kirishgach, to’rga yotqizib qo’yilgan bemorga yaqin borishdi, bir ayol bemorning og’ziga suv tomizib turardi. Ushbu gapda qo’llangan fe’lning nisbat qo’shimchalari haqida berilgan to’g’ri hukmni toping.
+ 2 o’rinda majhul, 2 o’rinda orttirma, 2 o’rinda birgalik nisbat qo’shimchasi qo’llangan.
- 2 o’rinda majhul, 1 o’rinda orttirma, 2 o’rinda birgalik nisbat qo’shimchasi qo’llangan.
- 1 o’rinda o’zlik, 2 o’rinda orttirma, 2 o’rinda birgalik nisbat qo’shimchasi qo’llangan.
- 2 o’rinda o’zlik, 2 o’rinda orttirma, 2 o’rinda birgalik nisbat qo’shimchasi qo’llangan.
# Qaysi maqolda sifat harakat-holatning belgisini bildirgan?
+ Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma!
- Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l
- O’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir
- Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar
# Qaysi vazifadosh bog’lovchilar bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’laydi?
+ –u(yu), -da, balki, na…na
- ham, na…na, bilan, -u(yu), -da, balki, hamda
- hamda, va
- ham, na…na, bilan, –u(yu), -da
# O’rin ravishi qaysi gapda ishtirok etgan?
+ Sherqo’ziga nari ketishni buyurdi.
- Ular yerni kovlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o’yib yuboribdilar.
- Yarim kechadan keyin bog’da yotgan Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi.
- Jiydazordan hozirgina keldim.
# Jo’shadi buloqning kumush yoshlari,
Ham mungli, ham shirin jildirashlari,
Buralib, ko’katlar ustidan chopar,
Uzilgan marvarid yarqirashlari… . She’riy parchadagi nechta fe’l tarkibida nisbat qo’shimchasi mavjud?
+ 2
- 5
- 4
- 3
# O’qimishli, bilimdon, madaniyatli odam bilan (1) johil, nodon, savodsiz o’rtasida yer bilan (2) osmoncha farq bor. Gapdagi bilan so’zi haqidagi to’g’ri hukmni belgilang.
+ 1,2-bog’lovchi
- 1-bog’lovchi, 2-ko’makchi
- 1-ko’makchi, 2-bog’lovchi
- 1,2-ko’makchi
# Qaysi qatorda shaxs-son shakllarining xususiyatlari noto'g'ri ko'rsatilgan?
+ fe'lni kesim sifatida shakllantiradi
- harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko'rsatadi
- fe'1-kesimni ega bilan bog'lab keladi
- ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi
# Quyidagi birliklardan qaysilari ham erkin, ham turg'un birikma (ibora) sanaladi?
+ boshiga yetmoq, yaxshi ko'rmoq, qulog'iga quymoq, o`z yog'ida qovurilmoq
- boshini ko'tarmoq, ko'ngliga keltirmoq, qo'l koltarmoq, to'nini teskari kiymoq
- ko'zini yog' bosgan, ko'nglidan o'tkazmoq, qo'lini siltamoq, tosh otmoq
- bo'yniga qo'ymoq, kapalagi uchmoq, jonidan o'tmoq, ko'zini tikmoq
# Qaysi qatorda berilgan so'z birikmalarini gapga aylantirish mumkin?
+ qattiq sovuq, shirin qovun, chiroyli gul
- qiziqarli mashg'ulot, oydin kecha, maqola o'qimoq
- berilgan topshiriq, o'qishli asar, g'azal yodlamoq
- samarali ishlamoq, ko'chat o'tqazish, barqaror tinchlik
# Quyidagi gapda nechta so'z birikmasi borligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |