Boshlang`ich ta’lim fakulteti 2-kurs sirtqi bo`lim (5 yillik) talabalari uchun Lisoniy tahlil asoslari fanidan oraliq nazorat savollari
IV variant
1) Gap tarkibidagi muayyan so`zni ajratib, fonetik tahlil qiling. (tanlangan so`z kamida 2 bo`g`indan iborat bo`lishi kerak)
2) O`qilgan badiiy asarlardan biron gapni tanlab, morfemik tahlil qiling (tanlangan gap kamida 5 so`zdan iborat bo`lishi lozim)
3) Gap tarkibidagi so`zlarni so`z yasalishi bo`yicha tahlil qiling.
Bolaligimda osmonda yoyilib yotgan sanoqsiz yulduzlarga suqlanib termulardim.
4) Ushbu lisoniy qolip asosida gap tuzing.
Sifat+ot+fe’l+olmosh
5) Quyida berilgan gap tarkibidagi so`z birikmalari miqdorini aniqlang va ularni tahlil qiling.
Ijaradorlar bu g`alati, miyasi aynigan odamning kimligini bilishga qiziqib qolishdi.
6) Gapni sintaktik tahlil qiling.
Asl san’atga yaqin bo`lmagan har qanday narsani yo`qqa chiqaradilar.
Javoblar.
1) Bolaligida hammaning ham tishi tushadi.
1. Bolaligida
2. Bo-la-li-gi-da
3. 5ta bo’g’in ham ochiq hammasi berkitilgan bo’g’in
4.-da so’zidagi oxirgi bo’g’inga
5. tovush almashishi hodisasi kuzatilgan bolalik+i=bolaligi
6. o- quyi keng, til orqa, labangan unli
a- quyi keng unli, til oldi (old qator), lablanmagan unli
i- yuqori tor, tiloldi (old qator), lablanmagan unli
7. b-lab-lab, portlovchi, jarangli undosh
l- til oldi, sirg’aluvchi,jarangli undosh
g-sayoz til orqa, portlovchi, jarangli undosh
d- til oldi undoshi, sirg’aluvchi, jarangli
1.2. Albatta bola bo’lgandan keyin sho’xlik ham qiladi.
1) sho’xlik
2) sho’x-lik
3) Har ikkala bo’g’in yopiq bo’g’in va berkitilgan bo’g’in
4) ikkinchi bo’g’indagi -lik
5) fonetik hodisa ro’y bermagan
6) o’- o’rta keng, til orqa, lablangan unli
i- yuqori tor, tiloldi (old qator), lablanmagan unli
7) sh- til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz
x- chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangsiz
l- til oldi, sirg’aluvchi,jarangli undosh
k- sayoz til orqa undoshi, portlovchi, jarangsiz
2) 1) Yigit yugurib borib kampirning qo’lidan obkashni olmoqchi bo’libdi.
2) Yigit yugur+ib bor+ib kampir+ning qo’l+i+dan obkash+ni ol+moqchi bo’l+ib+di.
3) O’zak morfema: yigit, yugur, bor, kampir, qo’l, obkash, ol, bo’l
4) 9 ta affiksial morfema mavjud
5) a) so’z yasovchilar: -
b) sintaktik shakl yasovchilar: -ning, -i, -dan, -ni, -di, -moqchi
d) lug’aviy shakl yasovchilar: 3 ta –ib qo’shimchasi
2.1 Mana endi, u bechorani pichoqlab ketishdi.
2) Mana endi, u bechora+ni pichoq+la+b ket+ish+di.
3) O’zak morfema: bechora, pichoq, ket
4) 5 ta affiksial morfema mavjud
5) a) so’z yasovchilar: -la
b) sintaktik shakl yasovchilar: -y, -ni, -da,
d) lug’aviy shakl yasovchilar: -b, -ish
O’.Hoshimov “Dunyoning ishlari”
3) Bolaligimda osmonda yoyilib yotgan sanoqsiz yulduzlarga suqlanib termulardim.
Bola+lik=bolalik (otdan ot yasalgan)
Son+a=sana (otdan fe’l yasalgan)
Sana+q=sanoq (fe’ldan ot yasalgan)
Sanoq+siz=sanoqsiz (otdan sifat yasalgan)
4. Sifat+ot+fe’l+olmosh
1.Atlas ko’ylak oldirgan u.
2. Uzoq yo’l yurdi u.
3. Qora kastyum kiyib olgan-kamina.
5. Ijaradorlar bu g`alati, miyasi aynigan odamning kimligini bilishga qiziqib qolishdi.
1. Bilishga qiziqib qolishdi- boshqaruv, fe’lli birikma, to’ldiruvchili birikma
2. Kimligini bilishga- boshqaruv, fe’lli birikma, to’ldiruvchili birikma
3. odamning kimligini- moslashuv, otli birikma, aniqlovchili birikma
4. miyasi aynigan odamning- bitishuv, otli birikma, aniqlovchili birikma
5. bu odamning- bitishuv, otli birikma, aniqlovchili birikma
6. g’alati odamning- bitishuv, otli birikma, aniqlovchili birikma
6. Asl san’atga yaqin bo`lmagan har qanday narsani yo`qqa chiqaradilar.
Asl – aniqlovchi
San’atga - to’ldiruvchi
yaqin bo`lmagan har qanday – aniqlovchi
narsani – to’ldiruvchi
yo`qqa chiqaradilar - kesim
Do'stlaringiz bilan baham: |