Dars ishlanma.
Sana: Sinf:3- Fan: Ona tili
Mavzu: “So'roq gaplarda tinish belgilari “ (84-85-mashq)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: so'roq gap haqida tushuncha berish; gaplarning o'qilish ohangiga e’tibor berish. matndagi gaplarni ohang bilan o'qish, nima haqda ekanini anglash; o'quvchilar nutqini o‘stirish; F.K Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya;
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga tinchlik, do‘stlikni qadrlash kabi xislatlarni singdirib borish; yaxshi niyatlar qilishga o'rgatish. T.K mustaqil ma‘noga ega bo’lgan bir necha so’zdan tuzilgan so’zni topish va namuna asosida so’zlar tuzish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. gap tugagandan so‘ng keyingi gapni bosh harf bilan yozish qoidalarini eslatish; T.K Husnixatga o’rgatishning vazifasi harf, so’z, gap va matnni to’g’ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash.Oquvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzularni so’rab baholash.
Uyga vazifani so’rab,baholanadilar. 83- mashq. O‘qing. Har bir gap oxiridagi ohangga diqqat qiling. Bular qanday gaplar? Kuz qaysi oydan boshlanadi? Kuzda qaysi qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi? Kuzdan keyin qaysi fasl boshlanadi?
Qaysi qushlar qishlash uchun biz tomonga uchib keladi? So‘roq gaplar mazmuniga mos darak gaplar tuzing va yozing.
III.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzularga oid bilimlarni mustahkamlash uchun og'zaki savol -javoblar o'tkazish.
O'qituvchi o'quvchilar fikrni jamlash, darsga e'tiborini qaratish maqsadida oldingi o'tilgan mavzulardan savollar beradi.
O'qituvchi: - Qanday gap turlarini bilasizlar? O'quvchilar: - Darak gap, so’roqgap, undov gap.
O'qituvchi: misollar keltiring. O'quvchilar: -Darak gapga:
Nilufarning uyida Olapar nomli iti, Ziyrak laqabli mushugi bor.
- Botir bilan Alisher ot va qo’ylarga suv berdilar.
O'tilgan mavzuni takrorlash: O'qituvchi o'tilgan mavzularyuzasidan o'quvchilar bilan og'zaki savol-javoblar o'tkazadi:
- Gap deb nimaga aytiladi? - Gap tugallangan fikrni bildiradi.
- Gaplar nimadan tashkil topadi? - Gaplar so'zlardan tashkil topadi.
- Yozma nutqda gap oxirida qanday belgi qo'yiladi?
- Gapning oxiriga nuqta (.), so’roq (?) yoki undov (!) belgisi qo'yiladi.
- Darak gap oxiriga qanday belgi qo'yiladi? - Darak gap oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.
- Darak gapga bitta misol keltiring va daftaringizga yozing.
- Maktabimiz bog'ida olma, uzum, noklar pishdi.
O'qituvchi o'quvchiga muammoli savollar bilan murojaat qilib, ularning diqqatini yangi mavzuga qaratadi:
O'qituvchi: - O'zbekistonda 1991 yil 31 avgustda qanday voqea sodir bo'ldi?
O'quvchilar: - O'zbekistonda 1991 yil 31 avgust kuni Vatanimiz mustailligi e'lon qilindi.
O'qituvchi: - Bolalar, mening gapim qanday gap? Bu gap darak gap ekanmi? Bu gap xabar mazmunini anglatayaptimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |