II BOB. PUNKTUATSION XATOLAR USTIDA ISHLASH
II.1. Yozma ishlarida punktuatsion xatolarning xillari.
O’quvchilarning yozma ishlarida punktuatsion xatolarning quyidagi xillari uchraydi: 1) kerakli tinish belgisini qo’ymaslik; 2) tinish belgisini ortiqcha qo’llash; 3) tinish belgilarini qorishtirish: birining o’riga boshqasini qo’llash; 4) belgilardan birini tushirib qoldirish.
Agar o’quvchi gapda tinish belgilarini nima uchun va qayerga qo’yish kerakligini bilmasa, uni qo’ymagani ma’qul: zarur tinish belgisini qo’ymay, biror tinish belgisini tavakkal, ammo noo’rin ishlataverish xavliroq, bu ham o’quvchining, ham o’qituvchining ishini murakkablashtiradi. Agar o’quvchi gapda biror tinish belgisini qo’ymagan bo’lsa, demak, u shu tinish belgisining ishlatilishi bilan aloqador bo’lgan punktuatsion qoidani bilmaydi yoki uni yaxshi o’zlashtirmagan bo’ladi. Agar o’quvchi tinish belgisini ortiqcha qo’ysa, u tinish belgisini asosiz qo’yaverishiga odatlanib qo’lgan bo’ladi. O’quvchilarning punktuatsion xatolarini tahlil qilishga bag’ishlangan ish turlari juda foydalidir. Unda o’quvchilarning punktuatsion xatolari ko’rsatilibgina qolmay, uning sabablari ham tushuntiriladi, qoida va ta’riflar eslanadi, amaliy-ijodiy mashqlar bajartiriladi. Shundagina o’quvchilar tinish belgilarini qo’llashga ongli ravishda yondashadilar. Darsni ko’rgazmali o’quv qurollaridan foydalanib o’tish punktuatsiyani o’zlashtirishni yengillashtiradi. Punktuatsiya darslarini ko’rgazmali qurollarning eng ko’p qo’llanadigan turi – jadval va sxemalar yordamida o’tish mustahkamlash darslari uchun ham juda muhimdir. Masalan, o’quvchilarga biror punktuatsiya qoidasiga mos keladigan sxema chizib ko’rsatiladi va bu sxema qaysi punktuatsiya qoidasiga tegishli ekanligi so’ralib, unga mos misollar topish vazifa qilib topshiriladi.
Xatolar ustida ishlash yangicha yondashuv va izchillikni talab etadi.
Diktantda xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchi ustozining tuzatishlariga, albatta, e’tibor bilan qaraydi. Biroq bu «ko‘zdan kechirish» keyingi gal o‘quvchining shu so‘zni xatosiz yozishiga asos bo‘lolmaydi. Xo‘sh, shunday ekan, «Xatolar ustida ishlash» soatlari qanday tashkil qilinsa, bola shu xatoni keyingi gal takrorlamasligiga va imlo savodxonligining yaxshilanishiga erishish mumkin?
Xato yozishdagi asosiy muammolar.
Diktantda yo‘l qo‘yilgan xato o‘quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi o‘zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi. Qolaversa, o‘quvchi yo‘l qo‘yayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta, diktantda ham o‘sha so‘zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo‘lib, kimdandir yoki nimadandir muntazam qo‘rqib yurgan o‘quvchi ham so‘zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi. Xullas, imlo masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo‘lib kelgan. Shu bois, u pedago¬gikada hal etilishi shart bo‘lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalari ustida muntazam ishlab, bir qator ta’limiy diktantlarni o‘tkazishni va o‘quvchilarning imloviy savodxonlik darajasini muntazam tekshirib, tahlil qilib borishni maslahat beradi. Ammo ular ustida ishlashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilar yo‘l qo‘yayotgan xatolarni guruhlashtirib olishi zarur.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning ona tili daftarlarini ko‘zdan kechirsak, quyidagi xatolarga duch kelamiz:
— grafik xatolar: harf elementlarini tashlab ketish, harflarni tushirib qoldirish, ularning o‘rinlarini almashtirib qo‘yish va h.k;
— so‘z o‘zagidagi xatolar: jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish, yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish, talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozuvda ham tashlab ketish;
— so‘z va shakl yasovchi qo‘shimchalarni xato yozish;
— bo‘g‘in ko‘chirishdagi xatolar;
— bosh harflarni qo‘llashdagi xatolar;
— shevaga oid xatolar.
Tinish belgilarining noto’g’ri qo’llanilishi gap mazmunida galizlik,mavhumlik va noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Ey tabib, qo’y, boqma dardi bedavolardan biri (Muq.) gapida uch holat bor: a) qo’y so’zidan keyin vergul o’qilmasa, “tabib” “qo’yboqar”ga aylanadi; b)“dardim”dan keyin vergul qo’yilsa, “dardim” “boqma”ga bog’lanadi –kesim+to’ldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tug’iladi; v) "boqma"dan keyin vergul qo’yilsa, "ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |