Boshlang’ich sinif matematika darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish. Mundarida: kirish matematika darslarida fazoviy shakl elementlarni o’qitish



Download 47,77 Kb.
bet2/6
Sana17.07.2022
Hajmi47,77 Kb.
#813641
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Minglik va ko’p xonali sonlar kontsentrida nomerlashni o’rgatish

Mavzuning dolzarbligi - kichik yoshdagi o’quvchilarni geometrik tushunchalarini boyitish, geometrik terminlar bo’yicha nutqlarini o’stirish va matematika darslarida didaktik tamoillar yordamida geometriyaga oid misol va masalalar yechish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi. Chekli to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish o’zaro ekvivalent to’plamlar sinflarini ajratish imkonini beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa-natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.
Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o’rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o’quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.
Mavzuning maqsadi - boshlang‘ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirish va geometrik masalalarni yechishga o’rgatishda didaktik tamoillardan foydalanishni amalga oshirish usullari ishlab chiqishdir.
Bu mavzuni yoritish jarayonida o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik tushunchalar bilan tanishtirishning ahamiyatini nazariy hamda amaliy asoslash:

  • Boshlang’ich matematika kursida geometrik materialning xossalaridan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish;

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga oid masalalar yechishga o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullarini ishlab chiqish;

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini geometrik materialga doir misollarni yechishga va tekshirishga o’rgatishda ko’rsatmali vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritib berish.

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA FAZOVIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI.


Ushbu kurs ishimda boshlang’ich sinflarda fazoviy tasavvurlarini
shakllantirishning mazmuni va vazifalari, boshlang’ich sinf o’quvchilarini fazoviy
tasavvurlarini shakllantirish asosida tarbiyalashning pеdogogik imkoniyatlari xususida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: fazoviy tasavvurlar, geometrik shakllar, taqqoslash, kesma, ko’pburchak, to’g’ri burchak. Boshlang`ich sinflarda geometrik materiallarni o`rganishning asosiy vazifasi geometrik figuralarni, nuqta, to`g`ri chiziq, kesma, siniq chiziq, ko`pburchak, burchak, aylanalar haqida aniq tushunchalar va tasavvurlar hosil qilishdan iboratdir. Shuning uchun mashqlar sistemasi va geometrik masalalarning mazmuni fazoviy tasavvurlar to`g`risida bilim, malakalar asosida kuzatishlari, taqqoslash, abstraktlashtirish va umumlashtirishga qaratilmog`i lozim. Eng avvalo o`quvchilarga geometrik figuralarni o`lchash va chizma chizish, shuningdek chizish va o`lchash qurollari bilan hamda ko`z, qo`l va hokazolar bilan malaka berishdir. Shuningdek, tarqatma qurollar, qog`oz, turli xil figuralarni yasash ham kiradi. Sinfda albatta chizg`ich, chizg`ich uchburchagi, sirkul bo`lishi shart. Geometrik materiallar mos
holda o`qitilishi olzim. Boshlang`ich sinflardagi geometrik materialllar maktabgacha tarbiya muassasalarida o`qitiladigan materiallar bilan bog`liq bo`lib, birozmurakkablashtirilgan holidir. Hattoki, maktabgacha davrda shar , kub, aylana, kvadrat, uchburchak, to`g`ri burchakli uchburchaklar bilan tanish bo`ladilar.
Boshlang`ich sinflarda tushunchalarga aniq bilim va tasavvurni berish kerak. Bu
tushunchalarni ko`rsatish, atash, chizish va hattoki, qog`oz va doskada berilgan uzunlikdagi figuralarni yasay olishi lozim. 1-sinfdayoq nuqta bilan tanishadilar. Katakli daftarda nuqtalar qo`ygan va ularni tutashtirish vazifasini beradi. Nuqtalar olib ularni tog`ri chiziq bilan tutashtirishni bajartiradi. Shundan keyin o`quvchilr nuqtalar, to`g`ri chizq yoki yozishni va ularni kesmaalar yordamida birlashtirishni tushunib olailar. Ko`pburchaklar bilan tanishganda ularning uchlari nuqta ekanligini bilib oladilar. 2-sinfada nuqtalarni A,B,C,D,... harflar bilan belgilaydilar. Doskadagi chizilgan aylana va to`rtburchakning ichida, ustida va tashqarisida yotgan nuqtalarni yozing va o`qing degan topshiriq beriladi. 1-sinfdan boshlab to`g`ri chiziq to`g`risida tusuncha turli vazifalarni bajarishgda beriladi. U bilan bir vaqtda egri chiziq haqida tushuncha ham ipni tortib turish, bo`shatish kabi mashqlarda tushuntiriladi. Endi chizg`ich orqali qog`oz va doskada to`g`ri chizish malakasini egallaydilar, uni atrofdagi predmetlar bilan taqqoslaydilar, qaysilari to`g`ri chiziq, egri chiziq ekanligini aytadilar. Kesma bilan ham amaliy ishlarni bajarishda tanishtiradi. Kesma nuqta orasidagi to`g`ri chiziqning qismi ekanligi haqida ma’lumot beriladi. Undan keyin kesmalarni o`lchash to`grisida santimetr, millimeter, detsimetr, metr kabi birliklar bilan ham tanishadilar. Ko`pburchaklarning elementlari bilan tanishganda uning tomonlari kesma ekanligini bilib oladilar.
2-sinfda harflar bilan belgilanganda, nuqtalar yordamida kesmalarni ikki harf bilan
belgilash kiritiladi. Bu figuralar haqidagi tushuncha boshlang`ichning barcha sinflarida ketma-ket berib boriladi. 1-10 o`nlikda bular didaktik materiallar sifatida qo`llaniladi. Ular yordamida o`quvchilarni sanashda, sonlarni taqqoslashda, masalalar yechishda foydalanadilar. Keyinchalik aylana, uchurchak, kvadrat shakllari bilan ham tanishadilar. Asta- sekin ko`pburchakning elementlari: tomonlari, burchaklari, uchlari kabilar bilan tanishadilar. Qog`oz, yog`och va plastmassalardan yasalgan uchburchakning 3 tomoni, 3 burchagi, 3 uchi borligini bilib oladilar, keyin ularni turli xil narsalardan o`zlari yasaydilar. Keyingi bosqichlarda uchburchak turlari, ( to`g`ri burchakli uchburchak, teng tomonli
uchburchak, o`tkir burchakli uchburchak, o`tmas burchakli uchburchak) kabilar bilan tanishadilar.
Shu reja asosida to`g`ri burchak bilan tanishib chiqadi. Besh va olti burchaklarni ham o`rgangandan keyin umumiy holda ularni ko`pburchak deb atash va tomonlari, uchlari va burchaklari sonlari bir xil bo`lishini keltirib chiqaradilar.
1-sinfdayoq to`g`ri burchak tushunchasi kiritiladi, uni tushuntirish quyidagicha olib boriladi. Birgalikda qog`oz olib ularning uchlarini baravarlashtirib, ikki martadan buklab teng uchburchak hosil qiladi. Har qanday qog`ozni olib shunday ikki buklaganda teng burchaklar hosil bo`lishini bilib, ularni tog`ri burchaklar deb atashni qabul qiladilar. Shunday to`g`ri burchaklarga nisbatan atrofdagi mavjud burchaklarning undan kata yoki kichikligini taqqoslaydilar, shu asosda to`g`ri burchaklardan kichiklarini o`tkir burchaklar deb qabul qilishga ega bo`ldilar. To`g`ri to`rtburchakning barcha burchaklarining to`g`ri bo`lishini va ularning qarama-qarshi tomonlarining tengligini buklash asosida keltirib chiqaradilar. 1-2 sinflarda to`g`ri to`rtburchakni o`quvchilarga chizish orqali yasashni o`rgatadi, 3 -sinfda esa chizg`ichi va chizg`ich uchburchagidan foydalanib to`g`ri to`rtburchak yasashni o`rgatadi.
Shu asosda to`g`ri to`rtburchakning tomonlari teng bo`la kvadrat hosil bo`lishini
keltirib chiqaradi. Ko`pburchaklarga doir tushunchalar turli xil geometrik mazmundagi masalar yordamida tushuntiriladi va mustahkamlanadi. 2-sinfadan boshlab doira va aylana tushunchasi bilan tanishadilar. Sirkul yordamida chizib ularning radiusi va markazi tushunchasi kiritiladi. Radiuslarning tengligini o`lchash orqali kelitirib chiqaradilar. Ko`pburchak v a aylanani taqqoslab, ko`pburchakning chegarasi yopiq siniq chiziq, aylananing chegarasi yopiq siniq chiziq ekanligi tushunchalari hosil qilinadi. 2-sinfdan boshlab siniq chiziq, uning uzunligi, ko`pburchakning perimetri va uni o`lchash, yopiq va ochiq siniq chiziqlar tushunchalari bilan tanishadilar. Bu tushunchalar masalalar yordamida 2-3-4-sinflarda mustahkamlanadi: Masalan:
1. Kvadratning perimetri 2dm 4sm bo`lsa,. Uning tomoni qancha va chizing.
2. Bir tomoni uy va qolgan tomoni devordan iborat kvadrat berilgan. Uyning uzunligi 9 m bo`lsa, devorning uzunligi qancha?
Bunday masalarni yechganda ularning chizmalarini chizish foydali, tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o`quvchilarga shunday o`xshash geometrik mazmunli masalalarni tuzishga doir topshiriqlar berish ham talab qilinadi.
Masalan, a) masala shartida tushirib qoldirilgan sonlarni tanlab o`rniga qo`ying,
to`rtburchakning perimetri 25sm, 3ta tomoni 5,6,7 sm, to`rtinchi tomoni qancha? b)yechilgan masalaga teskari masala tuzing;
v) formulalar bo`yicha masalalalr tuzing.
Masalan: S=a*b
Boshlang’ich sinflarda gеomеtrik matеrial bilan tanishtirishning muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda fazoviy tasavvurlarni taraqqiy ettirish dеb hisoblasak, nima uchun kichik yoshdagi o’quvchilar bilan ishlashda ulardan tanish shakllarni ajratilgan hollardagina tanishni emas, balki ancha murakkab hollarda ham ajrata bilib, tanib olish imkonini bеruvchi mashqlarni (aytaylik tanish figura murakkabroq konfiguratsiyaning elеmеnti) kiritish mumkin emas. Bu narsa har holda olingan bilimlarni amaliy masalalar yеchish uchun qo’llashda ham va o’quvchilarni gеomеtriyani yuqori sinflarda o’rganish ishiga tayyorlashda ham juda muhimdir. Masalan: o’quvchilarni uchburchak va to’rtburchaklar bilan tanishtirishda ularni sun'iy ravishda boshqa ko’p burchaklar bilan chеklamaslik kеrak. Bizningcha, o’quvchilarga o’rganilayotgan figuraning nima uchun uchburchak (uchta burchagi bor), boshqasi to’rtburchak (to’rtta burchak) ekanligini aytib, olti, yеtti burchakni ko’rsatib, ularni nomini so’rasak dasturni kеngaytirgan bo’lmaymiz. Shuning bilan birga bu mashq ko’rilgan figuralar qandaydir figuralarning xususiy ham ekanligini, bulardan boshqa yana juda ko’p ko’pburchaklarning borligiga tushunishi imkoniyatini bеradi. Bu hol o’quvchilarning tafakkurini taraqqiy ettirishi va ularning matеmatik bilim darajasini kеngaytirish uchun muxim axamiyatga egadir. Biz o’quvchilarda aytaylik to’g’ri to’rtburchakning yuzi haqida umumlashgan tasavvur
shakllanishini istar ekanmiz, uning qarama karshi uchlarini birlashtirishda hosil bo’lgan figurani yuzini yoki to’g’ri to’rtburchak ichidan tanishib bo’lgan figurani qirqib olib qolgan qismini yuzini hisoblashga kеladigan mashqlar tanlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni bajarishda o’quvchilar to’g’ri to’rtburchakni yuzini hisoblab, uning ayrim xossalari bilan tanishadilar, natijada uchburchakning yuzi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. To’g’ri to’rtburchakni yuzidan kvadratni yuzini qirqib olish natijasida ular o’zlariga notanish bo’lgan figuralarni yuzlarini o’lchash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Ana shunday mashqlarni ishlab chiqish va ularni sistеmaga solish, ularni o’tkazishning eng qulay mеtodikasini toppish hozirgi kunda matеmatikaning boshlang’ich o’qitish mеtodikasining oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
“ To’rburchak va bеshburchak” tushunchalari bilan tanishtirish.
O’qituvchi o’quvchilarning diqqatini qizil rangda bo’lgan to’rtburchaklarga qaratadi. Lеkin bu figuralar ixtiyoriy joylashgan, gruppalarga ajratilmagan har xil uzunliklarda va har xil matеriallardan yasalgan bo’lishi mumkin. Masalan, birinchi rasmdagi tasvirga o’xshash kartina doskaga osib qo’yilishi ham mumkin.
O’qituvchi hamma qizil rangdagi figuralarni to’rtburchak dеb atalishini o’quvchilarga aytadi. Ko’k rangdagi figuralarni esa bеshburchak ekanligini o’quvchilarga aytadi. Shundan kеyin o’quvchilar oldiga savol tashlanadi: “sizlar qanday fikrdasizlar, nima uchun qilil figuralarni to’rtburchak, ko’klarini bеshburchak dеymiz?” Bu savol o’quvchilar oldiga qo’yilgan muammo bo’lib, bu ularni kuzatishga, taqqoslashga majbur qiladi va ularni mantiqan fikr yuritib, to’rtburchak va bеshburchak amallarini o’zlariga ma'lum bo’lgan to’rt va bеshburchak so’zlariga ajratish kabi mantiqiy opеratsiyalar bajarishga olib kеladi.
Xulosa qilib aytganda, maktab boshlang’ich sinflarida gеomеtrik matеrialni o’rganishda hozirgi vaqtda asosan amaliy maqsadlar ko’zda tutiladi, chunki figuralarning xossalarini o’rganish, kеrakli tassavurlarni barpo etish, o’quvchilarni yuzalar yoki hajmlarni hisoblashga doir amaliy masalalarni yеchish uchun zarur bo’lgan amaliy o’quv va malakalar bilan qurollantirishga qaratilgan bo’lishi kerak.


Download 47,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish