Mavzuning dolzarbligi : Bizga ma’lumki umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida musiqa ta’limining poydevori qo’yiladi. Bu bosqich yoshlarni musiqa olamiga olib kirishda eng muhim va asosiy shakllantiruvchi bosqich hisoblanadi. Shunga ko’ra boshlang’ich sinfda musiqiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilarning umumiy musiqiy qiziqish va qobiliyatlarini o’rganish, rivojlantirish, ularni musiqiy – nazariy savodxonligini tarkib toptirish bilan qo’shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqani idrok etish, unga o’z munosabatini bildira olish, xalq musiqa ijodiyotiga qiziqishni shakllantirishdan iborat bo’ladi. Birinchi sinfga kelgan bolalar musiqiy uquvi, madaniyati, kuylash, musiqani qabul qilishlari jihatdan turli darajada bo’lishadi. Bu davrda bolalar moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy madaniyat, san’at, urf-odatlar, qadriyatlarni o’ziga singdirishga va ularni qadrlashga o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |