Boshlang’ich sinflarda tarbiya fanlarini o’qitish metodikasi


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh



Download 43,74 Kb.
bet2/7
Sana09.09.2021
Hajmi43,74 Kb.
#169358
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Metodika FO'M

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh

TARKIBI

2-ILOVA


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi

TARKIBI

3-ILOVA


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani

KONSEPSIYASI

3.Oilada bola tarbiyasining o’rni, shaxsning kamol topishida oilaning o’rni deganda nimani tushunasiz ?Oila tarbiyasi – bu umuminsoniy jarayonning shunday bosqichidirki, keyinchalik butun umri davomida oladigan ma`rifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin poydevor vazifasini o`taydi. Har bir ota-ona o`z burchlarini anglagan holda oilani mustahkamligini ta`minlaydigan hamma xususiyatga to`liq rioya qilishga harakat qilishi, uning vazifa va maqsadlarini tushunishi shart.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida ta`kidlaganidek, “Bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan. “O`z bolangni o`zing asra” degan da`vat faqat quruq shior bo`lib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga chuqur kirib borishi amaliy harakatga aylanishi zarur. Buning uchun bu masalani, ya`ni ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas`uliyatini va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo`yish vaqti keldi, deb o`ylayman”.

Haqiqatan ham har bir ota-ona o`z farzandining tarbiyasi uchun javobgar hisoblanadi. Farzandlarimizning tarbiyalashning muhim shartlari oilalarning mustahkam, ma`naviy sog`lom asosda qurilganligi, ayniqsa, ota-onaning o`zi tarbiyalangan bo`lishidir. Ota-onalar farzandining bugungi muallimi hisoblanadi. CHunki farzandga til o`rganish, kitob o`qishga qiziqtirishi aynan oiladan boshlanadi. Hozirgi kunda farzandlarimizning har qanday insoniylikdan yiroqlashtiradigan illatlardan asrash uchun ularni ilm olishga, kitob o`qishga qiziqtira bilish lozim. Farzandni tarbiyasida har bir ota-ona o`z mas`uliyatini har bir daqiqa his qilib yashashi lozim.

Oilada sog`lom muhit mavjud bo`lgandagina, ularda har tomonlama sog`lom, barkamol inson shakllanadi. YOshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog`lom, umuminsoniy madaniyat, darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo`lgan kelajak avlodni voyaga etkazishda oila ma`naviyatining tutgan o`rni alohidadir.

4.Oilada bolalarning tarbiyasi haqida mashhur allomalarimizning fikrlarini bilasizmi? Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».

Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.

Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.

Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.

Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.

Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.

Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.

5.“Oila” tushunchasi deganda nimani tushunasiz ?Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.

Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. O.ning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, O. aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos O. tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.

O. xalqning , jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. O. oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa O. jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa O. qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek O.larining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda O.larning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek O.lari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi (qarang Oila tarbiyasi).

6.“Oilaviv munosabatlar ” tushunchasiga ta’rif bering ?Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik – xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy – ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”.

Darhaqiqat, asrlar davomida o‘z e’tirofini topgan va diniy-axloqiy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi.

Inson farzandi ota-onadan genetik meros oladi. Unga ajdodlari genofonidan ham ulush tegadi, albatta. Buni hayotshunoslar irsiyat, deyishadi. Yorug‘ olamga ko‘z ochgan dilbandlar dastlab oliy darajadagi moddiy qadriyatlar hisoblanmish havo, ona suti, suvdan bahramand bo‘ladilar. So‘ngra shaxs kamolotini ro‘yobga chiqishiga asos bo‘ladigan hamda uni ta’minlaydigan muhim omillardan biri oilaviy tarbiya omili boshlanadi.

Oila “millat sharafini” yuqori martabaga ko‘taradigan zaminu vosita hisoblanadi. Oilada farzandlar tug‘iladi, o‘ziga xos xususiyatlari, insoniy fazilatlari vujudga keladi, shaxs shakllanadi. Oila va oilaviy munosabatlar madaniyati hamda shaxsning, yosh avlodning umummadaniy-ma’naviy dunyoqarashining shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’siri muammosini ilmiy tahlil qilish qator fanlarning o‘rganish ob’ekti bo‘lib kelmoqda. O‘z navbatida oilaviy munosabatlar madaniyati shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi birinchi omil bo‘lib, oilaviy muhitning ham jismonan ham ma’nan sog‘lom bo‘lishi jamiyat taraqqiyotiga, undagi mavjud muammolarni hal etishga ijobiy yoki salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi.

Oilaviy munosabat madaniyati nima? Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini to‘la bajarish, oilaviy turmush tarzini to‘g‘ri shakllantirish, oila a’zolarining xulq-odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini ta’minlashdir. Mustahkam oila mustahkam jamiyatning asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirib, takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.

Oila va oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini ilmiy tadqiq etishni uning jamiyat taraqqiyoti qonunlariga muvofiq rivojlanishini ifodalashdan boshlamog‘imiz lozim. Oilaning rivojlanishi jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi va ma’naviy hayoti bilan bog‘liqdir. Oila shakllarining o‘zgarishi, ibtidoiy jamiyat davridan boshlab barcha tarixiy bosqichlarda moddiy ishlab chiqarish ma’naviyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi ilmiy adabiyotlarda keng tahlil etilgan.

Lekin jamiyatning, oilaning moddiy hayot sharoitlari o‘zgarishi o‘z-o‘zidan ma’naviy kamolotga olib kelmaydi.



7.Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi deganda nimani tushunasiz ?

Vatanparvarlik tuyg’usi kishining o’z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o’tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san’atiga bo’lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Qadim zamonlardan buyon xalqning o’z Vataniga muhabbati qo’shiqlarda, ertaklarda va sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida tarannum etib kelinadi. Vatanga muhabbat tuyg’usi insonlarni har doim mehnat qahramonligiga, xalqning baxt- saodati uchun kurashga undaydi. Vatanparvarlik – tug’ma tuyg’u emas. SHuning uchun ham boshlang’ich sinflarda bu tuyg’uni tarbiyalashga muhim o’rin berilgan. Vatan haqidagi boshlang’ich bilimlar bolalarda ularning hayotiy tajribalari zaminida, tevarak- atrofdagi hayot to’g’risidagi muayyan tasavvurlari asosida hosil bo’ladi. Vatan - har bir kishida o’z uyiga, tug’ilib o’sgan yurtiga, eng yaqin kishilari ota- ona, aka- uka, opa- singillariga bo’lgan munosabatida aks etadi.Ona – Vatan shunday tushunchaki, u kishi qalbida hech qachon o’zgarmaydi. Vatanga muhabbat tuyg’usi ona suti bilan qonga kiradi. Bu aziz tuyg’uni ona allasi parvarish etadi, voyaga yetkazadi. Inson o’z Vatanida kamol topadi. Qadrlanadi. Hayot maktabini o’taydi. Farovonlik va baxt – saodatga erishadi. Ayniqsa, mustaqillik tufayli O’zbekistonning shon- shuhrati, moddiy va ma’naviy boyligi butun jahonga taraldi. O’zbekiston 100 dan ortiq G’arb va SHarq mamlakatlari bilan iqtisodiy, ma’naviy jihatdan aloqalar o’rnatdi. Vatanimiz o’z bayrog’i, gerbi, madhiyasi, kontitutsiyasiga ega. Jahon bo’ylab xilpirab turgan O’zbekiston bayrog’ida xalqimizning ruhi, g’urur- iftixori, qudrati, orzu- intilishlari mujassamlashgan. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan 7 sessiyasida 1991 yil, 18 noyabrь kuni tasdiqlangan. Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan – milliy bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy- madaniy an’analarini o’zaro mujassamlashtiradi. Vatan so’zi hamisha ona so’zi bilan yonma- yon keladi. Bu shunchaki sifat, odatiy majoz emas. Ona – Vatan timsolida biz jamiyatimiz tabiatini, mehribonlik va muvofiqlik poydevoriga qurilgan tuzumimiz xislatini ko’ramiz. O’zbekistonning mustaqilligi tufayli Vatan tarixi moddiy va ma’naviy merosga aylandi. Okean ortidagi mamlakatni birinchi bo’lib kashf etgan Abu Rayhon Beruniy, ne- ne sarkardalar tig’ kuchi bilan ololmagan joylarni qalam kuchi bilan zabt etgan Alisher Navoiy, tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali Ibn Sino, buyuk matematik al –Xorazmiy, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahon axliga mashhur bo’lgan ma’rifatli o’zbek millatining qalbi, aqli, xulqi, bilimi, tili, sarkardorligi bilan hurmat topgan yurtdoshlarimizni butun dunyo biladi,ularga ham Vatan ona o’rnida ona, ota o’rnida ota bo’lgan. SHuning uchun xam ona zamin ona –Vatan, ona yer kabi tushunchalar hayotimizga, ongimizga singib ketgan. Necha yuz yillardan buyon ne –ne ulug’ farzandlarni o’z quchog’iga olgan ona Yer, ajdodlarmizga onalik qilgan. Ha, u ota- bobolarmizning onasi bo’lgan. U bizning onamiz va kelajak avlodning onasi bo’lajak. Vatan sog’inchi, Vatan haqidagi falsafiy fikrlar sharq mutafakkirlaridan biri bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyotida ham ilgari surilgan.U o’z Vatanini tashlab ketgan va begona yurtlarda yurganida doimo vatanini qo’msagan. Toli’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi, O’z yerni qo’yib Xind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. Bu baytda Vatan diydori sog’inchidagi komil qalbning ruh mushtoqligi ko’rsatilgan. Odam Vatan bilan birlikka erishsa, u nafaqat o’z elining balki, olamning ehtiromiga sazovor bo’ladi. Bunday kishini esa xalq tushunadi, dunyo taniydi. Vatan qalbi beg’ubor olam, uni asrab –avaylash har birimizning muqaddas ishimizdir. Vatan! Ne- ne aziz insonlar voyaga yetgan, uning porloq istiqboli, fazlu –komili uchun jon fido etgan zamin. El borki, Vatan bor – Vatan borki, el bor. Elsiz Vatan – biyobon. Vatansiz el – darbadar. SHuning uchun qadimda elim deb Vatanni e’zozlaganlar.

8.O’quvchilarni tarbiya darslarida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shakllari, vositalari va usullari haqida.Yosh avlodni tarbiyalash ko'p qirrali jarayondir. Ta'limning ustuvor yo'nalishlari bolalarning jismoniy va axloqiy salomatligi; intellektual rivojlanish; shaxsiyat madaniyati va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish; fuqarolik va vatanparvarlik ta'limi; estetik va mehnat ta'limi; maktab o'quvchilarining hayot rejalarini shakllantirish, oilaviy hayotga tayyorgarlik va boshqalar. Pedagogik vazifalarni bajarish uchun maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning turli shakllari qo'llaniladi: Maktabdan tashqari mashg'ulotlarda vatanparvarlik ta'limi turli shakllarni o'z ichiga oladi: Sinf soati Ota onalar majlisi Har qanday maktabda bolalarning darsdan tashqari mashg'ulotlarini, shu jumladan bo'sh vaqtlarini tashkil etish o'qituvchilar uchun juda muhim faoliyat sohasi bo'lib kelgan va bo'lib qoladi. Bolalarga darslardan tashqari darslar, ular bilan ko'proq yoki kamroq erkin muhitda muloqot qilish ularning rivojlanishi va o'qishi uchun juda zarur va ko'pincha muhimdir. Ular o'qituvchining o'zi uchun juda muhimdir, chunki ular bolalar bilan yaqinroq tanishishga, yaxshi tanishishga va yaxshi munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi, o'qituvchilarning talabalar uchun kutilmagan va jozibador bo'lgan shaxsiy xususiyatlarini ochib beradi va nihoyat ularga quvonchli birliklarni, qo'shma tajribalarni, insoniy yaqinlikni boshdan kechirishga imkon beradi, bu ko'pincha. hayot uchun o'qituvchi va talaba do'stlari. Bu o'qituvchiga uning ishiga bo'lgan ehtiyoj, uning ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligini his qiladi. Скрыть рекламу: Не интересуюсь этой темой Товар куплен или услуга найдена Нарушает закон или спам Мешает просмотру контента Спасибо, объявление скрыто. Bolalar bilan maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning shakli maktabda nisbatan erkin faoliyatni tashkil etishning aniq usuli, kattalar uchun pedagogik jihatdan mos keladigan rahbarlik bilan belgilanishi mumkin. Ta'lim amaliyotida mehnatning xilma-xil shakllari mavjud, ularni tasniflash qiyin. Shu bilan birga, biz tarbiyaviy ishning ustun va asosiy tarkibiy qismini ta'kidlab, tarbiyaviy ish shakllarini soddalashtirishga harakat qilamiz. Aytishimiz mumkinki, bizning matn terishimizning asosi ta'lim ta'sirining asosiy vositasi bo'lib, biz beshni aniqladik: so'z, tajriba, faoliyat, o'yin, psixologik mashqlar. Boshlang'ich maktab o'quvchilarida vatanparvarlik asoslarini o'rgatish uchun o'qituvchilar foydalanadilar turli shakllar va ta'lim usullari. Ammo ahamiyatli ta'lim shakli bu o'yin. Yosh talabalar o'yinlari oddiygina xatti-harakatlarning ijtimoiy shakllariga taqlid qilishga qaratilgan. Bir tomondan, bolaning biologik tabiati o'yinda namoyon bo'ladi, boshqa tomondan - ijtimoiy moslashishga tayyorlik. O'yinda kattalar hayotidan xulq-atvor normalari o'qitiladi, o'zlari uchun qadriyatlar ishlab chiqiladi. MB ma'lumotlariga ko'ra Elkonin, o'yinda bola inson faoliyatining yuqori shakllari, insoniy munosabatlar qoidalari rivojlangan dunyoga kiradi va o'yin axloqiy manba bo'lib qoladi.

9.“Vatanparvarlik” tushunchasiga ta’rif bering ? Vatanparvarlik tuyg’usi kishining o’z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o’tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san’atiga bo’lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Qadim zamonlardan buyon xalqning o’z Vataniga muhabbati qo’shiqlarda, ertaklarda va sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida tarannum etib kelinadi. Vatanga muhabbat tuyg’usi insonlarni har doim mehnat qahramonligiga, xalqning baxt- saodati uchun kurashga undaydi. Vatanparvarlik – tug’ma tuyg’u emas. SHuning uchun ham boshlang’ich sinflarda bu tuyg’uni tarbiyalashga muhim o’rin berilgan. Vatan haqidagi boshlang’ich bilimlar bolalarda ularning hayotiy tajribalari zaminida, tevarak- atrofdagi hayot to’g’risidagi muayyan tasavvurlari asosida hosil bo’ladi. Vatan - har bir kishida o’z uyiga, tug’ilib o’sgan yurtiga, eng yaqin kishilari ota- ona, aka- uka, opa- singillariga bo’lgan munosabatida aks etadi.Ona – Vatan shunday tushunchaki, u kishi qalbida hech qachon o’zgarmaydi. Vatanga muhabbat tuyg’usi ona suti bilan qonga kiradi. Bu aziz tuyg’uni ona allasi parvarish etadi, voyaga yetkazadi. Inson o’z Vatanida kamol topadi. Qadrlanadi. Hayot maktabini o’taydi. Farovonlik va baxt – saodatga erishadi. Ayniqsa, mustaqillik tufayli O’zbekistonning shon- shuhrati, moddiy va ma’naviy boyligi butun jahonga taraldi. O’zbekiston 100 dan ortiq G’arb va SHarq mamlakatlari bilan iqtisodiy, ma’naviy jihatdan aloqalar o’rnatdi. Vatanimiz o’z bayrog’i, gerbi, madhiyasi, kontitutsiyasiga ega. Jahon bo’ylab xilpirab turgan O’zbekiston bayrog’ida xalqimizning ruhi, g’urur- iftixori, qudrati, orzu- intilishlari mujassamlashgan. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan 7 sessiyasida 1991 yil, 18 noyabrь kuni tasdiqlangan. Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan – milliy bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy- madaniy an’analarini o’zaro mujassamlashtiradi. Vatan so’zi hamisha ona so’zi bilan yonma- yon keladi. Bu shunchaki sifat, odatiy majoz emas. Ona – Vatan timsolida biz jamiyatimiz tabiatini, mehribonlik va muvofiqlik poydevoriga qurilgan tuzumimiz xislatini ko’ramiz. O’zbekistonning mustaqilligi tufayli Vatan tarixi moddiy va ma’naviy merosga aylandi. Okean ortidagi mamlakatni birinchi bo’lib kashf etgan Abu Rayhon Beruniy, ne- ne sarkardalar tig’ kuchi bilan ololmagan joylarni qalam kuchi bilan zabt etgan Alisher Navoiy, tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali Ibn Sino, buyuk matematik al –Xorazmiy, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahon axliga mashhur bo’lgan ma’rifatli o’zbek millatining qalbi, aqli, xulqi, bilimi, tili, sarkardorligi bilan hurmat topgan yurtdoshlarimizni butun dunyo biladi,ularga ham Vatan ona o’rnida ona, ota o’rnida ota bo’lgan. SHuning uchun xam ona zamin ona –Vatan, ona yer kabi tushunchalar hayotimizga, ongimizga singib ketgan. Necha yuz yillardan buyon ne –ne ulug’ farzandlarni o’z quchog’iga olgan ona Yer, ajdodlarmizga onalik qilgan. Ha, u ota- bobolarmizning onasi bo’lgan. U bizning onamiz va kelajak avlodning onasi bo’lajak. Vatan sog’inchi, Vatan haqidagi falsafiy fikrlar sharq mutafakkirlaridan biri bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyotida ham ilgari surilgan.

10.Bizga azaldan tarbiya vositasi bo’lib kelgan asarlar haqida malumot bering.Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.

Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi.

Shuningdek, o’tmishda diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-Buxoriy, Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir.

“Bizga tarixdan ma’lumki, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim”,6 - degan g’oyani ilgari surgan edilar. Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor beradilar.

Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.



Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarni ko’rish mumkin.

11.Tarbiya jarayonida bolalarga ta’lim berishning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering ?1.Yosh avlodni tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, keraqli shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql xis-tuyg’ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo’lgan jarayonlar yig’indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog’lanishlarda, munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo’lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o’quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, ko’rish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to’g’ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ortiqcha toliqtirish bo’lmasligi yo’llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to’g’risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish ro’y beradi, shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir.

12.Qaysi asar o’zbek xalqining oila tarbiyasini amalga oshirishda yordam beradigan qo’llanmalardan biri hisoblanadi?Фитратнинг “Оила” асари том маънода ёш авлод учун ҳаётий қўлланма бўлувчи тарбиявий асардир. Лекин унда педагогик-дидактик услуб эмас, жанговар чорлов услуби устун. Фитрат учун юксак ахлоқийлик эрк ва эрксеварлик билан мустаҳкам боғлиқ. Туркистон ва туркистонликни озод кўриш, яъни миллий мустақиллик мафкураси китобнинг руҳига сингдириб юборилган. Уни ўқиган киши нафақат ахлоқий фазилатлар нималардан иборат ва уларга қандай эришиш кераклигини, балки миллий озодлик, шахсий эркинлик нима-ю, уни қандай қилиб қўлга киритиш мумкинлигини англаб олади.

«Оила» асарида оилавий хаётнинг ислоҳотидан баҳс юритилиб, адиб нажот йўлларини ахтаради. Фитратнинг оилага нисбатан қарашлари заминини Қуръонда шу масала бўйича олға сурилган фикр ва ғоялар ташкил этади. Шунинг учун хам бу китоб ўз вақтида тараққийпарвар ёшлар томонидан самимий қарши олинган. Оила асосини тўғри қурмасдан ва ёш авлодни тўлақонли тўғри йўлда тарбияламасдан туриб, жамиятни ислоҳ қилиш, унинг ривожини тарққиёт сари йўналтириш мумкин эмас. Охир оқибатда миллат тақдири унинг оиласининг холатига боғлиқ. Бу ғоя Фитрат асарида ўз ифодасини топган: “Хар бир миллатнинг саодати ва иззати албатта шу халқнинг ички интизоми ва тотувлигига боғлиқ. Тинчлик ва тотувлик анашу миллат оилаларининг интизомига таянади. Қайерда оила муносабати кучли интизомга таянса, мамлакат ва миллат хам шунча кучли ва муаззам бўлади.” Оила, Фитратниннг талқинида, уч муҳим компонентдан иборат:

1)Эр.


2)Хотин.

3)Фарзандлар.

13.Oiladagi tarbiya imkoniyati va pedagogik ma’daniyat haqida tushuncha bering ?Kasbiy pedagogik madaniyat - bu pedagogik kasbga ega bo'lgan, uning umumiy madaniyatini loyihalashtiradigan o'qituvchi shaxsining ajralmas sifati. Bu ustozning yuqori professionalligi va ichki xususiyatlarining sintezi, o'qitish usullarining mohirligi va madaniy va ijodiy qobiliyatlarning mavjudligi. Bu insoniyat tomonidan to'plangan tajribani ijodiy o'zlashtirish va o'zgartirishning o'lchovidir. Pedagogik madaniyatga ega, pedagogik tafakkur va ong yaxshi rivojlangan, ijodiy salohiyatga ega bo'lgan o'qituvchi.

1. Madaniyat pedagogik fikrlash- ham pedagogik, ham ijtimoiy voqelikni chuqur nazariy tushunishga asoslangan. Bu pedagogik jarayonni rivojlantirish tamoyillari, kasbiy faoliyat natijalarini oldindan bilishdir. Pedagogik fikrlashning xususiyatlari: moslashuvchanlik, muqobillik, ijodkorlik.«Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va totuv boisi, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikqa erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik huqm suradi. Oila farovonligi milliy farovonlik asosidir».

I.A.Karimov

Oila jamiyat ijtimoiy tuzumining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lib, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila-muraqqab ijtimoiy guruh. U biologiq, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga qyeladi, shu sababli oilalar birlashib, jamiyatni tashqil etadi.

«Oila-qishilarning qon-qarindoshlik, mulq va manfaat umumiyligi va talab-yehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo'lgan majmua. Ya'ni miqroijtimoiy tuzilmadir», - deb ta'qidlaydi O‘zbekistonlik olim A. O‘lmasov.

Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta'sirini qo‘rsatganideq, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta'sirini qo‘rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan, uning mutsahqamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma'naviy va jismoniy yetuq avlodni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy qasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozim.



14.Tarbiya darslari orqali bolalarning ongiga nimalar singdiriladi?1.Yosh avlodni tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, keraqli shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql xis-tuyg’ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo’lgan jarayonlar yig’indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog’lanishlarda, munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo’lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o’quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, ko’rish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to’g’ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ortiqcha toliqtirish bo’lmasligi yo’llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to’g’risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish ro’y beradi, shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir.

15.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda sog’lom muhit ustuvorligiga qaysi tamoyilda keltirilgan ?Insonning ma'naviy jihatdan kamol topishiga oila muhim rol o’ynaydi, chunki oila ikki muhim vazifani bajaradi –farzandlarni dunyoga kеltirish hamda ularga to’g’ri tarbiya bеrish.

Ota-onalar bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab unga sog’lom o’sish, rivojlanish va xulqini shakllanishiga yordam bеruvchi ijobiy odatlarni tarbiyalash, ularga axloq madaniyatini shakllantirish, ularga umumiy qoidalarni tushuntirib bеrish jumladan, uyda, bolalar bog’chasida, maktabda, ko’chada, jamiyat joylarida qanday tutish kеrakligi haqida aytib o’tishi shart. O’zidan katta va tеngdoshi bilan muomala madaniyatini o’rgatish, kattalarni hurmat qilish, ular bilan sizlab gapirish kеrakligi haqida aytishsa foydadan xoli bo’lmaydi.

Oilada o’g’il farzand voyaga еtgandan kеyin har bir ota o’z bolasiga erkakning vazifasi nimadan iborat bo’lishi ya'ni oilani ma'naviy, iqtisodiy qo’llab quvvatlash, ayoli va farzandlarining tashvishlariga shеrik bo’lish, oila mabodo xavf-xatarga yo’liqsa qalqon bo’la olish va umuman oila a'zolariga g’amxo’r bo’la olishni tushuntirib bеrishi lozim.

Agar oilada qiz voyaga etsa onasi unga ayolning vazifasi nimadan iborat ekanligini ya'ni oilada farzand tarbiyasi bilan shug’ullanishi, ularni oq yuvib, oq tarashi, erkakning olib kеlgan oziq-ovqatlarini pishirishi, mеhmon kutish va еng muhimi er va bolalarini ishga va o’qishga kuzatish, kutib olishni hayotiy misollar bilan aytib bеrsa nur ustiga nur bo’ladi. Oilada qat'iy intizom va kun tartibining bo’lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.

Farzandlarning bilim olishdagi yutug’i, axloqi, sog’lig’ darajasi ko’p jihatdan oilada qaror toptirilgan rеjimiga bog’liq.

Ota-onalar o’zlari ham ana shu tartibga amal qilib, namuna bo’lishlari zarur.

Oilada ota-onalar o’rtasidagi o’zaro samimiyat, hamjihatlik, mеhru oqibat, o’zaro hurmat, shirinsuxanlik, bir-biriga g’amxo’rlik qilish kabi munosabatlar farzand tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.

Ota-ona har narsadan urush-janjal chiqarib, farzandlari oldida bir-birini so’kib, qarg’ab hurmatsizlik qilsa, bu farzandlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko’rsatishi aniq, kеyin ,,Qush uyasida ko’rganini qiladi”-dеgan maqolni ham esdan chiharmaslik lozim. Donolarimiz bеkorga aytishmagan: “Bir kun janjal bo’lgan uydan qirq kun baraka, xayr kеtadi”. Oilaviy janjallar xonadon muhitini buzadi.

Yana muhim vazifa ota-onalar bosh tarbiyachilar sifatida va farzandlariga avlodlarimiz tarixi, ularning qahramonligi, jamiyatdagi obro’-e'tibori haqida ehtiros bilan gapirib bеrmog’i va shu asosda yoshlarda Vatan tuyg’usini uyg’otishi lozimdir.

16. Tarbiya darslari orqali odob va axloq malakasini singdirish va bolalarga yoshlikdan komillikka intilish his-tuyg’ularini shakllantirish uchun qanday tamoyillarga amal qilnishi nazarda tutiladi?

17.1-sinf “Tarbiya” darsligi qaysi mavzu bilan boshlanadi?Vatan ishonchi.

18. 2-sinf “Tarbiya” darsligi qaysi mavzu bilan boshlanadi? Olamni mahliyo aylagan diyor.

19.Tarbiya fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1 — 9-sinflarda — 2020/2021 o‘quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

20.O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilindi?O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI




Download 43,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish