[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1 — 9-sinflarda — 2020/2021 o‘quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.
2. Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
“Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil 10-iyulga qadar 2020/2021 o‘quv yiliga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1 — 9-sinflari uchun hamda 1-dekabrga qadar 2021/2022 o‘quv yiliga 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirsin;
2020-yil 15-iyulga qadar 1 — 9-sinflar hamda 2021-yil 1-mayga qadar 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etish bo‘yicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narxlar asosida davlat va xususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzsin;
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etsin va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlasin;
2020-yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar “Tarbiya” fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida “Tarbiya” fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
malaka oshirish kurslari davomida “Tarbiya” fanidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik majmualarning umumiy narxiga kiritiladi;
“Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
o‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi:
2020 — 2023-yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining “Boshlang‘ich ta’lim”, “Tarix” (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Pedagogika va psixologiya”, “Dinshunoslik” va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)”, “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish uchun kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yo‘nalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-iyul,
422-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh
TARKIBI
1.
|
Sh. Shermatov
|
—
|
xalq ta’limi vaziri, guruh rahbari
|
2.
|
D. Kenjayev
|
—
|
xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari
|
3.
|
|