Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar necha bosqichda amalga oshiriladi?



Download 19,63 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi19,63 Kb.
#191643
Bog'liq
AMALIY MASHGULOT 6


  1. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar necha bosqichda amalga oshiriladi?

Sinfdan tashqari ishlar bosqichlari:

1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STI mashg'uloti" deb yuritiladi.

2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri

keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.

3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilaming o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi.

Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari ishlar tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o'quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to'rtinchidan, o'quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi.

2.“So’z” mavzusi o’tilayotganda nimalarga e’tibor qaratish zarur?

Nutqimizning aniq, ravon, mantiqiy bo‘lishida so‘z-leksemasining o‘rni beqiyos. Uni o‘quchilarga o‘rgatishning o‘ziga xos prinsplari mavjud.

-leksik-grammatik prinsp: nomidan ma’lumki so‘zlarning leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi qiyoslanadi. Bunda leksik ma’no nima, grammatik ma’no nima degan savolga javob tayyor bo‘lish kerak. Leksik ma’no so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi, ya’ni biror narsa, predmet, belgi, xususiyat kabilarni anglatgan ma’nosi bo‘lsa, grammatik ma’no so‘z (leksika)ning grammatika ixtiyoriga o‘tgandan keyingi ma’nosi: “o‘rik”ning mevaligi predmetni ifodalashi bo‘lsa, turdosh ot, bosh kelishikdagi birlik sondagi otligi grammatik ma’nosidir. Bundan leksemalar ham leksik, ham grammatik ma’nolarga ega bo‘lgan til birliklaridir degan xulosa chiqadi;

-kontekstli prinsp. Bu prinspga ko‘ra so‘z (leksema)ning ma’nosi kontekst (matn)da qaraladi. Kontekst so‘zlarni boshqa ma’nolardan tozalaydi. So‘zda bir necha ma’no bo‘lishi mumkin. Lekin u matnda bitta ma’nosi bilan qatnashadi. Sintagmatik aloqa vositasini o‘taydi (sintagma –bir yoki bir nechta so‘zdan iborat sintagmatik intanatsion mazmuniy nutq birligi). Demak bu o‘rinda so‘z

(leksema)ga nutq birligi sifatida qaraladi.

-leksik–sintaktik prinsp. Bunda ham so‘zning nutq jarayonida bajaradigan vazifasi nazarda tutiladi, ya’ni so‘z bilan so‘z birikmasini qiyoslash nazarda tutiladi: qalam –qizil qalam. Qalam so‘zi nutq sharoitiga qarab boshqa so‘zlar bilan birikib so‘z birikmasi hosil qiladi. So‘z (leksema)ning ma’nosi yanada konkretlashmoqda.

So‘zning bunday prinsplar asosida tushuntirilishi o‘quvchilarga so‘z mohiyatini, nutqdagi o‘rnini yanada chuqurroq anglash imkoniyatini beradi.

Tilshunoslikning bu bo‘limini o‘qitishning asosiy maqsadi ham yuqoridagi tahlil asosida yuzaga chiqadi, ya’ni so‘z va tushunchalarning o‘zaro munosabati, so‘zlarning ma’no tiplari, so‘z ma’nolarining ifodalanish yo‘llarini o‘rgatishdir.

Har qanday bo‘limni o‘qitishda maqsad qilib uni o‘quvchilarga o‘rgatishning eng asosiy tomonlari olinsa ana shu maqsadni detallashtirilgan holda ro‘yobga chiqarish uning vazifasini belgilaydi, ya’ni bu bo‘limning asosiy vazifasi so‘z ma’nolarining taraqqiyoti, ko‘p ma’nolikning hosil bo‘lishi, lug‘at tarkibining grammatik qurilish bilan bog‘liqligi, so‘zning grammatika ixtiyoriga o‘tgandan keyin o‘zgarish sabablari, iboralar va ularning shakllanishini o‘rganishdir.

Vazifa qilib belgilangan har bir tushuncha atroflicha tahlil qilinadi. Masalan, so‘zlarning grammatika ixtiyoriga o‘tgandan keyin o‘zgarish sabablari deyilganida so‘zning grammatik jihatdan o‘zgarishi nazarda tutiladi: Maydondagi chiroyli gullardan terdik gapidagi maydondagi, gullardan, terdik so‘zlari maydon, gul, ter –shakllarida mavjud. Ularning gap tarkibida nima sababdan o‘zgargan holda ishtirok etishi tushuntiriladi va h.k.



Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarni, iboralarni o‘tish metodikasi.

O‘quvchilarga, avvalo, so‘zning lug‘aviy ma’nosi haqida tushuncha beriladi: so‘zlarning biror predmet, belgi, harakat va boshqalarni anglatishi uning lug‘aviy ma’nosi sanaladi. Lekin so‘zlarning hammasi bir ma’noli yoki bir necha ma’noli bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Shu xususiyatlarga ko‘ra so‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noliga ajratiladi. Agarda so‘zning anglatadigan ma’nosi birdan ortiq bo‘lsa ko‘p ma’noli sanaladi. Buni tushuntirish uchun har bir so‘zning biror lug‘aviy ma’noga ega bo‘lishi aytiladi: odam, bola, farzand, o‘g‘il, qiz so‘zlari umuman insonga xos so‘zlar bo‘lsa-da, ular bir-biridan farqli, boshqa-boshqa ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun ham ularning har birini alohida so‘z deymiz. Ko‘p ma’noli so‘zlar bir necha ma’noni anglatsa-da, ular bir so‘z sanaladi, chunki, birinchidan, bir shaklga ega, ikkinchidan, bosh –asosiy ma’nodan boshqa ma’nolari yuzaga kelgan. Masalan, ko‘z so‘zi anglatgan ma’nolar.



3.Boshlang’ich sinflarda “Gap” mavzusi o’tilayotganda e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan jihatlar.

1-sinfda sintaksis bo`limiga oid birgina ―Gap‖ mavzusi beriladi va ushbu mavzuni o‘rganish uchun rejaga ko‘ra 8 sinf soati ajratiladi. Mazkur darslikda quyidagi qoidalar beriladi: Gap so‗zlardan tuziladi. Gapning birinchi so‗zi bosh harf bilan boshlanadi.Xabar mazmunidagi gapning oxi- riga nuqta (.) qo‗yiladi, so‗roq mazmunidagi gapning oxiriga so‗- roq bel gisi (?) qo‗yiladi, hishayajon mazmunidagi gapning oxiriga undov belgisi (!) qo‗yiladi. [3, 82-92] Yuqoridagilardan anglashiladiki, o‘quvchilar birinchi sinfdayoq, gap haqida ilk tasavvurga ega bo‘ladilar, har bir gap bir necha so‘zlardan iborat bo‘lishi va har doim bosh harf bilan yozilishi hamda uning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. 2-sinf Ona tili darsligida esa ―Sintaksis‖ bo`limiga oid 3 ta mavzu beriladi. Ular:  Gap va so`z;  Gap;  Gapning asosi. Gapda so`zlarning bog`lanishi. Yuqoridagi mavzularni o‘rganish uchun esa 10 soat ajratiladi. Darslikda, shuningdek, quyidagi qoidalar keltirib o‘tiladi: Gapning birinchi so‗zi bosh harf bilan boshlanadi. Gapning oxiriga nuqta (.), so‗roq belgisi (?) yoki undov belgisi (!) qo‗yiladi. Masalan: Biz anhorda cho‗mildik. Sen suzishni bilasanmi? Cho‗milish qanday maza! Gap tugallangan fikrni bildiradi. Gap so‗zlardan tuziladi. Gapning birinchi so‗zi bosh harf bilan boshlanadi. Yaxshidan bog‗ qoladi. Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta qo‗yiladi. Gap so‗rash mazmunini bildirsa, oxiriga so‗roq belgisi qo‗yiladi. Gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxiriga undov belgisi qo‗yiladi. Gap kim (kimlar) yoki nima (nimalar)haqida aytiladi va ular haqida fikr bildiradi. (Kim?) Shifokor bemorlarni (nima qiladi?) davolaydi. (Nima?) Oltin o‗tda (nima qiladi?) bilinadi. Gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‗z bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan so‗z gapning asosiy mazmunini bildiradi. Bu — gapning asosi bo‗ladi. So‗zlar mazmun jihatidan o‗zaro bog‗lanib, gap hosil qiladi. [4, Yuqoridagilardan anglashiladiki, ikkinchi sinda o‘quvchilar quyi sinfda olgan bilimlarini yana-da mustahkamlaydi. Xususan, 1-sinfda gap haqidagi ilk tushunchalar shakjllantiriladi, bundan tashqari gaplar oxiriga qo`yiladigan tinish belgilari haqida ilk tushunchalar beriladi. Mashqlarda berilgan gaplar orqali o‘quvchilarda gapning ega va kesimini topishga ko‘nikma hosil qilinadi. Mashqlarda asosan tinish belgilarini qo`yilishi yoki qo`yilgan tinish belgilar nima uchun shunday qo`yilgani haqida tushunchalar beriladi. 2-sinfda esa gap eng asosiy tushuncha sifatida beriladi. O‘quvchilar 1-sinfda olgan bilimlarni mustahkamlaydilar. Bu jarayonda ng asosiy e`tibor gapning asosini topish va gap kim yoki nima haqida aytilganiga e‘tibor qaratish hamda ularni tegishlicha belgilashga qaratilgandir. Shuningdek, o`quvchilar 1-sinfda ―Gap‖ mavzusi orqali gaplarni ohang yordamida chegaralash va gap oxiriga qo`yilishi kerak bo`lgan tinish belgilarini o`rgansalar, 2-sinfda shu manbalarga qo`shimcha ravishda gapning asosi, gapda so`zlarning bog`lanishi va gapda kimlar? yoki nimalar? so`rog`iga javob beruvchi so`zlarni va harakatni bildirgan so`zlarni savollar yordamida aniqlashni o`rganadilar. Bu orqali oi‘quvchilarda gapning bosh bo‘laklarini kuzatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me‘yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so'z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. Dasturga ko'ra, 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma‘lum tinish belgilari qo'yilishi haqida amaliy ma‘lumotlar beriladi. 2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga Aslida gap ning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo'laklarni o'rganishga muqaddima bo'ladi.
Download 19,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish