Darsni yakunlash. O`qituvchi darsni yakunlaydi: «Darsda nima bilan shug`ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?» O`quvchilar bilan birgalikda yangi qoida takrorlanadi.
O`quvchilarni jalb qilish. Bahoni birgalikda qo`yish, o`quvchining o`ziga o`zi beradigan bahosidan foydalanish mumkin. Qo`yilgan baho o`quvchining o`ziga berilgan bahosi bilan bir xil bo`lganda eng yuqori samaraga erishiladi.
Ko`rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o`quvchilarni faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o`quv materialini mustahkam o`zlashtirishni ta’minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko`rgazmalilik va ko`rgazma manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida manbalarning aynan o`zini ko`rsatish imkoniyati bo`lsa, matematikada esa abstrakt xarakterga ega, bo`layotgan hodisaning o`zini aynan ko`rsata olish imkoni kam.
Masalan, matematika o`qitishning birinchi bosqichlarida to`plam elementlari bilan doimo mulohaza qilishga to`g`ri keladi. Lekin bu ko`rgazmalilikning roli sekinlik bilan kamaya borib, uning o`rnini simvollar (raqam, belgi) egallay boshlaydi. Masalalarni yechishda esa ko`rgazma sifatida narsalar va ularning tasvirlari qo`llaniladi.
O`qitishning ko`rgazmalilik metodlarini qo`llash Komenskiyning “Buyuk didaktika”sidayoq o`z asosini topgan ko`rgazmalilikning didaktik tamoyillaridan kelib chiqadi, yani “…o`quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo`lgan narsalarni albatta sezgilar vositasi bilan ya`ni ko`rish mumkin bo`lgan narsalarni ko`z bilan ko`rib, eshitish mumkin bo`lgan narsalarni quloq bilan eshitib, ushlab bilish mumkin bo`lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak”.1
Ko`rgazma samarali bo`lishi uchun ba’zi bir talablarga rioya qilishi kerak. Ko`rgazmali qurollarga qo`yiladigan umumiy talablar mazmunining ilmiyligi, o`quv dasturiga mosligi, o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo`lishi. Yasalishi va ichki ko`rinishining ko`rish masofasiga mosligi, bajarilishning tozaligi, foydalanish qulayligi, matematikani tushuntirishga foydaliligi. Matematika o’qitishdagi ko`rgazma manbalari mazmun jihatdan sodda va aniq bo`lishi kerak. Bu ko`rgazma
talablarini bajarish uchun zaruriy sharoit yaratilgan bo`lishi kerak. Masalan, bunday murakkab masalaning yechilishi darsliklarning tarkibiy tuzilishiga bo`ysunishi kerak.
Kundalik turmush bilan bog`liq misollar yechish asosida o`quvchi matematik bilimlar shunchaki o`zlashtiriladigan bilimlar emas balki hayotiy zaruriyat sifatida o`zlashtirilishi lozimligi to`g`risida xulosa qiladilar.
Odatda darsda bir necha didakik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni o`tish; o`tilgan materialni mustahkamlash; bilmilarni mustahkamlash; bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustahkam o`quv va malakalar hosil qilish va hokazo.
Matematika darslarining o`ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu-o`quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko`rgazmali vositalar, o`qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash,o`quvchilarning faolligi, sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi, kabilarga ham bog`liq.
Boshlang`ich matematika o`qitishda samaradorlikning zaruriy va muhim sharti o`quvchilarning o`rganilayotgan materialni o`zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan.
Boshlang`ich maktab matematika o`qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o`quvchilardan individual yozma va so`rov o`tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba`zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doirdagi masalalarining o`zlashtirilishini nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang`ich sinf matematika kursining asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo`ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda o`qitish xaraktenidagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun mateiriallar ko`proqdir.
O`qituvchining o`quvchilarga tasiri tarkiban ushbu birliklardan iborat: o`qituvchining ta`lim maqsadini bolalarga anglatish uchun yo`nalgan hatti harakatlari; o`qituvchining ta`lim maqsadini amalga oshirish sohasidagi intilishlari; o`qituvchining ta`lim natijasini tahlil etishga doir ishlari.1
G’oyasiga ko`ra o`quvchining ma`lum mavzu bo`yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o`quvchining bu mavzuni faqat o`zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to`la aniqlangan darajada o`zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Matematika o`qitish metodikasida «o`quv materialini o`zlashtirish darajasi » tushunchasining mazmuni to`la ochib berilmagan. Amaliyotda o`qituvchilar ko`pincha biror topshiriqning biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb atadilar. Bundan tashqari didaktik materiallar qanchalik san`atkorona tuzilgan bo`lmasin, ularning mazmunini va tuzilishida qancha sermahsul va chuqur g`oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni juda tez hal etishga qodir emas. Shunday qilib didakttik materiallarni o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga mazkur usulning mazkur sinf, mazkur o`qituvchi uchun eng yaxshi usul bo`lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o`qituvchini o`quvchilarning bilim va uquvlarni o`zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun ishlar matnini tuzishdan xalos eta olmaydi.
Shunday qilib o`zlashtirish darajasi tushunchasini tahlil etish va uning mazmunini aniqlashtirish zarurati yuzaga keladi. Buning uchun quyidagi tasnifdan foydalnamiz.Unga muvofiq ravishda o`zlashtirishning uchta darajasi qaraladi:
-asliday qaytarish (tiklash, takrorlash)
-tushunish,
-ko`chirish
Asliday tiklash darajasi o`quvchi bilimlarining ushbu holatiga mos keladi: u mazkur mavzu mazmunini ochib beradigan mashq topshiriqlariga o`xshash topshiriqlarni bajara oladi. Bu topshiriqlarni bajarish uchun ma`lum qoida, algoritm, tarifni bilish kifoya. Ular o`quvchidan dasturning boshqa bo`limlarini o`rganishda o`zlashtirilgan mustaqil bilim va kombinatsiyalash, birgalikda foydalanishni talab etmaydi. Bunday masalalar standart masalalar deb ataladi.
Uning tushunish darajasi quyidagicha ifodalanadi:o`quvchi tekshirilayotgan bilimlarni bevosita qo`llanilishi mumkin bo`lmagan topshiriqlarni bajara oladi. Ulardan foydalanish uchun berilgan topshiriqlarni ilgari olingan bilim, uquv va malakalardan foydalanib standart ko`rinishga keltirish lozim. Bunday almashtirishlarni bajarish bilan o`quvchi tekshirilayotgan bilimlardan foydalanish uquvini oshkor qiladi, topshiriqda ifodalangan holatlarni va ularni keltirish lozim bo`lgan holatlardan farq qiladi.Ko`tariladilar. Ularda bevosita muhokama qilish, dalil keltirish holatlari isbotlashning shartli formasiga asoslanib fikr yuritishga o`tadi. Bolalar narsa va hodisalarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash paytida masala va savol qo`yishdan tashqari muammoni hal qilishga odatlana boshlaydilar1
Ko`chirish darajasi o`quvchining ushbu imkoniyatiga mos keladi, tekshirilayotgan bilimlardan standart holatda foydalanish, shu bilan birga uni standart ko`rinishga almashtirish, ilgari olingan bilimlarni odatdan tashqari kombinatsiyalash talab etiladi.
Boshlang`ich ta`limda davlat ta`lim standartlarini yaratish va amaliyotga joriy etishning zarurligi bugungi kunda ta`lim sohasi bilan mustahkam bog`langan ijtimoyi iqtisodiy, ma`naviy axloqiy munosabatlarda sodir bo`layotgan o`zgarishlar bilan asoslangan.
2-sinfda o`quvchilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |