Mantiqiy masalalar.
Boshlang’ich sinf o’quvchisida o’quv-biluv faoliyatining rivojlanishida ijodiy mazmundagi topshiriqlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shulardan biri mantiqiy masalalardir. Mantiqiy masalalarni yechish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanadi, mulohaza yuritish, xulosa chiqarish kabi xislatlar tarbiyalanadi.
10 metrli yog’ochni bir metrli teng bo’laklarga bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?
Agar songa yettini qo’shib, yig’gindini yettiga bo’lib, bo’linmadan yettini ayirib, ayirmani yettiga ko’paytirilsa, yetti hosil bo’ladi. Bu qanday son?
Soat sirtini shunday olti bo’lakka bo’lingki, har bir bo’lakdagi sonlar yg’indisi bir xil (o’zaro teng) bo’lsin.
2. Rebuslar, krossvordlar, ko’gazmali qurollar. Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish.
R e b u s
Do'stlaringiz bilan baham: |