M.Qodirova: ADU Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Roziqova Mohinur: BTSTI ta’lim yo’nalishi 203 guruh talabasi
ANNOTATSIYA: Dars tahlili maktabda o’quv tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biri sanaladi. O’qituvchi darsni kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi, darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkonini beradi.
АННОТАЦИЯ: Анализ урока является одной из важных форм руководства и контроля за учебным процессом в школе. Систематическое выполнение практики наблюдения и анализа урока учителем, дает возможность сравнить уроки и определить правилность допущенных ошибок.
ANNOTATION: Lesson is one of the most important forms of guidance and control over the educational process in the school. The systematic implementation of the practice of observation and analysis of the lesson by the teacher, makes it possible to compare the lessons and determine the correctness of the mistakes made.
KALIT SO’ZLAR: Dars, tahlil qilish, baholash, metodika, material, didaktika, pedagogik mahorat, amaliyot.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Урок анализ оценка методика материал дидактика педагогическое мастерство практика
KEY WORDS: Lesson, analysis, to evaluate, methodology, material, didactics, pedagogical skills, practice.
Har bir o’qituvchi va rahbar hodimlar belgilangan miqdorda o’zaro darslarni kuzatish, tajriba almashish maqsadida darslarni tahlil qilib kuzatishlari kerak bo’ladi. Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Quyida yoritilgan maqola o’qituvchi pedagoglarga qo’llanma sifatida ko’maklashadi.
“ Tahlil “ so’ziga to’xtalib o’tsak, bu terminga turlicha ta’rif va izoh keltirishimiz mumkin. Xususan , “Dars tahlili” biror narsa, ma’lumot va shu kabilarni ma’lum nuqta’i nazardan o’rganish hamda baholash desak maqsadga muvofiq bo’ladi. Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlarga baho beradilar, darsning mazmun mohiyati xususida yuzaki ma’lumot yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladiyu ammo ulardan nima maqsadda foydalanilgani, qanchalik samara berishi, vaqt taqsimotiga to’g’ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olgan olmaganligi kabi masalalar to’g’risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishga asos bo’ladi.
Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi. Dars tahlil qilishning ahamiyati nimada? Dars tahlili maktabda o’quv tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biri sanaladi. O’qituvchi darsni kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi, darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkonini beradi. Dars tahlili o’quv mashg’ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:
Ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
O’qituvchining pedagogic mahoratini oshirishga yordam berish;
Ilg’or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish;
O’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi;
O’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish;
Ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish.
Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik:
Dars kuzatishdan ko’zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish;
Kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish;
Dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash;
Kerakli materiallarni tayyorlash, o’qituvchi bilan suhbatlashish.
Darsning maqsadlarini tahlil qilishda:
O’quv fani va mavzuning o’ziga xos tomonlari, o’uvchilar Yoshi va bilim darajasi e’tiborag olingan holda ta’lim tarbiya maqsadining to’g’ri va asosli qo’yilganligi;
O’quvchilarning tayyorgarligi, o’rganilayotgan mavzu bo’yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o’rnini hisobga holda maqsad qo’yilishining to’g’riligi va asoslanganligi;
Dars asosiy g’oyasining to’g’ri qo’yilishiva o’quvchilarga maqsadning yetkazilishi, maqsadga erishish darajasi.
Dars tuzilmasi va dasrning tashkil qilinishini tahlil qilishda:
Dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;
Darsning turi, strukturasining puxta o’ylanganligi;
Dars bosqichlarining mantiqiy ketma –ketligi va bir biri bilan bog’liqligi;
Dars bosqichlari uchun vaqtning to’g’ri taqsimlanganligi;
O’qitish shaklining to’g’ri tanlanganligi;
Dars rejasining mavjudligi va uning o’quvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish;
Dars jihozlari, o’qituvchi va o’quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish.
Dars mazmunini tashkil qilishda:
Dars mazmuning DTS talablariga mosligi;
Materiallarning ishonchliligi, to’iqligi, tushunarliligi;
Bayon qilinayotgan materialning ilmiy darajasi;
Darsning tarbiyaviy yo’nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi;
Darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirish bilan bog’lash;
O’quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;
Yangi materialning asosiy g’oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish.
O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish:
Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o’quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi;
O’qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi;
O’qituvchining yordami. Yangi materialning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash.
Dars o’tish metodikasini tahlil qilish:
O’qitishning metod, vosita va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmuniga, dars maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi. O’qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to’g’ri qo’llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. O’qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik texnikasini baholash.
O’quvchilarning darsga intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish:
Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo’lgan qiziqishi. O’quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati.
O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilsih. O’quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsdaga muxofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o’quvchilar bilan yakka taribda ishlash. Umumiy va yakka ishlash faoliyatini birgalikda olib boorish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari.
O’qituvchining o’quvchi bilan muloqati.
Pedagogic etikasi, nutqi, ahloqiy va psixologik iqlimning tashkil etilishi.
O’quvchilar bilimini baholash:
O’quvchilarga berilgan bilim, ko’nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim berilishi. G’oya va materialning asosiy tomonlarini ko’rsata olishi, amaliy ko’nikmalarning egallanganlik darajasi.
Uy vazifasini tahlil qilish:
Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi. Sinfda bajarilgan ish bilan uyga berilgan vazifaning hajmi. Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy, takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish), uy vazifasini berishda o’qituvchining izohi
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, har qanday jarayon amalga oshirilishidan oldin maqsad va vazifalar to’liq tushunilgan holatda qo’yilsa, natijasi ijobiy va samarali bo’ladi. Shuningdek har bir dars kuzatuvchi darsni qay maqsadda va qanday usulda kuzatilishini oldindan bilishi va amal qilishi talab qilinadi.
Adabiyotlar ro`yxati:
S. Alixonov “ Matematika o`qitish metodikasi” Cho’lpon nomidagi nashriyoot matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2011 yil
www.Ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |