Boshlang’ich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana21.08.2021
Hajmi0,94 Mb.
#153031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
boshlangich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish

KIRISH 

 

 

Mavzuning  asoslanishi  va  uning  dolzarbligi:  Vatanimiz  mustaqillikka 

erishgach,  hayotimizning  barcha  jabhalarida  bo’lganidek,  xalq  ta’limi  sohasida 

ham  ulkan  vazifalar  belgilandi:  davr  talabiga  mos  ta’lim  tizimini  asoslash, 

ta’limning yangi konsepsiyasi, dastur, darsliklarini yaratish, maktablarning moddiy 

bazasini  yaxshilash,  xalqaro  me’yoriy  talablarga  javob  beradigan  binolar  qurib, 

ishga  tushirish;  ta’lim  jarayoniga  yangi  pedagogik  g’oyalarni  olib  kirish,  ta’limga 

texnologik  yondashish  yo’li  bilan  ta’lim  tarbiya  ishlarining  samaradorligini 

oshirish;  ta’lim  jarayoniga  amal  qiladigan  teskari  aloqani  butunlay  yangilash; 

o’quv-tarbiya 

jarayoniga 

zamonaviy 

texnikani 

olib 

kirish, 


ta’limni 

kompyuterlashtirish va hokazo. 

 

Keng qamrovli bu vazifalar jamiyatni iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, 



huquqiy,  ma’naviy  rivojlantirish  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  ularning  markazida 

inson  omili  yotadi.  Zotan,  mamlakatning  bundan  keyingi  taraqqiyoti,  obodligi, 

to’kin-sochinligi, qolaversa, davlatimizning uzluksiz rivojlanishi ham ko’p jihatdan 

yoshlarni qanday tarbiyalab, ta’lim berishimizga bog’liq.  

 

Yoshlarda mustaqil fikrlash layoqatini o’stirish ularni hur va ozod vatanning 



erkin  fuqarolari  qilib  tarbiyalash  ko’p  jihatdan  o’quvchilar  nazariy  va  amaliy 

tayyorgarligining sifatini yaxshilashga, buning uchun esa ta’lim jarayoniga axborot 

texnologiyalarni  tadbiq  qilish  hamda  ta’limni  kompyuterlashtirishga  bog’liq.  Bu 

muammoning  o’ta  muhimligini  uqtirib  I.A.Karimov  bunday  deb  yozgan  edi:  

“Taraqqiyot  taqdirini  ma’naviy  jihatdan  yetuk  odamlar  hal  qiladi.  Texnikaviy 

bilim,  murakkab  texnologiyani  egallash  qobiliyati  ma’naviy  barkamollik  bilan, 

mustaqil  tafakkur  bilan  birga  borishi  kerak.  Aqliy  zakovat  va  ruhiy-ma’naviy 

salohiyat-ma’rifatli insonning ikki qanotidir”

1

.  


 

Prezidentimizning  asarlari,  “Ta’lim  to’g’risida”  gi  Qonun,  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”da  o’quv-tarbiya  jarayoniga  ilg’or  pedagogik 

                                                 

1

 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar 3-jild – T.: O’zbekiston 1996, 34-bet 




 

texnologiyalarni  olib  kirish,  axborot  texnologiyalardan  keng  foydalanish  ta’limni 



kompyuterlashtirish uchun g’oyaviy, iqtisodiy, qonuniy shart sharoitlar yaratildi.  

 

Hozirgi  paytda  ta’limga  axborot  texnologiyalarini  jadal  tadbiq  etish,  ta’lim 



jarayonini  kompyuterlashtirish  yetakchi  pedagogik-metodik  g’oyaga  aylangan. 

Darhaqiqat,  2002-yil  30-mayda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

“Kompyuterlashtirishni  yanada  rivojlantirish  va  axborot  kommunikatsiya 

texnologiyalarini  joriy  etish  to’g’risida”gi  Farmoni,  ushbu  farmonni  amalga 

oshirish  yuzasidan  Vazirlar  Mahkamasining  2002-yil  6-iyundagi  “2002-2010 

yillarda  kompyuterlashtirish  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

rivojlantirish dasturi” to’g’risidagi qarori

2

 fikrimiz dalilidir. 



 

Bugungi kunda ta’lim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanishning 

masalasi  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida  o’z  o’rnini  topmoqda. 

Boshlang’ich  ta’limda  ham  kompyuter  topshiriqlarni  qo’llash  o’quvchi  mantiqiy 

tafakkuri rivojiga muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich ta’lim va uning 

rivoji  xususida  Prezidentimiz  I.A.Karimov  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida 

“Barkamol  avlod  -  O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori”  nomli  so’zlagan 

nutqlarida  batafsil  to’xtalib  tadqiqotchilar  oldiga  qator  muammolarni  qo’ydilar. 

Bular jumlasiga: 

 

-  boshlang’ich  sinflar  mohiyati  (“Zamonaviy  boshlang’ich  ta’limining  o’zi 



nimadan iborat bo’lishi kerak”); 

 

-  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  real  o’quv  imkoniyatlari  (“Norasida 



bolaning miyasi ongi nimani o’ziga singdira oladi”); 

 

-  shaxs  kamolotida  mustaqil  fikrlashning  o’rni  (”Bolalar  qaysi  sinfdan 



boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi”); 

 

-  ta’lim  subyektlari  –  o’qitish  va  o’qish  faoliyatining  o’zaro  munosabati 



(”O’qituvchi va o’quvchi munosabatida ongli intizom”);

 

 



-  bolalarni  mustaqil  fikrlashga  maxsus  o’rgatish  lozimligi  (”O’qituvchining 

bosh  vazifasi  o’quvchilarda  mustaqil  fikr  yuritish  ko’nikmalarini  hosil  qilishdan 

iborat...”). 

                                                 

2

 Xalq so’zi. 2002-yil 1-iyun №116(2944) 1-2-sahifa 




 

 



Prezidentimiz  o’quvchilarning  mustaqil  fikr  yuritishiga  alohida  to’xtalib 

quyidagi fikrni bildirdilar: ”Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson 

erkin  fikrlaydigan  qilib  tarbiyalanadi.  Agar  bolalar  erkin  fikrlashni  o’rganmasa, 

berilgan  ta’limning  samarasi  past  bo’lishi  muqarrar.  Albatta  bilim  kerak.  Ammo 

bilim o’z yo’liga mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”

3



 

O’quvchida  mustaqil  fikrlashga,  ijodkorlik  ruhida  tarbiyalashda  ijodiy 

mazmundagi o’quv topshiriqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish va tajribalar 

shuni  ko’rsatadiki  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  matematikadan  ijodiy 

mazmundagi  o’quv  topshiriqlarini  bajarishda  qiynalishmoqda.  Bunday  o’quv 

topshiriqlarini  bajarishda  kompyuterdan  unumli  foydalanib,  matematika  ta’limida 

kompyuterli  ijodiy  topshiriqlardan  foydalanishni  taqozo  qilmoqda.  Shu  nuqtai 

nazardan tanlangan mavzu dolzarbdir. 

 

Qator  tadqiqotlarda  ta’limni  kompyuterlashtirishning  pedagogik,  psixologik 



va metodik muammolari yoritilgan. Bular qatoriga N.F.Talizina, A.A.Matyushkin,  

Y.A.Ponomaryov, 

B.S.Gershunskiy, 

V.G.Jitomerskiy, 

A.A.Kuznetsov, 

V.M.Manaxov, 

V.V.Anisimov, 

M.Vohidov, 

A.A.Volodin, 

O.I.Juravlyova, 

A.V.Yakubov,  V.V.Grishkun,  B.B.Qodirov,  G.Yunusova,  A.A.Abduqodirov, 

A.G’.Hayitov, 

F.Zokirova, 

T.Azlarov, 

A.Bahromov, 

M.Ziyoxo’jayev, 

Z.Sharipova,  M.Oripov,  U.Yuldashev,  V.Qobulov  kabi  olimlarni  tadqiqotlarini 

keltirish mumkin. 

 

Boshlang’ich  sinflarda  matematika  o’qitishni  takomillashtirish  muammosi 



yuzasidan A.M.Pishkalo, M.I.Moro, L.P.Stoylova, N.F.Istomina, B.S.Abdullayeva, 

M.E.Jumayev, 

Z.Tadjiyeva, 

M.Zayniddinova, 

R.Ibragimov, 

J.Ikromov, 

A.Sadikova, Sh. Rayhonov, M.Toshpo’latova kabi olimlar izlanish olib borishgan. 

Ammo shuni ta’kidlash joizki, boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli 

ijodiy  topshiriqlar  tizimini  yaratish  alohida  dissertatsion  tadqiqot  sifatida 

o’rganilmagan. 




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish