Boshlang’ich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/40
Sana21.08.2021
Hajmi0,94 Mb.
#153031
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
boshlangich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish

X. Muammoli masala-topshiriqlar. 

Boshlang’ich 

sinflarda 

muammoli 

ta’limdan 

foydalanish 

ta’lim 

samaradorligini  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Muammoli  ta’limning 

nazariy  va  amaliy  masalalari  taniqli  didakt,  psixolog  va  uslubshunos  olimlar 

N.U.Bikbaeva,  M.G.Davletshin,  R.Ibragimov,  I.Ya.Lerner,  L.Sh.Levenberg, 

R.A.Mavlonova,  M.I.Maxmutov,  A.M.Matyushkin,  V.Okon,  O.R.Roziqov, 

O.Xudoyberdiev,  E.G’ozievlarning  ishlarida  o’z  ifodasini  topgan.  Muammoli 

ta’limning  asosida  muammoli  holatni  hosil  qilish  turadi.  Muammoli  holat  hosil 



 

42 


qilish deb biz o’qituvchining sinf o’quvchilari oldiga yechish uchun o’quvchining 

mavjud bilimlari yetarli bo’lmagan masala yoki savolning qo’yilishini tushunamiz. 

O’quvchi  o’qituvchi  savoliga  javob  berishi  uchun  nimanidir  bilishi  kerak. 

Matematika  darslarida  bunday  vaziyatlarni  tez-tez  hosil  qilish  o’qituvchi  bilim  va 

mahoratiga  bog’liq.  Ayniqsa,  bu  hol  muammoli  masala-topshiriqlarni  bajarish 

jarayonida kuzatiladi. 

Ijodiy  mazmundagi  topshiriqlarning  bir  turi  bu  muammoli  masala-

topshiriqlardir.  Qanday  masala  muammoli  masala  bo’ladi?  Bunday  savolga 

I.G’.Ahmadjonov  va  L.Sh.Levenberglar  «III  sinfda  masalalar  yechish»  deb 

nomlangan  qo’llanmada  quyidagicha  munosabat  bildiradilar:  «...  agar  masalaning 

savoli o’quvchidan reproduktiv (esga tushirish) faoliyatnigina talab qilsa, u holda 

masala  problemali  (muammoli)  xarakterda  bo’lmaydi  va  bolalarning  fikrlash 

faoliyatining  rivojlanishiga  kam  yordam  beradi.  Agar  masalaning  savoliga  javob 

berish  uchun  analiz,  sintez,  taqqoslash,  umumlashtirishlarni  bajarish  zarur  bo’lsa, 

ya’ni  aqliy  operatsiyalar  bajarish  talab  qilinsa,  u  holda  masala  problemali 

(muammoli) xarakterga ega bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bir masalaning o’zi 

bir o’quvchi (bo’shroq o’quvchi) uchun problemali bo’lsa, boshqa bir (kuchliroq) 

o’quvchi uchun hech qanday problema bo’lmasligi mumkin». 

R.Ibragimovning  tadqiqot  ishida  muammoli  masala,  topshiriqlar  turlari  va 

ulardan  foydalanish  texnologiyalari  o’z  ifodasini  topgan.  Muallif  bunday  masala-

topshiriqlarning  a)  muammoli  xususiyatga  ega  savollarga  oid  masala-topshiriqlar; 

b) turli usullarda yechish mumkin bo’lgan masalalar;  c) mazmunan bir xil, ammo 

yechish  usullari  turlicha  bo’lgan  masalalar;  d)  sharti  yetarli  bo’lmagan  masalalar; 

e)  ortiqcha  ma’lumotga  ega  masalalar;  f)  butunlay  noto’g’ri  ma’lumotga  ega 

masalalar;  g)  turli  xil  faoliyatni  umumlashtirishga  mo’ljallanib  yechiladigan 

topshiriqlar;  h)  predmetlararo  aloqador  mazmundagi  masalalar  turlariga  ajratgan. 

Muammoli  masala-topshiriqlarda  ko’pincha  masala  savoli  «nechta?»  so’zidan 

boshlanadi. 

Ayrim 

hollarda 



masala 

savoli 


«yetadimi?»,  «sig’adimi?», 

«joylashadimi?»,  «o’rnashadimi?»,  «uchrashadimi?»  kabi  so’zlar  bilan 

yakunlanishi  ham  mumkin.  «Muammoli  xarakterdagi  masala  yechilishining 



 

43 


yozilishi  odatdagi  masala  yechilishi  yozilishidan  bir  muncha  farq  qiladi.  Bunday 

masalalarda 

hisoblashlarnigina 

bajarish 

talab 

qilinmay, 



balki 

matnda 


gapirilayotgan  son  ma’lumotlarni  yoki  miqdorlar  orasidagi  munosabatlarni 

taqqoslash,  umumlashtirish,  isbotlash,  haqiqatligini  aniqlash,  qonuniyatni 

o’rnatish, imkoniyatni, yetarlilikni aniqlash talab qilinadi». 

O’quvchilarni  birinchi  sinfdan  boshlab  muammoli  xususiyatga  ega  savollar 

qatnashgan  masala-topshiriqlar  bilan  tanishtirib  borish  maqsadga  muvofiq. 

Shunday turga oid quyidagi masalani keltiramiz:  

«8  kg  piyoz  va  6  kg  sabzi  sotib  olindi.  Shundan  keyin  5  kg  anor  va  8  kg 

olxo’ri sotib olindi. Sabzavotlardan ko’p sotib olinganmi yoki mevalardanmi?». 

Kuzatish  va  tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  bunday  masalalarning  yechilishi  va 

yechimini  yozishda  o’qituvchilar  tomonidan  ayrim  juz’iy  kamchiliklarga  yo’l 

qo’yilmoqda. Masalan, ular quyidagi yechim variantlarini keltiradilar: 

  1) 8+6=14 (kg) – sabzavot 

  2) 5+8=13 (kg) – meva 

Javob: Sabzavotlardan ko’p sotib olingan. 

Bu yerda masala savoliga javob beruvchi 3-ish, ya’ni 14 kg sabzavot va 13 kg 

mevani  taqqoslash  bajarilmay  qoldi  (  3)  (14  kg  >  13  kg).  Shu  sababli  muammoli 

masala  topshiriqlar  yechimini  ifodalash  oldingi  qarab  chiqilgan  masala  yechimini 

yozishdan farq qiladi. O’qituvchi bunday masala-topshiriqlar yechimini birin-ketin 

amal  bajarish  usuli  bilan  o’quvchilarni  tanishtirgach,  masalaga  oid  sonli  ifoda 

tuzib,  ularni  taqqoslash  yechim  usulini  ham  o’rgatib  borishi  natijasida 

o’quvchilarning ijodiy faoliyati oshadi. 

Yuqoridagi  masala  sharti  uchun  quyidagi  sonli  ifodalar  taqqoslanishi  talab 

qilinadi: 

  8+6 va 5+8 

  8+6  –  ifoda  sotib  olingan  sabzavotlar  massasini,  5+8  –  ifoda  sotib  olingan 

mevalar massasini ifodalaydi. Dastlab o’quvchi yig’indilarni taqqoslash uchun har 

bir  ifoda  son  qiymatini  topib,  ularni  taqqoslaydi.  Keyinchalik  ular  yig’indini 

taqqoslash  uchun  quyidagicha  xulosa  chiqarishni  o’rganadilar:  «Agar 




 

44 


taqqoslanayotgan  yig’indilardan  birorta  qo’shiluvchilar  bir  xil  bo’lsa,  ikkinchi 

qo’shiluvchilar  taqqoslanib,  yig’indida  ishtirok  etuvchi  qaysi  qo’shiluvchi  katta 

bo’lsa, o’sha yig’indi katta bo’ladi: 8+6>5+8, chunki 8=8, 6>5». 

3-sinf  Matematika  darsligidagi  490-masala  ham  muammoli  topshiriq 

hisoblanadi. «Bir oyda tovuqlar uchun 27 kg, o’rdaklar uchun 40 kg don sarflanadi. 

Bitta  tovuqqa  bir  oyda  3  kg,  bitta o’rdakka  5  kg  don  sarflanadi.  Qaysi  biri  ortiq: 

tovuqlarmi yoki o’rdaklarmi? Nechta ortiq?» 

Ushbu topshiriq yechimi quyidagicha: 

  1) 27:3=9 (ta) – tovuqlar soni 

  2) 40:5=8 (ta) – o’rdaklar soni 

  3) 9>8 – tovuqlar ko’p 

  4) 9-8=1 (ta) – tovuq ortiq 

Javob: Tovuqlar ko’p, 1 ta ortiq. 


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish