Boshlang’ich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish


V. Masalalarni turli usullarda yechishga doir topshiriqlar



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana21.08.2021
Hajmi0,94 Mb.
#153031
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
boshlangich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish

V. Masalalarni turli usullarda yechishga doir topshiriqlar. 

Masalani  turli  usullarda  yechish  bilan  o’quvchilarni  1-sinfdan  ikki  amalli 

masalalarni o’rganish jarayonidan boshlab tanishtirib borish mumkin. Bu, asosan, 

songa  sonlarni  bo’laklab  qo’shish  (masalan,  16+3=16+2+1),  sondan  sonlarni 

bo’laklab ayirish (masalan, 16-3=16-2-1), songa yig’indini qo’shish va yig’indiga 

sonni  qo’shish  qoida  va  xossalariga  asoslangan  holda  masala  mazmunidan  kelib 

chiqib o’rganila boshlanadi. 

Echilgan  masalaning  to’g’riligini  aniqlash  uchun  masalani  boshqa  usulda 

yechish amalda ko’proq uchratiladi. Bu masala yechimini tekshirishning bitta yo’li. 

Ammo  o’quvchilarni  masalani  turli  usullarda  yechishga  o’rgatish  o’quvchida 

mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatni rivojlantiradi.  

Quyida turli usullar bilan yechish mumkin bo’lgan ayrim topshiriqlarni ko’rib 

chiqamiz. 

1-topshiriq: Sobirning 5 ta ertak kitobi bor edi. Uning tug’ilgan kuniga oyisi 2 

ta va opasi 1 ta ertak kitob sovg’a qilishdi. Sobirning ertak kitoblari nechta bo’ldi? 

Ushbu  masala  ikki  amalli  masala  bo’lib,  u  1-sinf  o’quvchilari  tomonidan 

5+2+1=8  (ta)  deb  yechilishi  tabiiy  hol.  Chunki  o’quvchilar  ikki  amalli  masalalar 

bilan tanishayotgan davrda ularning 10 ichida sonlarni qo’shish va ayirishga doir 

hisoblash  ko’nikmalari  yaxshi  shakllangan  bo’ladi.  O’quvchilarga  bu  masalani 

«Boshqa usullarda yeching!» deb topshiriq berilsa, o’quvchilar o’ylanib qolishadi. 

Chunki  ularda  masalani  boshqa  usulda  yechish  malakasi  hali  shakllanmagan 

bo’ladi.  Shunda  o’qituvchi  o’quvchilarga  quyidagi  savollar  bilan  murojaat  qilishi 

mumkin: 



 

33 


– Sobirning nechta ertak kitobi bor ekan? (5 ta) 

– Unga yana kimlar kitob sovg’a qilishibdi? (Oyisi va opasi) 

– Opasi nechta kitob sovg’a qilibdi? (1 ta). Oyisichi? (2 ta) 

– Sobirning o’zining kitoblari (5 ta), opasi sovg’a qilgan kitoblar (1 ta), oyisi 

sovg’a qilgan kitoblar (2 ta), hammasi nechta bo’lar ekan? Uni qanday  yozamiz? 

(5+1+2=8 (ta)) 

Demak, masalani biz 2-usulda yechdik, ya’ni Sobirdagi kitoblar soniga avval 

opasi  bergan  kitoblar  sonini,  so’ngra  oyisi  bergan  kitoblar  sonini  qo’shib, 

Sobirdagi barcha ertak kitoblar sonini topdik. 

–  O’ylangchi,  masalani  yana  boshqa  usul  bilan  yechish  mumkinmi? 

O’quvchilar  ichidan  masalani  3-usulda  yecha  oladigan  o’quvchi  topilishi 

ehtimoldan xoli emas. Bu 3-usul yechimi bo’yicha o’quvchi taxminan quyidagicha 

mushohada  qilishi  mumkin:  Sobirga  oyisi  2  ta,  opasi  1  ta  ertak  kitob  sovg’a 

qilishgani sababli, unga (2+1) ta kitob sovg’a qilindi. Sobirning o’zida 5 ta kitob 

bor. Demak, Sobirning kitoblari 5+(2+1)=5+3=8 (ta) bo’ldi. 

Albatta,  bu  masalani  uch  usulda  bajarilishi  songa  yig’indini  qo’shishning  3 

holiga  asoslangan  bo’ladi.  Ammo  bu  qoida  aytilmay  masalani  yuqoridagidek 

muhokama  qilib  bajarish  orqali  o’quvchilarda  masalani  turli  usullarda  yechish 

malakasi shakllanadi. 

2-topshiriq:  (3-sinf  matematika  darsligining  73-betidagi  390-masala)  Ishchi 

20  ta  detalni  tayyorlash  uchun  5  minut  sarfladi.  Agar  u  bir  minutda  bittadan ortiq 

detal tayyorlasa, 40 minutda nechta detal tayyorlaydi? 

Ushbu masalaning qisqa shartini jadvalda berish maqsadga muvofiq. 

 

1 minutda 



Sarflangan vaqt 

Detallar soni 

Tayyorlashi kerak  ? 

5 minut 


20 

Tayyorladi 

?, 1 ta ortiq 

40 minut 

Jadvalga qarab masalaning turli yechim usullarini keltirish mumkin. 



1-usul:  (Birin-ketin  amal  bajarib,  har  bir  amal  natijasini  izohlab,  yechimini 

keltiramiz) 

1) 20:5=4 (ta detal) – 1 minutda tayyorlashi kerak. 



 

34 


2) 4+1=5 (ta detal) – 1 minutda tayyorladi. 

3) 5∙40=200 (ta detal) – 40 minutda tayyorladi. 

2-usul: (Savol qo’yib masala yechimini keltiramiz) 

1) Ishchi 5 minutda nechta ortiq detal tayyorladi? 

1∙5=5 ta detal. 

2) Ishchi 5 minutda nechta detal tayyorladi? 

20+5=25 ta detal. 

3) 40 minut ichida 5 minutdan necha marta bor? 

40:5=8 marta. 

4) Ishchi 40 minut ichida nechta detal tayyorladi? 

25∙8=200 ta detal. 

3-usul: (Savol qo’yib masala yechimini keltiramiz) 

1) 40 minut ichida 5 minutdan necha marta bor? 

40:5=8 marta. 

2)  Ishchi  avvalgidek  ishlaganida  40  minutda  nechta  detal  tayyorlagan  bo’lar 

edi? 


20∙8=160 ta detal. 

3) Ishchi 1 minutda 1 ta ortiq detal tayyorlasa, 40 minutda nechta ortiq detal 

tayyorlagan bo’ladi? 

1∙40=40 ta detal. 

4) Ishchi 40 minut ichida nechta detal tayyorladi? 

160+40=200 ta detal. 

Albatta, bu uch usuldan 1-usulda masala  yechimi ratsionalroq bo’ladi, ammo 

ikkinchi,  uchinchi  usullarda  yechim  yo’liga  o’quvchilarni  jalb  qilish,  ularning 

fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ijodiy faoliyatini oshirishga xizmat qiladi. 

Ko’pgina  geometrik  shakl  yuzalarini  hisoblashga  doir  topshiriqlarni 

bajarishda  turli  yechim  usullarida  yechishni  o’quvchilardan  talab  qilish  orqali 

o’quvchilarning topqirligi, mantiqiy fikrlashi ortadi, zehni o’tkir bo’ladi. 




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish