Boshlang’ich sinfda grammatika, imlo va nutq o`stirish dasturining o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan talablar



Download 18,57 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi18,57 Kb.
#88580
  1   2

  1. Boshlang’ich sinfda grammatika, imlo va nutq o`stirish dasturining o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan talablar

Boshlang’ish ta’lim yakunida o’quvchlar kamida 20 ta kichik xajmdagi sherni yoddan aytib bera olishlari shart. Boshlang’ich ta’lim davlat standarti O’zbekistion Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da hamda Vazirlar Maxkamasi Uzliksiz ta’lim tizimida DTS larini ishlab chiqarish va joriy etish to’g’risida”gi 1998 yil 5 yanvar qaroriga va “ DTS talabi to’g’risida”gi Nizomga asoslangan holda belgilangan:
           Boshlang’ich ta’lim bo’yica DTS ni umumiy o’rta ta’limning tarkibiy tuzilishi,mazmuni,o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi,o’quv yuklamasi hajmiga qo’yiladigan me’yor va talablar majmui bo’lib,u davlatnin me’yoriy xujjati sifatida e’tibor etilgan.
            “Ta’lim to’g’risidaga”gi qonunning “DTS to’g’risidagi 7-moddasida belgilab berilgandek “DTS lari umumiy o’rta,o’rta maxsus,kasb-xunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yilgan talablarni belgilaydi.O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”.
             Boshlang’ich ta’lim davlat qonunini hayotga tatbiq etishda muxim bosqich xisoblanadi va unda ona tili,o’qish asosiy o’rin egallaydi.Ona tili dasturi quyidagi bilimlarni o’z ichiga oladi.
    1.Savod o’rgatish,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
    2.Sinfda,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
    3.Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
                 Boshlang’ich sinflarda ona tili o’rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususuyati va yozma nutqini,tafakkurini amalga oshirish,ularni shahs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish,ularda bilim olishga qiziqishni oshirish,faollik,mustaqillik mexnatsevarlik,qiyinciliklarni enga olish qobiliyatlarini o’stirish hisoblanadi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli o’stirish kelgusida fanlarni puxta o’zlashtirishlariga imkoniyat yaratadi.
               Boshlang’ish sinflar “Fonetika, grammatika,to’g’ri yozuv va nutq o’stirish” dasturi boshqichi izchillik tamoyillari asosida tuzilgan bo’lib,foneika,grammatika imlodan beriladigan boshlang’ich ta’limotlar yuqori sinflarda o’qitiladigan ona tili va adabiyot, materillari bilan uzviy bo’glanadi. Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So’z”, ”Gap”, ”Bog`lanishli nutq” va “Husnixat bo’limlarini o’z ichiga oladi.
                Boshlang’ich ta’lim o’rta umum ta’limning asosiy poydevoridir. O’quvchi boshlang’ch sinfda chuqur va puxta bilim olsagina yuqori sinflarda fanlarni yaxshi va a’lo darajada o’zlashtira oladi.Yangi DTS va dasturi yoshlarga ta’lim-tarbiua berishning vazifalarini hal qilishda o’qituvchiga,uning chuqur bilimliligi, g’oyaviy e’tiqodiga, kasb mahoratiga iste’dod madaniuatiga bog’liqdir.
               O’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmasini ham o’stirishga o’qituvchi diqqat-e’tiborini qaratish shart.
             O’qituvchining pedagogik jihatdan yahshi tayyorgarlik ko’rish o’qitishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Boshlangi’ch sinfning 1-sinfidan boshlab maktabga yangi qadam qo’ygan yoshlarni savodxon qilish har bir sinf o’qituvchisining burchi va vazifasidir.Buning uchun o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida xamkorlik bo’lishi shart.
           O’qituvchi har bir harfni o’rgatishda harf va tovush, harfni to’g’ri talaffuz qilish,o’tilgan yangi harf ishtirokida bo’g’inlar hosil qilish, bo’g’inlab o’qish va kiyinroq co’zlarni butuncha o’qish uchun o’uinlar asosida o’rgatish maqsadga muofiqdir.
            Savod o’rgatish davrida oldindan kerak bo’lgan ko’rgazmali qurollarni tayyorlab darslarda o’rinli foydalanib analitik-sinimetik tovush metodini samarali amalga oshirish kerak.

 Boshlang’ich sinflarda so’z leksik-grammatik tomonidan o’rganish,lug’at ustida ishlashga e’tibor beriladi. Lug’aviy mashqlar grammatik va to’g’ri yozishni o‘rganish bilan bog’liq holda olib bolriladi. O’quvchilar o`qish, grammatika, to’g’ri yozuv imlodan materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda so’zlar shaxs va narsalarning nomini,xarakatini,belgisini,sanog’i va tartibini ifodalovchi,yaqin va qarama-qarshi ma’noni bildirish,matnlarni har hil ma’noda ishlatilishini bilib oladilar,ular o’z fikrlarini to’gri va aniq ifodalashga,fikrga mos so’zlar tanlab olishga o’rgatib boriladi.


          So’z turkumlarini o’rganishga 2-sinfda tayyorlanadilar. Ular kim? (kimlar?) nima?, nimaga? so’roqlariga javob bo’lgan shaxs va narsalar nomini qanday? qanaqa? qaysi? so’roqlariga javob bo’lgan,shaxs va narsalarning snog’i va tartibini,nima qildi?,nima qiladi? nima qilyapdi? so’rog’iga javob bo’lgan narsa va shaxsning harakatini ifodalashni bilib oladilar.Ularni ma’lum so’roq bera olishga u yoki bu so’roqqa javob bo’lgan so’z nimani ifodalashini aytib berishga o’rgatiladi.
             3-sinda o’quvchilar o’zak va o’zakdosh so’zlar bilan tanishadilar.So’zning tarkibi,o’zak,so’z yasovchi va so’z o’rgartuvchi qo’shimchalar o’rganiladi.Oddiygina so’z yasalishi bilan ko’p ishlatiladigan -chi, la, siz,- zor,- li,- kor kabi qo’shimchalar ma’nosi bilan amaliy tanishtiriladi.
          O’quvchilar so’z turkumi termin bilan 3-sinfda tanishadilar. Ular ot, otning ma’nosi (shaxs predmetlrning nomini bildirishi) so’roqlari birlikva ko’plikda qo’llanishi sifat,uning ma’nosi) predmetning belgisini bildirish so’roqlari:son,uning ma’nosu (narsa,predmetning sanog’i va tartibini bildirishi) so’roqlari,bo’’lishli va bo’lishsiz fe’llari o’rganadilar.
          4-sinfda o’quvchilar otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi,kelishik qo’shimchalari bular turlanishini va asosiy so’roqlariga qarab ularning bir-biridan farqlanisini,kelishik qo’shimchalarning yozilishini,sifat yuzasidan o’rganilganlar takrorlanib,qip-qizil,yum-yumshoq kabi sifarlarning son,uning ma’nosi,sanoq va tartib sonlar,ularning so’roqlari,tartib sonlarning yozilisini, kishilik olmoshlari,ularning uch shaxsda,birlik va ko’plik sonda qo’llanilishi,kelishiklar bilan turlanishini o’rganadilar. 4-sinfda o’quvchilarga fe’llarning tuslanishi(shaxs-son qo’shimchalari bilan o’zgarish) [aqida tushunchalar beriladi. 3-o’tgan hozirgi,kelasi zamonda qo’llanishi, o’tgan zamon qo’shimchasi (di) ning aytilishi va yozilishi , qo’shimcha fe’llar va ularning yozilishi o’rgatiladi.Dasturning “Gap bo’lishida nutqda ko’proq ishlatiladigan va ammo, lekin, biroq, shuning uchun bog’lovchilari bilan tanishadilar.
           So’zning tarkibi va so’z turkumlarini o’rganish jarayonida turli so’z turkumlariga oid so’zlarning hilma-hil ma’nolarda qo’llanilishi hamda so’zni gapda,so’z birikmasida to’g’ri o’rini, aniq ishlatilisni bilib olishga yordam beradigan leksik mashqlar,shuningdek,o’quv yili davomida o’rganiladigan,imlosi qiyin so’zlarning yozilishini bilib olishga ko’maklashadigan lug’aviy-imloviy mashqlar o’tkaziladi.O’quvchilar darslikda berilgan lug’tadan,boshlang’ich sinflar uchun nashr etilgan imlo lug’atidan foydalanishga o’rgatiladi.

Download 18,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish