Boshlang`ich sinfda axborot texnologiyalari



Download 45,93 Mb.
bet146/201
Sana30.05.2022
Hajmi45,93 Mb.
#619905
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   201
Bog'liq
amaliy

Global tarmoq turlari

Hozirgi vaqtda keng tarqalgan global tarmoq Internetdir. Ishlab chiqarilgan mamlakatlarda bu tarmoq quyidagi nomlarni olgan:



  • lokal – LAN (Lokal Area Network);

  • regional – MAN (Metropolitan Network);

  • GAN (Global Area Nerwork);

Global tarmoqning quyidagi 4 ta turlari mavjud:

  • korporativ;

  • tashkilotlararo;

  • umummillat;

  • umumxalq;

Korporativ Kompyuter tarmog’i bitta tashkilotga (korporatsiyaga) taalluqli bo’lib, unga tegishli foydalanuvchilarga xizmat qiladi. Masshtabga qarab, u lokal, regional yoki global ham bo’lishi mumkin.
Korporativ tarmoqlar umuman olganda tashqi korxona yoki foydalanuvchiga xizmat ko’rsatilmaydi. Korxona masshtabiga va murakkabligiga bajariladigan masalalarga ko’ra bo’lim tarmog’i, kampus tarmog’i va korporativ tarmoqlarga bo’linadi. Korporativ – termini katta korxona tarmoq deyiladi. Hududiy taqsimlangan hisoblash tizimi amaliy taqsimlangan xarakterga mos tushadi. Iste’molchilar avtonom ravishda o’z masalalarini yechadilar, shuning uchun ularga shaxsiy hisoblash vositalarini ratsional taqdim etiladi, shu bilan birga bajariladigan masalalar o’zaro fikran bog’langanligi uchun ularning hisoblash vositalari yagona tizimga biriktirilgan bo’lishi kerak. Taqsimlangan tizimlar ma’lumotlarni va qurilmalarni birgalikda ishlash imkoniyatini beradi.
Oxirgi vaqtlarda tarmoqlarni kengaytirish motivi ishlatilmoqda. Bu xizmatchilarni korporativ axborot operativ kirishni ta’minlashga intilishini yanada oshirdi. Katta korxona menedjeri barcha ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning barcha xarakteristikasini bilmasligi, ularning nomenklaturasi har kvartalda o’zgarib turishi ancha qiyinchilik tug’diradi. SHuning uchun u masalan, Samarqandda korporativ tarmoqga ulangan Kompyuteriga ega bo’lishi va mijoz so’rovini Toshkentda korxonaning markazida joylashgan serverga yuborib, operativ ravishda mijozni qanoatlantiradigan sifatli javob olishi juda muhim. Tarmoqning mavjudligi korxona xizmatchilari, shuningdek, mijoz va ta’mintochi orasida kommunikatsiyani takomillashuviga olib keladi. Tarmoqlar, axborotlarni boshqa formadagi telefon yoki oddiy pochta uzatuvchiga korxona talabini pasayishiga olib keladi. Yangi texnologiyalar yanada keng quloch otmoqda. Ular yordamida nafaqat Kompyuter ma’lumotlari balki ovoz va videoinformatsiyani tarmoq aloqa kanalllari bo’yicha uzatilmoqda. Korporativ tarmoq mulьtimedia va ma’lumotlarni boshqarishi tashkilotlar uchun audio va videokonferentsiyalarni tashkil etishni taqozo etadi. Bundan tashqari, uning asosida shaxsiy ichki telefon aloqasini tashkil etish mumkin.
Bo’lim tarmoqlari korxonaning bitta bo’limida ishlaydigan katta bo’lmagan guruh xizmatchilari uchun ishlanadi. Bu bo’lim 100–150 taga xizmatchidan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Bo’lim tarmoqlarining asosiy maqsadi, ilova, ma’lumotlari, lazer printerlari va modellarni ya’ni lokal resurlarni taqsimlashdir. Odatda, bu bo’lim tarmoqlari bir yoki ikkita faylli serverlarga va 30 dan ortiq foydalanuvchilarga ega bo’lib, tarmoqlarga bo’linmaydi. Bo’lim tarmoqlari qandaydir bir Ethernet, Token Ring tarmoq texnologiyasi asosida tashkil etiladi. Bo’limdagi tarmoqni boshqarish vazifasi nisbatan oddiy: yangi foydalanuvchilarni qo’shish, yangi uzellar hamda yangi dastur ta’minoti versiyasini joriy etish. Bunday tarmoq ishini tarmoq administratori bajaradi. Korporativ tarmoqlarni masshtab tarmoqlari deb ham ataladi. Korxona masshtab tarmoqlari alohida joylashgan korxonaning barcha hududdagi ko’p sonli Kompyuterlarni birlashtiradi. Bularda foydalanuvchi va Kompyuterlar soni mingta, serverlar soni yuzta bo’lib, tarmoq orasidagi hududlar masofasi uchun global aloqani o’rnatish lozim bo’lib qoladi.
Kampusli tarmoqlar – nomi ingliz «campus» so’zidan olingan bo’lib, talabalar shaharchasi degan ma’noni beradi. Universitet shaharchalaridagi bir nechta mayda tarmoqlarni bitta tarmoqga ulash ehtiyoji paydo bo’ldi. Hozirda istagan korxona va tashkilotlarni belgilashda kampus tarmog’ini ishlatish mumkin. Kampus tarmoqlari bitta korxonaning turli bo’lim tarmoqlarini ulash uchun ishlatiladi. Bu tarmoq bo’lim tarmoqlari orasidagi muloqot, korxonaning ma’lumotlar bazasiga kirish, umumiy faks – serverga, o’ta tezkor printer va modemlarga kirishni ta’minlab beradi. Natijada korxonaning har bir bo’lib xizmatlari boshqa bo’limi tarmoq resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, lokal va global tarmoqning bir–biridan aloqa yo’llarining sifatli hamda masofa uzunligi, ma’lumotlarni uzatish usullari, ma’lumotlar almashtirish tezligi xizmat turlari bilan farq qiladi.
Lokal va global tarmoqlarni birlashtirishda optotolali aloqa yo’llari bo’yicha ma’lumotlarni uzatish raqamli platformada bajariladi. Global tarmoq xizmatlarini quyidagi sinflarga bo’lish mumkin. Interaktiv, to’g’ri murojaat qilish, keyinchalik o’qishga mo’ljallangan xizmatlar. Global tarmoqning to’rtta korporativ, tashkilotlararo, umummillatli, umumxalq turlari mavjud.

Download 45,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish