Aniqlovchining turlari. Predmetning qandayligi, tusi, xususiyati, maza-ta‘mi, shakli, tabiati kabilarni muayyanlashtirish lozim bo’lganda aniqlovchi sifat, sifatdosh, ba‘zan ot turkumlaridan bo’lgan so’zlar bilan ifodalanadi. Biror shaxs yoki predmetga qarashlilikni anglatish zaruriyati bo’lganda aniqlovchi ot yoki ot o’rnidagi so’z bilan ifodalanadi. Shunga ko’ra, aniqlovchi ikki xil bo’ladi:
1.Belgini muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (sifatlovchi)
2.Qarashlilikni muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (qaratuvchi).
Bunday birikma "sifatlovchi X sifatlanmish" qolipida tuziladi, ikkinchi – hokim a'zo odatda ot leksema bilan ifodalanadi, birinchi – tobe a'zo ot leksemaning biror belgisini bildiradi; birikma esa bir butun holda ma'lum bir belgisi aniqlangan predmet tushunchasini anglatadi. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning tobe sintaktik aloqasi ko‘paytiruv alomatini (X) yozib ko‘rsatiladi (Boshqa o‘rinlarda ham tobe sintaktik aloqa shu alomat bilan ko‘rsatiladi):
predmetning belgisi ma'nosini anglatadigan leksemashakl
|
X
|
predmet ma'nosini anglatadigan leksema
|
|
|
|
sifatlovchi
|
|
sifatlanmish
|
s i f a t l o v ch i l i birikma
|
( a z i m t o l- ) -
|
Sifatlovchi vazifasida predmetning turli belgisini bildiradigan leksemashakl keladi:
1) sifat leksemashakl: yangi ko‘rpa- , qovurma chuchvara- , mehribon ayol- , qoramtir suv- kabi;
2) son leksemashakl: uch hafta- , ikki yigit- , sakson yosh- , uch-to‘rt kishi- , ikkinchi qavat- kabi;
3) olmoshlarning sifat tabiatli turlari: shu kecha- , bir necha daqiqa- kabi;
4) ot leksemaga tobelanib kelgan ravish leksemashakl: ancha vaqt- , juda ko‘p odam- kabi;
5) predmetning belgisini ifodalash uchun ishlatiladigan ot leksema: baxmal do‘ppi- , sopol tovoq- , shoyi ko‘ylak- , oltin yaproq- kabi;
6) fe'lning sifatdosh leksemashakli: o‘tgan hafta- , bezatilgan patnis- , yozilayotgan hikoya- kabi;
7) ot leksemaga -day, -dagi shakl yasovchisini qo‘shib hosil qilingan leksemashakl: oydek yuz- , cho‘g‘day ko‘z- , ariqdagi suv- , tomorqadagi jo‘xorizor- kabi. (O‘xshatish ma'nosini ifodalovchi -day morfemasi qo‘shilgan ot leksemashakl sifat leksemaga ham sifatlovchi bo‘lib keladi: musichaday beozor- , to‘sday tim qora- kabi).
Leksemashakl tarkibida sintaktik aloqani ta'minlovchi morfema qatnashmaydi, leksemashakl sifatlovchi sintaktik semasini qo‘shish bilan yuzaga keladi.
Leksemashakl tarkibida uning sifatlovchi vazifasida kelishini ta'minlovchi morfema qatnashadi, lekin shakl o‘zgartiruvchi emas, balki shakl yasovchi qo‘shiladi. Demak, shakl yasovchi morfemalarning ma'lum bir turlari sintaktik mohiyatga ega: sintaktik aloqani, sintaktik vazifani ta'minlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlarda sifatlovchining sifatlanmishiga sintaktik tobelanishi bitishuv aloqasi deyiladi. Ayrim adabiyotlarda sifatlovchiga hech qanday morfema qo‘shilmaydi degan fikr ham bildiriladi. Yuqoridagi tasvirdan ayon bo‘ladiki, bunday fikr sifatlovchining ma'lum bir turlariga nisbatan-gina to‘g‘ri. Lekin shunday ifodalarda ham ayrim morfemalar qatnashadi. Masalan, sifatlovchi vazifasida kelgan sifat, ravish leksemashakl tarkibida -roq (eskiroq palak- , olisroq manzil- kabi), -gina (yupqagina muz- , shinamgina gulzor- , anchagina yo‘l- kabi) qatnashadi. Bunday morfema sintaktik vazifaga nisbatan betaraf. Demak, 1- - 5- bandlarda tasvirlangan leksemashakllar tarkibida sintaktik vazifani ta'minlovchi morfema qatnashmaydi, lekin o‘rni bilan boshqa tur morfema qo‘shilishi mumkin.
Tasvirlangan sifatlovchi sifatlanmishi bilan bitishuv usulida tobelanadi deyish to‘g‘ri, chunki bu yerda sifatlovchi (birikmaning tobe a'zosi) sifatlanmishiga (birikmaning hokim a'zosiga) sintaktik vazifani ta'minlaydigan morfema qo‘shilmagan holda, to‘g‘ridan to‘g‘ri sintaktik bog‘lanadi.
Tasvirlangan leksemashakllar tarkibida sintaktik vazifani ta'minlovchi morfema qatnashadi, lekin shunga qaramay bu yerda ham sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usulida tobelanadi deyiladi.
Ko‘rinadiki, sintaktik tobelanishning bitishuv aloqa turini boshqacha ta'-riflash lozim: Birikmaning tobe a'zosi hokim a'zosiga sintaktik vazifani ta'minlaydigan shakl o‘zgartiruvchi qo‘shilmagan holda bog‘lansa, bitishuv aloqasi deyiladi.
Sifatlovchi-sifatlanmish birikmasida sifatlovchining o‘rni muqim: bevosita sifatlanmishning oldida joylashadi; bu tur birikma a'zolarida tartib erkinligi ham yo‘q. Lekin sifatlovchi-sifatlanmish aloqasida tartib hal etuvchi omil deyish asosli emas. Hal etuvchi deb semantik omilni ta'kidlash lozim: predmet tushunchasini anglatadigan birlik keyin, uning belgisini bildiradigan birlik oldin joylashadi. Ikkinchi o‘rinda grammatik omil turadi: oldin tobe grammatik shaklli a'zo joylashadi. Asli tartibni ana shu ikki omil belgilaydi. Fonetik omilni ham tartibdan muhim belgi deb ta'kidlash o‘rinli: birikmaning a'zolari nutqda o‘z urg‘usidan tashqari yaxlitlovchi urg‘u ostiga birlashadi, bunday urg‘u birikmashakl hokim a'zosining urg‘usi asosida yuzaga keladi:
a z i m t o l l a r n i
Sifatlovchi aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:
1.Sifat bilan: A‘lo mamlakatning a‘lo farzandi, bilib qo’yki, seni vatan kutadi.
2.Sifatdosh bilan: Oqar daryo oqmasdan qolmas.
3.Ravish bilan: Kechagi noxush manzarani bir umr unutmasa kerak.
4.Son bilan: O’ninchi yillarning sargardonligi.
5.Belgi aniqlovchisi (sifat vazifasidagi) ot bilan: anor yuz, oltin kuz.
6.Olmosh bilan: Qaysi yuzim bilan unga qarayman?
Qaratuvchi aniqlovchi quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi:
1.Ot yoki ot o’rnidagi so’z: 1.Ona yerning otash qaridan, o’g’lim degan nido keladi.(E.V.)2. Mening ikki onam bor.
2.Otlashgan so’z bilan: 1.Ko’pning duosi ko’l 2.O’qiganning tili ko’p uzun bo’ldi.
Aytilganidek, aniqlovchi mohiyatan uch xil bo’ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
Sifatlovchi. Sifatlovchi birikmada tobe uzv (sifatlovchi) xokim uzvning biror xususiyatini aniqlab keladi va unga tobe aloqaning bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. Sifatlovchining qo’llanishida ikki holatni farqlash lozim.
1.Sifatlovchining sifatlanmish ma‘nosini toraytirishi-muayyanlashtirishi: Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani. Bunda oq so’zi bilan ifodalangan sifatlovchi sifatlanmish zamiridagi tushunchani ajratish, farqlash vazifasini bajargan (qora ilon, sariq ilon).
2.Sifatlovchining ta‘kid vazifasitni bajarishi. Bunda ajratish, muayyanlashtirish vazifasi kuzatilmaydi: oppoq qor, oq sut bergan ona, oq paxta. Bu holat nutqiy jihatdan me‘yoriy bo’lsa-da, lisoniy nuqtai nazardan ortiqlik sanaladi. Chunki qor, sut, paxta tabiatan oq bo’lganligi sababli uni yana aniqlovchi bilan takrorlab o’tirishga hojat bo’lmaydi.
Sifatlovchi vazifasida tabiatan tobe uzvlikka xoslangan so’zlar kelganligi bois, u sifatlanmishga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. Sifatlovchi vazifasida kelgan otlar ham «tobega xos»lardek xususiyat kasb etib, hokim uzvga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi.
Sifatlovchi qaratuvchili birikmaga kengaytiruvchi bo’lganda, ikki holat farqlanadi. Sifatlovchi bunda qaratuvchili birikmaga butunicha yoki undan faqat qaratuvchiga kengaytiruvchi sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Quyidagi gaplarda sifatlovchi kengaytiruvchining kengayuvchiga munosabatini
Qiyoslaymiz: yangi xo’jalik rahbari - yangi xo’jalik rahbari. Birinchi gapda yangi so’zi xo’jalik so’zining kengaytiruvchisi bo’lib, bu hokim so’zning qaratqich kelishigini olishini taqozo etadi. Keyingi birikuvda yangi sifatlovchisi xo’jalik rahbari birikmasining kengaytiruvchisidir.
Sifatlovchilar ketma-ket kelib sifatlovchilar zanjirini tashkil etadi. E‘tibor bering: Sifatlanmish uyushiq holatda bo’lganda sifatlovchining barcha uyushgan birikmalarga yoki ularning biriga tegishli ekanligi anglashilmay qoladi. Bunda belgining qaysi birlikka xos ekanligi matndan, biriktiruvning valentlik imkoniyatlaridan va boshqa nutqiy omillkardan ayon bo’lib turadi.
Sifatlovchi va sifatlanmish orasiga izofa shaklida - sifatlanmish-sifatlovchi ko’rinishini olgan bo’lish mumkin: majnuni gumrox, devonai Mashrab, oynai jahon va boshqalar. Bunday birikuvlar o’zbek nutqi nuqtai nazaridan sifatlovchili birikma sifatida qaralishi ma‘qul emas.
Sifatlovchi va sifatlanmish tobelanishida uning birikuv omillari MJSH tartibida bo’ladi. Chunki sifatlovchi maxsus ko’rsatkichlarsiz tobe uzv maqomini egallaydi. Shu boisdan unda shakliy omil o’ta kuchsizlanadi. Sifatlovchi va sifatlanmish orasiga so’z kiritish, ularni bir-biridan uzish imkoniyati bo’lmaganligi, bog’lanishda sintaktik pozitsiya ustivor ahamiyatga ega bo’lganligi bois joylashuv omili faollashadi. Birikuvda ma‘noviy omil birinchi o’rinda bo’ladi. Uning joylashuv omilidan ustunligi birikuvchi unsurlarning ma‘noviy muvofiqligi har doim ham ahamiyatli bo’lib qolishi bilan belgilanadi.
HOL
Hol ish-harakatning belgisini bildiruvchi gap bo`lagidir. Hol ko`proq gap markazi kesimga bog`lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o`rnini, paytini, holatini, sababini, maqsadini bildiradigan ikkinchi darajali bo`lakdir. Hollar ma’noga qo`ra 8 ga bo`linadi:
1. vaziyat (ravish) holi – ish-harakatning qanday tarzda bajarilganligini bildiradi, qay holda? qanday? qanday qilib? so`roqlariga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi:
holat ravishlari bilan: astoydil gapirmoq, ketma-ket joylashmoq, tez yurmoq, sekin gapirmoq.
ravishdosh bilan: shoshib chiqmoq, yura-yura charchamoq, tusmollab sanamoq.
sifat bilan: samimiy gaplashmoq, yaxshi o`qimoq, go`zal ko`rinmoq.
2.O`rin holi – ish-harakatning bajarilish o`rnini bildiradi qayerda? qayerga? qayerdan? so`roqlariga javob bo`lib, quyidagicha ifodalanadi:
ot bilan: uyga bormoq, maktabdan chiqmoq, xonada joylashmoq.
o`rin ravishlari bilan: olisdan ko`rinmoq, ichkarida o`tirmoq, oldinda yurmoq.
O`rin holi o`zi ergashgan so`zga boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi. O`rin holi makon, zamon kelishiklari (jo`nalish, o`rin-payt, chiqish) kelishigidagi so`zlar, ko`makchili otlar va o`rin ravishlari bilan ifodalanadi.
3.Payt holi - ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? so`roqlariga javob bo`ladi. Payt holi quidagicha ifodalanadi:
payt ravishlari bilan: yildan yilga kuchaymoq, kechadan beri kutdi, bir ozdan keyin keldi.
ravishdosh bilan: qaytguncha kutdi, keta ketguncha so`radi.
ot bilan: Tongda yo`lga chiqdi.
payt ma’noli ko`makchili so`z birikmalari bilan: Bundan besh yil ilgari uchrashgan edik. O`sha kundan beri bu Voqeani unutolmayman.
4.Daraja-miqdor holi – ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha? qay darajada? necha marta? necha? kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi:
miqdor ravishlari bilan: ko`p o`qiydi, sal qiynaldi, juda qiynaldi, kam o`qiydi.
son bilan: Bir gapirib o`n kuladi.,Yuz marta eshitgandan bir marta ko`rgan yaxshi.
olmosh bilan: shuncha kutdi, buncha kekkaydi, uncha gapirmang.
5.Sabab holi – ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi, nima uchun? nima sababdan? so`roqlariga javob bo`ladi.Quyidagicha ifodalanadi.
-lik, -sizlik qo`shimchalarini olgan otlar bilan: Tashnalikdan lablari qaqrab ketdi. Suvsizlikdan ekinlar qurib qoldi.
-gani qo`shimchali sifatdoshlar bilan:Qo`rqqanidan bir og`iz ham gapirolmadi.
sababli, tufayli, uchun ko`makchili qurilmalar bilan: Tinchlik tufayli yurt obod. Yaxshi o`qigani uchun mukofotlandi.
Shu o`rinda sabab holli sodda gaplar sabab ergash gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim: U dars tayyorlamagani uchun kelmadi.
O`qituvchi kelmagani uchun dars bo`lmadi.
6.Maqsad holi – ish-harakatning yuzaga kelish maqsadini bildiradi. Nima uchun? nima maqsadda? nima qilgani? so`roqlariga javob bo`ladi. Maqsad holi quyidagicha ifodalanadi:
maqsad ravishdoshlari bilan: ko`rishgani qo`l uzatdi, o`qigani kelganmiz;
ot+ko`makchi shaklida: Tinchlik uchun kurashamiz.
sifatdosh+ko`makchi shaklida:
harakat nomi+ko`makchi shaklida: Qoratoy uni surishtirish uchun yelib yugurdi.
maqsad ravishlari bilan: Bizlar atayin sizni izlab keldik. Maqsad holli sodda gaplarni maqsad gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim:
Mashina po`lat etakdagi paxtani bo`shatish uchun chetga chiqdi.
Bola tinch uhlashi uchun xona salqin bo`lishi lozim.
7.Shart holi - ish-harakatning yuzaga kelish shartini bildiradi. Gapning asosi-kesimga bog`lanib, fe’lning shart mayli shaklida bo`ladi. Mashina charchasa to`xtaydi.Talaba izlansa yutadi.
Shart holli sodda gaplarni ergashgan qo`shma gaplardan farqlash lozim: Havo bulut bo`lsa yomg`ir yog`adi. Men borsam, siz kelasiz.– qo`shma gap.
Karim o`qisa biladi. Dildora maktabni tugatsa keladi. – shart holli sodda gap.
8.To`siqsizlik holi kesimga bog`lanib, ish-harakatning yuzaga kelishida to`siq bo`la olmagan holatni bildiradi. Fe’lning shart mayli shakli –sa +ham yuklamasi shaklidagi so`zlar yoki birikmalar bilan ifodalanadi: U charchasa ham ishini davom ettirdi. Bola qancha o`qisa ham masalaga tushunmadi.
Bunday qurilmalarni to`siqsiz ergash gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim:Havo bulut bo`lsa ham yomg`ir yog`madi.
Gap tugallangan fikr, mazmun bildiradi, anglatgan mazmuniga mos ohang bilan o’qiladi (aytiladi).
Gapda so’zlar bir-biri bilan grammatik bog’lanadi. Gapning asosini bosh bo’laklar – ega va kesim tashkil qiladi.
Berilgan so’zlarni bir-biri bilan bog’lab gap tuzing:
Biz, topshiriqlar, o’z vaqtida, bajaramiz.
Shaharlar, ko’p, qavatli, binolar, qurilmoqda.
Biz, jonajon, Vatan, gullab-yashnatmoqda.
Biz, o’qish, uchun, qulay, sharoit, yaratilgan
Shu kunga qadar o’rganib chiqqan sintaktik hodisalar va ularga xos ba’zi muhim xususiyatlarni umumlashtiriidir. Darhaqiqat, dastlabki ma’ruzalarimizda-qayd etganimizdek, sintaksis gap va uni tashkil etgan so’z shakllarining o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalarni o’rganib chiqdi. Lekin bu uning bir qismi, xolos. Eng asosiy qismiga endi kirib boramiz. Hozirgacha
bizga ma’lum sintaktik aloqa turi, vositasi va usullari, so’z birikmasi va gap haqidagi nazariy bilimlar go’yo binoning qad rostlashini eslatadi. Binoning qad ko’tarishida material bo’lgan ashyolar tilda sintaktik birliklar-so’z, suz irikmalari, gaplar shaklida namoyon bo’ladi. So’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar va gaplardan matnlar keltirib chiqariladi. Biroq gapning sintaktik tahlili deganda ko’pchilikka faqat gap bo’laklariga ajratishgina anglashiladi. Biroq sodda gapning tarkibiy tahlili bo’laklarga ajratish emas, ularni dastavval so’z birikmalariga ajratish, shu birikmalarning bog’lanish turi, yo’l va usullarini o’rganish, undan keyin gapning o’zi klassifikatsiya nuqtai nazaridan qanday tahlil etilsa shunga e’tibor qilinadi. Bunda ayniqsa gapning ifoda maqsadiga ko’ra turi, voqelikka munosabatiga ko’ra turi, emotsionalligiga ko’ra turi, struktura asosining miqdoriga, struktura asosining tarkibiga, ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga, zaruriy bo’laklarning ishtirokiga va bo’laklarga ajralish va ajralmasligiga ko’ra- turi kabi tahlil tartibi o’qiladi. so’ngra gapni bo’laklaria ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. An’anaviy tilshunosligimizda esa
sodda gapni sintaktik tahlil qilinadigan bo’lsa, uni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratiladi, undalma yoki kirish so’z kabilar qatnashgan bo’lsa sintaktik aloqaga kirishmagan bo’laklar deb tahlil etiladi. Bu tahlilda gap yoki so’z birikmasi klassifikatsiyasi tartibi ham hisobga olinadi, biroq bu oliy va maktab dasturida birdek shakllanish kasb etmagan. Shuning uchun hozirgi davr tilshunosligining taraqqiyoti ta’lim tizimining mazmunan yangilash yo’nalishlarini belgilab bermoqda. Bunga ko’ra maktab ona tili o’qituvchisi "So’z birikmasi" mavzusi bo’yicha quyidagi bilimlar silsilasini to’la o’zlashtirgan bo’lishi shartdir:"-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni kesimdan berilgan so’roq orqali tarkibiy qismlarga ajrata olishi: Paxtakor dalada ishlaydi: paxtakor ishlaydi; dalada ishlaydi; va shunga o’xshash bo’laklari so’z birikmalari bilan foydalangan gaplarni ham tarkibiy qismlarga ajratishni bilishi: Mohir paxtakor kolxoz dalasida fidokorona ishlaydi. Shu tarkibiy qismdagi so’zlarni ma’nodosh yoki uyadoshlari bilan almashtirib, yangi birikmalar yaratishi: mohir paxtakor-epchil paxtakor, kolxoz dalasi-kolxoz bog’i, g’ayrat bilan ishlaydi kabi-so’z birikmasi va undagi tobe, hokim so’zlarni aniqlash, biridan ikkinchisiga so’roq berish.
-berilgan matndagi gaplarni so’z birikmalariga ajratib, aniqlovchili, to’ldiruvchili, holli turlarini aniqlash:
-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni aniqlovchili so’z
kiritish bilan kengaytirish, aniqlovchili so’z birikmalarida tobe va hokim so’zlarga ma’nodosh, uyadosh so’zlar tanlab, yangi birikma va gaplar tuzish;
-so’z birikmalarini klassifikatsiya asosida tahlilini o’tkazish, bunda sodda tuzilishli birikmalarni ma’noviy kengaytiruvchilar ta’sirida murakkab birikmalarga aylantirish;
-turg’un birikmali so’z birikmalarini shakl jihatidan o’zgartirish kabi tahlillar hozirgi kunning eng muhim ilmiy ham uslubiy yo’nalishlaridir.
"Gap" mavzusi va uning sintaktik tahlili bo’yicha esa quyidagi amaliy ishlarni bajarish talab etiladi:
-berilgan matndagi gaplarni bir bo’lakli va ikki bo’lakli turga ajrata olish;
-Boraman. Bilmaysizmi? Ko’ramiz. kabi bir bo’lakli gaplarki ikki bo’lakli turga aylantirishni bilish;
-gaplardagi tasdiq yoki inkor ma’nolarini farqlash va vositalarini aniqlay olish;
-gap markazi kesim ekanini sharxlash va kesimni shakllantiruvchi grammatik formalarni aniqlash;
-kesimdan so’roq berish asosida gapni kengaytirish, so’z ma’nosiga bog’liq holda kelgan kengaytiruvchilarni gap "kengaytiruvchilaridan farqlash;-berilgan gaplarni bo’laklarga ajratish, sintaktik aloqaga kirishmaydigan so’zlar (gapni murakkablashtiruvchi vositalar) ma’noviy guruhlarini aniqlash va hokazolar. Buning uchun albatta, mutahasis nafaqat an’anaviy tilshunosligimiz nazariyalari, balki zamonaviy, chuqur nazariy asosdagi talqinlardan ham bohabar bo’lmog’i darkor. Jumladan, gap kesimini shakllantiradigan vosita-zamon, shaxs-son; mayl, tasdiq-inkor ekanligini bilmaydigan shaxs, kesimning gap markazi bo’la olish imkoniyatini ham tushuntirib bera olmaydi. Gap markazi esa predikativ yadro va uning atrofini qurshab turuvchi argumentlardan iborat.Bu argumentlar ham o’z mazmuniy xususiyatlari bilan agons, lokalis, temporalis kabi turlarning kengaytiruvchilik funksiyalari asosida reallashadi. Buni til birliklaridagi oddiydan murakkabga borish deb tushunish birmuncha qulay. CHunki kichik sath birliklari katta sath birliklari uchun material bo’lib xizmat qiladi. Qimmat jihatdan bir xil birliklarning o’zaro sintaktik munosabati o’zidan yuqoriroq va yangi sifatga ega bo’lgan butunlikni hosil qiladi.
Sintaktik birliklariing bunday butun va bo’lak munosabati -
darajali munosabat hisoblanadi. Biroq nima bo’lganda ham gapda
obektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar-sintaktik shakllar
orqali ifodalanadi. Gapning bunday moddiy ifodalanish tomoni
uning sintaktik tuzilishidir. Sintaktik tuzilish esa uzaro munosabatda bo’lgan bir necha unsurlarning bir butuklik sifatidagi birlashishi. Sintaktik tuzilish unsurlarini an’anaviy tilshunoslikda gap bo’laklari atamasi bilan nomlaydilar. Lekin
sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shakllar gap
bo’laklari tarkibiga kiritilmaydi. An’anaviy tilshunoslikda
sintaktik shaklning tobe aloqaga kirishi (deminatsiya munosabati) uning gap bo’lagi deb hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo’lagi ma’lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik- munosabatdagi vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ldiruvchi va boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’lgan shakliy jihatdan tobe aloqa orqali emas, balki undash, kirish munosabati orqali ifodalangan birliklar snntaktik tuzilish birligi sifatida karalmaydi. Bu esa butunni bo’laklarga bo’lish asosiga zid keladi. Chunki butun bo’laklarga ma’lum asosda shunday bo’linishi kerakki, butunning birorta ham unsuri bo’linishdan tashqarida qolmasligi kerak. Lekin an’anaviy yo’nalishda bunday emas. Gap bo’laklari gapni tashkil etgan sintakiik shakllarni to’la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo’laklarga gap bo’laklari rubrikasi ostida ajratish-etarli asosga ega emas. Shuning uchun bu tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan ganining shakliy tuzilish jihatdan uning ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’lish-mumkin:
I. Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2. Sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Birinchisi an’anaviy gap bo’laklari hisoblanadi. Ya’ni tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo’lagi sanaladi. Tobe aloqadorlik asosidagi so’z shakllar
juftligida tobe qism hokim qism talab etgan vaziyatda keladi.
Bunda tobe kismning vaziyati anik, hokim qism vaziyati esa
noaniq bo’ladi. Uning qaysi vaziyatda kelganligi nutq zanjirining keyingi xalqasida aniqlanadi. Gap bo’lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun qarama-qarshiligi birligidan iborat. SHakl va mazmun tomoni ham o’zining muayyan unsurlarga egaligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun gap bo’laklari shakliy va mazmuniy tuzilishlarini hamda ular o’rtasidagi munosabatni belgilash nazariy tilshunoslikning muhim vazifasidir.
Bir bosh bo'Iakli gaplar va ularning turlari
Tarkibida grammatik asoslaridan yo ega yoki kesimi mavjud bo'lgan gap bir bosh bo'Iakli gap deyiladi. Bir bosh bo'Iakli gaplar. bosh bo'laklardan qaysi birining ishtirokiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) egasiz bir bosh bo'Iakli gaplar, 2) kesimsiz bir bosh bo'Iakli gaplar
Egasiz bir bo'lakli gaplar. Faqat kesim tarkibidan iborat bo'ladi va unda harakatni bajaruvchi shaxsni topib bo'lmaydi yoki uni kesimdan anglash mumkin. Bunday gaplar ikki turga bo'linadi: 1) egasi topilar gap, 2) egasi topilmas gap. Kesimsiz bir bosh bo'lakli gaplar atov (ya'ni nominativ) gaplar.
Egasi topilar gap. Bir bosh bo'lakli gaplarning bu turida ega bo'lmaydi, ammo uni gapning kesimidan payqab olish mumkin. Bunda asosiy e'tibor harakatni bajaruvchi shaxsga emas, balki harakatga qaratiladi. Egasi topilar gaplar ana shu xususiyatlariga ko'ra: shaxsi aniq, shaxsi noaniq. shaxsi umumlashgan gaplarga bo'linadi.
Shaxsi aniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalangan va kesimi orqali harakat bajaruvchi shaxsni topish mumkin bo'lgan bir bosh bo'lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gaplarda ega odatda, leksik jihatdan shakllanmaydi va unga ehtiyoj ham bo'lmaydi, chunki kesim vazifasida kelgan so'z tarkibidagi tuslovchi qo'shimchalar shaxsini aniq ko'rsatib turadi. Masalan:
Bir bosh bo'Iakli gaplar va ularning turlari
Tarkibida grammatik asoslaridan yo ega yoki kesimi mavjud bo'lgan gap bir bosh bo'Iakli gap deyiladi. Bir bosh bo'Iakli gaplar. bosh bo'laklardan qaysi birining ishtirokiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) egasiz bir bosh bo'Iakli gaplar, 2) kesimsiz bir bosh bo'Iakli gaplar
Egasiz bir bo'lakli gaplar. Faqat kesim tarkibidan iborat bo'ladi va unda harakatni bajaruvchi shaxsni topib bo'lmaydi yoki uni kesimdan anglash mumkin. Bunday gaplar ikki turga bo'linadi: 1) egasi topilar gap, 2) egasi topilmas gap. Kesimsiz bir bosh bo'lakli gaplar atov (ya'ni nominativ) gaplar.
Egasi topilar gap. Bir bosh bo'lakli gaplarning bu turida ega bo'lmaydi, ammo uni gapning kesimidan payqab olish mumkin. Bunda asosiy e'tibor harakatni bajaruvchi shaxsga emas, balki harakatga qaratiladi. Egasi topilar gaplar ana shu xususiyatlariga ko'ra: shaxsi aniq, shaxsi noaniq. shaxsi umumlashgan gaplarga bo'linadi.
Shaxsi aniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalangan va kesimi orqali harakat bajaruvchi shaxsni topish mumkin bo'lgan bir bosh bo'lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gaplarda ega odatda, leksik jihatdan shakllanmaydi va unga ehtiyoj ham bo'lmaydi, chunki kesim vazifasida kelgan so'z tarkibidagi tuslovchi qo'shimchalar shaxsini aniq ko'rsatib turadi. Masalan:
Chappar urib gullagan bog'in,
O'par edim vatan tuprog'in. (H.O.)
Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
1. Aniqlik maylidagi fe'l bilan :
Seni bir ko'ray deb keldim,
Mehringga to'yay deb keldim (Qo'shiq.)
Buyruq mayli shaklidagi fe'l bilan:Bo'lsang yigit, bo'lsang hamki chol,Qo'lingga qurol ol! (H.O.)
Shart -istak maylidagi fe'l bilan:Ayb emasdir sevilsam, sevsam,Ayb emasdir seni yor desam.
Shu berilgan topshiriqlarni o' z vaqtida tugataylik!
Ko'p hollarda shevalarda ham shaxsi aniq gaplar ishlatiladi. Masalan: Do'stingdan top! Ishonmagin do'stingga, somon tiqar po'stingga. (Maqol.)
Bir hangomalashaylik. Shaxsi aniq gaplar badiiy adabiyotda, ayniqsa diologik shaklida nutqda ko'p ishlatiladi.
Shaxsi noaniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko'rsatib turmaydigan bir bosh bo'lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi III shaxsga qaratilgan bo'lsa ham bajaruvchi shaxs noma'lum bo'ladi. Masalan: Umr daftarini bezashdi. Yoshlik xotirasini yozilmagan oq varaq deydilar. (Sh.)
1. III shaxsning ko'plik shaklidagi fe'l bilan: Mendan senga xabar bersalar.(K.S.) Shunday chiroyli, mard yigitni buncha qiynaydilar. (O.)
Birgalik nisbatdagi fe'l bilan: Ulami hozir olib ketishdi. Siznirektoratga chaqirishdi.
III shaxsning birlik shaklidagi fe'l bilan: Hech bo'lmasa, alikolsa-chi? (U.) Bunday gaplar nisbatan kam uchraydi, ilmiyadabiyotlarda esa qo'llanmaydi.
Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar
Avvalo, sodda gaplar bo'laklarga ajralish-ajralmasligiga ko'ra ikki turli: bo'laklarga ajraladigan gaplar va bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar bo'ladi.
Bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga ajraladigan gaplar bo'laklarga ajratiladigan gap deyiladi. Tarkibidagi ega va kesim bo'laklarni ajratib bo'lmaydigan gaplar bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar deyiladi.
Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar dialogik nutqda qo'llanadi va ko'rinishi quyidagicha:
Tasdiq yo inkorni: Mayli, xo'p, yaxshi, yo'q.
So'roqni: Rostmi? Bo'ptirni?.
Rasm-odatni: Omonlik. Sog'lik. Assalom.
Tahsinni: Balli. Ofarin. Rahmat.
Buyruqni: Bas. Jim.
His-hayajon: Eh. Uf. Voydod.
Atov gaplar o'ziga xos ohang bilan aytiladi va yozuvda atov gaplardan keyin nuqta qo'yiladi. Kuz izg'irin shabada hushtak chalib turibdi. (I. R.)
Agar atov gapda his-hayajon kuchli bo'lsa unda atov gaplardan keyin undov belgisi qo'yiladi. Tog'lar! Purvuqor tog'lar.
So'z—gaplar haqida tushuncha
Og'zaki nutqda ha, yo'q so'zlari va undovlar bilan ifodalangan so'z-gaplar ham uchraydi. Bunday gaplar sodda gaplarning alohida bir ko'rinishi sanaladi.
Ha so'z-gapi tasdiqni. yo'q so'z-gapi esa inkorni bildiradi. Yozuvda bunday, so'z-gaplarning oxiriga ohangiga qarab nuqta, undov yoki ko'p nuqta qo'yiladi. Masalan:
—Bugun darsga keldingmi?
—Ha. —Yo'q. Kechqurun teatrga borasanmi?
—Ha! —Yo'q! —Ha,—boraman.
Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi inversiya deyiladi. Inversiya his-hayajon bilan aytilgan gaplarda, shuningdek she’riy asarlarda ko’proq uchrashi mumkim.
Ba’zan gap bo‘laklari odatdagi o‘rinlarini almashtiradilar. Bu hodisa inversiya deyiladi. Inversiya turli uslubiy talablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg’ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor. (K.Simonov)
So‘z tartibining o‘zgarishi grammatik holatini o‘zgartirishi ham mumkin. Bunda quyidagi holat ko‘zga tashlanadi:
Ega va kesimning o‘rni o‘zaro almashsa, ega kesimga, kesim esa egaga aylanadi: Masalan: Yetti kun (ega) – bir hafta (kesim). – Bir hafta (ega) – yetti kun (kesim).
Sifatlovchi va sifatlanmishning o‘rni o‘zaro almashsa, sifatlanmish egaga, sifatlovchi kesimga, ya’ni so‘z birikmasi gapga aylanadi:
Baland tog’. – Tog’ baland.
Qaratqich-qaralmishda belgisiz qaratqichning o‘rni qaralmish bilan o‘zaro almashsa, qaratqich egaga, qaralmish kesimga aylanadi:
Dala chekkasi. – Chekkasi – dala.
Intonatsiya sintaktik aloqaning turini, so‘z birikmasining xususiyatini ko‘rsatadi:
Bu kitob... Bu – kitob; Ko‘p qavatli/bino. Ko‘p/ qavatli bino.
Ayrim o‘rinlarda so‘zlarni bog’lash vazifasini intonatsiyaning o‘zigina bajaradi. Bog’lanish boshqa yo‘l bilan, masalan, affikslar bilan bo‘lganda, intonatsiya yordamchi rolni bajaradi.
Qiyoslang: U keldi, men ketdim (sanash: U keldi va men ketdim) – U keldi – men ketdim (sabab: U kelgani uchun men ketdim) – U keldi – men ketdim (Bir vaqtda bajarilgan harakat: U kelishi bilanoq men ketdim).
Punktuatsiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tinish belgilarining ishlatilish xususiyatlarini o‘rganadi. Tinish belgilarining ahamiyati yuqorida keltirilgan misollardan ham aniqlandi:
Bu – mashinachi Karimning otasi; Bu mashincha – Karimning otasi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |