Yozuv qog‘ozi – sathi silliq, yelim singdirilgan, nam-
likni kamroq singdiradi. Narsalarni ixtirolashda, muqo-
valashda, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda
ju da qulaydir.
Rangli qog‘ozi – turli ranglarda bo‘ladi, jilo berilgan
rangli qog‘ozning o‘rinini bosa oladi. Qo‘l mehnati
darslarida ko‘p ishlatiladi.
Gazeta qog‘ozi – eng ko‘p tarqalgan qog‘oz turlariga
kiradi. Sifatiga ko‘ra unchalik pishiq emas, namlikni,
yelimni o‘ziga tez singdiradi.
Daftar qog‘ozi – sirti silliq, yelim singdirilgan, pishiq
qog‘oz hisoblanadi. Daftar qog‘ozi katakli va yo‘l-yo‘l
chiziqli bo‘ladi.
Millimetrli qog‘oz – sathi bosma to‘r shaklida tayyor-
lanadi. Qog‘oz o‘lchamli, mayda chiziqli bo‘ladi.
Baxmal qog‘ozi - turli ranglarda bo‘ladi, sirti mayin
tuk bilan qoplangan bo‘lib, karton qog‘oz o‘rnida ham
ishlatish mumkin.
Qum qog‘ozi - yog‘och va turli materiallarga ishlov
berish uchun foydalaniladigan qog‘oz turi bo‘lib,
uning sirtiga qum zarralari yelimlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |