Boshlang’ich sinf o’quvchilarni jismoniy rivojlantirishda Ibin Sinoning ilmiy me`rosi sarchashmaslaridan foydalanish.
Boboqulova Dilora Shavkatovna
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
14-sonli umumta`lim maktabi
boshlang’ich fan o’qituvchisi.
Annotatsiya: maqolamizda buyuk mutafakkirimiz, qolaversa dunyoda yetishib chiqqan to’rtta hakim bo’lsa ulardan biri shu allomamizga nasib etgandur. Abu Ali Ibn Sino faylasuf sifatida o’zining bola tarbiyasidagi o’ziga xos va mos bo’lgan qarashlari bilan ajralib turishi bilan ardoqlidir. Quyida keltiriladigan maqolada Ibn Sinoning bola tarbiyasi xamda undagi pedagogic qarashlar haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Abu Ali Ibn Sino, faylasuf, pedagogika, "Tib qonunlari", jismoniy tarbiya, gigiyena, sog’lom aql, tana, badantarbiya.
Ibn Sino mashxur "Tib qonunlari" asarida bola o’sib, ulgaya borgach, uning jismoniy tarbiyasiga muhim axamiyat berishi zarurligini ta’kidlaydi. Uning uqtirishicha, bolaning yoshlik chog’idan salomatlikni saklash uchun zarur bo’lgan ertalabki badantarbiya va jismoniy mashgulot bilan muntazam shugullanishi kerak. Mutafakkir Jismoniy tarbiya deb, inson salomatligi uchun zarur bo’lgan badanii turli xil mashg’ulot xarakatlariga o’rgatishni nazarda tutadi. Ibn Sino fikricha, jismoniy mashg’ulotlar bilan o’z vaqtida va mustaqil shugullanib boruvchi inson hech qanday davolanishga muxtojlik sezmaydi. Shuningdek, jismoniy mashgulot bola ruhini tetiklashtiradi.
Abu Ali Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri xaqida yagona ta’limot yaratilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo’lib, jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun yangi sistemasini yaratdi.
Ibn Sino ilk bora yosh avlod kamolotida jismoniy tarbiyaning tasiri xaqida bir butun, yaxlit ta’limotni ham nazariy, ham amaliy jixatdan taqlil etdi. Jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’ligini saqlashda muxim omillardan ekanligi ham amaliy, ham nazariy tomondan asolandi. Zero, Ibn Sino merosining asosiy qimmati xam uning jismoniy, kuchli gimnastik mazmunga ega ekanligidadir.
Endilikda boshlang'ich sinflarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va ertalabki badantarbiya jarayonini tarbiyachi emas,balki "jismoniy tarbiya murabbiysi'1
o’tmoqda. Eng muqimi, jismoniy tarbiya o’qituvchisi ma’lum reja asosida, ish faoliyatini uch qismda olib boradilar:
- Ertalabki gimnastika
- Jismoniy mashg’ulotlar (kunning asosiy kismida)
- Bolalarning mustaqil jismoniy faoliyati (kunning 2-kismida)
Yosh tadqiqotchi sifatida boshlang'ich sinfda bolalarning jismoniy tarbiyasiga yangicha zamon talabi asosida yondoshgan xolda Ibn Sinoning boy merosidan ya’ni "Badantarbiya" xolati qamda "jismoniy mashg’ulot" larni bolalarning yoshiga, ularning yosh xususiyatiga mos tarzda o’tkazish juda muhim deb bilaman. Albatta ushbu jismoniy tarbiyaviy ishlarimning samarasidan umidlarim va rejalarim ulkan. Kelgusida boshlang'ich sinflaridagi bolalarni sport bayramlariga, "Sog’lomjon" sport musobaqalariga faol tayyorlash va yuqori natijalarga erishishdir.
Shuningdek, bolani boshlang'ich sinfda va oilada ma’lum kun tartibi asosida, badantarbiya bilan olib borish xaqida muxim maslaxat va tavsiyalar beradi. Bolalarning o’spirinlikka o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos murakkab xususiyatga ega bo’lib, bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulq-atvorining bir tekis, vazmin bo’lishi uchun uni keskin g’azablaiishdan, qattiq ko’rkuvdan va uykusizlikdan saqlash zarur. Ushbu tadbir uni yoqimli xulq-atvorli shaxs qilib tarbiyalash imkonini beradi.
Bolani shuningdek, boshlang'ich sinfda uni oilada ham ta’lim berib, ham tarbiya berish orqali barkamol shaxs etib, yetuklikka intilamiz, deb o’z oldimizga aniq maqsadlarni qo’yib olishimiz kerak. Shundagina buyuk Ibn Sino qoldirgan boy merosidan ya’ni pedagogik qarashlarini o’zimizda ish jarayonimiz uchun mustaxkam qurol sifatida egallab olishimiz juda kerak bo’ladi.
Abu Ali Ibn Sino inson ssh davrda sog’liqni saklash • uchun yetti omilga e’tibor qaratgan:
-vazminlik;
-ovqatlanish tartibi;
-gavdani tik tutish;
-toza havo;
-qulay kiyim;
-jismoniy va ruxiy ,xarakatlar (uyku va uyg’oqlik) ning ravonligi.
Ibn Sino yetti tabiiy narsalar haqida so’z yuritib, ularning eng birinchisi to’rt rukndir, deb ko’rsatadi. Ular olov, suv, havo va tuproqdan iborat va ular xususiyatlariga ko’ra olov-issiqlik, suv-ho’llik, xavo-sovuqlik, tuproq-kuruklik quvvatiga ega bo’lib, ularning aralashuvidan badanlar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi.
Ibn Sino jismoniy tarbiya haqida bolani chiniqtirishga oid qarashlarida bolaning shaxsiy xususiyatlarini barcha jiqatlarini xisobga olgan holda yondoshish lozim degan fikrni ilgari suradi. Uning bu fikrlari ayniqsa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomiyligini belgilash bo’yicha bergan tavsiyalarida yaqqol namoyon bo’ladi. Ibn Sino jismoniy mashqlarning bajarish davomiyligini belgilashda mezon sifatida bugungi kunda keng qo’llanilayotgan vaqt birligi, tomir urishlar soni emas, balki bola organizmi jismoniy ish bajarganda organizmning tashqarisida paydo bo’ladigan tashki belgilarni asos qilib oladi. Uning fikriga ko’ra, agar "badantarbiya davomida" terining rangi yaxshilana borsa", xarakatlarning bajarilishi "yengil" bo’lsa, "a’zolarning ko’pchishi", ya’ni xajmining kengayishi davom etsa, demak mashg’ulotlarni davom ettirish mumkin. Agar bu holatlarning kuzatilishi yo’qolib, tanadan chiqqan ter "tomchi-tomchi bo’lib oqa boshlasa", u xolda harakatlarni darhol to’xtatish zarur. Shuningdek, Ibn Sino jismoniy mashqlarning bolada sog’lomlashtiruvchi ta’sirini samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor bergan olim. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlarniig sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning yo’llaridan biri - bu shug’ullanuvchilarga qo’yiladigan bir qator gigiyenik talablarga rioya qilishdan iborat. Olim fikricha, jismoniy mashqlarning soglomlashtiruvchi, tetiklashtirib, chiniqtiruvchi ta’sirini yanada oshirish uchun "badantarbiyani boshlash" vaqtida avvalo "gavda toza bo’lishi", "a’zolarda", ya’ni ichakda va qovukda "yomon va yetilmagan chiqindilar" ning bo’lmasligi lozim. undan tashqari, "yeyilgan ovqat me’dada", "jigarda", "tomirlarda" "hazm bo’lgan bo’lishi" kerak, ya’ni iste’mol qilingan ovqat oshkozonda hazm bo’lib, parchalana boshlab, ichaklarga o’tishi, ingichka ichakda so’rilib jigarga borishi va unda glikogen moddasiga aylangan bo’lishi, bu modda esa, qon tarkibida tomirlar orqali muskul to’qimalariga borib, to’plangan bo’lishi darkor. Shuningdek, Ibn Sino ko’rsatib o’tishicha, jismoniy mashqlarning sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning samarali yo’llaridan yana biri- bu jismoniy mashqlarni yil fasllariga ko’ra tanlashdir. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar bilan bolani yosh davridan sog’ligini saqlash maqsadida ya’ni shug’ullanuvchi kishi, yoz faslida "charchatadigan" yuqori yuklamali mashklarni kamrok bajarishi lozim. Chunki bunda inson ko’p terlash natijasida uning organizmi "bo’shashib" ketadi. Qishda esa, "kuchli va shiddatli" mashqlar bilan ko’prok shug’ullanish kerak, ana shunda bola organizmi "kishning alamli sovug’iga" qarshi tura oladi.
Ibn Sino shu bilan birgalikda charchash haqida so’z yuritib, uni davolash xususida ham alohida to’xtalib o’tadi. U "badantarbiya natijasida vujudga kelgan charchashni davolash" bir qator og’ir kasalliklarni oldini oladi deb ta’kidlab o’tadi, hamda charchashni davolashning eng yaxshi vositalaridan biri sifatida uqalash "massaj" ni ko’rsatib o’tadi. U uqalashning inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra bir necha turga bo’ladi. Bular: "gavdani baquvvat qiluvchi-kuchli", "gavdani yumshatuvchi - kuchsiz", semiz gavdani "ozdiruvchi -davomli", gavdani "o’stiruvchi -mo’tadil". Yana shuningdek, uning ta’kidlashicha, "badantarbiya oldidan qilinadigan uqalash ham bor". Bunda u tana muskullarini isituvchi, organizmni umumiy tonusini va ish qobiliyatini oshiruvchi massajiing tayyorlov turini nazarda tutadi.
Shundan kelib chikib aytish mumkinki, oilada, maktab yoshidagi bolalarni jismonan chiniqtirish va ular olib boriladigan ertalabki badantarbiyaning ahamiyatining juda yuqori ekanligini barchamiz bo’lg’usi pedagoglar, ota-onalar chuqur anglab yetishimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
O’zbekiston Davlat Standarti Oliy ta’lim. 5140800 – “Pedagogika-psixologiya” talabalari. T. 2008 y.
O’zbekiston Davlat Standarti Oliy ta’lim. 5141700 – “Musiqiy ta’lim” talabalari. T. 2008 y.
Sog’lom avlod – bizning kelajagimiz (to’plam) Tosh. “Abu ibn Sino” – 2000 y -272 b.
Barkamol avlod orzusi.Tosh.O’z.M.E. 2000, 245 b.
Abu Ali Ibn Sino. Tub qonunlari. T. Fan. 1980 y.
Axmedov F.Q. Milliy an’analar asosida sport bayramlarini tashkil qilish va o’tkazish usullari. (uslubiy qo’llanma). Jizzax. 2005 y.–42 b.
Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi (O’quv qo’llanma).Tosh.Uz.YoUAJ.2008-160 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |