3-sinfda insho yozishga o’rganilishining hozirgi xolati.
O’zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to’g’risida” gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli vositalari hamda prinsiplarini tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylanadi. Ta’lim To’g’risidagi qonunning maqsadi, ushbu qonun fuqarolarga ta’lim - tarbiya berish, kasb- hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Milliy dasturning maqsadi, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqidlardan to’la xalos etish, rivojlangna demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malaka kadrlar tayyorlash milliy tizimi yaratishdir.
Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, yoshlarni nafaqat ona tili ta’limi balki boshqa fanlar doirasidan ham mustaqil, erkin fikrlashga o’rgatib borish hozirgi davr talabadir.
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanish, dunyoqarashi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarini o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotidagi turli yangiliklarning kirib kelishi ta’lim sohasidan ham bir qator o’rganishlar qilinishini taqazo etadi. Boshlang’ich sinflarda bolaning zehnini o’stirish zehnini o’stirishga qaratilgan ishlar bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Avvalo ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Muallimlar bolada o’qish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni o’stirishlari kerak. Motivlar o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini oson egallashlariga yordam beradi.
Maktablarda olib borilgan kuzatishlar bizni shunday xulosaga olib keladiki ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarga insho yozishga o’rgatishda Ta’limiy o’yinlarni qo’llash muayyan izchillik kasb etmagan. O’qituvchilarni amaliyotda o’quvchilar so’z boyligini oshirishda so’zni to’g’ri va o’rinli ishlatish malakalarini kelib chiqib fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri ravon ifodalashga xizmat qiladigan o’yinalrda yetarli foydalanmayapti.
Ona tili ta’limining mazmunini qiyinlashtiegan foydasiz nazariy materiallarni qisqartirib, ularning o’rniga imlo, talaffuz nutq bilan bo’liq zarur materiallarni kiritishdir. Bu amaldagi mavjud ta’lim mazmunini yangilashni toqazo etadi. Ona tilidan ta’lim mazmunini yangilash – bu tilning qurilishi, vositalari yoki atamalarini o’zgartirish emas, balki til boyliklaridan amaliy foydlana olish imkoniyalarini kengaytirshga xizmat qiladigan bilimlarni berish hamdir.
Maktabda til hodisalarini alohida hodisalar sifatida emas, balki nutq imkoniyatlarini kengaytiruvchi vositalar sifatida o’rganilsagina u samara beradi.
Har bir o’quv mashg’uloti, jumladan, insho yozish ham jiddiy mehnat talab qiladi. Insho yozish adabiy mehnat hisoblanadi. Adabiy mehnat kishidan juda katta aqliy va xissiy kuch- quvvat talab etadi hamda yetuk malakali bo’lishni taqazo qiladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o’quvchilarda mustaqil fikrlash, so’z va material tanlash va to’plash ularni mantiqiy jihatdan o’zaro bog’liq xolda ifodalash orfografiyaga e’tibor berish qobiliyati tez rivoj topadi, mehnat intizomi ham tarbiyalanadi.
Umuman olganda, adabiy mehnat to’g’ri tashkil etilgandagina insho tarbiyaning samarali vositasiga aylanadi. O’quvchilarda insho yozishga qiziqish, havas, kuzatuvchanlik qobiliyatini o’stiradi, ko’rgan narsalari va o’qigan kitob, ertak hikoyaga to’g’ri baho berishga o’rgatadi.
Boshlang’ich sinflar uchun tanlangan insho materiallari o’quvchilarda adabiy mavzuda, hayotiy tajribalar va tasviriy san’at asosida insholar yozish malakasini kamol toptirishga imkoniyat beradi. O’quvchilarda badiiy asarga mustaqil yondashish, uni mustaqil baholay olish, materiallarni umumlashtirish adabiy xodisalarni tarixiy jarayon bilan bog’lab o’rganish qobiliyatining o’sib borishi ham yuqori sinflarda turli mavzularda insho o’tkazish uchun imkoniyat yaratadi.
Insho – o’quvchilarning fikrini bayon etish vositalari bo’lgan rivoya va dialogni anglab olishlariga, o’quvchilarda ulardan foydalanish, fikrni izchil bayon etish, so`z va gapni o`z o`rnida ishlatish, ravon uslub malakasini hosil qilish va rivojl;antirishga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda o`tkaziladigan chorak yakunidagi erkin mavzudagi insholar ham o`quvchilardan atrof-muhit taiat odamlarning xarakteri, xatti-harakati, mehnat faoliyatining o’rganishni, shuningdek, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalarini kuzatishni ular haqida fikrlashni talab etadi. Kuzatish asosida yoziladigan insholar o’quvchilarda Vatanga, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalashda, ularni nafosat olamiga olib kirishda muhim rol o`ynaydi, ta’limni hayot bilan bog`lash, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish uchun xizmat qiladi.
Insho oquchilar nutqini o`stirishda eng samarali vosita hisoblanadi. Nutq madaniyatini takomillashtirish esa, insho ustida mustaqil ishlashni talab qiladigan vazifalardan biridir. Insho yozishga tayyorlanish va uni yaratish jarayonida o`quvchi yangi bilim va ko`nikmalarni kuzatish, fikrlash, adabiy hayotiy hodisalarni baholash, o`qiganlari va o`zlashtirgan bilimlari ma’lum bir tartibga solish malakasini egallaydi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga shuningdek, insho ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlash va qiziqishigam insho g`oyasiga ham bog`liq.
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o`rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshiradi.
Tanlangan mavzuning g`oyaviy yo`nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab tug`ilib o`sgan qishlog`i yoki shahri haqidagim urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa, qulay.
Insho jamiyat hayotini tuzunishga o`rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehbarga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashga o`quvhcilarga yordam beradi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og`zaki va yozma inshoni muntazam o`tkazib boorish bilan o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash.
Inshoni hayot bilan bog`lash.
Insho uchun maktab va o`qituvchining tarbiyaviy vozifalariga mos bo`lgan mavzu tanlash.
Insho ustida ishlashda ishning hissiy darajasini-ta’sirini oshirish.
“Vatan” so`zini aytish bilan kishining bolalikda o`sib ulg`aygan joyi tasviri ko`z oldida paydo bo`ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib beradi. Unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg`or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog`liq holda kasb haqidagi suhbatlashishga to`g`ri keladi va bu inshoda o`z aksini topadi.
Mehnat haqidagi yoki insho mavzulariga “Bizning qishloq”, “Bog`da”, “Paxtakorlarga”, “Daraxt o`tqazish”, “Polizda” kabilar kiradi.
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo``ib, maktabda alohida o`rin tutadi, barcha nutqqa oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo`ysunadi.
Insho 1- sinfda kichik axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga o`quvchi shaxsini tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsnbi shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg`otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan kechirganlari va o`zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o`rtasidagi sabab-natija bog`lanishni topishga, ularni iyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o`quvchilarga o`ziga, o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug`diradi.
Insho mavzusi – insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi `oqituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog`liq.
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og`zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilarni 1-sinfdan boshlab mavzu tanlay bilish, uning ustida ishlay bilish, yoziladigan inshoda fikrni bayon etishda har bir so`z, ibora haqida o`ylashga o`rgatish kerak. Chunki mavzu ustida fikr yuritish bilan insho ustida ishlash ham oshlanadi. Mavzularning bir-biridan farqini his etish ularni qiyoslashga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda qiyoslash soda mavzularni tanlashdan boshlanadi.
O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahopr havosi haqida, ona qishlog`i haqida, qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar.
Maktab o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan nuqsonlardan biri mavzudan chetga chiqish, ya’ni uning haddan ziyod qisqa, yoki aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir. Aslida insho uchun aniq chegaralangan mavzular tanlanishi o`rinlidir. Masalan, “Mening gulzorim”, “Yozgi ta’tilning bir kunida”, “Biinchi qo`ng`iro”, “Matematika darsida”, “Sevimli o`qituvchim” va boshqalar.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avvalmaterial tanlash, keyin shu yig`ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin.
Mavzu zaminida inshoning asosiy mazmuni yotadi. O`quvchilar u haqida aniq tasavvurga ega bo`lsalargina, inshoni talabga javob beradigan darajada yozishlari mumkin. Bunda mavzuning juda aniq bo`lishi muhim rol o`ynaydi. Puxta o`ylab tanlangan mavzu o`quvchilarning unga mos material tanlashlari va bu materiallarni izchillikda yoritishlari uchun yo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Odatda, adabiy mavzulardagi insho uch qismdan – kirish, asosiy qism, xulosadan iborat bo`lib, reja asosida yoziladi.
Inshoning kirish qismida, odatda voqea yuz berggan davr, asarning yaratilishi, mavzusi, yozuvchi ijodida tutgan o`rni to`g`risida qisqacha ma’lumot beriladi.
Inshoning ikkinchi, asosiy qismida mavzu bo`yicha to`plangan materiallar ifodalanadi.
Inshoning xulosa qismida odatda, qoida bo`yicha, asosiy qismida bayon etilsa fikrlar umumlashtiriladi, shaxsiy xulosa bayon etiladi. Xulosa qismining mazmuni, insho mazmuniga qarab turlicha bo`ladi. Masalan, agar insho adabiy xarakterda bo`lsa, xulosa qismida obrazlarning tipikligi, yozuvchi ijodining ahamiyati, yozuvchining adabiyot rivojidagi roli haqida so`z yuritiladi.
Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yopritish, `oz inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari texnik vazifalar ham amalga oshiriladi, ta’ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, husnixat va hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.
1-4 sinflardagi bayon va insho ta’limiy xarakterga ega bo`lib, o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi. Bu sinflarda o`quvchilar mazmuni o`zlashtirilgan ertak, hikoya bo`yicha bayon, hayotiy tajribalar va rasmlar asosida kichik hajmda insho yozadilar.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish insho mavzusi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Xususan, ularda insho yozish malakasi rivojlanishi uchun qulay, mazmunli, soda mavzu tanlash talab qilinadi.
Bundan tashqari kelajak haqidagi “Kim bo`lishni xohlayman” mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. O`quchilar ushbu mavzu asosida insho yozganlarida kimga havas qilishlari, kim bo`lmoqchi ekanliklari v anima uchun shu sohaga yoki shu kasbga qiziqishlari, bu kasbni tanlashda kim havas uyg`otgani, bu kasbning foydali jihatlari haqida to`lib-toshib hikoya qiladilar.
Xullas, mavzu inshoda yoritilgan gikrlarga muvofiq kelishi va uning mazmunini to`la qamrab olishi lozim. Hech vaqt kuzning shirin-shakar mevalari haqida fikr yuritib, “Qovun pishdi”, “Polizda” deb sarlavha qo`yilmaydi. U albatta, “Kuz saxovati”, “Kuz ne’matlari” kabi nomlar bilan atalishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |