Boshlang'ich sinf o'quvchilarini harakatli o'yinlarga o'rgatish metodikasi


Qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish metodlari



Download 64,8 Kb.
bet2/2
Sana03.03.2022
Hajmi64,8 Kb.
#480981
1   2
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarini harakatli o\'yinlarga o\'rgatish metodikasi

Qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish metodlari
( metodlar tasnifi)
Turli harakat ko`nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan metodlar*



Analitik(tanlov) yondashuviga asoslangan metodlar

Umumlashtiruvchi(integral) yondashuvga asoslangan metodlar

* Tabaqalashtirilgan mashqlar metodi
*Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodi

*Umumlashtirilgan mashqlar metodi
*Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari

Aralash metodlar

Standartlashtirilgan takrorlash metodlari

*Namoyish etish uslubi
*Tushuntirish uslubi
*O`z ustida ishlash, madaniyat va tafakkurni
oshirish
*Harakat tezligini oshiruvchi mashqlar metodi
*Qismlar bo`yicha amaliy o`zlashtirish ko`nikmalarini shakllantirish metodi (Mazkur dissertatsiyaning uchinchi bob 1-paragrafiga qarang)

*Harakat ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan takrorlash mashqlari metodlari
*Intervallar bilan mashqlarni takrorlash metodlari
*Qisqa va uzoq intervallar asosida mashqlarni takrorlash metodi

Tabaqalashtirilgan mashqlar metodi harakatlar amplitudasini to`g`ri tashkillashtirishni nazarda tutadi va harakatli o`yinlarni o`tkazishda barcha sinflardagi ta’lim uslublarining eng asosiysi sifatida qo`llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, o`quvchilarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Bunda alohida jismoniy sifatlarni shakllantirish uchun o`qituvchi tushuntirish uslubidan foydalanadi. Tushuntirish qisqa, tushunarli, obrazli, o`quvchilarning rivojlanish darajasiga mos bo`lishi lozim. Tushuntirishlar paytida bolalar ko`plab yangi so`zlarni o`rganadilar: “yonma – yon”, “oldinma –keyin” “qator bo`lib”, “turish”, “gimnastika devori”, “yog`och to`siq” va shu singarilar. Umumlashtirilgan mashqlar metodi bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda (sport hayotidan misollar); yagona syujetga birikadigan qator mashqlarni o`rganishda qo`llaniladi. Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari esa o`rganiladigan materialni yaxshi o`zlashtirishga va mashqlarni sifatli bajarishga yordam beradi.
O`qituvchi yo`l - yo`lakay savollar yordamida materialni o`zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek o`quvchilarda o`z fikrlarini aytish istagini qo`zg`aydi. Bu uslub o`tilgan materialni o`rganiladigan material bilan bog`lash, bayon etilgan material bolalarga qanchalik tushunarli bo`lganligini aniqlash, o`quvchilar diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi. Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodidan o`quvchilar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o`tish jarayonida foydalaniladi.
Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodi o`quvchilarning mashqlarni yoki boshqa harakatlarni bajarishlari bilan bog`liqdir.
Har bir buyruq mashqni bajarish va tugallashga ishora hisoblanadi. Bajarish ko`pincha mashqning ma’lum ritmini moslashtirib turuvchi sanoq jo`rligida olib boriladi. Buyruq va sanoqda ohang ahamiyatga ega, uning yordamida buyruq ifodali, mayin yoki keskin, erkin bo`lishi mumkin.
Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari umumiy o`rta ta’lim maktablarining barcha sinflarida qo`llaniladi. Ular boshlang`ich sinflarda me’yorlangan holda berib boriladi. O`qituvchi tomonidan beriladigan buyruqlar shakl jihatidan yagona va ularning ijrosi qat’iy belgilangan, barcha o`quvchilar uchun bir hil bo`lishi kerak.
Darsni o`tishda qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlardan o`quvchilarni uyushtirish uchun ham mahorat bilan foydalanish lozim. Shuni esda tutish kerakki, o`rinli va to`g`ri berilgan buyruq o`quvchilarga katta tashkiliy ta’sir ko`rsatadi va ularni intizomga chaqiradi.
O`z vaqtida o`rinli berilgan ko`rsatmalar mashqlarni yaxshiroq bajarishga yordam beradi. Ko`rsatmalar qisqa, aniq, harakatga chorlaydigan, talabchan bo`lishi kerak.
Ta’lim uslublari ichida eng tushunarlisi – namoyish etish uslubi hisoblanadi. Ko`rsatmali uslublarda mashqlarni namoyish etish yetakchi o`rinni egallaydi. Tanishish jarayonida yangi harakat aktiga kiradigan, hosil qilingan, ham tug`ma harakat avtomatizmlarini safarbar etishga yordam beruvchi ideomotor reaktsiyasining roli juda muhimdir. O`rganuvchilarning harakat qilish tajribasida tanish, o`hshash elementlar qancha ko`p bo`lsa, yangi harakat qilish amali haqida tasavvur shuncha to`la va aniq bo`ladi. Shu jihatdan o`qituvchining mahorati qo`yilgan harakat vazifalari bi­lan o`quvchilarning bu boradagi tajribalari o`rtasida asso­tsiatsiya yarata olishi bilan belgilanadi.
Assotsiatsiya qancha to`la, obrazli, emotsionalliroq yaratilsa, o`rgatish shuncha osonroq va tezroq davom etadi. Mana shu «tayanch izlash» davrida (E. Hodjava) predmet xarakteridagi har qanday mumkin bo`ladigan taqqoslashlar va topshiriqlar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. “Olamdagi hamma narsani biz faqat taqqoslash orqaligina bilib olamiz,- degan edi L.V. Zankov,— kishining butun bilish protsessida taqqoslashning bunday asosiy qonuniyati shuni ko`rsatadiki, didaktikada ham taqqoslash asosiy usul bo`lishi kerak”. Demak, tajribadan va taqqoslashdan foydalanish yo`li bilan bo`lajak harakat to`g`risida tasavvur, tushuncha va mulohaza yaratiladi, binobarin, bundan “kelajak ehtiyoji modeli” (N. A. Bernshteyn) sifatida “harakat vazifalari” yuzaga keladi. YAngi shartli harakat reflekslari birinchi navbatda his etish asosida paydo bo`ladi, lekin ular o`sha zahotiyoq; tushunib olinsa, bu reflekslarning paydo bo`lish jarayonini tezlashti-ladi. Harakatning to`g`ri bajarilayotganligini bilish refleksni mustahkamlaydi, noto`g`ri harakat qilinayotganini bilish esa keraksiz harakat ta’sirining so`nishiga yordam beradi.
O`qituvchi onglilik va aktivlik printsipiga amal kilib, birinchidan, o`rganuvchilar oldiga harakat vazifalarini asosli ravishda qo`yishi va ularning bajarilishi kerak bo`lgan nar­sani aniq tushunishlariga erishishi; ikkinchidan, berilgan harakatni qanday bajarish kerakligi haqida tasavvur yaratishi kerak. Bu o`qituvchidan harakat ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan takrorlash metodlaridan unumli foydalanishni talab etib, o`quvchilarni topshiriqni bajarishga psixologik jihatdan tayyorlashni ta’minlaydi. Bunda topshiriqning bajarilishiga qarab uni takrorlashdan oldin o`quvchi nimalarni bilib olganligini va endi nimani o`rganishi kerakligini fikran solishtirishini talab qilish shart.
Bunda o`ziga-o`zi baho berish, harakatning bajarilishini fikran qiyoslash katta ahamiyat kasb etadi.
M. L. Ukranning fikricha: “Harakatni dastlabki o`rganishda o`qitishning ko`rgazmali bo`lishi harakatning asosiy fazalari haqida his va tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi hilma-hil metod va usullar yordami bilan ta’minlanadi”. Shu bois, obrazli tushuntirish, ta’sirli kilib ko`rsatish, har hil ko`rish orientirlari, ovoz signallari, harakatni sezishga asoslangan usullardan, jumladan, qo`shimcha kuchlardan foydalanish, predmet xarakteridagi topshiriqlar berish (nimanidir olish, cho`zilib nimagadir qo`l tekkizish, nimaningdir ustidan oshirib tashlash va hokazo), o`rganuvchida harakatlarni to`g`ri bajarganda yuzaga kelishi lozim bo`lgan sezgilarni aytib berish orqali erishiladi. O`quvchilar tomonidan harakatlarning faqat to`g`ri bajarilishini emas, balki, hatolarga yo`l qo`yib bajarilganini ham namoyish qilish maqsadga muvofiqdir. Bu tadbir o`quvchilarga hatolarni yaxshiroq va tezroq tushunib olishlarda yordam beradi. Tovush signallari asosiy kuch beriladigan paytni aytib berish, shuningdek harakat aktining ritm va sur’atini namo­yish qilish uchun qo`llaniladi, harakatni dastlabki o`zlashtirishda bevosita yordam ko`rsatish juda katta ahamiyatga egadir, chunki bu yordam orqali to`g`ri yo`nalish, amplituda va tezlik his qilinadi va harakat aktidagi qo`pol buzilishlarning oldi olinadi. Bunday metod qo`llanganda, o`rganish ancha tez va sifatliroq o`tadi. Bu o`rgatish usulining undan ishning ko`zini bilib foydalanilmagandagi salbiy tomonini ham nazarda tutish kerak. YOrdam o`quvchilarning faolligini susaytirishga olib ke­lishi mumkin: ular o`qituvchining yordamiga ishonib, harakatlarni bajarishda zarur darajada zo`r bermaydilar. Shuning uchun intervallar bilan mashqlarni takrorlash metodlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarning o`zlari shaxsiy zo`r berishga qanday o`rganib borishlariga qarab, yordam asta-sekin kamayishi va harakatlarni boshqarish xarakteriga ega bo`lishi kerak. Shuni ham nazarda tutish lozimki, boshqalarning yordam berishi bilan borliq bo`lgan qo`zg`alishlar (yordam beruvchining ushlab qolishidan, suyanchiq bo`lishidan, tortib turishidan va shu kabilardan) signal ahamiyatini kasb etishi va qo`zg`ovchilar sistemasiga kirishi mumkin, bu qo`zrg`ovchilar asosida po`stloq faoliyatining dinamik stereotipi hosil bo`ladi. U vaqtda yordamni tugatish — bu qo`shimcha qo`zg`ovchilarni istisno qilishi — stereotipniig buzilishiga olib keladi. Bu o`quvchilar topshiriqni mustaqil bajarish qobiliyatiga ega bo`lishlari bilanoq yordamni to`htatish kerakligini yana bir karra tasdiqlaydi. CHetdan bo`ladigan yordam tashqi kuchlar harakat akti strukturasini buzgan chog`larda ham o`rgatishga putur yetkazadi.
Odatda, mashqlar bir necha marta namoyish etiladi. Birinchi namoyish mashq haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun kerak. Bolalarning mashqni o`zlashtirish darajasiga qarab, mashqning ayrim elementlari, qismlari qayta namoyish etiladi. Ko`rsatish doimo tushuntirish bilan birga qo`shib olib boriladi. Chunki o`quvchi yoshdagi o`quvchilar taqlid qilishga juda moyil bo`ladilar, shunday ekan, mashqni ko`rsatayotib, uni samolyot qanotiga, o`tin yoruvchiga, otning oyog`i, g`ozning qadamiga va boshqalarga qiyoslash yaxshi natija beradi. Bunday usul mashqlarni o`zlashtirishni yanada osonlashtiradi. Mashqni namoyish etish va tushuntirish turli variantlarda birga olib borilsa maqsadga muvofiq:

  1. dastlab mashq namoyish qilinadi, so`ng tushuntiriladi;

  2. dastlab mashq tushuntiriladi, so`ng namoyish qilinadi.;

  3. namoyish qilish tushuntirish bilan bir vaqtda olib boriladi.

YUqori o`quvchilari bilan olib boriladigan ishda dastlab ko`rsatish,so`ng esa tushuntirish qo`llaniladi. Tushuntirish bolalarni kuzatishga tayyorlash zarur bo`lgan holdagina qo`llaniladi.
Harakatlar haqida to`g`ri tasavvur hosil qildirish uchun ko`pincha ko`rgazmali qurollar, elektron darsliklardan foydalaniladi. Ko`rgazmali qurollar rang – barang, sodda, qiziqarli bo`lishi kerak. Bunday buyum – nishonlar harakat tehnikasini egallashga yordam beradi. Jismoniy mashqlar-ta’limning asosiy vazifasi sifatida maydonga chiqib, shug`ullanuvchilarda mustahkam harakatlanish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun o`rganiladigan harakatlarni ko`p marotaba takrorlash zaruriyati vujudga keladi.
Harakat o`rganishda ikki usul: umumiy va qismlarga bo`lib o`rganish usuli qo`llaniladi. Ular shu bilan diqqatga sazovorki, dastlab mashq elementlarga bo`linmasdan, umuman ko`rsatiladi, so`ng mashq asoslarini o`zlashtirish darajasiga qarab asta – sekin alohida elementlar o`rganiladi. Masalan, arqonga tirmashib chiqishga o`rgatishda dastlab mashq umumiy ko`rsatiladi. O`quvchilarda bu mashq haqida tasavvur hosil bo`lganidan keyingina ularni elementlar bo`yicha o`rganishga kirishiladi. Ularni egallash mashqni umuman to`g`ri bajarishga olib keladi. YUgurib kelib balandlikka yoki uzunlikka sakrashga o`rgatishda ham o`quvchilarga mashq dastlab to`la ko`rsatiladi, so`ng ular diqqati sakrashning alohida elementlariga qaratiladi. O`quvchilar bu tarkibiy elementlarni egallab olganlaridan keyin elementlarning majmuasini bajarishga, so`ng sakrashni yahlit holda to`g`ri bajarishga o`tadilar.
«Didaktikadagi izchilik printsipiga binoan o`quvchilarni barcha murakkab harakatlarni birin-ketin o`rgatish maqsadga muvofiq». Vazifalar va organizmga ta’sir etadigan fiziologik nagruzka normalarini hisobga olish lozim, ayni paytda o`quvchilarga mashqni yahlit holda birdaniga takrorlash taklif etilmasligi darkor. Bundan tashqari, elementlarni o`rganish o`rniga butun mashqni tez – tez takrorlash noto`g`ri malaka hosil bo`lishiga olib kelishi mumkinki, bu keyinchalik uni tuzatishni juda qiyinlashtiradi. Murakkab mashqlar elementlarini tez va yaxshi o`zlashtirish uchun ularni yengillashtirilgan sharoitda bajarish lozim. Bu ta’lim nazariyasidagi onglilik va faollik printsipiga hamohang bo`lib, chunonchi, balandlikka sakrashga o`rgatishda tortilgan rezinadan sakrash tavsiya etiladi, muvozanat saqlash mashqlarini esa enliroq hamda pastroq joylashgan asbob – anjomda bajarish kerak. Bolalar topshiriqni yengillashtirilgan sharoitda bemalol bajara oladigan bo`lganlaridan so`ng, mashqni bajarish sharoitini murakkablashtirish mumkin. Shunday ekan, malaka va ko`nikmalar o`yin va musobaqalarda takomillashtiriladi.
Musobaqa jismoniy mashqlarni takomillashtirish uslubi sifatida o`quvchilarda bir qadar malaka hosil bo`lgandan keyingina qo`llaniladi. Bu didaktikadagi nazariya bilan amaliyot birligi printsipiga mos kelib, o`quvchilarning bilimlar, ko`nikma, malakalar va mahoratlarni egallashda qo`l keladi. Musobaqalarda o`quv materialini o`tish davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki ayrim o`quvchilar aniqlanadi.
Musobaqalar o`quvchilarining qiziqishini oshiradi, mashqlarni yaxshi bajarish va ularning natijalarini yanada yaxshilashga yordam beradi, shuningdek qisqa vaqt oralig`ida organizmga bo`ladigan fiziologik nagruzkani keskin oshiradi. Bundan tashqari, jamoali o`ynaladigan o`yinlar bolalarda hamdardlik, mehr-oqibat hissini tarbiyalaydi. Biroq musobaqa uslubi ayrim o`quvchilarda (ayniqsa g`oliblarda ) manmanlik, hudbinlik illatlarini ham keltirib chiqarishini ham unutmaslik kerak. «Musobaqa uslubidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim, chunki u mashqlarni bajarish aniqligini pasaytirishi hamda o`quvchilarda juda katta asabiy va jismoniy zo`riqishni vujudga keltirishi mumkin». Demak, Jismoniy tarbiya va madaniyat o`qituvchisi o`quvchi yoshdagi o`quvchilarga harakatli o`yinlar tehnikasini o`rgatishda ularning sog`lom o`sishi va to`g`ri kamol topishi uchun jismoniy tarbiya vositalaridan o`rinli foydalanishi zarur. Bunda jismoniy tarbiya vositalari uch turga bo`linadi. Birinchi turi- gigiena omillari, ikkinchi turni tabiatdagi sog`lomlashtiruvchi kuchlar, uinchi turni esa jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish yo`naltirilgan jismoniy mashqlar tashkil etadi. Sanitariya-gigiena omillariga rioya qilish jismoniy tarbiya tizimida alohida o`rin egallaydi, u bola a’zolariga foydali ta’sir ko`rsatadi. Jismoniy tarbiya vositalaridan ko`pchiligi o`quvchining kundalik rejimini tashkil etadi.
Qat’iy kun tartibiga amal qilish har bir kishi hayotida katta o`rin tutadi. Bu tana a’zolarining bir maromda ishlashiga odatlantiradi.
«Kun tarbiga rioya qilmaslik- o`z vaqtida ovqatlanmaslik, etarlicha uhlamaslik, dam olmaslik, aqliy va jismoniy mehnatning batartibligi-bularning hammasi a’zoi badanni bo`shashtiradi, tana ho`jayralarining, xususan bosh miya ho`jayrasining ishlashini susaytirad». Shu sababli, jismoniy tarbiya va madaniyat o`qituvchisi, ota-onalar bilan hamkorlikda muayyan yoshdagi bola kun tartibining uyda ham, maktabda ham muntazam amalga oshirilishini kuzatib borishlari shart.
Tabiat omillaridan jismoniy mashg`ulotlar o`tkazish hamda mustaqqil shug`ullanish uchun muhim vosita sifatida foydalaniladi.
Maktab sharoitida jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko`p qo`llanadigan jismoniy mashqlardir. Jismoniy mashqlar gavda muskullarining o`sishi va mustahkamlanishiga, yurak-qon tomir tizimi faoliyatining va nafas olish a’zolarining yaxshilanishiga samarali ta’sir ko`rsatadi.
Harakatli o`yinlar orqali o`quvchilarda irodaviy sifatlarni shakllantirish mumkin. Buning uchun unga katta iroda talab qilinadigan (yoshiga mos ravishda) o`ta og`ir mashqlarni bajarish topshiriladi. Bunday mashqlar irodaviy sifatlarni maqsadli tarbiyalashga yordam beradi.
Jismoniy mashqlar asablar majmuasining faoliyatiga ham, xususan, bosh miya qobig`idagi harakatlanuvchi qismga ham ta’sir etadi, natijada harakatlarning bir-biriga uyg`unligi yaxshilanadi, harakatlarda muvofiqlik, aniqlik zaruriy kuch va ritm hosil bo`ladi. O`quvchi aynan shu ta’sirlar natijasida tuzilishi jihatidan murakkab bo`lgan harakatlarni, katta tezlikdagi harakatlarni oson o`zlashtirib oladi, bu esa jismoniy mehnat mashg`ulotlari uchun muhimdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat o`qituvchisi o`quvchilarga jismoniy fazilatlarni singdirar ekan, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanishini, Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-to`yg`ulari, sadoqatli, fidoiy mehnati, o`zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon bo`lishini anglatib bormog`i lozim. Bu o`rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, Olimpiya o`yinlaridagi ishtiroki, g`alabasi ana shu hislatlar tufayli ustuvor ekanligini anglatib borish joiz. Ayniqsa, yurtimiz bayrog`ini uzoq o`lkalarda viqor bilan ko`tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi, sportchilarning ona-Vatan sharafi uchun kurashgan va hissa qo`shganligining timsoli ekanligini bolaga yoshligidanoq o`rgatib borish zarur. Buning boisi shundaki, o`shanday g`olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa sport tashkilotlari, jamiyatlari hodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutahassislarga taqlid qilish hissini shakllantirish o`quvchi yoshidagi bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
«Sog`lom avlod uchun» Davlat dasturida belgilanganidek, sog`lom avlodni etishtirish uchun eng avvalo onalar sog`lom bo`lishi va o`z farzandlarining sog`lom o`sishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlardan foydalanishi zarurdir. Bunda bolalarni eng kichik yoshdan boshlab oila, bog`cha va maktablarda jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishga odatlantirish alohida ko`zda tutilgan. Bu jihatlarni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport o`qituvchilari astoydil ish olib borishlari lozim.
Shunday qilib, Jismoniy tarbiya darslarida harakatli uyinlardan foydalanishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, o`qituvchining didaktik vazifalarning hammasini bir butun holda ongli ravishda amalga oshirishga xizmat qiladi.



** Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasida “mashq” ikki hil ma’noda ishlatiladi: biri-jismoniy tarbiya vosita sifatida, ikkinchisi- harakatli o`yinlarni takrorlash uchun zarur bo`lgan metodik jarayon ma’nosida qo`llaniladi (Muallif).

Download 64,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish