Jizzax Davlat Pedagogika Instituti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti
2-bosqich 813-20-(204)-guruh talabasi
Dovurova Zulayho
Annatatsiya Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida matn yaratish metodikasini shakllantirish, ularning og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish hamda ularni hozirjavoblikka o’rgatish , ijodiylik qobilyatini o’stirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish haqida gap boradi.
Kalit so’zlar Matn , matn yaratish, og’zaki va yozma nutq, nutqiy mahorat, til birliklari, gramatik qurilish, ijodiylik, nutqiy vaziyat, nutqiy mahorat.
Kirish Buyuk davlatimizning kelajakda ham ravnaq topishi uchun astoydil harakat qilmog’imiz lozim . Mamlakatimizning gullab yashnashi uchun uning poydevori mustahkam bo’lishi kerak. Mamlakatimizning poydevori esa bu albatta yoshlardir. Ular qanchalik aqlli, dono, zukko bo’lsalar shunchalik yaxshi. Zero taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk , texnikaviy bilimlar va murakkab texnalogiya egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun , zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli yoshlar hal qiladi. Shuning uchun davlatimiz tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish , har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalalariga jiddiy etibor qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda , ularga har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish , dunyoqarashini kengaytirish ,mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish , qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib boorish, shular orqali ularni ona vatanga muhabbat , pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masaladan biridir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida ona tili ta’limining asosiy maqsadi o’quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini o’stirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo’naltirish, fikr mahsulini to’g’ri ravon ,o’rinli ifodalashga o’rgatish, qiroat va chiroyli so’zlash san’atidan habardor bo’lgan , yozma va og’zaki nutq hamda matn yaratish ko’nikmalarini mukammal egallagan, ma’naviyati yuksak barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan iborat. Bunday shaxsni tarbiyalash uchun o’quvchilarga eng yaxshi omillardan biri – matn yaratish texnalogiyasini o’rgatishdir. Bu omil ularni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga zamin yaratadi.
Boshlang’ich sinfda matn yaratishning asosiy maqsadi- matn ustida isghlash, matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o’rganiladi, o’quvchining kommunikativ savodxonlik darajasi esa , matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o’z yechimini topadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matn yaratish texnalogiyasi bosqichma bosqich o’rgatilib boriladi . Dastlab o’quvchilarga matn nima ekanligi, uning qanday til birliklaridan hosil bo’lishi, uning mazmuniga mos ravishda sarlavha topish mumkinligi o’rgatilib boriladi. Matn so’zi lotin tilidan kelib chiqqan bo’lib , matn bu – ,,to’qima’’ degan ma’noni anglatadi. O’zaro tarkiban bog’langan gaplar ketma ketligidan iborat yozma yoki og’zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi. Matn tuzuvchi muayyan voqea hodisa yoki narsa , shaxs haqida hikoya qilish, ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi maqsadlarni ko’zda tutadi. Maqsadiga muvofiq matnlar bir necha turlarga bo’linadi:
Hikoya matni
Tasviriy matn
Muhokama matni
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matn tuzish sinflar kesimida turlicha talqin qilinadi:
1-sinf o’quvchilarida matnlarning eng sodda ko’rinishlari o’rgatiladi. Matnlar asosan rasmlar asosida og’zaki tuziladi. O’qituvchi bilan matnlarga sarlavha topiladi. Matndagi so’zlar soni o’quv yilining 1-yarmida 8-10 ta , 2-yarim yillik oxirida 15-20 ta so’zdan iborat bo’lishi kerak.
2-sinf o’quvchilari rasmlar asosida og’zaki va yozma shakllarda matn tuzadilar . matn mazmuniga mos sarlavhalarni deyarli o’zlari mustaqil ravishda topishga harakat qilib ko’rishadilar. Matndagi so’zlar soni o’quv yilining 15-20 ta o’quv yilining oxirida 30-40 ta bo’lishi talab qilinadi.
3-sinf o’quvchilari rasmlar asosida va berilgan sarlavhalar asosida ham bemalol matn tuza oladilar . Matn 20-25 ta o’quv yilining boshida va oxirida 50-60 ta so’zdan iborat bo’lishi kerak.
4-sinf o’quvchilari yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha sifatlarni o’zlarida mujassamlashtiradi. Endi ular bemalol o’quv yili boshida 50-55 ta , o’quv yili oxirida 75-80 ta so’zdan iborat matn tuza oladilar.
Xulosa Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilari matn tuzish texnalogiyasini o’rganish o’zlarining fikrlarini erkin tarzda bayon qila olish , til gramatika qoidalariga mos ravishda nutqidagi kamchiliklarini to’g’irlay olishi, mustaqil va ijodiy fikrlash qobilyatlarini , tafakkurini to’liq rivojlantirishiga boshlang’ich omil sifatida xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar T.Ziyotova ,,Matn yaratish texnalogiyasi’’ Toshkent ,,Fan’’2007
N.Otaxonova Boshlang’ich sinf o’quvchilarini matn tuzish orqali nutqini o’stirish . Bitiruv malakaviy ishi. 2018
M. Yo’ldoshev va h ,,Matn lingvistikasi’’ 5611600-Noshirlik ishi ta’lim yo’nalishi uchun o’quv qo’llanma Toshkent-2020