Boshlang`ich sinf o`quvchilarida chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish.
Annotatsiya: Inson xulq-atvorini uning yozuvidan bilib olish mumkin. Kimning yozuvi aniq, tushunarli bo`lsa, badiiy va estetik didi ham yuqori bo`ladi. Badxatlik esa hafsalasizlik, dangasalik belgisi. Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarining chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish, o`quvchilar yozuviga qo`yiladigan talablar, chiroyli yozishga o`rgatishning usullari keng yoritib berilgan.
Kalit so`zlar:Xattotlik san`ati, chiroyli yozuv, yozuv qurollari, husnixat qoidalari, harflar qiyaligi, harf unsurlari, qo`l harakati.
O`zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy merosida chiroyli yozuvga o`rgatish , ya`ni xattotlik san`ati alohida o`rin egallaydi. O`rta asrlarda har qanday asar qo`lda ko`chirilib kitob qilingan. Qo`lyozmalarni kitob holiga keltirish katta hunar va san`at hisoblangan. Qo`lda ko`chirilgan har bir asar san`at mo`jizasi kabi nodir sanalgan. Bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san`atini egallab keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o`z asarlarini emas, balki boshqa mualliflar asarlarini ham ko`chirganlar. Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dexlaviyning “Xamsa”sini ko`chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma`lum. Zahiriddin Muhammad Bobur arab alifbosida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy”deb atalgan alifboni yaratgan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg`ulotlari uchun zarur qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Masalan, chiroyli yozuvga o`rgatish paytida faqat qalamni qanday ushlash qoidalari eslatilgan. Gigiyenik qoidalar talab etilmagan. Hatto yozish vaqtida ham nafas olish ta`qiqlangan. Bola xat yozish vaqtida chap oyog`ining to`pig`i ustida o`tirgan, o`ng oyog`ini esa tizzasidan bukib turgan. Maktabda “Husnixat “qoidalarini o`rgatuvchi birdan bir qo`llanma “Mufradot”bo`lgan. Domlalar yozishni o`rgatish va husnixat mashq qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Husnixatga o`rgatishning birdan bir yo`li ko`chirib yozish ko`nikmasini hosil qilish bo`lgan.
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida qonun qabul qilindi. O`zbek maktablari uchun barcha darslik va qo`llanmalar lotin alifbosida chop etila boshladi. Shuning uchun hozirgi kun talablari asosida boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun husnixatga oid metodik qo`llanmalar juda zarur edi. Pedagogika fanlari doktori Mirhabib G`ulomov yaratgan metodik qo`llanmalar o`quvchilarning chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishda yaqindan yordam bera oladi.
O`quvchilarning chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun birinchi navbatda diqqat, sezgi, idrok etish va xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etganligini ko`ramiz. Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida o`rin tutadi. U ongning hamma shakllarida ishtirok etadi. Diqqat jismoniy harakat talab qiladigan , ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biridir. Bilimni o`zlashtirish uchun o`quv materialini idrok etish talab qilinadi. Yozish jarayonida ko`rish va eshitish sezgilari idrok qilinadi.
Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari(ruchka, qalam, bo`r)orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishiga qarab qo`l harakatlari shunga moslashtiriladi.
Chiroyli yozuvga o`rgatishda , birinchi navbatda , quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:
Yozuv qurollaridan to`g`ri foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |