Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning
pedagogik omillari
M. Abduxoliqova,
Qashqadaryo VXTXQTMOI
O‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach, barcha sohalarda tub
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu o‘zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimiga ham tegishli
bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim tizimiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Yosh avlod
shaxsini
shakllantirish vazifasini esa, umumiy o‘rta ta’limning samarali pedagogik-
psixologik metodlarini yaratib, amaliyotga joriy etmasdan turib amalga oshirib
bo‘lmaydi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
yuqori sinflarda tayyorlash
uchun nutq qobiliyatini o‘stirishda ona tili muhim o‘rin tutadi. 2011-2012
yillarning sarhisobiga qaraganda, pedagogik texnologiyalarning 110 dan ortiq turi
yaratilgan bo‘lib, shundan 36 turi metodik jihatdan ta’minlanib, ta’lim jarayoniga
foydalanish uchun tavsiya qilindi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy ta’lim
talablaridan
kelib chiqib, ta’limning ana shu texnologiyalarini o‘z o‘rnida mahorat bilan
qo‘llagan holda tovush va so‘zni to‘g‘ri talaffuz ettirish bola shaxsining
shakllanishida katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Boshlang‘ch sinflar ona tili dasturida belgilangan muhim talablardan biri-
o‘quvchilar nutqini o‘stirishdan iborat. Chunki, o‘quvchilar nutqining qay darajada
ekanligi ularning o‘qish
va yozish malakalari, o‘z fikr-mulohazalari, tasavvur
tushunchalarini boshqalarga yetkaza olishlariga bog‘liq. Nutqi rivojlangan
o‘quvchilar faqat o‘qish va yozuv darslaridagina emas, balki boshqa darslarda ham
bilimlarni puxta o‘zlashtirishga to‘laqonli erishadilar.
Nutqi yaxshi rivojlanmagan
o‘quvchilar esa, dars mavzularini o‘zlashtirishda qiynaladilar. Shuning uchun ham
ona tili dasturining barcha bo‘limlariga nutq o‘stirish vazifalari singdirilgan. Bu
mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda boshlang‘ch sinflarda ta’lim-tarbiyaning
samaradorligini ta’minlash, jumladan, ona tili darslarida puxta bilim, ko‘nikma va
malakani hosil qildirish muhum ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflarda “Sifat so‘z turkumi”ni o‘rganish
dastlabki bosqich
sanaladi. O‘quvchilar sifat mavzusini ongli ravishda o‘zlashtirib, ma’lum so‘z
boyligiga, og‘zaki va yozma nutqdan to‘g‘ri foydalanish malakasiga, tegishli
sifatni sinonim bilan almashtirib yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari hamda imlo
xatolarisiz o‘z fikrini bayon qilishlari kerak.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
individual xususiyatlarini
hisobga olgan holda, bog‘lanishli og‘zaki va yozma nutq o‘stiriladi. Sifat
mavzusini jadvallar,
tarqatmalar, texnik vositalardan foydalanib o‘tish darsning
samaradorligini ta’minlaydi. Sifat mavzusini o‘tishda darslikdagi qoida, mashqlar
bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Imkon darajasida qo‘shimcha
adabiyotlardan,
ayniqsa, “G‘uncha”, “Gulxan”, “Bilimdon”, “Bilimlar dunyosi” kabi jurnallardagi
ma’lumotlardan o‘quvchilarning didi, qiziqishlari va bilim saviyasiga mos ravishda
foydalanish maqsadga muvofiqdir.