UMUMIY XULOSALAR - Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosaga keldik.
- 1. O‘rganilgan ilmiy, pedagogik va badiiy manbalar tahlili va amaliyotdagi holatni o‘rganish shundan dalolat berdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri ekan.
- 2. To‘plangan ilmiy dalillarni tahlil qilish o‘quvchilar ma’naviyati shakllanganligining mavjud darajasi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi va ma’naviyatni shakllantirishga ko‘maklashadigan didaktik vositalar hamda manbalarni aniqlashga yordam berdi.
- 3. Olingan natijalar faqat darsda emas, balki darsdan tashqari tadbirlarda ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirish ustida izchil ish olib borish zarurligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |