Boshlang’ich sinf o’qish darslarida adabiy –nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish



Download 25,9 Kb.
bet1/5
Sana23.07.2022
Hajmi25,9 Kb.
#842588
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5323588461330962173


BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA ADABIY –NUTQIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH


Eryigitova Maxfirat Maxmudjon qizimagistrant
Shukurova Laziza – magistrant
Jizzax davlat Pedagogika instituti


Anotatsiya. Mazkur maqolakompetensiyaning afzalliklari , boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilar kompetentligini rivojlantirish usullari haqida. Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan usullar , innovatsion pedagogik texnologiyalar, dars ishlanmalardan namunalar berilgan.Maqoladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodislar, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Аннотация. В этой статье обсуждаются преимущества компетенции и способы развития компетенций учащихся в начальной школе. В статье приведены примеры методик развития компетентностного подхода, инновационных педагогических технологий, планов уроков, которые могут быть использованы учителями начальных классов, методистами, будущими учителями начальных классов.
Annotation. This article discusses the benefits of competence and ways to develop students' competencies in elementary school. This article provides examples of methods for developing a competency-based approach, innovative pedagogical technologies, lesson plans. The article can be used by primary school teachers, methodologists, future primary school teachers.
Kalit so’zlar: Kompetensiya, ta’lim va tarbiya,bilim, ko’nikma, malaka,adabiy- nutqiy kompetensiya.
Ключевые слова: компетентность, образование и обучение, знания, навыки, квалификация, литературная и речевая компетентность.
Keywords: Competence, education and training, knowledge, skills, qualifications, literary and speech competence.

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz , farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman .- deya aytgan edilar o’z nutqlarida.


Har bir makon va zamonda ushbu savolga o’xshash savollar kishilarni qiynab kelgan. Bu savollar ortidan ne-ne izlanishlar amalga oshirilib kelingan . Ularning samarali yoki samarasiz ekanligi tajribalar mobaynida sinovdan o’tib kelmoqda. Davrlar, zamonlar o’zgarishi bilan barcha sohalar singari ta’lim sohasida bir- biridan jadal ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. “ Yangilanayotgan O’zbekiston –Maktab ostonasidan boshlanadi “-deya qayta qayta ta’kidlagan Edilar yurtboshimiz o’z nutqlaridan birida. Mamlakatimiz o’z oldiga qo’ygan maqsadlarining eng oldi bu- Boshlang’ich ta’lim va uning samarali natijalaridan biri desak mubolag’a bo’lmas, zero poydevori mustahkam bino uzoq yillar samarali xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi , xalq ta’limi vazirligi va o’rta maxsus kasb hunar ta’limi markazining 2013- yil 22- avgustdagi “ umumta’lim fanlari bo’yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini ishlab chiqish to’g’risida” gi qo’shma qaroriga asosan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasalarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha amaliyotchi o’qituvchilar, metodislar va yetakchi olimlar tomonidan o’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirigan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqildi.
Bunga ko’ra umumta’lim fanlari bo’yicha 6 ta tayanch kompetensiyalari taqdim etilgan.
1.Kommunikativ kompetensiya
2.Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
3.Shaxs sifatida o’zini- o’zi rivojlantirish kompetensiyasi
4.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5.Umummadaniy kompetensiyalar
6.Matematik savodxonlik , fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
Bugungi kun ta’lim jarayoninini kompetensiyasiz tasavvur qilishimiz qiyin. Negaki butun insoniyatni axborot olami qurshab olgan. Bunday axborotlarni inson faqat o’ziga kerakli tomonlarini olib, jarayonlarga to’g’ri tadbiq qila olishni , ulardan o’z o’rnida foydalanishni bilishi, vaziyatlardan to’g’ri chiqa olish qonuniyatlarini o’zida mujassamlashtirib olgan bo’lishlari kerak. Bu esa kompetensiyaviy ta’limni o’z –o’zidan ta’limga kirib kelishini taqozo etadi.
Kompetensiya (lot.Compete-erishyapman, munosibman,loyiqman)-muayyan davlat o’rgani yoki mansabdor shaxsning qonun , ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari , huquq va burchlari doirasi.U yoki bu sohadagi bilim va tajriba.
Kompetensiya – muayyan fan bo’yicha o’quvchi egallagan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalarni yechishda foydalanib , amaliyotda qo’llay olishdir.
Inson qaysi kasb egasi bo’lmasin unga mehr qo’ya olsa , uning sir asrorlariga chin dildan qiziqish bildira olsa o’z kasbining ustasi bo’lishi shubhasiz. O’qituvchilik kasbini sevib, bolalarga mehr qo’ya olsa, ta’lim tarbiyaning negiziga kira olsa, kelajakda kompetensiyalarni to’g’ri shakllantira oladi va albatta o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, bilimlarini o’rinli jabhalarda qo’llay oladigan , fikrga qarshi fikr , g’oyaga qarshi g’oya bildiruvchi barkamol shaxslarni tarbiyalay oladi. Kelajak ana shunday barkamol shaxslar qo’lida. Ularni ongida kompetensiyalarni shakllantirilishi esa tarbiyalanuvchi va ta’lim oluvchini faqat tinglovchi bo’lib qolishdan saqlab qoladi . Bunday shaxslar esa chuqur bir mulohazaga ega bo’lgan, mustaqil fikrini erkin bayon eta oladigan, o’zgalar bilan o’zaro hamkorlikda ishlovchi, boshqalarning fikrini hurmat qiluvchi , dunyoqarashi keng xalqparvar bo’lib shakllanadi.
Kompetensiyaning adabiy nutqiy kompetensiya o’z oldiga faqat sof ilmiy maqsadlarnigina emas balki ma’naviy axloqiy sifatlar uyg’unlashuvini ham qo’yadi.
Adabiy ta’limning asosiy maqsadlarini quyidagicha ifodalasak:
- o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliy hamda jahon adabiyoti asarlarining munosib namunalari bilan tanishtirish orqali, ularda , vatanga mehr, asl insoniy fazilatlarga nisbatan rag’bat va iftixor , mehr-muhabbat uyg’otish

  • ijobiy sifatlarni shakllantish orqali milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash

  • ma’naviy dunyosini boyitish

  • mustaqil fikrlash, tadbirkorlik, ijodkorlik qobilyatlarini shakllantirishga imkon yaratish

  • fikrlatish, tahlil qildirish, orqali o’quvchining shaxslik sifatlarini individuallik sifatlarini o’stirish

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun, o’quvchilarni o’qishga nisbatan mehr uyg’otish, nutqiy kompetensiyalarini o’stirish,asar mazmun mohiyatini tushunish, ijodiy fikrlash, kitobxonlik madaniyatini o’stirish,so’zlashish orqali og’zaki va yozma nutqlarini o’stirish kabi ishlarni amalga oshirishimiz kerak hisoblanadi.
Adabiy kompetensiya- adabiyot fani bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini kunda lik hayotda duch keladigan voqea-hodisalarga tadbiq etish , adabiy jarayon yangiliklarini tushunish , adabiy nazariy qoidalardan badiiy asarni tahlil qilish va baholashda o’rinli foydalana olish qobilyatidir.
O’qish darslari boshqa fanlardan farq qilib san’at sifatida o’quvchilarning , ruhiyati, his tuy’gulari, tafakkurini, dunyoqarashini, ma’naviy dunyosini boyitishda asos bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf darsliklaida berilgan materiallardan 1- sinf o’qish darsligidan bir mavzuga dars ishlanmasini misol tariqasida ko’rib chiqamiz.
Mavzu: Vatan

Download 25,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish